Islom hayotidan ibratli hikoyatlar  ( 213340 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 ... 35 B


Muslimaxon  14 Dekabr 2006, 00:08:51

HIKOYAT

Faqih otalaridan rivoyat qiladilar. Ahnaf ibn Qays aytadilar: "œUmar ibn Xattobni (r.a.) qidirib Madinaga keldim. Bir halqada o‘tirgan paytimda Ka’bul Ahbor odamlarga: "œVaqtiki, Odamga (a.s.) o‘lim hozir bo‘lganida aytdi: "œEy Rabbi, meni o‘lik holda ko‘rganida, dushmanim meni so‘kadi, unga ma’lum vaqtgacha muhlat berilgandir". U kishiga: "œEy Odam, albatta, sen jannatga qaytarilasan, mal’un esa, avvalgilaru oxirgilarning adadicha o‘lim alamini totish ligi uchun belgilangan muhlatgacha kechiktiriladi", deyildi. So‘ng Odam (a.s.) o‘lim farishtasiga aytdilar: "œMenga uning o‘limini sifatlab ber". Sifatlab berganida, Odam: "œRabb, yetadi, yetadi", dedilar.
Insonlar qichqirishib: "œEy Abu Ishoq, Alloh rahm qilsin sizga qanday o‘lim totishligini bizga aytib bering", deyishdi. U kishi gapirishdan bosh tortdilar. Odamlar undan talab qilishdi. U kishi: "œAgar dunyo oxirlasa, so‘nggi nafas yaqinlashganda va odamlar bozorlarda bir-birlari bilan husumatlashib, birga tijorat qilib, gaplashib turganlarida, katta bir buzg‘unchi dovul ko‘tariladi, odamlarning yarmi karaxt bo‘lib, behush bo‘lib qoladilar. Uch kun miqdoricha ushbu holatdan omonda bo‘lmaydilar. Insonlarning qolgan yarmisi esa, aqlidan ozadilar. Yirtqichni ko‘rganda, qo‘y qanday qo‘rqsa, ular xuddi shunday holatda dahshat ichida tik turib qoladilar. Shu paytda yer va osmon o‘rtasida kuchli chaqmoq tovushidek, qo‘rqinchli shovqin ko‘tariladi. Yer yuzida birorta ham tirik odam, jin, shayton, hayvon qolmaydi. Mana shu Alloh taolo Iblisga bergan ma’lum muhlatdir. So‘ng Alloh taolo o‘lim farishtasiga buyurib: "œMen senga avvalgilaru oxirgilar adadicha yordamchilarni yaratdim. Va senga osmon va yer ahlining quvvatini ato etdim. Bugun senga g‘azab, qahr libosining hammasini kiydiraman. Mening qahru g‘azabim, la’natlaganim, toshbo‘ron qilganim - hammasini iblisga olib tush. Unga o‘limni totdir. Unga avvalgilaru oxirgi jin va ins adadicha ko‘paytirib, o‘limni yukla. Sen bilan birga yetmish ming zaboniya farishtalari birga bo‘lsin. Ular g‘azab va dag‘allik bilan limmo-limdirlar. Har bir zaboniya bilan birga jahannam zanjirlaridan bir zanjir bo‘lsin. Jahannam maxluqlaridan yetmish mingtasi bilan birga iblisning xabis ruhini chiqarib ol. Va Molikka nido qilki, u jahannam eshiklarini ochsin", deydi.
O‘lim farishtasi shunday bir suratda tushadiki, agar unga yetmish osmon va yetmish yer ahli qarasalar, xunukligidan hammalarining yuraklari yorilgan bo‘lur edi. Iblisga yetib borganida, bir qattiq siquvga oladi, u karaxt bo‘lib qoladi va bir qattiq tovush chiqaradi, agar uni mashriqu mag‘rib eshitganida, o‘zlarini yo‘qotib qo‘yishgan bo‘lardi. O‘lim farishtasi aytadi: "œEy xabis, to‘xta! Bugun senga o‘zing yo‘ldan adashtirganlar miqdoricha o‘limni tottiraman. Qancha-qancha umrlarning boshiga yetding. Qancha-qancha avlodlarni adashtirding. Bu Alloh taolo senga bergan ma’lum muhlatdir. Bas, qaerga qochasan?" Shunda shayton mashriqqa qochadi va o‘lim farishtasining ro‘parasidan chiqadi. Dengizga tushadi, o‘lim farishtasi uni u yerda ham tutib oladi. Shayton yer yuzida qochishga joy topolmay qoladi.
So‘ng dunyoning o‘rtasida, Odamning (a.s.) qabrlari yonida turadi va: "œSening sababingdan mal’un, razilga aylandim, koshki edi, sen yaratilmagan bo‘lsang", deydi. Keyin o‘lim farishtasiga aytadi: "œQaysi azob bilan ruhimni olasan?" "œJahannam ahlining azobi bilan", deydi o‘lim farishtasi. Iblis yana bir marta o‘zini tuproqqa otadi va qichqiradi. Mag‘ribu mashriq o‘rtasida u yoqdan bu yoqqa qochadi. Oxiri o‘sha birinchi marta la’natga uchragan mavze’ga kelganida, jahannam zaboniyalari, maxluqlari - hammasi unga tashlanadilar. Mana shu azobda Alloh xohlagan muddatgacha qoladi.
Odam va Havvoga aytiladi: "œBugun sizlar dushmaningizga qarab, uning qanday o‘lim azobini tortayotganini ko‘ringlar", Vaqtiki, ular iblisga qaraganlarida, uning qiynalishini ko‘rib: "œRabbimiz, bizga batahqiq ne’matingni mukammal qilding", deydilar", dedilar.

