Islom hayotidan ibratli hikoyatlar  ( 213343 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 ... 35 B


Mahdiyah  09 Fevral 2007, 11:32:35

Omir ibn Abdulloh roziyallohu anhu betob edilar. Muazinning ovozini eshitganlarida: "œMeni qo’limdan tutinglar", dedilar. Uylari masjidning yonida edi. "œKasalsiz-ku?!" deyishdi. "œAllohning da’vatchisini eshitib, unga ijobat qilmaymanmi?! Ushlanglar qo’limdan", dedilar yana.
U zotni masjidga olib kirishdi. Omir ibn Abdulloh imom bilan shomning bir rak’atini o’qishga ulgurdi, namozning ichida jon berdi.

«Namozda xushu’» kitobidan

Qayd etilgan


Mahdiyah  17 Fevral 2007, 11:09:20

Bismillaahir rohmaanir rohiym

G’arblik bir ayol mutlaqo tuzalmas, daxshatli bir kasallikka chalindi, tabiblar rak-saraton deb atalmish bu dard davosiga ojiz edilar, bechora ayolning yashashga ishonchi qolmadi, biroq shunday bir holatda Allohning marhamati ila bu ojiza shifo topdi, Baytul-Haramda Yaratganga cheksiz iltijolar qildi, chin ixlos bilan dardiga shifo tiladi, ayolning murodi hosil bo’ldi, zotan yagona Alloh taologina har narsaga qodir Zotdir! Azizlar, kelinglar, yaxshisi voqealar tafsilotini o’sha ojizaning o’zidan eshitaylik!

