Islom hayotidan ibratli hikoyatlar  ( 213318 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 ... 35 B


Muhammad Amin  20 Yanvar 2008, 04:24:06

Ul zotning birodarlaridan bo'laylik     
Abu Hurayradan, roziyallohu anhu, rivoyat qilinadi:
«Rasululloh qabristonga keldilar va:
— Mo‘minlar qavmida yashovchilarga assalomu alaykum! Biz ham, inshaalloh, sizlarga borib qo‘shilguvchilarmiz, deydigan birodarlarimizni ko‘rishni orzu qilardim, - dedilar. Shunda sahobalar:
— Biz sizning birodarlaringiz emasmizmi, yo Rasululloh? —deyishdi. Janobi Rasululloh:
— Sizlar mening sahobalarimsizlar, birodarlarimiz esa, hali kelganlaricha yo‘q, — dedilar, Sahobalar:
— Hali kelmagan ummatingizni qanday taniysiz, yo Rasululloh? — deb so‘rashdi. Rasululloh:
— Axir bir kishi o‘zining peshonasi va oyog‘i oq otlarini boshqa bir to‘da qop-qora otlar ichidan taniyolmaydimi? — dedilar. Sahobalar:
— Tanib oladi, yo Rasululloh, —deyishdi. Janobi Rasululloh:
— Ular qiyomatda dunyodagi tahoratlari sababidan peshonalari va oyoqlari nurli bo‘lgan holda keladilar. Men ulardan oldin havzi Kavsarga borgan bo‘laman. Ogoh bo‘linglar, bir qancha kishilar hovuzimdan adashgan tuyani haydagandek haydaladilar. Men ularga, bu yoqqa kelinglar, deb nido qilaman. Menga aytiladiki, ular sizdan so‘ng dinni o‘zgartirishgan. Shunda men: «Uzoq bo‘linglar, uzoq bo‘linglar», deyman. 
 

Qayd etilgan


Muhammad Amin  20 Yanvar 2008, 04:24:25

Jannat ahllari     
Ibn Abbosdan, roziyallohu anhu, aytdilar; «Bir kuni Rasululloh, sollallohu alayhi va sallam, chiqib dedilar:
— Menga barcha ummatlar ko‘rsatildi. Bir payg‘ambar bir kishi bilan, yana bir payg‘ambar ikki kishi bilan, yana bir pay-g‘ambar bir to‘p kishilar bilan, yana bir payg‘ambar yolg‘iz o‘zi, hech bir hamrohi yo‘q holda o‘tdilar. So‘ng juda ko‘p olomonni ko‘rdim, ular ko‘pligidan uzoq-uzoq ufqlarni ham to‘sganlar, umid qildimki, shular mening ummatim bo‘lsalar. Shunda: bular Muso, alayhissalom, qavmlari bilan kelyaptilar, deyildi.
So‘ng menga, qaragin, deyildi. Qarasam, uzoqdan qoralikni ko‘rdim. Ular juda ko‘p bo‘lib, ko‘pligidan ufqni ham to‘sib qo‘yishgan edi. Keyin menga yana aytildi: "œHov, anavilarga, hov anavilarga kara!" Ko‘rsam, son-sanoqsiz insonlar, ular shuncha ko‘pki, yeru osmonni to‘ldirib yubordilar. Shunda menga: «Bular sening ummating», deyildi.
Bularning oldilarida yetmish ming nafar jannatga hisob-kitobsiz kiradiganlar kelmoqda. Ular hodisalardan shumlanmaganlar, folbinu sexrgarlarga bormaganlar, o‘zlarini o‘tda kuydirib davolamaganlar, faqat o‘z Robbisiga tavakkul qilgan kishilardir, — deyildi.
Shunda Ukkosha ibn Mixsan turib:
— Yo Rasululloh, duo qiling. Alloh meni shulardan qilsin, — dedi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam:
— Ey Alloh, buni o‘shalardan biri qilgin, - deb duo qildilar.
Shundan so‘ng boshqa odam turib:
— Allohga duo qiling, meni ham o‘shalardan qilsin, — dedi. Payg‘ambarimiz, alayhissalom:
— Bunga Ukkosha sendan oldin keldi,— dedilar». 