Qayd etilgan


Munira xonim  15 Dekabr 2006, 14:13:56

Ustoz va shogird.

Bir zamonlar Hindistonda bir usta yashar ekan.Uning bir shogirdi bo'lib, har narsadan shikoyat qilaverarkan. Ohiri usta shogirdining shikoyatlaridan zerikib ketib, tuz olib kelishga yuboribdi. Haytoda hamma narsadan norozi shogird tuzni olib kelganida ustasi unga bir hovuch tuzni olib, bir kosa suvga solib ichishni buyuribdi. Shogird keksa ustasining buyrug'ini bajo keltirish uchun kosani og'ziga olib boribdi. Biroq bir qultum ham suv ichar-ichma, azboroyi sho'ligidan tuflab tashlabdi. "Ta'mi qalay ekan?"sorabdi usta. "Juda ham sho'r,hattoki achchiq ekan",-debdi afti bujmayib shogird. Usta tabassum qilganicha birso'zdemay,shogirdiningqo'lidan ushlaganicha, shu yaqin atrofdagi ko'ltomon boshlabdi. Yetib borgach, ko'lga bir hovuch tuz tashlab, keyin suvdan ichib ko'rishni buyuribdi. Hech narsaga tushunmagan shogird bu safar ham ustasining buyurganini bajaribdi. Og'zini artayotgan shogirddan usta so'rabdi. "Rohatbahsh ekan", deya javob beribdi shogird. "Suvga tashlagan tuzni bilindimi?"deya so'rabdi usta. "Yo'o'q", -deya cho'zib javob beribdi shogird. Shunda usta qirg'oqqa cho'kkalab o'tirib olgan shogirdining yoniga o'tirib, nima demoqchiligini aytibdi:"Bu hayotdagi qayinchiliklaru iztiroblar mana shu ko'lning tuziga o'hshaydi. Na ko'p va na kam, balki o'rtachadir. Tuzning ta'siri nimaga qo'shilishiga qarab ortadi yoki kamayadi. Biror musibatga yo'liqqaningda qilishing kerak bo'lgan birgina narsa - o'sha musibat va u bilan bog'liq hislaringni unutishingdir. Shuning uchun sen endi "kosa"likni tahsla, "ko'l" bolishga harakat qil, shundagina yashashning ma'nosini anglab yetasn".

Muso Abbosiddinov,
Toshkent Islom universiteti magistarnti.
"Irfon taqvimi" dan olindi.

