Islom hayotidan ibratli hikoyatlar  ( 213344 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 ... 35 B


Muhammad Amin  15 May 2007, 15:41:20

Imom G’azzoliydan: "œIlmda bunday yuksak darajaga qanday etishding? Deb so’radilar. U: "œBilmagan narsamni so’rab o’rganishdan uyalmadim", dedi

Tabibga ko’rsatmay kasal tomirin
Tuzalmoq xayoli xomdir xushyor bo’l
Bilmaganing so’ra so’rash nomusi
Balki bilimdonlik va hurmatga yo’l.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  15 May 2007, 15:46:16

Dushman nasihatini qabul etmoq xato bo’lsada, lekin nasixatiga quloq solmoq ravodir, chunki uning aytganining aksini qilsang, to’g’ri ish tutgan bo’lasan!

Dushmanning ko’rsatgan yo’liga yurma,
So’ng pushaymon bo’lib, tizzangga urma.
Senga o’qdek to’g’ri yo’l ko’rsatgan on,
Sen undan burilib yurgil chap tomon.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  15 May 2007, 15:47:32

Kimki o’zining bilimdon ekanligini ko’rsatmoq uchun boshqa odamning so’zini kessa, o’zining o’ta nodon ekanini namoish qilgan bo’ladi.

 Aqillik bo’lsa gar javob beradi,
Faqat undan savol so’ralgan zamon
Garchi haq bo’lsa ham sergapning so’zi
Gaplarin yolg’onga jo’yishar oson.

Qayd etilgan


Muslimа  29 May 2007, 12:36:18

                             Armstrongning iqrori.

