Islom hayotidan ibratli hikoyatlar  ( 213618 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 ... 35 B


Munira xonim  01 Oktyabr 2006, 14:07:24

Hikoyat.

So'fi Olloyor "Sabotul ojiziyn" asarida bir hikoyatni keltirgan:
"Abdulloh ibn Muborak sahroda adashib yurib uzoqdan bir quduqni ko'rdi. Quduqni ko'rgach,"endi bir chelak bilan arqon bo'lsaydi",-deya ko'nglidan o'tkazdi. Quduqqa yaqin borgach, ko'rdiki, chelak ham arqon ham yo'q,suv esa ancha pastda edi. Ibn Muborak hayron bo'lib, bir chetga holdan toyib borib o'tirdi.Shu payt sahro qo'nidan bir kiyik chiqib, quduq tomon kela boshladi. Yetib kelgach tumshug'ini quduqqa suqqan edi, quduqdan suv toshib cgiqdi. Kiyik suv ichib ko'zdan g'oyib bo'ldi. Hayronu lol qolgan Ibn Muborak yugurib quduq tomon keldi. Suv esa Abdulloh kelguniga qadar yana pasayib bo'lgan edi. Sgunda uning qalbidan bir nido otilib chiqdi va
Dedi:"YO,Rab, berursan ohug'a ob,
Menga barmassan, ey Sultoni Vahhob".
Shu payt Abdulloh ibn Muborakning qalbiga bir nido keldi:"O'sha sen ko'rgan  kiyik sahroga rizq istab chiqqan paytida yolg'iz Mnegagina tavakkul qilgan edi. Sen esa quduqni ko'rgan oning qalbingni chelak ila arqonga yubording!".
Ibn Muborak bu nidoni eshitib behol bo'ldi, bu tanbehdan qalbida zavq daryosi jo'sh urdi va shundan keyin hech qachon chanqamadi:
"Muhabbat jomi ho'l qildi tomog'in,
Tiriklikda unutdi suvsamog'in".
Foyda:Alloh taolo O'zining do'stlarining qalbidagi bir lahzalik g'aflat uchun ham tanbeh berar ekan. Zero, buyuk cho'qqidagfi odamning hatari ham buyuk bo'ladi".

Qayd etilgan


Nodi  02 Oktyabr 2006, 07:46:58

Salmon bizdan...

Taqdir suronlari olam sahrolarini ostin - ustun qildi. Bujudlar to'lg'onib qalblar o'zgardi. Bo'rin tindi. Abu Tolib halokat girdobida halok bo'ldi. Salmon Forsiy r.a. omonlik sohilida najot topdi. Abu Tolibdan ismi so'ralganda, ota-bobolari ila fahr etib,"Abdu mannof"dedi.Mol-dunyo tilga olinganida tuyalar sanaldi. Salmondan ismi so'ralganida "Abdulloh"(Allohning quli) dedi. Nasabi so'ralganida,"Ibnul Islam" (Islom farzandi)dedi. Mol-dunyosi so'ralganida"Muhtojlik",do'koni so'ralganida"masjid", kasbi so'ralganida "Sabr", Libosini "Taqvo va tavoze'", bolishini "Bedorlik",-dedi. "Nimangdan fahrlanasan?"degan savolga esa:"Salmon bizdan, ahli Islomdan..."degan so'zlardan, deya javob berdi.

Judayam ta'sirli hikoya ekan.
Alloh rozi bo'lsin!
Yana shunaqa hikoyalardan bo'lsa maza qilib o'qirdik.