Qayd etilgan


Munira xonim  16 Dekabr 2006, 09:32:48

Imom G'azzoliy hazratlarining so'nggi lahzalari...

Islom ummatiga bebaho asarlar yozib qoldirgan va shu bilan birga,uyining yonida qurdirgan hujra talabalar yetishtirgan Imim G'azzoliy hazratlari umrlarining so'nggi kunlarida doimo oxirat haqida gapiradigan bo'lib qolgandilar. O'sha kuni ham shomga qadar talabalarga dars berib, hufton namozidan  keyin yana ular bilan uzoq vaqt iymon haqiqatlari haqida syhbatlashdilar. Hujjatul Islom tunning katta qismini ibodat bilan o'tkazardilar. Zero, o'sha kuni ham shunday bo'lgandi. Biroz uxlaganlaridan keyin, uyg'onib bomdod namozi uchun tahorat qildilar. Bomdod namozini o'qib bo'lgandan keyin yaqinlariga kafanlarini keltirishni iltimos qildilar. (Hazrati Imom G'azzoliy kafanlarini avvaldan tayorlab qo'yganlar) Yaqin kishilari hayron bo'ldilar.Chunki o'sha kunga qadar buyuk olim talabalariga bunday g'alzati topshiriq bermagandilar. Ustozlarining gaplarida bir hikmat borligini sezgan talabalar istakni darhol bajo keltirdilar. Buyuk Imom kafanni qo'lga olganlaridan so'ng uni o'pib boshlariga qo'ydilar. Yuzlariga surdilar. Keyin esa shunday deb pichirladilar:"Ey, mening Rabbim!Ey, mening Molikim!Amring boshim va ko'zim ustiga!"
Bu so'zlarni eshitgan buyuk olimning yaqinlari va talabalari ustozlarining bu dunyo bilan vidolashayotganlarini sezib, ko'z yoshi qila boshladilar. G'azzoliy hazratlari esa qo'llarida kafan bilan qiblaga qaradilar. Oyati karimalar o'qir, takbir aytib tinmay kalimayi tavhidni takrorlardilar. Keyin esa sajda qilayotgandek boshlarini yerga egdilar. Yaqinlari Imomni biroz kutdilar. Biron-bir qimirlash sezilmagach, ustozlarini ushlab tug'izdilar. Buyuk olim ruhini Rahmonga topshirib bo'lganini ko'rib yig'lay boshladilar.
Tilida Lafzulloh ila baqo olamiga safar qilgan Imom G'azzoliy hazrtalari o'zlaridan abadiy hotira sifatida besh yuzdan ortiq asar qoldirdilar.
Islom diniga katta hissa qo'shgan bu zotdan Alloh taolo rozi bo'lgan bo'lsin. Amiyn!!!

Zokirjon Haydarov tarjimasi.
"Irfon taqvimi"dan olindi.

Qayd etilgan


Muslimaxon  17 Dekabr 2006, 15:57:36

HIKOYAT

Faqih Abu Lays Samarqandiy rivoyat qiladilar. Payg‘ambarimiz (s.a.v.): "œAgar rohib Jurayj faqih bo‘lganida, onasining chaqirig‘i nafl ibodatidan afzal ekanini bilardi", dedilar.

Faqih Jurayj qissasini shunday boshlaydilar: Bani isroillik Jurayj kulbasida ibodat qilardi. Bir kuni u namoz o‘qiyotganida, onasi uni chaqirdi. Lekin u javob bermadi. Shunda onasi: "œAlloh seni buzuqlar balosiga solsin", deb duoibad qildi.

O‘sha shaharda bir ayol yashardi. Ish bilan ko‘chaga chiqib, bir podachi bilan uchrashdi. So‘ng undan homilador bo‘ldi. Shahar ahli zinoni ulug‘ gunoh sanar edi. Ayol tuqqanidan keyin, podshoh uni chaqirib, bolani kimdan orttirganini so‘radi. Ayol: "œRohib Jurayj meni zo‘rladi", dedi. Podshoh ayonlarini uning oldiga yubordi. Jurayj ibodatda edi, shuning uchun ularning chaqirig‘iga javob bermadi. So‘ng ular Jarayjni olib kelishdi. Podshoh unga: "œSen o‘zingni xudojo‘y ko‘rsatib, odamlarning nomusini toptaysan, halol bo‘lmagan ishni qilasan", dedi. Obid: "œNima ish qilibman?" deb ajablandi. Podshoh: "œSen falon ayol bilan zino qilibsan-ku", dedi. Jurayj qilmadim, desa ham, qasam ichsa ham, ishonishmadi.

