Islom hayotidan ibratli hikoyatlar  ( 213331 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 ... 35 B


Muslimaxon  22 Noyabr 2006, 08:09:18

ONANGGA ISHONASANMI?

Онанинг корнида икки гудак сухбатлашмокда. Улардан бири иймонли булса, бири кофирдир.

Кофир чакалок (К): Тугрукдан кейинги хаётга ишонасанми?

Иймонли чакалок (И): Албатта. Тугрукдан кейинги хаёт борлиги аник. Бу
ерда келажакда бизни кутаётган хаёт учун куч туплашимиз, кийинчиликларга
тайёр булишимиз керак.

(К): Бу хаммаси бемаъни гаплар! Тугрукдан кейин хеч кандай хаёт
булмайди. У хаётни тасаввур кила оласанми узи?

(И):Хаммасини билмайману, у ернинг ёп-ёруглигини, биз узимимиз
юришимиз, овкатланишимизни биламан.

(К): Бошни котирма! Кандок килиб узимиз юриб, огзимиз билан овкат
еймиз! Бу кулгили! Ахир биз киндик оркали озикланамиз-ку.

(И): Аник биламанки, мен айганимдек булади.

(К): Ахир у ердан хали хеч ким кайтиб келмаган-ку! Хаёт тугрукдан кейин
тугайди, вассалом. Умуман, хаёт факатгина зулматдаги эзилишдан бошка
нарса эмас.

(И): Йук, йук! Хаётимиз айнан кандай булишини билмасам-да, хар калай
онамизни курамиз ва у бизни парваришлайди.

(К): Онамизни? Сен онага ишонасанми? Хуш, у каерда?

(И): У хамма ёкда, бизнинг айлан-атрофимизда, биз унда яшаймиз, у борлиги туфайли харакатланамиз ва яшаймиз, усиз яшаолмаймиз.

(К): Булмаган гап! Мен хеч канака онани курмаганман, шунинг учун у йук.

(И): Булмаса айтчи, ким туфайли биз яшаймиз?

(К): Мен буни хали тулик тушунтиролмайман. Яна озгина катта булайлик,
бунинг жавобини хам топаман! Хуш, айтчи, У охирги тулгок пайтида каерда
эди! Шунчалик мехрибон булса, нега бизга ёрдам бермади? Нега хамма
кийинчиликларни узимиз бошдан кечирдик?!

(И): Гапингга кушилмайман. Ахир баъзан, хаммаёк тинчиганда у кушик
айтишини, дунёмизни силашини сезамиз. Ишончим комилки, бизнинг хакикикй
хаётиимиз факат тугрукдан кейингина бошланади.? Сен-чи?

www.muslima.uz

Qayd etilgan


Munira xonim  23 Noyabr 2006, 08:46:17

Hidoyat yo'li.

Bir yigit shunday hikoya qiladi:"Juma tongi onajonimning:"Bugun muborak kun, vaqtli turib ibodat qilgin", degan ovozidan uyg'oni9b ketdim. O'rnimdan turarkanman, kechasi ko'rgan tushimni eslashga harakat qildim. Tushimda mashinani tez haydab ketayotgan ekanman,oldimdan ikkita yo'l chiqibdi. O'ng tomondagi yo'ldan shundayin bir nur taralardiki,hayratda qoldim. Qay tomon yurishni bilmay turganimda onajonim uyg'otib yuordilar.
Namozdan keyin nonushta qilgach, ishga jo'nadim. "Yahhsi borib kel,o'g'lim. Doimo Allohni yod qilib yur. Hech esingdan chiqazmagin. Doimo Alloh sening madadkoring bo'lsin",deya fotiha berdionam. Boshlig'im Bahtiyor aka juda jiddiy,salobatli kishi. Birinchi ko'rganimda u kishini oldilarida dovdirab qolgandim. G'alati kishiekan,birovni hafa qilmaydi, maqtamaydi ham.Nima demoqchi ekanini ko'z qarashidan bilaman. Yo'lda ketar ekanmiz, Bahtiyoraka peshin paytida uchrashuvi borligini tayinladi. "H'op deyishimga qaramay,meni:"Bugun juma,ho'jayinni uchrashuvga olib borsam, juma namoziga ulgurmay qolaman,endi nima qilaman?",degan o'y qiynay boshladi. Belgilangan uchrashuvga borish uchun ketayotganimizda oldimda turagn manzarani ko'rib hayratdan qotib qoldim. Ahir, bu tushimdagi yo'llar-ku! O'ng tomondagisi masjid,to'g'rida keti ko'rinmas yo'l. Odamlar masjid tomon oqib borayapti. "Allohim menga madad ber,yo'lko'rsat, mashinani masjid tomon buraymi, yoki ho'jayinni manziliga olib boraymi?""Allohim, meni O'zing qo'lla",deya mashinani masjid tomon burdim. Bahtiyor aka hayron qoldi. "Qayoqqa yurding, to'g'riga yurishimiz kerak-ku?",dedi. Men esa:"Bahtiyor aka, bugun juma, shundoq juma namozini o'qib chiqaman",deganimni bilaman, u kishining rangi o'zgarib ketdi:"Jinnibo'lganmisan, soat birda muhim uchrashuvim bor". Bor kuchimni to'plab:"Bahtiyor aka, mana kalit,men jumaga kech qolmay",degancha majid tomon yugurdim. Azon aytildi, safga qo'shildim. Ko'zlarim hech narsani ko'rmas,quloqlari eshitmas edi. Huddi Rabbimning oldida yolg'iz turgandek edim. Bu halovatni tushuntirib berishim qiyin.
Namozdan so'ng ko'zlarimda yosh ila duo qildim:"Ey,Allohim, meni hech qachon ikki yo'l orasida qoldirma,O'zing to'g'ri yo'lda adashtirma. O'zingdan boshqaga muhtoj qilma!".
Duodan keyin sl o'zimga kelib, sal narida o'tirgan kishiga ko'zim tushdi. Qo'lidagi uzuk ko'zimga tanish ko'rindi. Hayajon ichra uning yuzlariga boqdim. Ne ko'z bilan ko'rayki, u boshlig'im Bahtiyor aka edi.... Juma ayyomi bilan qutlab meni qushog'iga oldi...