   1969 yilning 20 iyulida astronavtlar Nil Armstrong, Edvin Aldrin va Maykl Kollinslarni o’zida jamlagan "œApollo-11" kosmik kemasi Oyga qo’ndi. Bashariyat tarixida Oyga ilk qadam qo’yish Nil Armstrongga nasib qildi. U bu voqelikni shunday izohlagandi: "œBu bir inson uchun kichik, ammo insoniyat uchun juda ulkan qadamdir". Oyda bo’lib o’tgan o’tgan voqea-hodisalar ko’pchilikni yoqa ushlashga majbur qilgandi.
   Armstrong : xristianlikka e’tiqodi yuksak bir inson edi. Ular Oyga qo’nishgach, kutilmagan jismni ko’rib qolishadi. Bu g’ayri tabiiy narsa xususida axborot berish uchun darxol Yer bilan bog’lanishadi.
   Aldrin: Ochiq turgan kitobga o’xshash bir narsa bor ekan bu yerda, turg’unliklar dengizning ustida.
   Armstrong: Ikkita halqa singari, aniqrog’i, kitob shaklida.
   Kollins: Men ham aniq ko’ryapman, xuddi kitobga o’xshash.
   Yer: Nimalar deyapsiz, Oyda kitob nima qiladi?
   Ertasi kuni kitob shakli jism g’oyib bo’ladi. Biroq kosmik kema aloqa qurilmasidan g’alati ovoz chiqa boshlaydi. Xuddi o’t o’chiruvchilar mashinasining ovoziga o’xshaydigan sas.
   Kollins:Yer meni eshityapsizmi? Ovozni darhol o’chiring. Yo’qsa quloqlarimiz bitib qoladi.
   Yer: Bu ovoz bizdan emas. Boshqa joydan kelyapti. U yerda sizdan boshqa hech kim yo’qligiga aminmisiz?
    Armstrong: Endi bitta musiqa boshlandi. Yer, meni eshityapsizmi, iltimos, o’chiringlar shu ovozlarni.
   Yer: Bizda hech qanday texnik kamchilik yo’q. Musiqa sizlardan kelyapti.
Aldrin: Bir-birimizni tushunmayapmiz, shekilli. Bu musiqa bizdan borayotgani yo’q.
Ertasi kuni Armstrong Oyga qadam qo’ydi. Insoniyat tarixida ilk odam Oyda yurardi. Shu oayt to’satdan yana oldingidek saslar eshtila boshlaydi. Biroq bu gal keskin saslar ichida quyidagi so’zlar radoiqurilmaga ko’chadi: "œRabbi-al-Arduz-Dini Endahu-Iza-Kun-Alim"
Yer: Ey, kim gapryapti?
Bu paytda Armstrong Oyda yurardi. Musiqaga o’xshash kuy yana boshlaydi: "œEshedu Enla iloha Illallah".
Yer: Yana noma’lum ovozlarmi? Qanaqa edi qo’shiqning so’zlari?
Kollins: "œEshen Mahatma Ressambala"mi, ishqilib shunga o’xshash. Menimcha bu hindcha.
Armstrong: Men hammasini tingladim. Qalbga huzur bag’ishlaydigan kuy ekan. Menimcha Afrika radiolaridan biri.
Aldrin: Bu ovoz Oydan kelyapti, radio habari emas. Ishonib bo’lmaydigan narsa.
Yer: Aqldan ozdingizmi? Havo yo’q joyda ovoz nima qiladi?
Kollins: Nima, sizningcha, o’zga sayyoraliklarmi?
Armstrong:  Kitob shaklidagi uchar likobchalar bo’ladimi?
Yer: Tushunmovchilik. Kitob, qo’shiq, ovoz"¦ Barchasi hayoliy narsa.
Armstrong: Hayoliy narsani kamera suratga ola biladimi? Hayolot bir ovoz magnitofon kassetasiga yoziladimi?
Yer: Ho’p, havosiz joyda ovoz tarqalmaydi-ku!
 Keyin "œApollo-11" kosmik kemasi Yerga qaytdi. Magnitafonga yozilgan ovozlarni eshitishdi. NASA da ishlaydigan Misr fuqarosi Faruk El Baz ga tanishtirildi. U Oyda yangragan ovozlarni arabcha muqaddas bir jumla ekanligini ochiqladi. Ko’p o’tmay bu ovozlarni navbatdagi parvozdan so’ng, "œApollo-16" astronavti Vorden ham eshitdi. Armstrong bu sirni tagiga yetishga hammadan ko’proq qiziqa boshladi.
Ulkan parvozdan so’ng astronavtlar dunyo bo’ylab sayoxatga chiqishdi. Ularni har bir davlatda olqishlar bilan kutib olishardi. Nil Armstrong navbatdagi safarida Misr poytaxti Qohiraga yo’l oladi. U o’ziga ko’rsatilayotgan ehtiromdan boshi osmonda edi. Biroq "¦ Bitta masjidning oldidan o’tayotganida u birdan seskanib ketadi. Darhol yonidagi odamlardan so’raydi:
-   Bu qanday musiqa?   
Misrliklar kulishdan o’zlarini zo’rg’a tiyib, javob berdilar:
-   Bu musiqa emas, azon ovozi. Cherkovda qo’ng’iroqlari ovozi yangrasa, jome’da azon ovozi aytiladi.
-   Men bu ovozni oldin ham eshitganman.
-   Albatta eshitgansiz, dunyoda bir milliardga yaqin musulmon bor. Qaysi o’lkaga bormang, albatta, azon ovozlarini eshitasiz.
-   Men yer yuzini aytmayapman. Bu ovozni oyda eshitgandim.
Armstrong ning yuzi dokadek oqarib ketgandi.
-   Yo Allohim, Seni bu yerda emas Oyda topdim.
Uzoq vaqt Armstrongdan sado chiqmadi. Yonidagilar hayron. Nihoyat u tilga kiradi:
-   Oyga "œbismillo" siz oyoq bosdim. "œBismillo" ni endi aytayapman. Endi men ham MUSULMONLARDANMAN.

"œOdamlar orasida" gazetasidan olindi.

Hamza Yoqubov.