Qayd etilgan


Laylo  02 Oktyabr 2006, 14:16:37

Xushu’ va xuzu’ xosiyati

Janglarning birida Hazrati Alining oyoHiga o‘q tegdi. O‘q oyoq suyagiga ham ancha botgani uchun chiqara olishmadi. Bir tabib chaqirdilar. Tabib Hazrati Aliga qarab shunday dedi:
— Bu o‘qni faqat hushdan ketkazuvchi dori bilan olsa bo‘ladi. Yo‘qsa, oHriqqa chidayolmaysiz.
Hazrati Ali aytdilar:
— Hushdan ketkazadigan doriga zarurat yo‘q. Bir oz sabr qilinglar, namoz vaqti kirsin. Men namoz o‘qiy boshlaganimda olib tashlaysiz.
Namoz vaqti kirdi. Hazrati Ali namozga turdilar. Tabib Hazrati Alining oyoHini yorib, o‘qni chiqardi. Yarani bog‘lab qo‘ydi. Hazrati Ali namozlarini bitirib, tabibdan so‘radilar:
— O‘qni chiqardingizmi?
— Ha, chiqardim, — dedi tabib.
— Men hech narsa  sezganim yo‘q, — dedilar Hazrati Ali roziyalloqi anqi.
Namozdagi xushu’-xuzu’ Hazrati Alini go‘yo boshqa olamga olib ketgandek edi. Shuning uchun ham vujudlaridagi oHriqni aslo sezmadilar.

Qayd etilgan


Munira xonim  03 Oktyabr 2006, 07:09:25

Нажотни Kуръондан топдим     
(Xошимжон kори xикояси)

Хотинимнинг кўзи ёришадиган кун яkин kолган эди. Аёллар маслаxатхонасига борса, дўхтирлар xомиланинг ривожланиш муддати ўтиб кетгани, энди бола катталашиб, туgиш ниxоятда kийин бўлишини айтиб, kўрkитишибди. Уларнинг тавсиясига кўра аёлимни туgруkхонага зудлик билан ётkиздим. Даволовчи дўхтир kўлимга бир неча kимматбаxо укол ва дори-дармонларнинг рўйхатини тутkазди. Агар уларни топиб, тезда муолажа бошланмаса, она-боланинг xаётига катта хавф борлигини, туgиш ниxоятда оgир кечиб, xатто ўлимга олиб бориши мумкинлигини яхшилаб тушунтирди. Аёлим ва боламни xаётини ўйласам, шошилинч дорихонага чопишим керак эмиш. Шифокорлар xузуридан бўшашиб чиkарканман, бошим kотди. Сабаби, дори-дармонга пул йўk. Анчадан буён бетоблигим сабабли ишлай олмайман. Рўзgорни учма-уч аранг ўтказиб турган эдим. Бунча пулни топиш амримаxол. Xозирги пайтда кимдан xам kарз сўрайсан, xамманинг xоли ўзига тайин. Шу xаёллар билан уйга kандай келганимни билмай kолдим. Ёлgиз kолган кенжамизни овkатлантириб, ухлатиб kўйдим. Кейин xар кунги машgулотим — Kуръони каримни хатм kилишга киришдим. Боядан бери миямни банд kилиб, кўнглимни gаш kилиб турган xаёллар нари кетди. Буюк Парвардигорнинг мўъжиз каломи ичра gарk бўлдим. Xафтасига бир марта Kуръони мажидни хатм kиламан. Мусxафни очиб, келган жойимдан тадаббур билан тиловатни бошладим. Ўн учинчи жузга келган эдим. Раъд сурасини ўkишга киришар эканман, бирдан миямда ялт этиб нимадир чаkнагандек бўлди. Суранинг 8-9-оятларига келганимда xайратдан «Субxаналлоx!» дея xайkириб юбордим. Беихтиёр кўзларимдан ёш отилиб чиkди. Оятлар мазмуни kуйидагича эди: «Фаkат Аллоxгина xар бир аёлнинг кўтариб юрган xомиласини (ўgилми-kизми, расоми-норасоми, чиройлими-xунук эканини) xам, бачадонлар (муддатидан илгари) ташлайдиган болани xам, (тўkkиз ойдан) ортиkроk туриб kоладиган болани xам билур. У зот даргоxида xар бир нарса ўлчовлидир. У gайбу шаxодатни (яъни махфий ва ошкора барча нарсани) билгувчи буюк ва юксак зотдир». Суранинг шу жойига келганимдаги xолатимни тасвирлашга тил ожиз, kалам ноkис. Ўзим Kуръонни неча бор ўkиб, xамма нарса Аллоxнинг xикмат-иродаси билан бўлишига имон келтирсам-у, ожиз бир банданинг гапидан ваxимага тушиб, kайғgуриб, изтироб чекиб ўтирсам?! Имоним бу kадар сустлашиб кетганига истиgфор айтдим. Жойнамозни ёйиб икки ракат намоз ўkидим. Дуога kўл очиб, Аллоxдан аёлимнинг кўзи ёришини осон kилишини, икки жонни Ўз паноxида асрашини сўраб ёлбордим, илтижо kилдим. Дуода Раъд сурасининг бояги оятларини бир неча марта kайтариб, Аллоxдан нажот, омонлик сўрадим. Ёлgиз Ўзига таваккул kилиб, хотиржам уйkуга кетдим.
"¦Эртасига нонуштадан кейин хотинимдан хабар олгани борган синглим xовлимизга суюнчи сўраб, хурсанд кириб келди: «Акажон, ўgилли бўлибсиз, паxлавон ўgил туgилибди. Она-боланинг аxволи яхши!»
«Алxамдулиллаx» деб Аллоxга xамд-шукрона айтдим. Зотан, бундан бошkа сўзга xожат xам йўk эди"¦