Qayd etilgan


Munira xonim  23 Noyabr 2006, 09:02:25

Vazifa.
Qancha harakat qilmay,safardan uyimga yarim tunda kirib keldim. "Yo'l azbi- go'r azobi", deganlaridek, charchaganim bois bir pas yotib dam olish istagi tug'ildi. Yotayotib hufton namozini o'qimaganim yodimga tushdi. Ozgina mizg'ib olib keyin turib namozni o'qirman, degan fikr hayolimga kelib o'rnimga cho'zildim. Biroq bolalarning ovozini eshitgach sog'inch hissi meni ular tomon yetakladi.
- Ha, tinchlikmi nimaga yig'layapsan? - dedim kichik o'g'lim Abdullohga. U ko'z yoshlarini artar ekan:
- Akamdan uy vazofalarimni tayyorlashga yordam berishni so'rasam"vaqtim yo'q" deb yordam bermadi. Uy vazifamni bajarmasdan uhlab qolsam, ertaga o'qituvchimga nima deyman?- dedi. Shunda men o'zlimning berilgan vazifani bajarmagan holda o'qituvchiga yo'liqish iztirobi qiynayotgani uchun qo'limdan kelganicha unga yordam berdim. Abdulloh vazifalarini bajarib bo'lgach, hotirjam uyquga ketdi.
Endi mneing hayolimda yo'l charchog'i ham, dam olish istagi ham ko'tarilgan, boshqa ahyollar band qilgan edi:"Keyin o'qiyman, deya g'aflatda qolib uhlab qolsam, Allohimning bazifasini bajarmay uhlab qolgan bo'lamymanmi?"O'g'lim ustozining vazifasini bajarmasdan iztirob chekkan bo'lsa, men butun Olamlar Parvardigoriga yo'liqishdan g'aflatda qolganimdan achindim. Bularni fikrlar ekanman, o'zimdan-o'zim hafa bo'lib ketdim. So'ngra Vazifa sifatida hufton namozini ado etayotib vujudim titrab, ko'zlarimdan yosh quyilib, lablarim pichirladi:"Ey, Allohim, bizlarga O'zingga yo'liqishni, bajarilgan vazifalarni maqbul, gunohlarimizni mag'firat qilgin!"

Ruhiddin Akbarov.
"Musulmonlar taqvim kitobidan"olindi.

Qayd etilgan


Muslimaxon  26 Noyabr 2006, 12:23:14

Vahb ibn Munabbahdan (Alloh rahmat qilsin) zikr qilinadi. Alloh taolo iblisga Muhammad (s.a.v.) oldlariga borib, savollariga javob berishni buyurdi. U chol suratida qo‘lida hassa bilan keldi. Payg‘ambar (s.a.v.)  aytdilar: "œSen kimsan?" "œMen shaytonman". "œNima uchun kelding?" deb so‘radilar keyin. "œAlloh taolo menga sizning oldingizga kelishimni va savollaringizga javob berishimni buyurdi", dedi shayton. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "œEy mal’un, mening ummatim ichida sening qancha dushmaning bor?" Iblis javob qildi: O‘n beshta: birinchisi, siz, ikkinchisi, odil imom, uchinchisi, mutavoze’ boy, to‘rtinchisi, sodiq savdogar, beshinchisi, Allohdan qo‘rquvchi olim, oltinchisi, samimiy, oqko‘ngil mo‘min, yettinchisi, rahmdil mo‘min, sakkizinchi, tavbasida sobit turgan tavba qiluvchi, to‘qqizinchisi, haromdan taqvo qiluvchi odam, o‘ninchisi, doim tahoratda yuruvchi odam, o‘n birinchisi, ko‘p sadaqa qiluvchi odam, o‘n ikkinchisi, odamlarga nisbatan chiroyli xulqda bo‘lgan odam, o‘n uchinchisi, odamlarga foydasi teguvchi mo‘min, o‘n to‘rtinchisi, Qur’onni yodlab, uni davomli qiroat qiluvchi odam, o‘n beshinchisi, kechasi odamlar uxlaganida, ibodat qiluvchi odam". So‘ng Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "œMening ummatim ichida nechta do‘sting bor?" Iblis javob berdi: "œO‘nta. Birinchisi, zolim podshoh, ikkinchisi, mutakkabir boy, uchinchisi, xiyonatchi savdogar, to‘rtinchisi, aroq ichuvchi, beshinchisi, odam o‘ldiruvchi, oltinchisi, zinokor, yettinchisi, yetimning molini yeyuvchi, sakkizinchisi, namozga beparvo bo‘luvchi, to‘qqizinchisi, zakot bermaydigan kishi, o‘ninchisi, uzun orzular qiluvchi. Ana shular mening do‘st-birodarlarimdir".

Qayd etilgan


Muslimaxon  26 Noyabr 2006, 12:23:32

Abu Solih Abdurahmon ibn Zayyoddan rivoyat qiladilar: "œMuso alayhissalom bir majlisda o‘tirgan edilar. Shu payt iblis keldi. Uning boshida turli ranglarda bo‘lgan kiyim bor edi. Musoga yaqinlashganida, uni yechib qo‘ydi va yuzlanib, salom berdi. Muso: "œSen kimsan?" deb so‘radilar. "œMen iblisman", dedi u. Muso aytdilar: "œBu yerga kelishing sababi nima?" "œSizga salom berish uchun keldim, chunki Alloh taolo huzurida martabangiz bor". Muso: "œBu do‘ppi nima uchun?" deb so‘radilar keyin. Iblis: "œU bilan Odam bolalarining qalblarini ushlayman", dedi. Muso aytdilar: "œMenga xabarini ayt-chi, Odam farzandi qaysi gunohni qilsa, unga g‘olib bo‘lasan?". Iblis: "œNafsiga mag‘rurlansa, amalini ko‘p sanasa va gunohini unutsa, uning ustidan g‘alaba qilaman", deb javob berdi.