Qayd etilgan


Laylo  31 Iyul 2007, 02:57:44

SHOH VA SOHIBJAMOL
Kunlarning birida sayr qilib yurgan shohning ko‘zi husnda tengi yo‘q ayolga tushib qoladi. U o‘ziga hamrohlik qilayotgan a’yoniga yuragiga cho‘g‘ tashlagan bu sohibjamolning kim ekanligini aniqlashni buyuradi. Saroy xodimi ko‘p vaqt o‘tmasdan shohga ayol uning xizmatkorlaridan birining rafiqasi ekanligini ma’lum qiladi. Hukm­ron darhol bu xizmatkorini chaqirtirib, unga muhim bir maxfiy maktubni shoshilinch ravishda qo‘shni shahar hokimiga yetkazishni buyuradi.
Xizmatkor shohdan maktubni olib, safarga tayyorgarlik ko‘rish uchun uyiga yo‘l oladi. Ertasi kun xizmatkor tong otmasdanoq yo‘lga chiqadi. U kun tikkaga kelganda tamaddi qilib olish uchun bir daraxt ostiga o‘tirib, olib ketayotgan maktubi joyida ekanligiga ishonch hosil qilish uchun kiyimini paypaslaydi. Shunda u xotini safar uchun tayyorlagan kiyimi cho‘ntagiga nomani solishni unutganini sezadi. Xizmatkor noiloj orqasiga qaytadi.
Shoh esa bu paytda ishqi tushgan sohibjamol xonadonining eshigini taqillayotgan edi. Bu yerga u yolg‘iz o‘zi xufyona  kelgandi.
— Kim u? — eshik orqasidan so‘raydi ayol.
— Men yurt shohiman. Eshikni och! — buyuradi hukmdor.
— Bir notavon nomahramingizni afv etgaysiz. Ming afsuski, xojam safardalar, — iymanib so‘z qotadi sohibjamol. — Qaytib kelishlari bilan u kishiga quli­ngiz xonadoniga tashrif qilib, bizga oliy baxt ato qilish istagingizni, albatta, ma’lum qilaman.
— Eringni boshimga uramanmi, menga u emas, sen keraksan. Eshikni och, bo‘lmasa o‘zing ham, ering ham bu dunyo bilan xayrlashasanlar, — dag‘dag‘aga o‘tadi shoh.
Ayol shohning  niyatini tushunib, eshikni ochmaydi.
— Olampanoh, Sizning amringiz men uchun, hech shubhasiz, qonun, — o‘ta muloyimlik bilan javob qiladi sohibjamol. — Ijozatingiz bilan o‘zingiz mendan ham yaxshi biladigan bir narsani yodingizga solsam. Haqiqiy sher boshqa hayvonlarning qoldig‘iga qarashga ham hazar qiladi. U faqat o‘z o‘ljasini yeydi.
Shoh sohibjamolning bu gapidan mulzam bo‘lib, noiloj orqasiga qaytib ketadi. Xuddi shu vaqtda unutib qoldirgan maktubni olish uchun orqasiga qaytgan xizmatkor  uyining eshigi oldidan uzoqlashayotgan shohga ko‘zi tushadi. U nima uchun hukmdor to‘satdan o‘zini boshqa shaharga jo‘natganini anglab yetadi. Biroq u shoh ko‘ziga ko‘rinmaydi, xotiniga ham hech narsa demasdan maktubni oladi-yu, yana orqasiga qaytib ketadi.
Xizmatkor shoh buyrug‘ini bajarib qaytib keladi. Hukm­dor uning xizmatini shohona siylaydi: tilla hisobida  yuz ellik dirham pul beradi. Xizmatkor bu mo‘may aqchaning hammasiga xotini, uning ota-onasi, qarindosh-urug‘lariga sovg‘a-salom xarid qiladi. Keyin xotinini bu sovg‘a-salomlar bilan ota-onasinikiga jo‘natadi.
Xotin erining bu iltifotidan xursand bo‘ladi, biroq ota-onasinikiga kelganidan keyin  kun ketidan hafta, so‘ng oy o‘tsa ham xojasidan darak bo‘lmaydi. Nihoyat, uning akasi kuyovi bilan orani ochiq qilish uchun singlisining erini qoziga boshlab boradi.
— Biz bu odamga tiniq buloqli, nafis gulzorli bir bog‘ni ishonib topshirgan edik, — arzini bayon qilishga tushadi sohibjamolning akasi. — U esa chashma suvini ifloslantirib, gulzorni payhon qilib, shundan keyin harob qilgan bog‘imizni go‘yo hech narsa bo‘lmagandek qaytarib bermoqchi.
— To‘g‘ri, men olgan bog‘ning suvi tiniq, gullari g‘uncha edi, — da’voga javob qiladi xizmatkor. — Lekin bu bog‘ faqat yakka o‘zimga tegishli bo‘lishi kerak edi. Biroq mening bog‘imga mendan beruxsat, buning ustiga nomahram qadam bosganidan keyin u menga  harom bo‘ldi.
Baxtli tasodif sababli shu vaqtda shoh ham qozixonada boshqa xonada o‘tirgan ekan.
— Nomahram sening bog‘ingga qadam bosishi u yoqda tursin, hatto uning eshigi tirqishidan bulog‘u gulzoring­ga qiyo ham boqa olmadi, — debdi yashiringan joyidan ular oldiga chiqqan shoh.
U sohibjamol o‘zini qanday mot qilganini gapirib berib, sodiq xizmatkori va vafodor xotinni yana shohona hadyalari bilan siylaydi.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  27 Sentyabr 2007, 19:19:53

HIDOYAT ALLOHDANIR.