Qayd etilgan


Muhammad Amin  20 Yanvar 2008, 04:25:22

Ayyor tulki      
Jaloliddin RUMIY

Arslon, bo‘ri va tulki uchovlon birga ov ilinjida o‘rmonga borishdi. Aslida arslon tengi bo‘lmagan tulki bilan bo‘rini ovda sherik qilishi to‘g‘ri emasdi. Ammo "œjamoat bo‘lishda baraka bor" deyilgani uchun bu safar shuni ixtiyor qildi.
Uchta bo‘lishdimi, endi ulardan biri boshliq bo‘lishi lozim. Arslon o‘zi boshliq bo‘lishini bilgani uchun bu haqda tulki bilan bo‘riga maslahat solib o‘tirmadi.
Tushgacha ular bir yovvoyi eshak, bir yovvoyi echki va semizgina bir quyon ovlashdi. Ovlari baroridan kelgan edi. Ovlarini tishlab sudraganlaricha bir g‘orga olib kelishdi. Ular juda ham ochqashgan, qorinlari tatalab borar edi.
O‘ljalarni o‘rtaga qo‘yishdi. Endi buni taqsimlash kerak edi. Aslida, kim boshliq bo‘lsa, o‘sha taqsim qilishi kerakligini arslon yaxshi bilardi, lekin sinash uchun bo‘riga qarab, dedi:
— Qani, tajribali do‘stim bo‘ri, shu ovlaganlarimizni o‘rtamizda bir taqsimlab ber-chi? Shunday taqsimlaki, ko‘nglingdagidek bo‘lsin.
Bo‘ri darhol ishga kirishdi.
— Bosh ustiga! Birpasda hal qilaman. Avvalo sizning ulushingizni beraman... Mana shu yovvoyi eshak eng katta ovimiz. U sizniki. Kattakon gavdangizga munosib tushlik. Echkiga kelsak, u menga tegishli. Menga shu ham bo‘laveradi. Quyonni bo‘lsa, tulkiga beramiz. Aslida, uni... Mana, bo‘ldi, ruxsat bersangiz, yeyishni boshlasak.
Arslonga bo‘rining taqsimi as-lo yoqmadi. Birinchidan, u bo‘rining: "œYo‘g‘-e, biz kim bo‘pmiz. O‘zlari taqsimlasalar tuzuk, bermasalar o‘zlaridan qolgan sarqitga ham rozimiz", deyishini kutgan edi. Ikkinchidan, bo‘rining o‘zini katta tutgani ensasini qotirdi. Unga qolsa, tulkiga hech narsa bergisi yo‘q.
Arslon qattiq g‘azablanib, bo‘riga hayqirdi.
— Ey ahmoq! Sen kim bo‘psanki, o‘zingni odil taqsimchi his qilyapsan. Mening kimligimni unutib qo‘yibsan, so‘tak! Axir, men hayvonlar podshohiman. Sen ahmoqqa men turib, ulush taqsimlashni kim qo‘-yibdi? Ahmoqliging boshingga yetdi! — dediyu bo‘riga tashlandi va birpasda uni tilka-pora qilib tashladi.
Aqli-hushi boshidan uchib, qo‘r-qib ketgan tulki qotib qolgan, na gapira olar, na o‘rnidan jila olar edi.
Bo‘rining ishini bitirgan arslon joyiga kelib o‘tirgach, dir-dir titrayotgan tulkiga qarab:
— Senga nima bo‘ldi? Nega qotib qolding? Yaqinroq kel-da, ovlarni taqsimla! — deb buyurdi.
Tulki amrga muvofiq yaqinroq surildi. So‘ng tili zo‘rg‘a kalimaga kelib:
— Xo‘p bo‘ladi, sultonim! To‘g‘risi, ulush taqsimlash men bechoraning ishi emas. Bu ishga faqat Siz loyiqsiz. Ammo... o‘zingiz buyuryapsiz. Na chora... — dediyu jim o‘ylanib qoldi. "œShunday taqsimlayki, jonim omon qolsin", deb o‘yladi u.
— Nega jim bo‘lib qolding? — dedi arslon o‘rnidan turib.
— Hozir... hozir... Yaxshilab o‘ylab oldim-da... Xo‘sh... ojiz fikrimcha, bu yovvoyi eshak nonushtalik ovqatingiz bo‘lgani ma’qul. Axir, ertalabdan beri tuz totganingiz yo‘q. Buning ustiga, charchadingiz. Aslida katta gavdangizga bu urvoq ham bo‘lmaydi... Echkiga kelsak, uni tushlik ovqat o‘rnida tanovul qilsalar, juda yaxshi bo‘ladi. O‘ziyam sizbop tushlik. Taningizga kuch-quvvat bo‘lib singsin!.. Quyonga kelsak, kattagina va semizgina narsa. Buni kechki ovqatingiz uchun saqlab qo‘-yamiz. Axir, kechqurun ham nimadir yeyishingiz kerak-ku...
Tulki shunday deya mo‘ltirab arslonga qarab qoldi.
Arslonning bu taqsimdan kayfi chog‘ bo‘ldi, g‘azabi tarqab, dili xotirjam, mamnun bo‘lib, tulkiga qaradi. Tushlik qilishga kirishar ekan:
— Barakalla, tulkivoy. Mana buni odil taqsim desa arziydi. Baloday aqling bor ekan-a! Bunaqa taqsimni sen qayoqdan o‘rganding? — dedi.
Tulki bir chetda burda-burda bo‘lib yotgan bo‘riga ishora qilib:
— Manavi sho‘rlikning holidan, — dedi.
— Ofarin... Bundan buyon menga qanday muomala va xizmat qilish lozimligini boshqalarga o‘rgatasan. Uqdingmi?! — dedi arslon yovvoyi eshakning sonini paqqos tushira turib.
— Bir og‘iz so‘zingiz, — dedi tulki hozirjavoblik bilan.
"œNonushta"ni tugatgan arslon tulkiga o‘zidan ortgan mayda-chuydalarni yeyishni ishora etdi.
Yovvoyi eshakning boshini g‘ajiyotib tulki holiga shukr qilar va: "œYaxshiyam taqsim navbati menga bo‘ridan keyin keldi. Uning o‘rnida bo‘lganimda hozir.." deya o‘ylardi.
Qissadan hissa: Yo‘lga chiqish oldidan yo‘ldoshlik uchun yaxshi, bama’ni kishilarni tanlash lozim. Chunki haqiqiy do‘st safarda bilinadi.
* Donolar aytganlar: "œSen menga yo‘ldoshing, do‘sting kimligini ayt, men senga kimligingni aytaman"; "œYaxshi bilan yurdim, qand yedim. Yomon bilan yurdim, pand yedim".
* Kishi uchun eng zarur narsa har yerda o‘z haddini bilish, aql bilan ish tutishdir.
* Aqlli odam har narsadan bir ibrat olgay.
* Kishi o‘zidan oldin yashab o‘tganlar boshiga kelgan balolarni unutmasligi, shunga ko‘ra harakat qilishi darkor.
O`tmishdan agar ibrat
olmasa kishi,
Kelajagi boshqalarga
ibrat bo`lg`usi...