Qayd etilgan


Muslimaxon  26 Noyabr 2006, 12:23:58

Xabarda zikr qilinishicha, Bani Isroil ichida xudojuy bir kishi bo‘lib, u kulbasida ibodat bilan mashg‘ul edi. Uni Obid Barsisiy deyishdi. Duosi mustajob kishi edi. Odamlar unga kasallarni keltirishar, u duo o‘qir, keyin kasal tuzalar edi. bir kishi iblis shaytonvachchalarni chaqirib (ularga Allohning la’nati bo‘lsin): "œKim uni fitnaga sola oladi? U sizlarni ojiz qoldiryapti", dedi. Shaytonlarning Ifrit degan bittasi: "œMen uni fitnaga solaman". Agar uni fitna qila olmasam, men sizlardan emasman", dedi. Iblis aytdi: "œU seniki". Shayton Bani Isroil podshohlaridan birining uyiga jo‘nadi. Uning chiroyli qizi bor edi. U qiz otasi, onasi va opa-singillari bilan o‘tirgan edi. Shayton uni aqldan ozdirdi. Bundan ular qattiq qo‘rqishdi. Qiz jinniga o‘xshab qoldi. Bir necha kun o‘tganidan keyin Ifrit ularning oldilariga odam suratida kelib aytdi: "œQizingizni tuzalishini xohlasanglar, falon rohibga olib boringlar, qizni ko‘rib, haqqiga duo qiladi". So‘ng qizni rohib oldiga olib borishdi. U duo qilganidan keyin qiz tuzaldi. Ammo qaytganlaridan keyin kasali yana qaytaladi. Shayton ularning oldiga kelib: "œQizingiz tuzalishini xohlasanglar, uni rohibning oldiga bir necha kunga tashlab kelinglar", dedi. Qizni tashlab kelish uchun qizni rohibnikiga olib borishdi. Rohib uni qabul qilmoqdan bosh tortdi. Ammo uni majburlashdi va tashlab ketishdi. Rohib kunduzlari ro‘zador, kechalari qoim edi. Shayton qizni unga ro‘para qila olmadi. Rohib ovqatlanishga o‘tirganida, qizning jinniligi tutib, kiyimlarini yirtib tashladi. Rohib undan yuzini o‘girdi. Bu hol uzoqqa cho‘zildi... Bir kuni unga qaradi. U oldin hech ko‘rmagan qomat va chehrani ko‘rdi. So‘ng o‘zini tuta olmay, u bilan qo‘shildi, qiz undan homilador bo‘lib qoldi. So‘ng shayton rohibning oldiga kelib: "œSen kimni homilador qilib qo‘yding, bu qilgan ishing tufayli aniq podshohning jazosiga tortilasan, endi uni o‘ldirib, kulbang oldiga ko‘msanggina qutulishing mumkin. Ular sendan qizlarini so‘rashsa, ajali yetib o‘ldi, deb ayt. Ular senga ishonishadi", dedi. Rohib turib, uni o‘ldirdi va ko‘mdi. Qizning uyidagilari kelib so‘rashganida, o‘ldi, deb aytdi. Ular ishonib, qaytib ketishdi. (Boshqa bir rivoyatda kelishicha, Rohib: "œU tuzalib, uyiga ketdi", deb aytdi. Ular bunga ishonib qaytib ketishdi. So‘ng uylaridan surishtira boshlashdi).

Shunda shayton ularning oldiga borib aytdiki: "œRohib unga qo‘shildi, u homilador bo‘lganidan keyin, bu ish oshkor bo‘lishidan qo‘rqib, uni o‘ldirdi va ko‘mib qo‘ydi". Podshoh odamlari bilan Rohibning oldiga keldi. Uni osmoqchi bo‘lib ushlashdi. U osilgan vaqtda shayton kelib: "œO‘sha ishlarni men qildim. Agar sen Allohni qo‘yib, menga sajda qilsang, bu holdan seni qutqaraman. Ularga, u o‘ldirmagan, boshqa odam o‘ldirgan, deb aytaman. Ular menga ishonishadi", dedi. Rohib aytdi: "œBu holatda qanday sajda qilaman?" Shayton: "œBoshing bilan imo qilsang ham, roziman", dedi. Rohib unga sajda qildi. So‘ngra shayton unga: "œMen sendan bezorman", dedi.