Жаъфар Абдулмўмин
 
www.fikr.uz dan olindi.

Qayd etilgan


Nodi  06 Oktyabr 2006, 16:01:05

Tavsiya

Habib ibn Abdullohdan:
Bir odam Abu Dardoga:
 — Menga nimalarni tavsiya etasiz? — dedi.
— Xursandchilik va to‘qchilik paytlaringda Allohni unutmagin, Alloh ham qiyin ahvolga tushganingda seni unutmaydi. Biror dunyoviy ishga kirishmoqchi bo‘lsang, qanday natija chiqishini o‘yla, shundan keyingina boshla, — deb javob berdi Abu Dardo roziyalloqi anhu».

Qayd etilgan


Laylo  08 Oktyabr 2006, 15:57:04

Alloh ko‘rib turibdi

Hazrati Umar, roziyallohu anhu, xalifalik davrida sutga suv qo‘shishdek yomon odatni qat’iy taqiqladilar.
Shahar osoyishtaligini nazorat qilish uchun bir kecha Madina ko‘chalarida kezib yurgan xalifa charchab, bir uy yaqinidagi tosh ustiga o‘tirdi. Kutilmaganda uy ichida ona bilan qizi o‘rtasidagi shu gaplarni eshitib qoldi:
— Qani, qizim, turgin-da, sutlarga bir oz suv qo‘shib yubor!
— Xalifa sutga suv qo‘shishni taqiqlaganini bilmaysizmi, onajon!
— Bilaman.
— Axir xalifa taqiqlagan ishni qanday bajaraman?
— E-e, qo‘shaversang-chi, Umar seni ko‘rib turgani yo‘q!
— Umar ko‘rmasa ko‘rmas, ammo Alloh ko‘rib turibdi-ku...
Hazrati Umar shundan  so‘ng uyga qaytdilar. O‘Hillari Osimni imon-e’tiqodli, go‘zal axloqli bu faqir qizga uylantirdilar.