Bahriddin UMRZOQ tarjimasi
"œHidoyat"Bu e-mail spam-botlardan himoya qilingan. Uni ko'rish uchun JavaScript ochilgan bo'lishi lozim jurnalining 2004-yil, 6-sonidan olindi
 
 

Qayd etilgan


Muhammad Amin  20 Yanvar 2008, 04:25:49

Allohim, men bilan gaplash...     
Kunlardan biri, bir odam qo’llarini osmonga cho’zib yolvordi:
"œAllohim! Men bilan gaplash!"

Aynan o’sha paytda o’sha odamning bog’chasida bir bulbul o`zining eng so`nggi ashulasini aytayotgan edi.
Odam bulbulga quloq solmadi, va yalinishni davom etti:
"œAllohim! Men bilan gaplash!"

Birozdan keyin havo berkidi, momaqaldiroq va chaqmoqlar bilan birga shiddatli yomg’ir yog’a boshladi. Faqat odam tinglamadi, yolvorishni davom etdi:
"œAllohim! Seni ko’rishimga izn ber!"

U bunday yolvorarkan, yomg’ir tugadi va quyosh butun ehtishomi bilan nurlarini odamning uyigacha olib kirishga boshlagan edi. Faqat odam bu manzaraga e’tibor ham bermadi. Har kuni ko’radigan narsasi emasmi?
Yolvorishni davom etti:
"œMenga bir mo`jiza ko`rsat Allohim! "

U bunday yolvorarkan, yaqindagi uylarning birida yangi tug’ilgan chaqaloqning yig`lashlari eshitilardi qulog’iga. Ammo odam buni ham faqrlolmadi.
Qayg’udan yig’lardi odam:
"œAllohim! Javob ber menga! Shu yerda ekanligingni menga bildir!"