Qayd etilgan


Muslimaxon  27 Noyabr 2006, 21:02:24

Faqih (r.a.) Qatodadan, Anas ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qiladilar: "œBir kishi Payg‘ambar (s.a.v.) oldlariga kelib: "œEy Rasululloh, mening qoraligim, yuzimning xunukligi jannatga kirishimdan qaytaradimi?" dedilar. Aytdilar: "œYo‘q, jonim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, Allohga ishonsang va Rasuli keltirgan narsalarga iymon keltirsang". U odam: "œSizni Payg‘ambar qilib ikrom etgan Zotga qasamki, ashhadu alla-a ilaha illallohu va ashhadu anna Muhammadan abduhu va rosuluhu, deb bu majlisda o‘tirishimdan sakkiz oy oldin shohidlik berganman. Men sizning huzuringizdagi va boshqa kishilarga xitob qildim. Lekin ular yuzim xunuk va qoraligi sababli rad qildilar. Albatta, men o‘z qavmim — Bani Salim orasida nasabli bir kishiman, lekin menga tog‘alarimning qoraligi g‘olib kelgan". Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "œBugun Amr ibn Vahb ko‘rindimi?" U kishi saqif qabilasidan bo‘lib, Islomga yangi kirgan edi. "œYo‘q", deyishdi. Payg‘ambar (s.a.v.) unga: "œUning uyini bilasanmi?" dedilar. Aytdi: "œHa, bilaman". Aytdilar: "œBorib eshigini yumshoqlik bilan taqillat, so‘ng salom ber, so‘ng: "œPayg‘ambar (s.a.v.) meni qizingizga uylantirdi", deb ayt", dedilar. Amrning turib qolgan qizi bor edi. U chiroyli bo‘lishi bilan birga aqlli ham edi. U odam Amrning uyiga kelib, eshikni taqillatdi va salom berdi. Ichkaridagilar salomni eshitib, eshikni ochishdi. Ammo uning yuzi xunukligini ko‘rib seskanishdi. U odam aytdi: "œPayg‘ambar (s.a.v.) meni sizlarning qizingizga unashtirdilar". Ular uni haydab yuborishdi. U kishi indamay chiqib, Payg‘ambar (s.a.v.) oldlariga jo‘nadi. Shunda qiz otasiga aytdi: "œEy otajon, vahiy kelib, sharmanda qilmasidan avval o‘zingizni qutqaring. Agar Payg‘ambar (s.a.v.) meni unga unashtirgan bo‘lsalar, men Alloh va Rasuli rozi bo‘lgan narsaga rozi bo‘ldim". Qizning otasi uydan chiqib, Rasululloh (s.a.v.) oldlariga keldi va u zotga yaqinroq o‘tirdi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "œSen Allohning rasulini rad qilding. Nima uchun?" "œHa, shu ishni qildim, Allohdan mag‘firat so‘rayman, men uni yolg‘onchi, deb o‘ylabman, uni unashtirdik. Alloh va Rasulining g‘azabidan Alloh nomi bilan panoh tilayman", dedi. So‘ng o‘sha kishini qizga yuz dirhamga unashtirishdi. Payg‘ambar (s.a.v.) kuyovga — u Sa’d Salmiy edi — aytdilar: "œYoring oldiga bor va u bilan bo‘l". Sa’d: "œSizni haq payg‘ambar qilib yuborgan Zotga qasamki, birodarlarimdan so‘rab topmasam, menda mahrga hech narsa yo‘q", dedi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "œXotiningning mahri mo‘minlardan uch kishining bo‘ynida. Usmon ibn Affon (r.a.) oldiga bor va undan ikki yuz dirham ol. So‘ng Abdurahmon ibn Avf (r.a.) oldiga borib, undan ham ikki yuz dirham ol. So‘ng Ali (r.a.) oldiga bor. Undan yuz dirham ol". Usmon, Abdurahmon va Ali unga oshig‘i bilan berishdi. So‘ng Sa’d u pullarga bozordan yoriga narsa sotib olish uchun xursand bo‘lib ketayotganida, jarchining: "œEy Allohning chavandozlari, otlaninglar", deb safarbarlikka chorlab yurganini eshitdi. Kuyov osmonga qaradi-da: "œEy Allohim, osmonu yer mulkining va Muhammadning (s.a.v.) ilohi, bu dirhamlarni Alloh va rasuli hamda mo‘minlar yaxshi ko‘rgan ishlarga sarflayman", dedi. So‘ngra ot, qilich, kamon, yoy va qalqon sotib oldi. Sallasini qorniga bog‘ladi, boshini ikki ko‘zidan boshqa hech joyi ko‘rinmaydigan qilib o‘radi. Keyin muhojirlarning oldiga keldi. "œBu chavandoz kim bo‘ldi?" deyishdi. Ali: "œQo‘yaveringlar, balki Bahrayn yoki Shomdan kelgandir. Sizlardan dinlaringiz, ishlaringiz haqida so‘ramoqchi bo‘lganu so‘ng sizlarga qo‘shilishni yaxshi ko‘rib qolgan bo‘lsa kerak", dedilar. So‘ng u urushga kirishdi, nayza bilan sanchib, qilich bilan chopa boshladi. Bir payt oti yiqildi. Keyin piyoda holda yenglarini shimarib jang qildi. Payg‘ambar (s.a.v.) uning qora bilagini ko‘rib tanidilar va: "œSen Sa’dmisan?" dedilar. "œOta-onam sizga fido bo‘lsin. Men Sa’dman", dedi. Nabiy aytdilar: "œSa’d muvaffaqiyatga erishdi". Sa’d nayza bilan sanchib, qilich bilan chopib, Allohning dushmanlarini o‘ldirardi. Keyin: "œSa’d halok bo‘ldi", degan xabar tarqaldi. Payg‘ambar (s.a.v.) uning oldiga keldilar. Boshini ko‘tarib, quchoqlariga oldilar. Keyin yuzidagi tuproqni kiyimlari bilan artdilar va: "œSening bo‘ying shunchalar yaxshiki, hatto Alloh va Rasuliga xush yoqadi", dedilar va yig‘ladilar. Keyin ko‘mdilar va yuzlarini burdilar-da: "œAllohga qasamki, u hovuzga yetdi", dedilar. Abu Luboba: "œOta-onam sizga fido bo‘lsin, hovuz nima?" deb so‘radilar. "œBu hovuzning chekkalari dur va yoqut bilan qoplangan. Suvi sutdan ham oq, asaldan ham mazaliroq. Kim undan bir marta ichsa, hech qachon chanqamaydi", dedilar. So‘ng: "œEy Rasululloh, ko‘rdimki, yig‘ladingiz, so‘ng kuldingiz, so‘ng yuzingizni burdingiz. Bularning sababi ne?" deb so‘radi. Rasululloh javob berdilar: "œAvvalo Sa’dga mehrim jo‘shib yig‘ladim. So‘ng uning manzili va izzat-ikromi Alloh taolo zimmasida ekanidan xursand bo‘lib kuldim. Yuzimni olib qochganim esa, men uning hurlardan bo‘lgan juftlarini ko‘rdim. Ular boldirlari ochilgan, taqinchoqlari ko‘ringan holatda unga shoshilib kelishdi, o‘shalardan uyalib yuzimni olib qochdim". Keyin qurolini, otini va boshqa narsalarni olishni buyurib aytdilar: "œBu narsalarni unga qizini bergan kishining oldiga olib boringlar va: "œAlloh taolo uni sizlarning qizingizdan ham yaxshirog‘iga uylantirdi", deb aytinglar".