So‘ng: "œMeni onamning oldiga olib boringlar", dedi. Uni onasining oldiga olib borishdi. "œEy ona, - dedi u, - sening Allohga qilgan duoing ijobat bo‘ldi. Endi yana Allohga duo qil, mendan bu musibatni ko‘tarsin", Shunda onasi: "œAllohim, agar Jurayjni mening duoim bilan jazolagan bo‘lsang, endi undan musibatni ko‘targin", deb duo qildi. Jurayj podshoh huzuriga qaytib, ayol bilan bolasini so‘radi.
So‘ng ayol bilan bolasini keltirishdi. Ayol: "œMen bilan zino qilgan shu kishi", dedi. Shunda Jurayj bolaning boshiga qo‘lini qo‘yib: "œSeni yaratgan Zot haqqi, otang kim ekanini ayt", dedi. Allohning izni bilan bola tilga kirib: "œOtam falon podachi", dedi. Ayol buni eshitib, gunohini e’tirof etdi va: "œMen yolg‘on aytdim. Falonchi podachi bilan zino qilgan edim", dedi. Podshoh rohib Jurayjdan uzr so‘rab, buzilgan qulbasini tillodan qurib berishini aytdi. Jurayj rad javobini berib, oldingi binosini qurib berishini so‘radi.

Ibrohim Muhojir ibn Mujohiddan rivoyat qilib aytdilar: "œHech bir yosh bola kichkinaligida gapirmadi, magar to‘rttasi — Iso Ibn Maryam (a.s.), Uxdudning sohiblari, rohib Jurayjning sohiblari va Yusufning (a.s.) sohiblari gapirdilar". Bu haqda Alloh taoloning so‘zi bor:

"œ(Shu payt Zulayhoning) urug‘laridan biri guvohlik berib (dedi)".

Qayd etilgan


Mahdiyah  07 Fevral 2007, 10:13:08

Bir odam har doimgidek soch va soqolini oldirish uchun sartaroshga bordi. Sochini-soqolini olayotgan sartarosh bilan chiroyli suhbat boshladilar. Turli mavzularda suhbatlashdilar. Birdan Alloh bilan aloqali mavzu ochildi...

Sartarosh: Qarang, men sizning aytgan Allohning borligiga ishonmayman.

Odam: Ho’sh nimaga unday deysiz?

Sartarosh: Buni anglab yetish juda oson. Buni ko’rish uchun tashqariga chiqishingiz kifoya. Lutfan menga aytingchi, agar Alloh haqiqatdan bor bo’lganda edi, buncha muammosi-tashvishi ko’p, kasal insonlar bo’larmidi, tark etilgan yetim-yesir bolalar bo’larmidi? Alloh bor bo’lganda hech kim zulm qilmas, bir-birlarini xafa qilishmasdi insonlar. Alloh bo’lganda bularning sodir bo’lishiga ruhsat berib qarab turishiga ishonmayman..

Odam bir on o’ylandi, ammo keraksiz bahsga kirishishni hohlamagani uchun javob bermadi. Sartarosh ishini tugatgandan keyin odam tashqari chiqdi. O’sha zahoti ko’chada uzun sochli va soqoli o’sib ketgan bir kishini ko’rdi. Ko’rinishidan u kishining ancha ko’p vaqtdan beri sartaroshga bormagani, soch-soqolini oldirmagani ma’lum edi. Odam sartaroshning yoniga kirib shunday dedi:

Odam: Bilasizmi nima, men ham sartaroshning borligiga ishonmayman.

Sartarosh: Qanaqasiga axir? Mana men shu yerdaman va men sartaroshman.