Men to’qqiz yildan beri juda xatarli marazdan azob chekar edim, bu maraz saraton-rak bo’lib, uning naqadar daxshatli va hatto nomining o’ziyoq etlarni junjiktiruvchi ekanini har kim yaxshi biladi, to’g’risi u paytlar g’ofil edim, go’zallik, kuch-quvvat va salomatlik umr bo’yi birdek davom etadiganday yurar edim. Saratondek tuzalmas bir dardga chalinishimi hayolimga ham keltirmaganman. Bu dardga uchraganimdan so’ng butun a’zoi badanim, butun vujudim larzaga tushdi, faqat undan qutulish yo’llarini o’ylaydigan bo’lib qoldim, ammo qanday qilib?! Shu jumboq meni gangitar edi. Tursam ham, o’tirsam ham fikr-u o’yimda shu bo’lib qoldi, hatto o’z jonimga suiqasd qilishni ham hayolimdan o’tkaza boshladim.Biroq erimni va farzandlarimni yaxshi ko’rganimdan bu ishga qo’lim bormasdi, g’ofillifim tufayli masalaning Allohga taalluqli jihatini, ya’ni o’zini o’zi o’ldirish gunoh ekanini, buning uchun Alloh qiyomat kuni qattiq jazo berishini o’ylab ham ko’rmasdim. Yaratganga beadad shukurlar bo’lsin-ki, U Mehribon va Rahmli Zot, meni usha kasalligim tufayli hidoyatga boshladi, va mening avvalgi hamda keyingi holatimni ko’rgan juda ko’p kishilar ham hidoyat topishdi.Davo izlab erim bilan Belgiyaga bordik, ko’p do'xtirlarga uchradik, ular ko’kragimni kesib tashlash lozimligini aytishdi, soch, kiprik va qoshlarimni to’kib yuboradigan, tirnoq va tishlarimga zarar yetkazadigan o’ta kuchli dorilarni taklif qilishdi, bunday dorilardan bosh tortdim, ko’kragim, sochim va Alloh taolo ato etgan boshqa a’zolardan ajrab yashagandan butun holimcha o’lishni afzal ko’rdim, ammo shuncha joydan kelib quruq qaytmay deb, birorta yengilroq dori yozib berishlarini so’radim, uyga qaytib ular yozib dori-darmonlarni iste’mol qila boshladim, lekin ta’siri mutlaqo sezilmadi, o’zimcha bu holatdan hursand ham bo’ldim, ehtimol do'xtirlar adashgandir, men bu kasallikka chalinmagandirman digan umidli hayollarga ham bordim, ammo bahtga qarshi kasallik huruji to’htamas edi. Oradan yetti oylar o’tgach tobora ozayotganimni, og’riq kuchaya boshlaganini va rangi ro’yim
o’zgara borayotganini sezdim, do'xtirlar yana Belgiyaga borishimni tavsiya qilishdi, erim bilan yana yo’lga chiqdim, kasallik kuchayib, zaxmi butun badanimga tarqalayotganini, hatto o’pkamda ham saraton asoratlari paydo bo’lganini eshitib chuqur qayg’uga bordim. Do'xtirlar mening Belgiyada o’lib qolishimdan havotirlanib, tezroq uyga ketishim lozimligini aytishibdi, shu zahotiyoq shifo niyatida Fransiyaga o’tib ketdik, ammo u yerda ham dardning davosini topa olmay, sarson-sargardon bo’ldik, ohiri men o’zimni jarrohlarning qo’liga topshirishga, ya’ni ko’kragimni kesib tashlashlariga rozi bo’la yozdim. Shunday kunlarning birida erim biz unutgan va hayotimiz mobaynida g’ofil bo’lganimiz ulug’ Yaratuvchini kutilmaganda eslab qoldi, darhaqiqat Alloh taolo muqaddas Baytullohni ziyorat qilish, u yerda yolg’iz O’zigagina yuzlanib barcha musibatlardan halos etishini iltijo qilib so’rashni erimning diliga slogan edi. Biz bu ishni bajarishga qaror qildik, vujudimni qandaydir hushnudlik chulg’ab olgan edi. Hushkayfiyatimga Allohning muqaddas dargohini ziyorat qilishga borayotganim sabab bo’lgan ersa ajab emas, ho’yajinim bilan Parijdan Qur’oni Karim harid qildik. Takbir va tasbih aytib to’g’ri Makkayu Mukarrama ziyoratiga jo’nadik, Baytul-Haramga yetib kelgach ichkari kirib Ka’bani ko’rdim-u o’zimni tutolmay yig’lab yubordim, Alloh farz qilgan ibodatlarni, namoz, ro’zalarni, hushu, tazarru kabi amallarni bajarmay o’tkazgan umrimga achinib, ko’p afsus nadomat chekdim. So’ng Allohga iltijo qilib, Ey, Pok Parvardigoro, qarshimda barcha umid eshiklari yopildi, faqat sening eshiging ochiqdir, eng so’nggi ilinj va umid tayanchi bo’lmish eshiklaringni mening yuzimga yopib
qo’yma, o’zing rahm qil, do’xtirlar meni davolashdan ojiz qoldilar, endi shifo Sendan va faqat Sendandir dedim. Baytullohni tavof qildim, noumid qilmasligini va yordamsiz
qo’ymasligini hamda hamma do’xtirlarni lol qoldirib menga shifo berishini yalinib-yolvorib chin ko’ngildan so’radim, Ha, Darhaqiqat men g’aflatda ekanman, Allohning eng