Qayd etilgan


Muslimaxon  05 Dekabr 2006, 07:38:50

Oldingilardan uch kishi sayohatga chiqdi. Yomg‘ir yog‘ib qolib, ular bir g‘ordan boshpana topishdi. Shu payt tepadagi tog‘dan katta tosh tushib, g‘or og‘zi yopilib qoldi. Ular: "œYo‘l yo‘q, xabar kesildi. Biz uchun faqat Alloh va qilgan yaxshi amallarimiz bor, xolos" (ya’ni, Allohga qilgan solih amallarimiz hurmati duo qilaylik,  shoyad, Alloh bizlarga yo‘l ochsa), deyishdi. Ulardan bittasi aytdi: "œParvardigoro, Sen bilarding, amakimning bir qizi bor edi. U menga juda yoqardi, men undan nafsimni qondirishini so‘radim. U bosh tortdi. Keyin uning boshiga qattiq muhtojlik tushdi. Mening oldimga kelib, yordam so‘radi. Men: "œYo‘q, men bilan birga bo‘lmaguningcha yordam bermayman", dedim. U bosh tortdi. So‘ng yana qaytib keldi, boshiga qattiq ehtiyoj tushgan edi. (Boshqa rivoyatda: "œUning eri qattiq kasal bo‘lib qoldi, kichik bolalari bor edi, ularga qahatchilik yetdi", deyiladi.) U uch-to‘rt marta kelib yordam so‘radi. Men: "œYo‘q, nafsing bilan meni qondirmaguningcha, yordam bermayman", der edim. Oxiri u rozi bo‘ldi. Ammo men u ayol bilan birga bo‘lishga intilgan paytimda badanlarim titrab ketdi. Shunda u aytdiki: "œBu narsani faqat halol o‘ringa sarflashingiz lozim". So‘ng men uni qo‘yib yubordim va unga zarur bo‘lgan narsani to‘liq qilib berdim. Ey Allohim, meni bu ishni Sening yuzingni istab qilgan bo‘lsam, bizdan bu toshni sur". Shunda g‘orning og‘zida kichik tuynuk ochildi. So‘ng ikkinchisi aytdi: "œEy Allohim, bilasanki, mening keksa ota-onam bor edi. Bir kuni men sut sog‘ib, kechki ovqat uchun ularning oldiga keltirdim. Qarasam, ular uxlayotgan ekan, ammo uyg‘otishni xohlamadim, biroq qo‘ylarimni tashlab ketishdan ham qo‘rqdim. Shunday bo‘lsa-da, ularni qoldirib, ota-onamning boshida tong otguncha, idishni ushlab turdim. Vaholanki, qo‘ylarim sahroda edi. Allohim, agar bu ishimni O‘zingning roziliging uchun qilgan, deb bilsang, bizdan bu aziyatni ketkaz". Shundn so‘ng g‘or og‘zidagi tosh yana bir oz siljidi. Uchinchisi aytdi: "œAllohim, bilasanki, men yollanma ishchilarni ijaraga olgan edim. Har kishi ikki mud ovqatga ishlar edi. Ularning haqqini to‘la qilib berar edim. Bittasi: "œMening ishim ko‘p, shuning uchun haqimni ham ko‘paytirib ber", dedi. Men ko‘nmadim, uning achchig‘i chiqdi. (Bir rivoyatda: "œBoshqa  kishi kunning yarmida kelib, bir kunlik ish qildi. Uning haqini kamaytirgim kelmadi. Shunda ishchilardan bir kishi: "œMen kunning avvalida keldim, u o‘rtasida keldi. Bizning haqqimizni teng qilib berasanmi?" dedi. Men: "œHaqingdan biror narsani kamaytirdimmi?" dedim. Keyin u g‘azablanib, haqini tashlab ketdi", deyiladi.) Men uning haqqini saqlab qo‘ydim. Ekdim, foydasiga sigir, qo‘y, tuya va boshqa narsalar oldim. Shundan so‘ng u nochor qolgan vaqtda mendan haqqini so‘rab keldi. Men: "œMana, bularning hammasi seniki, ol", dedim. Allohim, bu ishimni Sening rizoliging uchun qilgan, deb bilsang, bizdan bu tanglikni ko‘targin". Shunda g‘or og‘zidagi tosh yana siljidi. Ular chiqib ketishdi.