Qayd etilgan


Muslimaxon  10 Oktyabr 2006, 06:53:26

Sumra ibn Jundub raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namoz o‘qib bo‘lgach, bizga yuzlanib: «Bul kecha kim tush ko‘rdi?»-deb so‘rar erdilar. Odamlar ko‘rgan tushlarini aytib berishar erdi, Janob Rasululloh ersa, «Olloh taolo ne xohlasa, o‘sha bo‘lg‘aydir!»-deb ta’bir aytar erdilar. Bir kuni bizdan: «Birortangiz tush ko‘rdingizmi?» - deb so‘radilar. Biz: «Yo‘q»,- dedik. Shunda Janob Rasululloh: «Ammo, men bul kecha tush ko‘rdim, tushimda ikki kishi qo‘limdan yetaklab, meni Bayt ul-Muqaddasga olib borishdi. Qarasam, u yerda bir kishi o‘tiribdir va bir kishi tik turibdir. Tik turgan kishi qo‘lidagi (rivoyatning davomini Muso ibn Ismoildan eshitganmiz, deyishadi ayrim sahobalar) temir changakni o‘tirgan kishining bu lunjiga tiqib, ikkinchi lunjidan chiqarmakdadir, keyin ikkinchi lunjiga tiqib, bu lunjidan chiqarmakdadir. Changakni sug‘urib oldi deguncha, lunji tuzalib qolayotir. Tik turgan kishi o‘tirgan kishining lunjiga temir changakni shu tariqa to‘xtovsiz tiqib, sug‘urar erdi. Buni ko‘rib, «Bu ne qilganlaringdir?»-dedim. Ular: «Qani, yurg‘il, ketdik!» - deyishdi. Bir joyga borsak, bir kishi chalqancha yotibdir, yana bir kishi boshida tik turibdir. Uning qo‘lida mushtdek tosh bo‘lib, chalqancha yotgan kishining boshiga urmakdadir, tosh sapchib ketib, nariga borib tushmakdadir. U toshni tag‘in olib kelguncha chalqancha yotgan kishining boshi tuzalib qolayotir. Shu tariqa tik turgan kishi chalqancha yotgan kishining boshini qayta-qayta majaqlamoqdadir. Men: «Bu kimdir?»-deb so‘radim. Ular: «Yurg‘il, ketdik!»- deyishdi. Bir joyga borsak, tandirga o‘xshash og‘zi tor, tubi keng bir chuqurlik bor erkan, uning ichidagi alanga kuchayganda odamlar alanga birlan birga chuqurdan uchib chiqib ketay deyishayotir, alanga pasayganda ersa, alanga birlan birga yana chuqur tubiga tushib ketishmakdadir. O’tda kuyayotganlar orasinda qip-yalang‘och erkaklar ham, ayollar ham bordir. «Bular kimlardir?» - deb so‘radim. Ular: «Yurg‘il, ketdik!»-deyishdi. Yura-yura qon daryosi bo‘yidan chiqib qoldik. Daryoning qirg‘og‘ida bir odam, o‘rtasida ersa, boshqa bir odam turibdir. Daryodagi odam qirg‘oqqa chiqg‘aymen desa, qirg‘oqdagisi uning lunjiga tosh birlan urib, daryoga qaytarib tushirib yubormakdadir. U yana chiqg‘aymen desa, tag‘in urib tushirib yubormakdadir. «Bu nedir?»-dedim. Ular: «Yurg‘il, ketdik!» - deyishdi. Biz bu gal yam-yashil bog‘ oldidan chiqib qoldik. Bog‘da bir azim daraxt bor erkan, uning tagida bir chol va bir to‘da bolalar o‘tirishibdir. Daraxtga yaqin joyda bir kishi o‘t yoqmakdadir. Sheriklarim meni ko‘tarib daraxtning ustidagi bir uyga olib kirdilar. Men shul choqqacha bundoq muhtasham uyni ko‘rmagandirmen, uning ichida (kishilar) chollar, yigitlar, bolalar va ayollar bor erkan. Keyin, meni daraxtning yuqorirog‘idagi boshqa bir uyga olib chiqdilar, bunisi avvalgisidan ham muhtashamroq va fayzliroq erdi. Unda chollar va yigitlar o‘tirishgan erkan. Men sheriklarimga qarab: «Bul kecha meni rosa sayr qildirdingizlar, endi ko‘rganlarimni tushuntirib beringiz!» - dedim. Ular: «Bo‘pti!»-deb menga tushuntira ketdilar: «Lunjiga temir changak tiqilayotgan odam kazzob (yolg‘onchi) bo‘lib, uning gaplari hatto ufqqa qadar yetib borgandir. Unga, o‘zing ko‘rganingdek, qiyomatgacha azob berilg‘aydir. Boshi majaqlanayotgan odam ersa, Olloh taolo Qur’ondan bexabar qilgan odam bo‘lib, u kechalari g‘aflat uyqusida yotgan, kunduzi ham tilovat qilmagan. Unga qiyomatgacha boshini majaqlab, azob berilg‘aydir. Chuqurda ko‘rganlaring - zino qilgan odamlardir, daryoda ko‘rganlaring ersa, sudxo‘rlardir. Daraxt tagida o‘tirgan chol ersa, Ibrohim alayhissalom, tegrasidagi bolalar - odamlarning norasida yoshda vafot etgan bolalaridir. O’t yondirayotgan shaxs o‘t yoquvchilar noziridir. Sen kirgan birinchi uy, umum mo‘‘minlar uyidir, ammo keyingi uy ersa, shahidlar uyidir. Men bo‘lsam, Jabroildirmen, bul esa Mikoildir». Shundan so‘ng, Jabroil va Mikoil menga: «Boshingni ko‘targ‘il!» -dedilar. Men boshimni ko‘tarsam, tepamda bulutga o‘xshash bir joy ko‘rindi. Ular: «Bu sening maskaningdir!» - deyishdi. Men: «Qo‘yib yuboringiz, o‘shal maskanimga kirayin!» desam, ular: «Hali umring tugagani yo‘qdir, tugasa, o‘shal manzilingga kelg‘aydirsan»,- deyishdi».