to’g’ri va haq dinidan behabar, bebahra yurgan ekanman, bir kuni makkalik ulamolar va shayxlar oldiga borib, menga foyda beradigan diniy kitoblar berishlarini, o’qilishi tilimga yengil keladigan shifobaxsh duolar o’rgatishlarini iltimos qildim. Iltimosim yerda qolmadi, ular menga Qur’on tilovat qilishni va zam-zam suvidan to’yib-to’yib ichishimni nasihat berishdi, ayni chog’da usha ulug’ ulamolar menga ko’proq Allohni zikr qilishni hamda payg’ambar(sollallohu 'alayhi vasallam)ga cheksiz salovatlar aytishimni tayinladilar. Men Baytullohda ichki bir ruhiy hotirjamlik va osoyishtalikni his etdim, mehmonhonaga bormay Ka’bada qolishga erimdan ruxsat so’radim, Baytul-Haramda misrlik, turkiyalik bir qancha savobtalab ayollar menga hamsuhbat bo’lishdi, tinimsiz yig’layotganimni ko’rib sababini so’rashdi, bu muqaddas makonga kelib, Alloh taologa mehr-muhabbatim haddan ziyod ortganini bildirib, og’ir bir dardga yo’liqqanimni so’zlab berdim, ular menga hamdardlik bildirib, yonimdan ajramay qolishdi, Baytullohda
e’tikofda o’tirganimni bilgach esa, ular ham o’z erlaridan ijozat olib mening yonimga joylashishdi, biz tunlari deyarli uxlamasdik, juda kam ovqat yerdik, lekin zam-zam suvidan to’yib-to’yib ichardik, chunki Payg’ambar alayhissalomning "œZam-zam suvidek ichimlik yo’q, kimki uni shifo talabida ichsa, Alloh unga shifo beradi, u kasalga shifo, tashnaga chanqoqbosdi, ochga taomdir" degan so’zlarini bilar edik. Tinimsiz ibodat qilamiz, ikki rakaatdan namoz o’qiymiz-da zam-zam suvidan to’yib ichib yana tavof qilishga tushamiz,
Baytullohga kelgan kunlarim ozg’in edim, badanimning yuqori qismini saratonning asorati bo’lmish kichik-kichik yumaloq donachalar va yaralar bosgan edi, dugonalarim menga jarohatlarni zam-zam suvi bilan yuvishni maslahat berishdi, men esa yaralarimga tegib yana kasalim xotirga keladi, Alloh zikridan chalg’ib qolaman deya qo’rqar edim, shu sabab u joylarga suv tekkizmay, ehtiyotkorlik bilan yuvinib turishni lozim topdim, beshinchi kuni hamrohlarim qistashdi, rozi bo’lmadim, ammo qandaydir bir
g’aybiy kuch qo’limga zam-zam suvidan olib, badanimga surtishga meni majburlagandek tuyular edi. Bu hol bir necha bor takrorlangach, beehtiyor ko’kragimni zam-zam suvi bilan yuva boshladim, shunda favqulodda hodisa mo’jiza sodir bo’ldi, tanamdagi bor yaralar bir-bir to’kilib ketdi, vujudimda birdan na og’riq, na qon va na yiringdan asar qoldi, hayronlik ichida gangib badanimni paypasladim, badanim soppa-sog’ edi, seskanib ketdim, darhol Allohning qudratini zikr etdim va hamd aytdim, yangi topgan dugonalarimning biridan usha yaralarimning o’rnini tekshirib ko’rishini so’radim, badanimning soppa-so’g, top-tozaligini ko’rib hammalari qichqirib yuborishdi: "œAllohu Akbar! Allohu Akbar!" Bu quvonchli habarni erimga yetkazish uchun tez mehmonxonaga jo’nadim, Allohning mehirbonligini qarang deb sog’lom tanamni ko’rsatdim, hayratdan yoqa ushlab qolishdi, bo’lib o’tgan voqealarni qayta so’ylab berganimda ishongisi kelmas edi, o’zini tuta olmay sevinchdan yig’lab yubordi va baland ovoz bilan do’xtirlar seni uch haftadan keyin o’ladi deb bashorat qilganlarini bilasanmi deb hitob qildi, shunda men ajalim faqat Allohning qo’lida, g’aybni faqat Alloh bilguvchidir dedim, biz Baytullohda yana ikki hafta turdik, so’ngra Madinai Munavvaraga borib, payg’ambar alayhissalom masjidlarini ziyorat qildik-da Fransiyaga qaytdik. Fransiyada do’xtirlar mening sog’ayganimni ko’rib sarosimaga tushishdi, eslarini yo’qotishlariga sag’al qoldi, chamamda ular mendan siz falonchimisiz deb so’rashdi, men ko’ksimda faxr va qat’iyat ila Ha men falonchiman erim falonchi deb javob berdim, darhaqiqat men tavba qildim, Yaratganga qaytdim, faqat Allohdangina qo’rqadigan, faqat undangina najot kutadigan bo’ldim, zero taqdirimizni u belgilaydi, hukm ham Unikidir. O’sha nomdor do’xtirlar "œBu holatingiz o’ta g’aroyibdir, qayta tekshirib, rentgen qilib ko’rish kerak deyishdi, tekshirishdi ham, ammo kasallikdan biror asar ham topishmadi, ilgari nafas olishda qiynalar edim, Baytul-Haramda Allohdan shifo so’raganimdan keyin bu dardimga ham davo topdim, shundan keyin Payg’ambar alayhissalomning siyratlari hamda sahobai-ikromlarning tarixlari bitilgan kitoblarni o’qidim, o’rgandim, ko’p mutaasir bo’lib uzoq yig’ladim, Alloh taolo va uning rasulini sevmasdan o’tkazgan umrimga ko’p afsus nadomatlar qilib tinimsiz yig’layverdim, men Alloh taoloning ne’matlariga shukrona aytaman va gunohlarimni kechirib, tavbalarimni qabul etishidan umidvorman".