O`sha payt bir kapalak odamning qo’liga qo’ndi, lekin u boshqa qo’li bilan kapalkni haydab yubordi. Va yig`lashni davom etdi:
"œAllohim! Nega menga javob bermayapsan?"

Muhammad Alihon tarjimasi
 

Qayd etilgan


Foniy  05 Fevral 2008, 10:05:27

Бсйсунмас жорислар

Умар ксчадан келиб, сндигина истироҳат учун ёнбошламоқчи сди, қсшни аёл кириб келди:

— Менга қара, Ибн Хаттоб, сендан ёрдам ссраб чиқдим. Икки жорисм саркашлик қилиб, жонимга тегспти. Ота-боболаримизнинг динини ташлаб, анави Муҳаммад деганларига сргашаётган смиш. Йслга солишга кучим етмаспти, биласан, бошимда сркагим йсқ. Сен бир таъзирини бериб қссрмикансан, деб чиқувдим.

Умарга жон кирди. Унинг вужудида ёввойи бир куч, шафқатсиз бир телба туйғу асло тинчлик бермас, фитратидаги баджаҳллик, қайсарлик, уришқоқлик ҳамиша уни гиж-гижлаб турар, қаерда жанжал-тсполон бслса, сша ерда Умар ҳозиру нозир сди. Ҳозир ҳам сндигина қозиққа илган қамчисини олиб, беваникига қараб юрди. Кира-солиб, она-бола Ааҳдийс ва Лубайнани асмай, боши-ксзи демай савалай кетди. У «диндан чиққан» она-болани узоқ қамчилади, уларнинг юз-ксзи қип-қизил қонга беланди. Умар ора-сира уришдан тсхтаб, аёлларнинг «инсоф»га кириб, узр ссрашини кутар, аммо уларнинг шунча калтакка ҳам парво қилмай, «иймон», «иймон», десверишлари баттар ғазаблантирарди. У сна жазавага тушганича, қамчи устига қамчи ёғдирарди.

Охири Умар ҳолдан тойди, пешонасидаги реза-реза терларни қомийсининг стаги билан артиб, она-болага ксзларини қаҳр билан тикди:

— Хсш, Лубайна, калтакка тсйгандирсан? Сенга раҳмим келганидан смас, чарчаганимдан тсхтадим. Охирги марта ссрайман, бекангнинг айтганига кснасанми-йсқми?

Лубайна оғзидаги қонни тупуриб ташлади, индамай Умарга қараб, «йсқ» дегандай бош чайқади:

— Яна савашимни хоҳласпсан, шекилли?
— Сен-ку калтаклаб чарчайсан, Умар, аммо мен калтак ейишдан чарчамайман. Сенинг қамчиларинг менинг қалбимдаги иймонни мустаҳкамласпти, холос!..

Аёл гапини тугата олмади. Умарнинг аъзои бадани қалтираб, жазавага тушди, иложсизликдан, гапига ксндиролмаганидан аламга кирди ва «ув» дес қичқирганича, ҳолдан тойган Лубайнага ташланиб, уни бсға бошлади. Бу икки чсри ким бслибдики, ҳеч ким гапини икки қилолмайдиган Умарга тик боқса, гапига рад жавоби берса?! Уларнинг ишонгани ким сзи, суснгани нима сзи?!

Умар гсёки қутурган бир махлуқ ҳолатига тушганди, ксзига ҳеч нарса ксринмасди. У бақувват ва дағал қсллари билан Лубайнани бсғаркан, аёл бор кучини тсплаб, унинг қслларини ажратиб ташламоқчи бслди, аммо калтаклар зарбидан ҳолсизланган тананинг бунга мажоли етмади. Лаблари «Аллоҳ, Аллоҳ», дес пичирлади-ю боши шилқ стиб шалвираб тушди. Умар уни слди, деб сйлаб қслини бсшатди. А­нди у босдан бери қизига азоб бераётган Умарга қсрқув, даҳшат ва ғазаб билан термулиб турган Ааҳдийс томон юрди. Уни ҳам роса калтаклади, кейин томоғидан олиб бсғди. Бечора она ҳам ҳушидан кетди. Умарнинг шунда ҳам ғазаби сснмаган, жаҳли пасаймаган сди.