Qayd etilgan


Laylo  21 Oktyabr 2006, 16:16:26

Ikki eshik orasi

Muslim ibn Bishrdan:
Abu Hurayra, roziyallohu anhu, kasal bo‘lib o‘lim to‘shagida yotar ekan, unsiz  yig‘lar edilar. Bir kuni u kishidan: «Nega yig‘laysiz?" deya so‘rashdi. U shunday javob qildi:
— Oldimdagi safar juda uzoq. Ozuqam esa oz. Shu boisdan yig‘layman. Hozir meni ikki eshikning ro‘parasiga keltirishgan: eshiklardan  biri jahannamga, ikkinchisi esa, jannatga ochiladi.  Meni qaysinisidan ichkariga olib kirishlarini bilmayman.

Qayd etilgan


Laylo  24 Oktyabr 2006, 07:44:42

Muhtojning ehtiyoji

Xolid ibn Mi’doddan, roziyallohu anhu:
"œUmar ibn Xattob, roziyallohu anhu, Said ibn Omir ibn Huzaym al-Jumahiyni Humaysga voliy etib tayinladilar. Bir kuni  Humaysga kelganlarida xalqdan:
— Voliyingiz qanday? — deb so‘radilar.
— Undan mamnun emasmiz, — deyishdi.
— Nega?
— To‘rt sababi bor. Birinchidan, quyosh ko‘tarilmay ishga kelmaydi, ikkinchidan, oyda bir kun hech tashqariga chiqmaydi, uchinchidan, ba’zan u shunday xafahol bo‘lib qoladiki, xuddi telbaga o‘xshab ko‘rinadi va hech ish qilolmaydi, to‘rtinchidan, kechqurunlari hech kimni qabul qilmaydi.
— Bular katta nuqsonlardir, — dedi Umar va Saidga xabar yubordi.
Xalifa Saidga ishonchi tufayli xabar jo‘natayotganida: «Allohim, u haqdagi fikrimni o‘zgartirmagin", deb duo qildi.
Said kelganida Hazrati Umar Humays xalqiga:
— Voliy ustidan shikoyatingizni yana bir bor ayting, — dedi.
— Quyosh ko‘tarilmay ishga kelmaydi, — deyishdi.
— Vallohi, ey mo‘minlar amiri. Men aslida  hech kimga aytmoqchi emasdim. Uyimda xizmatkor bo‘lmagani uchun erta turib, non pishirib olgach, tahoratimni yangilab, keyin ishga chiqaman, — dedi Said.
— Yana qanday shikoyatingiz bor?  — so‘radi Hazrati Umar.
— Kechqurun bo‘lishi bilan hech kimning ishiga qaramaydi.
— Bunga nima deysan, Said?
— Aslida bu haqda ham gapirmoqchi emasdim. Men kunduzni odamlarga, kechani esa Allohga ajratganman.
— Yana bir shikoyatingiz bormidi?  — so‘radi xalifa.
— Oyda  bir marta  hech tashqariga chiqmaydi, — deyishdi.
— Xo‘sh, bunga nima sabab?
— Hali aytganimdek, xizmatkor tutmaganim uchun kirlarimni o‘zim yuvaman va qurishini poylayman. Sababi, menda qo‘shimcha boshqa ust-bosh yo‘q. Shuning uchun o‘sha kuni shomga yaqin chiqa olaman.