Azizim shu o’rinda bir ojizaning g’aroyib va g’oyatda ibratli hikoyasi yakun topadi, undan nasihatlanish va zaruriy xulosa chiqarish o’zimizga havola.

"œHidoyat" jurnalidan

Qayd etilgan


Muslimа  19 Fevral 2007, 10:24:14


               So’nggi sajda

                 (Bo’lgan voqea)
   Do’stim kasalxonada yotgan edi, ko’rgani bordim. Undan — bundan suhbatlashib o’tirdik. Lekin uning kayfiyati yo’q edi. Bir oz o’tirib ichidagini yordi:
   "œShu xonada men bilan birga Yura ismli o’ris yigit edi. Bir kuni u:
-   Abdullo, sendan bir narsani so’rasam maylimi? — deb qoldi.
-   Mayli, so’rayqol, - deya men ham uning savoliga qiziqdim.
-   Mana, necha kundan beri bir xonada yotibmiz. E’tibor qilsam, sening oldingga juda ko’p odam kelarkan. Menga esa, ota — onamdan boshqa  hech kim kelmaydi.
   Men Yuraga musulmonchilikdan urf — odatlar xususida gapirib berdim. Shundan keyin biz u bilan tez — tez Islom haqida gaplashib turdik. Bir kuni Yura to’saddan:
   - Men ham musulmon bo’lsam bo’ladimi? — deb so’rab qoldi.
   Allohga hamdu sanolar aytib yubordim.
   Xullas, Yura iymon keltirdi. So’ng namoz o’qishni o’rgana boshladi. Ammo sog’lig’i yomon edi. Oradan bir necha kun o’tib, namoz o’qiyotganimizda Yura sajdadan bosh ko’tarmay qoldi, o’shanda joni uzilgan ekan""¦
                              
                              Yoqub Umar,            "œMusulmonlar taqvim kitobi", 1999yil III — chorak

Qayd etilgan


Muslimа  19 Fevral 2007, 10:26:52

                         Salovatning foydasi   
Olmoniyalik bir musulmon kishi haj ibodatini niyat qilibdi. Fabrika direktoriga: "œMenga bir oyga ruhsat bersangiz, sayohatga chiqaman", debdi. "œFabrikaning ahvolini ko’rib turibsan, tang ahvoldamiz. Mahsulot etishtirishimiz kerak. Sen mening eng ishonchli va yaqin odamimsan. Sendan boshqasi ishni eplay olmaydi"¦ Ruhsat berolmayman", debdi ho’jayin.
-   Yo’q, menga ruhsat bermasangiz bo’lmaydi.
-   Nimaga?
-   Diniy vazifam bo’lgan hajga bormoqchiman.
-   Iltimos, hozir emas, keyinroq bor!
-   Ishdan haydasangiz va ishlagan barcha haqlarim kuyib ketsa ham borishim shart.
-   Muhammadga: "œXo’jayinim meni jo’natmadi, ey Muhammad!" desang bo’lmaydimi?
-   Bo’lmaydi. Chunki haj — Allohning buyrug’i.
Allohning buyrug’i ekanini eshitgan xo’jayin boshini xam qilib shunday dedi:
   - Xo’p, senga ruhsat beraman. Faqat brogan eringda Muhammadga mening nomimdan salom ayt.
   Keyinchalik u kishi shunday hikoya qiladi: "œMadinaga borib, Payg’ambarimiz alayhissalomning qabrlariga kelib: "œAssolatu vas-solatu alayka yo Rasulalloh!" deya salovat va salom aytib, duo qildim. Shu payt birdan Hansning salomi esimga tushdi. O’zimcha qanday bo’larkin, u odam nasroniy bo’lsa, deb o’yladim. Ko’zimni yumib o’tindim: "œYo Rasulalloh! Mening Hans ismli boshlig’im bor, millati olmon, o’zi nasroniy. U sizga salom yubordi, bo’ynimda qarz bo’lib qolmasin". Hajni ado qilib bo’lgach, Turkiyaga kirib o’tdim. U erda Olmoniya bilan habarlashganimda boshlig’im Hansning musulmon bo’lganini eshitib, quloqlarimga ishonmadim. Payg’ambar alayhissalomga berilgan salomning qanchalik buyukligini o’shanda his qildim".
   Bir nasroniyning yo’llagan salomi tufayli Alloh taolo unga abadiy saodatni loyiq ko’rdi. Endi biz musulmonlar o’sha nasroniychalik bo’lolmasak, salovatni ko’paytirmasak, o’z da’voimizda qanchalik haqli bo’lamiz?
            Muhammad Yosin tayyorladi
                   "œMusulmonlar taqvim kitobi"dan olindi