Qayd etilgan


Muslimaxon  06 Dekabr 2006, 07:34:48

Faqih Abu Lays Samarqindiy ustozlaridan rivoyat qiladilar. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "œBani Isroilda bir ibodatli odam bor edi. U juda husnli edi. Savat to‘qib, qishloqlarda yurib sotardi. Bir kuni saroyning yonidan o‘tib qoldi. Shunda uni malikaning cho‘risi ko‘rib qoldi va bekasiga: "œMen eshik oldida savat sotib yurgan juda chiroyli kishini ko‘rdim. Bunaqasini hali ko‘rganim yo‘q", dedi. Maliki: "œUni oldimga olib kir", deb buyurdi. Cho‘ri obidni boshlab keldi. Malika obidni ko‘rib, uning husni jamoli asiriga aylandi. Shunda malika: "œSen bu savatlaringni tashla. Mana bu chiroyli to‘nni ol", dedi. So‘ng cho‘risiga qarab: "œMenga yog‘ va xushbo‘ylik keltir. Biz u bilan ehtiyojimizni qondiramiz, u ham bizning hojatimizni chiqaradi", deb aytdi. Keyin yana obidga yuzlanib: "œAgar men bilan birga bo‘lsang, senga ko‘p pul beraman, savat sotib yurishingga hojat qolmaydi", dedi. Obid malikaga: "œMen bu ishni xohlamayman", deb bir necha marta aytdi. Shunda Malika: "œUnda bu yerdan chiqolmaysan. Biz xohlagan ishni qilasan, keyin tashqariga chiqasan", dedi va cho‘riga eshiklarni qulflashni buyurdi. Cho‘ri eshiklarni qulfladi. Bu ishlarni ko‘rib turgan obid: "œSizlarning qasringiz ning tepasida tahoratxona bormi, men tahorat qilmoqchiman?" dedi. Malika cho‘risiga uni tahorat qilish uchun tepaga olib chiqishni buyurdi. Obid teppaga chiqqach, tomning chekkasiga keldi. Qasr juda baland, bu yerdan pastga tushish uchun hech narsa yo‘q edi. Obid nafsini avray boshladi: "œEy nafsim, kechayu kunduz haris bo‘lib, yetmish yildan beri ulug‘ rabbingning rizoligini axtarasan. Mana bu bir marotaba bo‘ladigan maishat esa, yetmish yillik ibodatlaringni bekor qilib yuboradi. Agar yana unga ro‘baro‘ keladigan bo‘lsang, u ishni qilmasliging kerak. Qilsang, amallaring bekor bo‘ladi. Yaxshisi o‘zingni mana bu tomdan tashla. Shunda Allohga bu gunohni qilmasdan, yaxshi amaling bilan yo‘qliqasan", dedi. Keyin u o‘zini qasr tepasidan tashlamoqchi bo‘lib turganida, Alloh taolo Jabroilga (alayhissalom): "œEy Jabroil, bu bandam Mening g‘azabimdan, Menga osiy bo‘lishdan qochib, o‘zini o‘ldirishni xohlayapti. Sen uni yerga tushmasidan qanoting bilan ushlab qol. Unga biror ziyon yetmasin", dedi.
Obid o‘zini qasr tepasidan tashlaganida, Jabroil (alayhissalom) qanotini uning tagiga yozdi va uni ushlab olib, xuddi ota o‘g‘lini yerga ehtiyotlab qo‘yganidek, oxista tushirdi. Xullas, u pastga eson-omon tushib olib, uyiga keldi. Savatlari saroyda qoldi. Bu vaqtda quyosh botgan edi. Obidning xotini: "œSavatlarning puli qani?" deb so‘radi. Shunda u aytdi: "œBugun men savat sotib, pul topolmadim". "œUnda nima bilan iftorlik qilamiz?" dedi xotini. Obid: "œSabr qilamiz, sen turib tandirni o‘tin bilan to‘ldir. Qo‘shnilarimiz tandirimizga o‘tin solinmaganini ko‘rishsa, bularning uyida yegulik narsasi yo‘q ekan, deb bizni o‘ylab, xafa bo‘lishadi. Bu narsa yaxshi emas", dedi. Xotin obidning aytganini qilib, tandirni o‘tin bilan to‘ldirdi-da, erining oldiga kelib o‘tirdi. Shunda qo‘shni ayollardan bittasi obidning xotinini chaqirib, o‘tin so‘radi. "œHa, o‘tin bor, - dedi xotin, - kir-da, tandirning ichidagi o‘tinni olib ketaver". Shunda qo‘shni ayol ichkari kirib, qaytib chiqdi va: "œEy falonchi, men senga hayronman, sen bu yerda ering bilan gaplashib o‘tiribsan, tandirda esa, noning pishib, kuyib ketay, deb turibdi", dedi. Obidning ayoli borib, ne ko‘z bilan ko‘rsinki, tandirning ichi nonga to‘la! Obidning xotini nonlarni bir idishga solib, erining oldiga olib bordi va eriga aytdi: "œMana qarang, tandirimiz nonlarga to‘lib qolibdi. Albatta, Rabbingiz bu ne’matni sizga bejizga yubormagan. Siz Rabbingiz huzurida ulug‘ odamsiz. Allohga duo qilib, umrimizning qolganida yaxshi yashashimiz uchun bizga ko‘p rizq berishini so‘rang»"
Obid xotiniga qarab: "œEy xotin, shu kunimizga ham sabr qil", dedi. Ammo xotini: "œAllohga duo qiling", deb tinimsiz so‘rayverganidan keyin obid: "œMayli, duo qilaman", dedi va yarim kechasi turib, namoz o‘qidi, so‘ng Allohga: "œXotinimga qolgan umrida keng rizq bergin", deb duo qildi. Obid mana shu so‘zlarni aytib duo qilib turgan paytida, uyning shifti ochilib, tepadan bir qo‘l qimmatbaho yoqut tashladi. Uning nuri bilan uy yorug‘ bo‘lib ketdi. Xuddi sham uyni yoritganidek. Obid xotinining oyog‘idan turtib uyg‘otdi. Xotini endi uxlagan edi. Obid xotiniga: "œO‘rningdan tur-da, so‘ragan narsangni ol", dedi. Xotin: "œDuo qilishga shoshilmang. Shuning uchun meni uyg‘otdingizmi hali? Men uyqumda bir tush ko‘rdim. Usti yopiq va zabarjad bilan qoplangan, tizilib qo‘yilgan oltin kursilarga qarab turgan edim. U kursilarning orasidagi bitta kursining bir joyi ko‘porib olingan ekan, men: "œMana bu cheti qo‘porilgan kursi kimniki?" deb so‘radim. Ular aytishdiki: "œBu kursi ering o‘tiradigan joy". "œNima uchun buning cheti qo‘porilgan?" deb so‘radim. "œBu qo‘porilgan joyni ering ertaroq so‘rab olgan", deyishdi. Men: "œSizning kursingizga nuqson yetkazadigan biron narsa menga ke rak emas", dedim". Obidning xotini mana shu tushida bo‘lgan voqealarni aytib berdi va eriga: "œRabbingizga duo qiling, bu yoqutni joyiga qo‘yib qo‘ysin", dedi. Keyin obid Allohga duo qildi, boyagi qo‘l kelib, yoqutni qaytib olib ketdi".