Орадан бир неча кун стиб, бева аёл сна чсриларини хсрлаб, калтаклаётганида бир воқеа содир бслганини Умар сшитиб қолди. Бева аёл: «А ота-боболаримиз динига қайтасизлар, ё слиб қутиласизлар», деб хсрлаётганида, сқиндагина Исломга кирган Макка киборларидан Абу Бакр шу ердан стиб қолибди ва икки чсрини сотиб олиб, Аллоҳ розилиги йслида озод қилиб юборибди. Бу хабардан Умарнинг ҳайронлиги ошди, Абу Бакр билан уришмоқчи ҳам бслди. Аимадир уни бу йслдан қайтариб қолди... Аимадир унинг қалбини безовта қилаётганди...

Қутурган сел

Макка мушриклари шаҳарда Ислом динига кириб, Муҳаммад алайҳиссаломга сргашганларга асло тинчлик бермай қсйишди. Ксча-ксйда учратиб қолишса, ҳақоратлашар, гоҳо калтаклашар, итга талатишарди. Бошларидан хамр қуйиб юборишарди. Ахлат ва мағзаваларни сочиб кетишарди. Болаларини мусулмонларнинг болаларига қарши гиж-гижлашарди. Хуллас, мушриклар Исломга кирганларнинг бошига ит кунини солаётган аламли, хсрлик кунлар сди. Бу ишда, айниқса, Макканинг обрсли, гапи бутун акобирларидан Абу Суфён, Амр ибн Ҳишом, Умар ибн Хаттоб кабилар роса қутуриб, аламини учрагандан олаётган, заҳрини хоҳлаганга сочаётган фожиали кунлар сди.

Амр ибн А обиа ҳам хотини Лайло билан ксп мусибат, хсрлик-камситишларга дучор бслишди. Охири ксч-кслонларини йиғиштириб, қанча йиллар сшаган ҳовли-жойлар, хеш-ақробаларини ташлаб, Ҳабаш юртига ҳижрат қилишга қарор қилишди. Уларнинг йсл тадоригига тушиб қолганини ксрган Умар Лайлонинг йслини тссиб чиқди:

— Йсл бслсин, Абдуллоҳнинг онаси, Маккани тарк стиб, сафарга кетмоқчимисизлар?

Лайло Умар билан гап талашиш бефойдалигини ҳис стиб, сзини қслга олди-да, ҳасжонини сшириб оҳиста деди:

— Ҳа, Умар, бу юртдан бош олиб кетмоқчимиз. Аллоҳнинг даргоҳи кенг, шунча хсрланганимиз, азоб-ситамларга қолганимиз етар! Ахир сизлар кун бермай қсйдингизлар-ку, аёвсиз хсрлаб, камситиб, азоблаб ташладингизлар-ку! Ҳа, Умар, Аллоҳнинг ери бепоён, карами кенг, бирор жойдан тинчроқ, сркинроқ сшаш имкони чиқиб қолар?

— Яхши сйлабсизлар, худойингиз сизларга йслдош бслсин!

А­р-хотин гапни чувалатмаслик учун сшакларини ниқташди. Умар уларнинг ортидан маъюс тикилганича қолди. Лайло буни сезди. Ҳатто Умарнинг товушида аллақандай синиқлик, ачиниш оҳангларини илғагандай бслди. А сзининг ҳозирги ҳолати жуда ғамгин бслгани, йиғлаб юбормаслик учун лабларини қаттиқ қимтиб олгани учунми, унга шундай туюлган бслиши мумкин сди. Ҳар қалай, туғилиб ссган жойингни, ватанингни, қавму-қариндошларингни ташлаб кетиш осон иш смасди. Аммо бундай қилмасликнинг иложи ҳам йсқ сди. Чунки тарозининг нариги палласига ср-хотиннинг дини-иймони қсйилган сди.
Бироз юришгач, Лайло сри Амирга қалбини кемираётган шубҳаларини ссзлаб берди. Аммо у хотинининг кузатишларига унча аҳамист бермади:

— Аима, Умар ҳам мусулмон бслади, деб сйласпсанми?
— Аниқ айтолмайман-у, аммо шунақага схшайди. Гапларидан қилган зулмларига пушаймон бслаётгани сезилгандай туюлди.
— А­, бунга асло ақлим етмайди. Хаттобнинг сшаги мусулмон бслишига ишониш мумкиндир, аммо Умарнинг Исломга киришига ишониш қийин.