Qayd etilgan


Muslimа  26 Fevral 2007, 09:22:38

HIKOYAT.

 Namozni tark qilgan bir kishi bor edi. Bir kuni ul kishi safarni ihtiyor qilib uyidan chiqdi. Yo’lda u kishiga shayton hamroh bo’ldi. Kechga yaqin bir saroyga etishdi va u erda tunab qolmoqchi bo’lishdi. Shunda shayton u kishidan qochib, o’zini chetga oldi. U kishi shaytonga dedi:
   - Ey o’rtoq, sen yo’lda mendan nima yomonlik ko’rdingki, o’zingni olib qochyapsan?
   Shayton aytdi:
   - Men iblisdirman va senga hamroh bo’lishimdan maqsad seni yo’ldan ozdirish edi. Men umrimda bir marta Alloh taoloning farmonini tark qilganim uchun dargohi ilohiydan abadiy haydaldim, tavqi la’nat bo’ynimga osildi, mal’un va mardudga aylandim. Bugun sening besh marta Alloh taolo farmonini tark qilganingni ko’rdim, besh vaqt namozdan hech birini o’qimading. Qo’rqamanki, sening sababingdan Alloh taoloning g’azabi tushsa, men yana mal’unlik dog’iga girifdor bo’lmayin, deya sendan qochdim.
    Payg’ambarimiz Rasululloh sallallohu alayhi va sallam rivoyat qiladilar: "œNamozni tark qilgan kishining kasofati uning ahli bayti va qo’shnilaridan etmish nafariga tegadi. Bilingki, namoz dinning ustunidir. Agar namozni barpo qilsangiz, sizning diningiz ustuvor bo’lur va agar namozni tark qilsangiz, diningiz yakson bo’lur".
"œDurratul vo’izin"ni forsiydan
Abdullaxon Abdurahmonov tarjimasi,
Pop tumani.
"œMusulmonlar taqvimi kitobi" dan olindi

Qayd etilgan


Muslimа  26 Fevral 2007, 13:13:05


Allohning mo’jizasi.