Qayd etilgan


Muslimaxon  11 Dekabr 2006, 01:37:10

HIKOYAT

Faqih (r.a.) rivoyat qiladilar. Ali ibn Abu Tolib (r.a.) aytdilar: "œVaqtiki, Rasululloh (s.a.v.) musulmonlarni bir-birlari bilan birodar tutintirganlarida, Said ibn Abdurahmon bilan Sa’laba Ansoriyni birodar qilib qo‘ydilar. Rasululloh (s.a.v.) Tabuk g‘azotiga chiqqanlarida, Ibn Abdurahmon u kishi bilan birga chiqdi. Sa’laba esa, birodarining ahliga qarab qoldi. U birodarining ahli uchun o‘tin, suv tashib berardi. Sa’laba qilayotgan hamma ishlarini faqat Alloh rizosi uchun qilardi.
Bir kun Salaba birodarining uyiga kirganida, shayton uni vasvasa qila boshladi. Shayton: "œParda ortida nima borligiga qara", dedi. Sa’laba pardani ko‘tarib qaradi. Shunda birodarining ayolini ko‘rib qoldi. U juda chiroyli ayol edi. Sa’laba sabr qilolmay, ayolning oldiga kirdi va uni ushladi. Ayol: "œEy Salaba, sen Alloh yo‘lida g‘azot qilayotgan birodaringning hurmatini saqlamading»" dedi. Sa’laba: "œHolimga vayl bo‘lsin", deb nido qilib, toqqa qochdi va baland ovoz bilan dedi: "œAllohim, Sen Sensan, men menman, Sen mag‘firat bilan keluvchisan, men gunoh va xatolar bilan keluvchiman".
Nabiy (s.a.v.) g‘azotdan qaytib kelganlarida, barcha jangchilarni birodarlari kutib oldi. Faqatgina Saidning birodari kutib olgani chiqmadi. Said uyiga kelganida, xotiniga: "œEy xotin, Alloh yo‘lida tutingan birodarimga nima bo‘ldi?" dedi. Xotin: "œU o‘zini xatolar dengiziga otdi va toqqa qochib ketdi", dedi. Said birodarini qidirib ketdi. Uni g‘amgin holatda, qo‘llarini boshiga qo‘ygan suratda, baland ovoz bilan: "œRabbiga osiy bo‘lgan kishining maqomi qanday ham past", deb nido qilayotganida topdi. Said unga: "œNima uchun bunday yuribsan?" dedi. Sa’laba: "œQulning qo‘lini bo‘yniga bog‘lab, xo‘jayinining eshigiga haydab borilganidek, meni ham haydab bormagunlaricha, sen bilan birga turolmayman", dedi. Bas, shunday qilindi.
Sa’labaning Xamsona ismli qizi bo‘lib, shu qizi uni boshlab ketdi. U Umarning (r.a.) eshiklaridan kirdi va: "œAlloh yo‘lida g‘azot qilayotgan birodarimning ayoliga teginib qo‘ydim, men uchun tavba bormi?" dedi. Umar (r.a.): "œChiq huzurimdan, hozir turib, urib yuborishim mumkin, chiq huzurimdan, senga bu yerda tavba yo‘q", dedilar.
So‘ng chiqib, Abu Bakrning (r.a.) eshiklariga bordi. "œAlloh yo‘lida g‘azot qilayotgan birodarimning ayoliga teginib qo‘ydim. Men uchun tavba bormi?" deb so‘radi. Abu Bakr Siddiq (r.a.): "œHuzurimdan chiq, oloving bilan meni ham kuydirma, mening huzurimda sen uchun hech qachon tavba yo‘q", dedilar.
U kishining oldilaridan chiqib, Alining (r.a.) oldilariga bordi. Va: "œAlloh yo‘lidagi g‘oziy birodarimning ayoliga teginib qo‘ydim, men uchun tavba bormi?" dedi. Ali (r.a.): "œChiq mening huzurimdan, sen uchun hech qanday tavba yo‘q", dedilar. U kishining huzurlaridan chiqarkan, Sa’laba: "œEy birodarim, ey qizim, ana u kishilar meni noumid qilishdi. Ammo Rasululloh (s.a.v.) noumid qilmaydilar, degan fikrdaman", dedi. Sa’laba qizi bilan birga Rasulullohning (s.a.v.) huzurlariga bordi. Huzurlariga kirishganda, Rasululloh (s.a.v.) unga qarab: "œSen menga jahannamning zanjir va kishanlarini eslatding", dedilar. Sa’laba: "œEy Nabiyyulloh, ota-onam sizga fido bo‘lsin, Alloh yo‘lida g‘azot qilayotgan birodarimning ayoliga teginib qo‘ydim, men uchun tavba bormi?" dedi. Nabiy (s.a.v.): "œHuzurimdan chiq, mening huzurimda senga tavba yo‘q", dedilar. Va u chiqib ketdi.
Sa’labaning qizi aytdi: "œEy otajon, Rasululloh (s.a.v.) va u kishining ashoblari sizdan rozi bo‘lmagunlaricha, siz mening otam emassiz, men sizning qizingizmasman",
Sa’laba toqqa qochgandagiday, ovozining boricha nido qildi: "œYo Rabb, Umarga bordim, meni urmoqchi bo‘ldi. Abu Bakrga bordim, so‘kdi. Aliga bordim, haydadi. Nabiyga (s.a.v.) bordim, meni noumid qildilar. Ey Mavloyim, Sen mening duoimga "œHa", deyishing ham mumkin, "œYo‘q", deyishing ham mumkin. Agar, yo‘q, desang, qanday ham hasrat, nadomat. Agar, ha, desang, menga qanday baxt",
Osmondan bir farishta tushib, Nabiyga (s.a.v.) aytdi: "œAlloh taolo: "œMaxluqlarni sen yaratdingmi yoki Men?" deyapti" Nabiy aytdilar: "œYo‘q, Sayyidim, Sen yaratgansan". Farishta: "œAlloh taolo: "œBandamga bashorat ber, Men uni mag‘firat qildim", deyapti", dedi. Nabiy (s.a.v.): "œKim Sa’labani olib keladi?" dedilar. Abu Bakr va Umar (r.a.) aytishdi: "œBiz olib kelamiz". Salmon va Ali (r.a.): "œBiz uni olib kelamiz", deyishdi. Nabiy (s.a.v.) Salmon bilan Aliga (r.a.) izn berdilar, ular chiqib ketishdi.
Ular yo‘lda Madinaning bir cho‘poniga yo‘liqishdi. Ali (r.a.): "œRasulullohning (s.a.v.) ashoblaridan biror kishini ko‘rdingmi?" dedilar. Cho‘pon dedi: "œSizlar jahannamdan qochuvchi kishini qidirayotgan bo‘lsangiz kerak?" Ular: "œHa, bizga uning joyini ko‘rsat", deyishdi. Cho‘pon: "œQorong‘u tushgan paytda ushbu vodiyda hozir bo‘lib, mana bu daraxt ostiga keladi. So‘ng baland ovoz bilan: "œRabbiga osiy bo‘lgan kishining maqomi qanday ham past", deb nido qiladi", dedi.
Ular kechqurungucha turishdi. Shunda Sa’laba daraxt oldiga keldi. Uning ostida sajda qilgan holatida tiz cho‘kib, yig‘lay boshladi. Vaqtiki, Salmon uning yig‘isini eshitganlarida, u tomonga yurdilar. Unga: "œEy Sa’laba, tur, olamlarning Rabbi seni mag‘firat qildi", dedilar. U: "œHabibim Nabiyni (s.a.v.) qay holatda tark qildinglar?" dedi. Salmon: "œAlloh va yaxshi ko‘rganingdek", dedilar. Vaqtiki, Bilol (r.a.) xufton namoziga chaqirganlarida, Sa’labani masjidga kirgizib, oxirgi safga turg‘izishdi. Rasululloh (s.a.v.) o‘qidilar:

Sa’laba bir xo‘ngradi. Rasululloh (s.a.v.) yana tilovat qildilar:

"œ(Ey insonlar), sizlar to qabrlarni ziyorat qilgunlaringizcha (ya’ni o‘lib, qabrga kirgunlaringizcha) sizlarni (mol-dunyo) to‘plab-ko‘paytirish (Allohga toat-ibodat qilishdan) mashg‘ul qildi!" (Takasur, 1-2-oyatlar).
Sa’laba yana bir xo‘ngradi-da, dunyodan rixlat qildi.
Nabiy (s.a.v.) namozni tugatganlaridan keyin Sa’labaning oldiga keldilar va aytdilar: "œEy Salmon, unga suv sep", Salmon: "œEy Nabiyyulloh, u dunyodan o‘tdi", dedilar.
Sa’labaning qizi keldi va: "œEy Nabiyyulloh, otamga nima bo‘ldi? Men uni qo‘zg‘agan edim", dedi. Nabiy (s.a.v.): "œMasjidga kir", dedilar. Bas, u kirdi. Shunda u otasini o‘rab qo‘yilganini ko‘rdi va qo‘lini otasining boshiga qo‘yib: "œVoh, qanday g‘am, men sizdan keyin nima qilaman, otajon?" deb nido qila boshladi. Nabiy (s.a.v.): "œEy Xamsona, men senga ota bo‘lishimga, Fotima esa, senga singil bo‘lishiga rozi bo‘lmaysanmi?" dedilar. "œYo‘q, rozi bo‘laman, ey Rasululloh", dedi Xamsona.
Sa’labani ko‘tarib, yo‘lga tushishganda, nabiy (s.a.v.) uning janozasiga ergashdilar, qabr labiga yetganlarida,  oyoqlarining uchi bilan yura boshladilar. Qaytganlaridan keyin Umar (r.a.): "œEy Rasululloh, oyoq uchida yurganingizni ko‘rdim", dedilar. Nabiy (s.a.v.): "œFarishtalarning ko‘pligidan oyog‘imni to‘liq bosishga qodir bo‘lmadim", dedilar.
Faqih aytishicha, bu xabar har xil lafzlar bilan rivoyat qilingan. Yana quyidagi oyat ham ushbu voqea to‘g‘risida nozil bo‘lgan deyiladi:
"œ(U taqvodor zotlar) qachon biron-bir noloyiq ish qilib qo‘ysalar yoki (qandaydir gunoh ish qilish bilan) o‘zlariga zulm qilsalar, darhol Allohni eslab, gunohlarini mag‘firat qilishni so‘raydigan, - har qanday gunohni yolg‘iz Allohgina mag‘firat qilur, - bilgan hollarida qilgan gunohlarida davom etmaydigan kishilardir", jumlasidan:

"œYaxshi amal qilguvchilarning ajrlari naqadar yaxshi ajr!" jumlasigacha.

Qayd etilgan