   Payg’ambarimiz Rasuli Akram sallallohu alayhi va sallamning amakilari Abu Tolib jon taslim qilar chog’ida, on hazrat yig’lab turib unga murojat etdilar:
-Ey amakijon, meni o’z farzandingizdan ham ortiq ko’rar edingiz. Sizga iltijo qilaman. Bu olamdan imonsiz o’tmang. Bir marotaba bo’lsa ham "œLa ilaha illalloh" deng, "œMuhammadun Rasululloh"ni aytmasangiz ham mayli. U yog’ini men o’zim Allohdan so’rab olaman,-deb yalinsalar ham amakilari "œLa ilaha illalloh" kalimasini aytmadi. Sarvari olam qattiq xafa bo’lib, xonadan chiqib ketganlaridan so’ng, orqalaridan Aazrati Ali borib aytdilar:
-Amakingiz zalolatda vafot etdi.
   Rasululloh sollallohu alayhi va sallam to’lqinlanib ketib, achchiq ko’z yosh to’kdilar. Ana shu payt Alloh taoloquydagi oyati karima nozil bo’ldi: "œ(Ey Muhammad), Siz xahlagan kishingizni hidoyatga boshlay olmaysiz. Bu sizni qo’lingizda emas, faqat Alloh taolo bandasini hidoyatga soladi".


Qayd etilgan


Muhammad Amin  27 Sentyabr 2007, 19:21:17

Qasam barakani ketkazadi.
   Sahobalardan biri Jubayir ibn Mutrim (r.a) bir kishidan qarz olib, uni vaqtida to’lagan ekanlar. Lekin, o’sha qarz bergan kishi bir kuni kelib, qarzni bermagansan, deya tonib, yana pulni talab qilibdi. Jubayir ibn Mutrim har qancha uqtirmasinlar, u kishi pulni olganligini tan olmabdi. Shunda sahoba unga so’ragan pulini berib yuboribdilar. Bundan hayratga tushgan sahobalar so’rashibdi.
-Ey Jubayir ibn Mutrim,  nega avval qarzni to’lagan bo’lsang, yana u kishiga pul berib yubording. Qarzni to’laganliging haqida qasam ichsang bo’lardi-ku?
   -Qasam ichgandan ko’ra, yana o’sha pulni berganim yaxshiroq. Chunki, qasam o’sha puldan ko’ra ko’proq barakani ketkazishi mumkin,-deya javob bergan ekanlar Jubayir ibn Mutrim.


Qayd etilgan


Muhammad Amin  27 Sentyabr 2007, 19:22:12

Ko’zi ochildi.

   Ichkilikka berilgan bir kishiulfatlarini uyiga mehmonga chaqirib, dasturxon tuzib, uni turli ichimliklar bilan bezab turgan ekan. Shu payt uning etti-sakkiz yashar o’g’ilchasi oldiga kelib, dasturxon ustidagi shishalardan birini olib otasiga debdi:
   -Adajon, bu aroq-a, siz buni ichasiz-a, og’ayinilaringiz ham ichadi-a, keyin mast bo’lasizlar-a?
Ota indamabdi.
   -Katta bo’lsam men ham ichaman-a?-debdi bola.
   -Iya, nega ichasan,-deya jahli chiqibdi otaning.
   -Yo’q,-debdi bola biyron til bilan.-Hozir emas katta bo’lganimda, sizga o’xshab aroq ichib, siz buvamning saqollarini tortgani kabi men ham sizni urib yig’lataman. Axir men sizning o’g’lingizman-ku. Sizga o’xshasam  yyomonmi?!
   -To’xta bolam! Mening so’qir ko’zimni ochding, bundan buyon bu zahar-zuqqumni ichmaganim bo’lsin,-debdi-da, shishalarni birma-bir sindirib tashlabdi.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  05 Noyabr 2007, 17:43:59