   - Iltimos menga mo’jiza degan doringizdan bir dona berib yuboring, - kichkinagina qizchaning bu so’zlari dori sotuvchi ayolni taajjibga soldi.
   - Qanaqa dorini aytyapsan? — so’radi u.
   - Ukam og’ir yotibdi. Onam esa uni faqat Allohning mo’jizasi qutqara oladi deyaptilar. Dadamda esa, bu dorini sotib olish uchun pul yo’q. O’zimni ozgina yiqqanim bor edi. Iltimos, bir dona bo’lsa ham ana shu doringizdan bering!
   - Qizaloq, aytyapman-ku bunday dori yo’q, sotilmaydi.
   - Iltimos, pulini to’layman, etmasa ertaga keltirib beraman. Bir dona bo’lsa ham "œAllohni mo’jizasi" dan bera qoling!
   Shu payt eshikdan yaxshi kiyingan, ko’zaynakli haridor kirib keldi. U qizchaning so’nggi so’zlarini eshitishga ulgurgan edi.
   - Qizalog’im, qanday mo’jizani aytyapsan? — deya so’radi u.
   - Bilmadim. Menga shunday deb atalgan dori judayam kerak. Ukam operatsiya stolida, ammo otam kerakli pulni topib bera olmayaptilar. Ularning aytishicha, "œAllohning mo’jizasi" gina ukajonimni asrab qolar ekan. Narxi qimmat bo’lganida ham uni sotib olardim, dedi qizaloq ko’zlaridagi yoshni artib.
   - Xo’sh, yoningda qancha puling bor? — deb so’radi haligi kishi.
   - O’n yarim rupiya!
   - Meni ukangni yoniga olib bora olasanmi? Unga qanday mo’jiza kerakligini bilmoqchi edim.
   Bu kishi Erondagi mashhur doctor Ashrafiy edi. U bolani ko’rdi-da, operatsiyaga tayyorgarlik ko’rish uchun buyruq berdi. Operatsiya ham muvaffaqiyat bilan yakunlandi. Bola ko’zini ochib, muloyim jilmaydi. Ona esa yum — yum yig’lab shunday dedi:
   - Rahmat doctor. Siz tufayli bolam tirik qoldi.
   - Kechirsiz, - shifokor so’zida davom etdi. Bu mening ishim emas. Men uni qutqarganim yo’q. Bu jajji qizaloqning iltijosi asosida Allohning inoyati, Uning mo’jizasi.
   - Pulni qanday to’laymiz? Narxi qancha bo’ladi?
   Jarroh jilmaydi.
   - Hech qancha. Xavotir olmang puli tolangan. Bu mening hayotimdagi eng qimmatli operatsiya.
   Onaning ko’z yoshlari ila otilib chiqqan so’zlari shu bo’ldi:
   - Rahmat sizga! Bu yaxshiligingizni bir umr unutmayman.
   Bu paytda ona operatsiyaning narxi atigi o’n yarim rupiyaga baholanganidan bexabar edi. Alloh esa O’z mo’jizasini yana bir karra isbotlash uchun shifokorni vosita qilgan edi.
         Olimjon Abdushukurov
         "œIrfon taqvimi" 2007/ 1428 (II)

Qayd etilgan


Munira xonim  14 Mart 2007, 08:02:33

Bug'doy qayg'usi.

Yunus yoshlik yillari qishlog'ida dehqonchilik bilan shug'ullangan. Bir yil qurg'oqchilik va tanqislik bo'lib, ekinlar bitmaydi. Shunda Yunus:"Kir shahriga yaqin yerda hoji Bektosh ismli valiy bor ekan. Eshigi va hovlisi hammaga ochiq bo'lib himmat sohibi bo'lgan bir shayh emish",degan habarni eshitdi. Shunda Yunus o'sha shayhning huzuriga borib, undan urug'lik uchun bug'doy so'rashga qaror qildi. Shayhning huzuriga quruq qo'l bilan borishni ep ko'rmagan Yunus tog'dan bir oz do'lana terib oldi va shayh eshigiga borib maqsadini izhor qildi. Yunusning bunday sodiqligi va tantiligi Hoji Bektosh hazratlariga nihoyatda manzur keldi. Shu bois bir muridi orqali so'ratdi:
-  Bug'doy istaydimi, valiylar himmatinimi?Agar hohlasa har bir do'lana donasi uchun nafas qilayin!
Bu paytda Yunus himmatni ne ekanidan behabar edi:
- Menga bug'doy kerak,-dedi.
Shunda hoji Bektosh hazratlari:
-Afsus, mayli so'raganini beringlar,-dedi. Yunus bug'doyni olib yo'lga tushdi. Lekin ketayotib bir narsani anglagandek bo'ldi va:"Men nimalar qilib qo'ydim? Nega himmat istamadim" deya pushaymon bo'ldi. Shayh huzuriga qaytib kelib dedi:
- Men johillik qilib qo'ydim . Nima so'raganimni farqlayolmay qoldim. Meni kechiring.
Shunda hoji:
- Sening kalitingni Topduk Emroga berdik, hohlasang shuni oldiga bor,-dedi.
Shunday qilib Yunus Emro darveshlik hayotini boshladi. Shayh Topduk Emroga jonu ko'ngildan sadoqatli murid bo'ldi. U uzoq yillar shayh eshigida o'tin tashib hizmat qildi.
Bir kuni zikr majlisi qurildi. Bu majlisda o'tinchi Ynusdan boshqa yana Yunus Go'yanda ismli ilohiychi ham bor edi. Shayhlari Topduk Emroga birdan jazba (vajd) yetishadi. Shunda shayh muridi Yunus Go'yandaga qarab:
- Shavqimiz bor, qani sen ham tarannum qil,- deb buyuradi. Lekin undan javob bo'lmaydi. Shayh bu buyruqni uch marta qaytaradi. Ammo shogirddan sado chiqmaydi. Shundan keyin Shayh Yunus Emroga yuzlanib deydi:
- Qani fursat yetdi. Qulfing endi ochildi. Hoji Bektosh hazratlarining tilagi endi bajo bo'ldi. Endi sen tarannu et.