Odam: Yo’q, do’stim, sartarosh yo’q. Agar rostdan ham sartarosh bor bo’lganida mana bu kishiga o’xshagan soch-soqoli olinmagan insonlar bo’lmasligi kerak edi.

Sartarosh: Hmmm..Sartarosh bor ammo bu insonlar mening oldimga kelishmasa men nima ham qilayin?

Odam: Mutlaqo to’gri! Hamma gap shunda-da! Alloh bor ammo insonlar Uning oldiga borishmasa, bu bormagan insonlarning hohishi. Mana dunyoda ko’p muammo va rohatsizliklar bo’lishining sababi!

http://www.uzislam.com/forum  dan

Qayd etilgan


Mahdiyah  07 Fevral 2007, 10:21:56

QALQON

Katta o’g’li Muhammadali akani jonidan to’ydirdi. Bir kuni keng hovlida ota-bola yolg’iz qolishgach, farzandini uyga chaqirdi.
- Sen bolaga aytmagan gapim qolmadi. So’kaverib, uraverib, gunohga botib ketdim. Ko’chada to’rtta odamga qo’shila olmayman. Kimni ko’rsam, shikoyat qiladi. Sen ablah, meni qariganimda Taras Bul’baga o’xshatadigan bo’lding.
So’ng oldindan o’qlab qo’yilgan qo’shog’zini oldi-da:
- Och og’zingni, - deb o’g’liga o’qtadi.
Otadan tap tortishni bilmaydigan o’g’il og’zini ochdi. Muhammadali aka ikkala tepkini teng bosdi. Ajabki, miltiq otilmadi. Qirq yil ovchilik qilgan odam hayron bo’lib qoldi va mo’ljalni o’zgartirdi: ketma-ket o’z ovozi gumburladi, deraza oynasi chil-chil sindi.
Peshonasidan sovuq ter chiqib ketgan ota holsizgina yerga cho’karkan, o’g’liga qarab alam bilan so’radi:
- Senday marazning jonini Xudo nimaga saqlaydi? Sen nima ish qilib qo’yibsan o’zi?!
Boyadan beri miq etmay o’tirgan o’gil tilga kirdi:
- Buvimning duolari asradi meni. Siz ham, amakimlar ham, ayam, kennoyimlar ham qaramagansizlar buvim kasal yotganlarida. Men maktabgagina borardim, xolos. O’ynaganiyam chiqmasdim. To’shakka mixlanib yotgan kampirni topa toza qilib olib o’tirganman. Ertayu kech: "œYigit o’lmagin, balo ko’rmagin", deb duo qilardilar. Men shunga ishonaman. Shuning uchun boya qo’rqmay og’zimni ochgan edim, - dedi o’gil.
Ota jim qoldi.
Nizomiddin Latif