Ҳижратга отланиб, ватанини тарк стаётган Амир ва Лайло золим ва тошбағир Умарнинг қалбида ҳозир нелар кечаётганини, нималар туғён ураётганини қаёқдан билсинлар? Гсёки жиловсиз сел каби куч-шижоати вужудига сиғмаётган Умар, кечагина учраганга заҳрини сочиб ёки текканга тегиб, тегмаганга тош отиб, дилини оғритиб юрган Умар, айниқса Муҳаммад алайҳиссаломга сргашиб, иймон ва Ислом неъматига мушарраф бслган мусулмонларни қон қақшатаётган Умар бугун сал бошқачароқ бслиб қолаётганди. Қутурган, ваҳшатли, даҳшатли, йслида учраган ҳамма нарсани, жонзот ва жонсизни суриб, йиғитиб, снчиб бораётган сел оқимини тсғри тсғонга йсллаб қсйилса, сокин бслиб, тинчланиб қолгани каби жаҳолат ва ғазаб, қайсарлик ва шафқатсизлик ус қурган Умарнинг қалбига бугун иймон нурлари, Аллоҳнинг нури тажаллийси сзига йсл ахтараётганди.

"Ҳaқ ҳaмишa ғoлиб"

Manba

Qayd etilgan


Robiya  08 Fevral 2008, 11:27:46

U ZOTNING BIRODARLARIDAN BO‘LAYLIK
Abu Hurayradan, roziyallohu anhu, rivoyat qilinadi:
«Rasululloh qabristonga keldilar va:
— Mo‘minlar qavmida yashovchilarga assalomu alaykum! Biz ham, inshaalloh, sizlarga borib qo‘shilguvchilarmiz, deydigan birodarlarimizni ko‘rishni orzu qilardim, - dedilar. Shunda sahobalar:
— Biz sizning birodarlaringiz emasmizmi, yo Rasululloh? —deyishdi. Janobi Rasululloh:
— Sizlar mening sahobalarimsizlar, birodarlarimiz esa, hali kelganlaricha yo‘q, — dedilar, Sahobalar:
— Hali kelmagan ummatingizni qanday taniysiz, yo Rasululloh? — deb so‘rashdi. Rasululloh:
— Axir bir kishi o‘zining peshonasi va oyog‘i oq otlarini boshqa bir to‘da qop-qora otlar ichidan taniyolmaydimi? — dedilar. Sahobalar:
— Tanib oladi, yo Rasululloh, —deyishdi. Janobi Rasululloh:
— Ular qiyomatda dunyodagi tahoratlari sababidan peshonalari va oyoqlari nurli bo‘lgan holda keladilar. Men ulardan oldin havzi Kavsarga borgan bo‘laman. Ogoh bo‘linglar, bir qancha kishilar hovuzimdan adashgan tuyani haydagandek haydaladilar. Men ularga, bu yoqqa kelinglar, deb nido qilaman. Menga aytiladiki, ular sizdan so‘ng dinni o‘zgartirishgan. Shunda men: «Uzoq bo‘linglar, uzoq bo‘linglar», deyman.

http://islom.nm.ru/hikoya.html

Qayd etilgan


Robiya  08 Fevral 2008, 11:29:26

JANNAT AHLLARI


Ibn Abbosdan, roziyallohu anhu, aytdilar; «Bir kuni Rasululloh, sollallohu alayhi va sallam, chiqib dedilar:
— Menga barcha ummatlar ko‘rsatildi. Bir payg‘ambar bir kishi bilan, yana bir payg‘ambar ikki kishi bilan, yana bir pay-g‘ambar bir to‘p kishilar bilan, yana bir payg‘ambar yolg‘iz o‘zi, hech bir hamrohi yo‘q holda o‘tdilar. So‘ng juda ko‘p olomonni ko‘rdim, ular ko‘pligidan uzoq-uzoq ufqlarni ham to‘sganlar, umid qildimki, shular mening ummatim bo‘lsalar. Shunda: bular Muso, alayhissalom, qavmlari bilan kelyaptilar, deyildi. So‘ng menga, qaragin, deyildi. Qarasam, uzoqdan qoralikni ko‘rdim. Ular juda ko‘p bo‘lib, ko‘pligidan ufqni ham to‘sib qo‘yishgan edi. Keyin menga yana aytildi: "œHov, anavilarga, hov anavilarga kara!" Ko‘rsam, son-sanoqsiz insonlar, ular shuncha ko‘pki, yeru osmonni to‘ldirib yubordilar. Shunda menga: «Bular sening ummating», deyildi. Bularning oldilarida yetmish ming nafar jannatga hisob-kitobsiz kiradiganlar kelmoqda. Ular hodisalardan shumlanmaganlar, folbinu sexrgarlarga bormaganlar, o‘zlarini o‘tda kuydirib davolamaganlar, faqat o‘z Robbisiga tavakkul qilgan kishilardir, — deyildi. Shunda Ukkosha ibn Mixsan turib:
— Yo Rasululloh, duo qiling. Alloh meni shulardan qilsin, — dedi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam:
— Ey Alloh, buni o‘shalardan biri qilgin, - deb duo qildilar. Shundan so‘ng boshqa odam turib:
— Allohga duo qiling, meni ham o‘shalardan qilsin, — dedi. Payg‘ambarimiz, alayhissalom:
— Bunga Ukkosha sendan oldin keldi,— dedilar».