Qayd etilgan


Munira xonim  14 Mart 2007, 08:07:26

Yunusning tilidagi qulf ochilgandi. Ana shundan so'ng dunyo turguyncha turadigan o'tlig' she'rlari tiliga osongina quyilib kela boshladi:

Yuradurman yona-yona,
Ishq bo'yadi meni qona.
Na oqilman, na devona,
Kel, ko'r meni, ishq nayladi.

Goh esraman yillar kabi,
Goh to'zarman yo'llar kabi,
Goh tosharman sellar kabi,
Kel, ko'r meni, ishq nayladi.

G'urbat elida yurarman,
Do'stni tushimda ko'rarman,
Uyg'onib mal'ul bo'larman,
Kel, ko'r meni, ishq nayladi.

Ishqing meni mast ayladi,
Oldi- ko'nglim hos ayladi,
O'ldirmoqqa qasd ayladi,
Kel, ko'r meni, nayladi.
Miskin Yunus bechoraman,
Ishq yo'lida ovvoraman,
Darddan yuragi poraman,
Kel, ko'r meni, ishq nayladi.

Qayd etilgan


Munira xonim  14 Mart 2007, 13:47:04

Хитойлик вафот стдими?
   

Бундан олти-етти ой олдин Хитойдан сн киши Истанбулга келишди. Уларнинг ҳаммалари сқинда исломни қабул қилиб мусулмон бслишган ва снди умра сафарини нист қилиб йслга чиқишганди. Бири икки ой олдин бири сса икки ҳафта олдин исломни қабул қилган йигитлар сди. Дин ҳақида, умра ҳақида билимлари йсқ. Истанбулда сзларига диний билими бслган, араб тилини биладиган бир йслбошчи топиш нистида сдилар. Бир вақтлар Хитойдаги зуғумлардан қочиб келган бир сйғур одамни топдилар. Бундан сснгги воқеани сша кишидан сшитамиз:
"œЯнги мусулмон бслган бу хитой йигитлари билан йслга чиқдик. Яхши бир дсст бслиб ҳам олдик. Исломга таалуқли ҳар бир сшитган нарсаларини катта бир ҳасжон билан бажаришар, срганишарди. Исломдан билимлари йсқ, ҳатто намозда сқиладиган сураларни ҳам билишмас ва фақат "œАлҳамдулиллаҳ, Аллоҳу акбар" дейишарди холос. Аввал Маккага бордик. Янги туғилган чақалоқ каби сдилар. Хурсандликларидан гоҳ кулишар, гоҳ йиғлашарди.
Исмларини сзгартирдик, Муҳаммад (Чан Чинг), Ҳасан (Чун Фанг) каби ҳар бирини снги исм билан мурожаат қилардик. Аммо бу йигитларнинг ичларида битта Муҳаммад исмлиси жуда фарқли сди. Уни кузата бошладим. Ҳар намоздан ксзларида ёш билан турарди. Бир куни ссради:
- Динимизда ароқ ва шу каби нарсаларга қандай қаралади? Бу ҳақда бирон маълумот борми?
- А оббимиз ичкиликни ҳаром қилган. Унинг ичилиши ҳам, сотилиши ҳам, тарқатилиши ҳам ҳаром.
Истиқомат қилаётган меҳмонхонага келдик. Муҳаммад Хитойга укасига қунғироқ қилиб:
- Ароқ заводимизни ёп. Аллоҳнинг амри шундай скан. Би бу амрга бсйсунишимиз керак.