Musulmonlar taqvim kitobi 2002 (1422) I chorak

Qayd etilgan


Mahdiyah  07 Fevral 2007, 10:22:55

MARVARID SHODASI

Hofiz ibn Rajab ushbu hikoyani qozi Abu Bakr Muhammad ibn Abdulboqiydan naql qiladilar:
"œMen Makka shahrida faqirona hayot kechirar edim. Bir kuni ko’chada hamyon topib oldim. Uyga kelib ochib qarsasam, ichidan bir shoda marvarid chiqid. Bunaqasini umrimda ko’rgan emasman.
Qaytib ko’chaga chiqdim. Bir odam: "œMen hamyonimni yo’qotib qo’ydim, kim topib olib qaytarib bersa, besh yuz dinor beraman", deb yurgan ekan. Shunda men, qornim och, hojatmandman, hamyonini berib, evaziga pulni olaman-u undan foydalanaman, deb o’yladim.
O’sha odamni chaqirdim. U uyimga kirgach, hamyonning va undagi marvaridning belgilarini so’radim, aniq aytib berdi, so’ng unga hamyonini topshirdim. U besh yuz dinor pulni uzatdi. Ammo men olmadim, olishni ep ko’rmadim.
Oradan ancha vaqt o’tib, dengiz safariga chiqdim. Nogahon kemamiz halokatga uchrab, hamma suvga g’arq bo’ldi. Alloh taoloning irodasi ila yolg’iz mengina bir parcha taxtaga yopishib, jon saqlab qoldim. Keyin bir orolga chiqib oldim va o’sha yerdagi masjidda panoh topdim. Mening chiroyli Qur’on o’qishimni eshitib, odamlar oldimga kela boshlashdi. "œYozuvni ham bilasanmi?" deb so’rashdi. "œHa", dedim. Ular bola-chaqalari bilan kelib, o’qish va yozishni o’rgana boshlashdi. Moddiy yordamlari tufayli men ham o’zimni tiklab oldim. Kunlardan bir kun ular meni uylantirib qo’ymoqchi bo’lishdi. Bir yetim qizlari bor ekan, avvaliga rozi bo’lmadim, lekin ular qistayvergach, rozilik bildirdim.
To’y kuni"¦ qizning bo’ynidagi marvaridga ko’zim tushib, hayratda qotib qoldim. u o’sha men topib olgan marvarid edi. Odamlar mening holimga hayron edi. Ularga boshimdan o’tgan o’sha voqeani aytib berdim. "œAllohu akbar!" deb takbir aytib yuborishdi odamlar. So’ng bu qizning otasi o’sha hamyonini yo’qotgan kishi ekanini, u umrining oxirigacha: "œDunyoda hamyonini qaytarib bergan yigitga o’xshagan sofdil kishini boshqa ko’rmadim, ey Alloh, meni yana o’sha yigitga ro’baro’ qil, qizimni unga nikohlab beray", deb duo qilganini aytib berishdi"¦"

"œAl-robita" jurnalidan mehnat faxriysi G’anijon Otaboyev tarjimasi.
Musulmonlar taqvim kitobi 2002 (1422) I chorak



Qayd etilgan


Mahdiyah  07 Fevral 2007, 10:25:43

Ellik minglik xurmozor

Abdulloh ibn Abu Bakr rivoyat qiladilar:
"œAnsorlardan biri Madinaning Kuf degan darasida namoz o’qiyotgan edi. Xurmolar rosa pishib yetilgan, shoxlar g’ij-g’ij meva edi. Hosilning mo’lligidan ansorning ko’ngli choq bo’ldi. Fikri ancha payt xurmolariga bog’lanib qoldi. So’ng yana namoziga qaytdi, ammo necha rak’at o’qiganini unutgan edi. Shunda u:
- Bu dunyo moli tufayli dinim halok bo’ldi, - dedi. Keyin Amirul mo’minin Usmon roziyallohu anhuning huzuriga bordi va vaziyatni anglatib aytdi:
- Shu molim Alloh yo’lida sadaqadir. Uni o’zingiz ma’qul ko’rgan yo’lda ishlating.
Usmon roziyallohu anhu xurmozorni ellik ming dirhamga sotib, pulini xazina hisobiga o’tkazadilar.
Bu xurmozor shundan keyin "œellik minglik xurmozor" nomini oldi".


Musulmonlar taqvim kitobi 2002 (1422) I chorak

Qayd etilgan


Mahdiyah  09 Fevral 2007, 11:26:27

Ko’piga qo’shilish

Uyga mehmon keldi.
-Choyu shakardan bo’lak hech narsa yo’q, - dedi choy damlayotib beak eriga.
-E, qo’yaver, bir chorasi topilar. Alloh o’zi ko’rib turibdi, - dedi er xotirjam. So’ng mehmonlar oldiga chiqdi.
-Zap kelibsizlar-da, habar bersangizlar bo’larkan. Biz ham bundog’ sal harakat qilib o’tirardik, - deb hazillashdi mezbon.
-Sizni ovora qilib yuramizmi, deb bostirib kelaverdik-da.
-Kelganlaringiz bosh ustiga, ammo shu "œchaq-chuq"lar-u meva-mastonlar qachongacha yoq mehmonga saqlanib turamiz deb arazlashib, qishloqqa ketib qolishibdi-da, - dedi mezbon xijolatini oshkor etib.
-Qadrini biladigan joylarga ketgan, - dedi mehmonlardan biri quvnoqlik bilan.
-Ajab bo’pti, - dedi yana birovi. — Meva-mayizlarda qachon vafo bo’lganki, endi bo’lsin? Siz ham endi o’zimizga, to’pingizga qo’shilsangiz bo’ladi. Marhamat.
-Taklif qilmasanglar ham, man doim siz bilan-da, do’stlarim, - deb xursand bo’ldi mezbon. — Qani dasturxonga marhamat.
Do’stlar ochilishib kulishdi. Kulgilaridan xandon pistalar, tabassumlaridan mayizlar to’kildi. Dasturxon jannat ne’matlari ila bezandi.