— Yana qanday shikoyatingiz bor? — so‘radi Umar, roziyallohu anhu.
— Orada bir telbaga aylanadi-qoladi va biror ish qilolmaydi.
Said buni shunday izohladi:
— Hubayb al-Ansoriy Makkada o‘ldirilganida men o‘sha yerda edim. Mushriklar uni ushlab, bir necha joyidan go‘sht parchalarini kesib olishganidan so‘ng, bir daraxtga osib mixladilar va undan: «Hozir sening  o‘rningda Muhammad bo‘lishini xohlarmiding?" deb so‘rashdi. U esa: «Vallohi, hozir men ul zotning oyoqlariga bir tikan kirishini ham istamayman" dedi va "œYo Muhammad" deya baqira-baqira jon berdi.
Men o‘sha payt buyuk Allohning borligiga imon keltirmagan bir mushrik bo‘lganim uchun unga hech qanday yordam berolmagan edim. Hatto unga achinmadim va vijdonim ham qiynalmadi. Shuni eslasam, Alloh taolo meni  kechirarmikan, deb o‘ylab hushimdan ketib qolaman.
Ittifoqo, Hazrati Umar, roziyallohu anhu:
— Allohga shukrlar bo‘lsinkim, mening ojiz farosatim noto‘g‘ri bo‘lib  chiqmadi, — dedi va  Saidga ming dinor berilishini buyurib:
— Buni ehtiyojlaring uchun sarfla, — dedi.
Saidning ayoli buni eshitib nihoyatda  xursand bo‘ldi va eriga:
— Bizni sizning xizmatingizga muhtoj bo‘lmoqdan xalos etgan Allohga hamd bo‘lsin, — dedi.
Said ayoliga qarab:
— Bu pullarni o‘z ehtiyojlarimizga  ishlatmay, sen uchun yanada foydaliroq bo‘lgan bir ish qilsam nima deysan? Ularni bizdan ham muhtojlarga tarqatsak, biz uchun yanada foydalidir, — dedi. Ayoli ham:
— Mayli, — degach, xonadon ahlidan eng ishonchli deb bilgan bir kishini chaqirdi.
Pul solingan xaltachaning oHzini bog‘lagach, unga:
— Ol, shu pullarni, falon mahallada falonchi ayol beva, falon bola yetim, falon joyda bir faqir bor, falon mahallada  bir bemor yotibdi, falon joyda musibatga uchragan bir odam bor, o‘shalarga tarqat, — dedi.
Haligi odam pulni aytilgan odamlarga tarqatib chiqdi. Qaytganida qo‘lida bir dinor qolgan edi.
Ayoli Saidga:
— Xudo xayringizni bersin. Pullarni  tarqatdingiz, yaxshi. Lekin hech bo‘lmasa, bizga bir xizmatkor olsangiz  bo‘lar edi. Shuncha pulda bizning hech bir ulushimiz yo‘qmidi? — dedi.
Said shunday dedi:
— Xonim, shunday bir kun keladiki, sen bu pulga bugungidan ko‘ra ko‘proq muhtoj bo‘lasan...