Укаси буни тезгина қила олмаслигини, ҳеч бслсама бир икки кун фурсат беришлигини ссрарди. Чунки акасининг айтганидай қилса бир неча минг доллар зарар қилар ва шерикларини ҳам оғир аҳволга туширар сди. Аммо Муҳаммаднинг қарори қатъий сди:
- Аллоҳ амр стди буни. Биз бажаришимиз шарт. Ҳозироқ беркит заводни мен келганимдан сснг шериклар билан муаммони сзим ҳал қиламан.
Маккадаги зиёратимиз баёнига етди ва мадинага йсл олдик. Мадинада бомдод намози. Лайғамбаримиз саллаллоҳу алайҳи васалламнинг: "œБу жаннат боғчасидир" деб атаган намозларини адо қилар сдик. Муҳаммад менинг ёнимда, бошқа йигитлар билан бир сафдамиз. Муҳаммад саждага борди ва узоқ вақт саждадан бош кстармади. Биз намозни тугатдик ҳам у саждадан бош кстармасди. Саждада жон бердимикин, деган фикр ҳаёлимдан стди. Йсғе, ёшиган йигит дедим. Узоқ вақт уни саждадан бош кстаришини кутдик, аммо... уни чақирдим, жавоб бермади. Яна чақирдим, жимжитлик. Хавотир бсла бошладик. Қслимни узатиб, елкасига текказдим ва енгилгина тортмоқчи сдим, у чап тарафига йиқилди. Дарров тез ёрдам чақириб, шифохонага олиб кетдик. Доктор уни вафот стганини айтди. Муҳаммадни шифохона моргида қолдирдик. Биз сса касалхона ташқарисида нима қиларимизни билмай, бир қайҳу ичида турардик. Бу орада касалхонага бир машина келиб тсхтади. Машинанинг маркасидан сгасининг обрсли киши сканлигини билса бсларди. Ҳамма касалхона ходимлари уни ҳурмат билан қарши олдилар. Кейин билсак, бу Мадинанинг олим амирларидан бири скан. Касалхона ходимларидан ссради:
- Бугун бу ерда бир Хитойлик вафот стдими?
- Ҳа, дедилар.
Биз ҳайратланиб:
- Биз сша йигитнинг дсстларимиз. Сиз уни танийсизми?, деб ссраганимизда:
- Кеча тунда тушимда Лайғамбаримиз саллаллоҳу алайҳи васалламни ксрдим ва улар менга буюрдиларки:
"œА­ртага бу ерда бир Хитойлик умматим вафот стади, унинг жанозаси билан шуғуллан (ҳозир бсл)".
Тез фурсатда ҳамма нарса сзгарди. Муҳаммадни моргдан олиб, гсзал бир шаклда жаноза сқиб, дафн стдилар.


Qayd etilgan


Munira xonim  22 Mart 2007, 07:32:55

Qadim zamonda podshohning vaziri donishmandlardan birini yoqtirmas ekan. Har gal donishmand uni so'zda mot qilavergani uchun izzat nafsiga tegib, uni obro'sizlantirishni ko'zlab yurarkan. Nihoyat, mulozimlar jam bo'lgan paytda vazir ham hozir bo'lib, donishmandga ko'zi tushibdi. Va unga qarab beodoblik bilan debdi:
- Ey, dono zot!Yangilikdan habaringiz bormi? Shohimiz bugundan e'tiboran sizni eshaklarga hokim qilib tayinladi.
Shunda donishmand bosiqlik bilan:
- Gaping rost bo'lsa qadamingni o'ylab bos, bugundan e'tiboran sen ham mening uqoroyim bo'lib qolibsan,- deya javob beribdi.

"Tazkiratul avliyo"dan.

Qayd etilgan