Musulmonlar taqvim kitobi 2002 (1422) I chorak

Qayd etilgan


Mahdiyah  09 Fevral 2007, 11:27:26

Dard

Oshxonaning quvuri yorilib, chilangar chaqirdim. Yoshi bir joyga borib qolgan, ko’proq o’rischa gapiradi, tatar bo’lsa kerak, deb o’yladim. Ish tugagach, choyga taklif etdim, bajonudil qabul qildi. Taom tayyor bo’lguncha ancha tanishib oldik. Toshhovuzning o’zbeklaridan ekan. Nega o’zbekchani yaxshi bilmaysiz, desam, e-e, biz o’rislar ichida ishlayverib, tilimizni ham unutib yuborganmiz, o’rislashib ketganmiz, keyin avvallari o’zbekchaga yo’l yo’q edi, uka, uning ustiga xotinim ham o’ris, deb javob berdi, so’ng gap orasida yarimta olib kel, deganday ishora qildi. Nechaga kirganini so’radim.
- Oltmish uch yoshdaman,- dedi.
Oltmish uch"¦ Payg’ambarimiz alayhissalomning yoshlari. Bu tabarruk yoshga yetgan bobo-momolarimiz shukronasini qilib yurishadi. Ammo bu kishining tashvishi hamon ichish.
- Biz aroq ichmaymiz, aka, siz ham tashlasangiz bo’lar edi, Payg’ambar yoshiga yetibsiz.
- Qo’ymasang, qo’yma, lekin bunday gapni gapirma, uka, bizning ishda ichmaslikning vobshe iloji yo’q, - dedi u ranjigansimon ohangda.
Ertami-indin ichishni tashlayman, deb xijolat bo’lgan ham yaxshi ekan. Bu odamda esa, umuman g’ururi qolmagan ko’rinadi, hatto Payg’ambar yoshlariga yetganini aytsangiz ham, bir tuki qilt etmaydi.
Tanovvuldan so’ng indamay turib ketayotgan edi:
- Bir duo qiling, -deb to’xtadim.
- E-e, aytdim-ku biz o’rislashib ketganmiz, deb, o’zing duo qil, - dedi. Men duoga qo’l ochdim, u ham iymanibgina qo’l ko’tardi.
- Xizmatlaringiz uchun katta rahmat, jumraklarimiz endi buzilmasin, qo’lingiz dard ko’rmasin, siz ham ichishni tashlab, bizdek bo’lib yuring"¦
Gapim og’zimda qoldi. U birdan qo’lini tushirib:
- Nega bunday deysan?! Yaxshi narsani tashlab bo’ladimi, axir, - deb qo’llarini hali orqasiga, hali xontaxtaning tagiga yashirar edi. Duoning ijobat bo’lishidan qo’rqib ketdibechora. Xullas, duoni yolg’iz o’zim qildim, u qo’shilmadi.
Shayton, hayvoni nafs insonni ne kuylarga solmaydi — ya?! Bu kishi hozir naqadar kulgili va ayanchli ahvolda ekanini zarracha his qilayotgani yo’q. Ammo bir kun insofga kelsa, oq-qorani tanib, ichishni tashlasa, qilgan ishlariga ham kulib, ham yig’lab yursa kerak. Ilohim shunday bo’lsin.

Musulmonlar taqvim kitobi 2002 (1422) I chorak

Qayd etilgan