Qayd etilgan


Muslimaxon  22 Noyabr 2006, 08:08:39

DEVOR

Kasalxona palatalarining birida uchta falaj kasal yotardi, ulardan birinchi bo’lib kelgani oynaning oldiga, ikkinchisi o’rtaga, uchinchisi esa eshik yoniga joylashtirilgan edi. O’rtada yotgan kasal boshqa kasallardan farqli o’laroq tushkunlikka tushmaydigan xarakterda bo’lib, gaplari bilan boshqalarning ham kayfiyatini ko’tarar, ko’nglini ovlar edi.

Sovuq qish kunlarining birida oyna yonida yotgan kasal vafot etdi. Uni olib ketishgach, o’rtadagi kasalni oyna oldiga, eshik oldidagini esa o’rtaga yotqizishib bo’shagan joyga yangi kasalni olib kelishdi.
Oyna yoniga joylashtirilgan ko’tarinki kayfiyatda yuruvchi kasal endi ko’chada ko’rganlarini sheriklariga aytib bera boshladi. U yo’l chetidagi park, katta katta chinor daraxtlari, chug’urlashgan qushlar, ko’chada shosha-pisha ishga ketayotgan odamlar, shod-xurram bolalar va qarshi tog’lardagi gullarga burkangan dalalar haqida so’zlab biroz bo’lsa ham sheriklarining dardlarini unuttirardi.

Ko’p o’tmay bu kishi ko’chadan o’tganlarga nom ham qo’yib oldi. Shunday qilib sheriklari ertalab ishga ketayotganlarning, ko’chada yurib narsa sotuvchining va kechqurun horib uyga qaytuvchilarning hikoyalarini eshita-eshita ularni ko’zlari o’ngida jonlantira boshladilar. Endi palatadagi og’ir va ezuvchi sukunat yo’qolib, yillarga teng tuyuluvchi soatlar, maroqli hikoyalarga to’lgandi.

Kunlarning birida o’rtada yotgan kasalning miyasiga bir fikr keldi. Agar oyna yonidagi kasal biror falokatga yo’liqsa, uning joyiga o’zi o’tadi, shunda uning gaplarini eshitib o’tirmay, aytganlarini o’z ko’zi bilan ko’ra oladi"¦

Bu fikr unga tinchlik bermay qo’ydi.Yotgan joyida ham faqat shu haqida o’ylar, biror bir chora izlardi. Oxiri bir qarorga keldi, ba’zan sherigining yuragin ushlab qolardi. Bunday hollarda u darrov tumba ustidagi dorilardan olib ichardi.

Bir kun kechqurun oyna yonida yotgan kishining yana yuragi ushlab qoldi,l ekin bu safar o’rtada yotgan sherigi ming bir qiyinchilik bilan dori idishini ag’darib yubordi, shisha yerga tushdi va parcha-parcha bo’lib ketdi.

Ertasi kuni ertalab oyna yonida yotgan kasalning o’lib yotganini ko’rishdi. Va uni olib chiqib ketgach, o’rniga o’rtada yotgan kasalni yotqizishdi.

Kasal niyatiga yetgan edi, endi u o’z ko’zlari bilan ko’chani ko’rish uchun oynadan qaradi, biroq uni to’k urgandek bo’ldi. Chunki oynadan bir necha metr narida qop-qora devordan boshqa hech narsa yo’q edi.

www.muslima.uz

Qayd etilgan