Eng yaxshi muallima

        Bu voqea ancha yillar avval bir boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining boshidan o‘tgan voqeadir. Muallima ayolning ismi Tompson xonim edi. Muallima xonim 4-sinfga ilk bor darsga kirganida ularga yolg‘on gapirdi. U ham boshqa o‘qituvchilar kabi bolalarning ko‘ziga tik boqqancha ularning hammasini sevishini aytdi. Bunday bo‘lishi mumkin emasdi, sababi ilk qatorda go‘yo partasiga cho‘kib ketayotganday bo‘lib bir o‘quvchi o‘tirardi, ismi Teddi edi. O‘tgan yili Tompson xonim o‘quvchisi Teddini obdon kuzatib shunga amin bo‘ldiki, Teddi boshqalarga o‘xshamaydi. U hech kimga qo‘shilmas, kiyimlari ham doim g‘ijim va isqirt, o‘zi ham hammomga tushishi kerak bo‘lgan holda kir yurardi. Demak Teddi baxtsiz hamda tolesiz edi. Muallima xonim ishga kirgan paytdayoq unga yana bir topshiriq yuklatildi, bu har bir o‘quvchining shaxsiy varaqasini, oilaviy hayotini o‘rganish edi. Teddining hujjatlarini esa eng oxiri ko‘rish uchun alohida joyga qo‘ydi. Uni shaxsiy hayotiga oid hujjatlarni titkilar ekan, Tompson xonim hayratga tushdi. Chunki birinchi sinf o‘qituvchisi shunday yozgandi: «Teddi aqlli bola va shu bilan birga doimo kulimsirab yuradi. Uy vazifalarini tartibli ravishda bajarib, yaxshi xulqi ila tengdoshlari orasida o‘rnak bo‘la oladi. Sinfdoshlari ham u bilan birga bo‘lishdan hursandlar...» Ikkinchi sinf o‘qituvchisi: «Teddi eng yaxshi o‘quvchi, sinfdosh o‘rtoqlari tomonidan seviluvchi bola. Ammo oilasida onasining dardi bedavoga yo‘liqqanligi unga azob bermokda. Shuning uchun oilasidagi hayot juda og‘ir bo‘lsa kerak, deb o‘ylayman...» deya yozgan edi. Uchinchi sinf o‘qituvchisi: «Onasining o‘limi Teddi uchun juda og‘ir bo‘ldi. Otasi esa unga keragicha munosabat bildirmaydi sababi uning boshqa joyda sevgani bor. Agar biror chorasi ko‘rilmasa, oiladagi bu xunuk holat bolaga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin» deb yozgandi. To‘rtinchi sinf muallimi esa: «Teddi odamovi o‘quvchi, maktabda darslariga, tashqarida esa o‘rtoqlariga qiziqishi yo‘q. Sinfdoshlari orasida u bilan do‘st tutingani yo‘q va ko‘pincha Tedsi sinf xonasida uxlab qoladi», deb yozgan edi. Tompson xonim hujjatlarni varaqlar ekan, hammasini tushunib yetdi va o‘zidan uyalib ketdi. Ayniqsa, shu kunlarda o‘quvchilari tomonidan yaltiroq qog‘ozlarga o‘ralgan bayram sovg‘alarini ko‘rgach, battar uyaldi. O‘zini o‘ng‘aysiz his etdi, sababi, Teddi keltirgan sovg‘a oddiy gazeta varag‘iga o‘ralib, g‘ijimlangan varaqqa qing‘ir-g‘iyshiq qilib tabrik so‘zlari yozilgandi. Muallima bu sovg‘ani boshqa o‘quvchilarning yonida ochishni o‘ziga ep ko‘rmadi. Lekin nachora, ochishi va sovg‘ani qabul qilishi kerak edi. Sekin-asta ochdi. Ba’zi o‘quvchilar sovg‘a deya keltirilgan bu ko‘zlari to‘kilgan bilaguzuk va yarimlab qolgan nafis hidli atirni ko‘rgach, kula boshladilar. Faqat Tompson xonim bilakuzukni haqiqiy zargar tomonidan ishlanganligini va bilagiga bir tomchi tomizilgan atirning esa juda nafis iforli ekanini aytib, o‘quvchilarning kulgisini to‘xtatdi. O‘sha kuni darsdan so‘ng Teddi muallima xonimning yoniga kelib «Ustoz, bugun dars tugaguncha sizdan onamning isi kelib turdi», dedi. O‘quvchilari uylariga ketgach, muallima xonim bir soatcha xonada yig‘lab o‘tirdi. Shu kundan so‘ng u bolalarga boshqa darslar bilan bir qatorda hayot darsini ham tushuntirib, tarbiyalay boshladi. Teddiga esa o‘ziga xos muomala qila boshladi. Unga ustozlik mehrini berishga harakat qildi. Bu ishlar esa sekin-asta Teddining aqli yana jonlana boshlaganini ko‘rsatdi. Unga g‘ayrat-shijoat va biroz jasorat bergach, bolada jiddiy o‘sish kuzatildi. Yil oxiriga kelib esa Teddi maktabning eng a’lochi o‘quvchilaridan biriga aylandi. Muallima ...

Qayd etilgan


Salmoni Forsiy  08 Noyabr 2007, 03:36:05

Assalom alaykum .
Raxmat, Alloh rozi bo'lsin.

Qayd etilgan