http://islom.nm.ru/hikoya.html

Qayd etilgan


Robiya  08 Fevral 2008, 11:30:53

HIKMATLI KALIMALAR

Soib ibn al-Musayyabdan: «Umar ibn Hattob odamlarga o‘n sakkizta serhikmat kalimalarni qoldirganlar».
Aytdilar:
— Biror kishini biror ishda senga itoat qilishda Allohga gunohkor bo‘lgani uchun jazolasang, uning itoatsizligi o‘sha ishda sening Allohga itoat qilishingdek bo‘lsa, bas, uni jazolamaysan.
— Birodaringdan sen o‘ylagandek foyda kelishi uchun uning ishini eng yaxshi o‘rinlat.
— Bir musulmonning og‘zidan chiqqan so‘zni yomonga yo‘yma, sen u so‘zni yaxshilikka yo‘yish-ga harakat qil.
— Kim o‘zini tuhmat qilinadigan o‘rinda ko‘rsatsa, unga nisbatan yomon gumon qiladiganlarni malomat qilmasin.
— Kim o‘z sirini berkitsa, yaxshilik uning qo‘lidadir.
— O‘zingga sodiq do‘stlar tanla, ular panohida yashaysan, chunki ular kengchilikda ziynat, qiyinchilikda qalqondirlar.
— O‘zingga doim rost so‘zlarni ixtiyor qil, agar seni rostlik o‘ldirsa ham.
— Foydasiz narsaga urinma.
— Hali bo‘lmagan ishdan so‘rama, chunki bo‘lgan ishdan unga ortmaysan.
— Sening najotingga xayrxoh bo‘lmagan kishidan hojatingni so‘rama.
— Yolg‘on qasam ichishni yengil sanama, uning sababidan Alloh seni halok qilur.
— Fojirlar ila hamsuhbat bo‘lma, ularning fujurlaridan o‘rganasan.
— Dushmaningdan uzoq bo‘l.
— Do‘stingdan ehtiyot bo‘l, ishonchlisi mustasno. Allohdan qo‘rqqangina ishonchli bo‘lur.
— Qabrlar oldida odob bilan tur.
— Itoat vaqtida o‘zingni xor tut.
— Gunoh oldida najot arqonini mahkam ushla.
— Ishingda Allohdan qo‘rqqanlar ila maslahatlash. Zero, Alloh: «Allohdan olim bandalari qo‘rqadi» (Fotir, 28, mazmuni), deb marhamat qilgan».

http://islom.nm.ru/hikoya.html

Qayd etilgan


Robiya  08 Fevral 2008, 11:32:01

ENG ULUG' INSON
Yoshligining o‘n yilini payg‘ambar xuzurida o‘tkazgan Anas bin Molik hayotiga e’tibor bering. U bolalik qilib xato qilganida, aytilgan ishni bajarmay esidan chiqarib qo‘yganida bo‘lsin, o‘ynab qolib ketganida yoki boshqa nojo‘ya hatti—harakatlari natijasida bo‘lsin o‘n yillik uzun muddat davomida Rasulullohdan (S.A.V) biror marta «Attang!» so‘zini eshitmagan edi. Bir kuni Rasululloh (s.a.v) Anas ibn Molik (r.a.) ga shunday nasihat qildilar: «Qalbingda hech kimsaga nisbatan yomon fikrda bo‘lmasdan yashashga kuching yetsa shunday yasha. Bu mening sunnatimdir. Kim mening sunnatimni hayotga tatbiq qilsa meni sevgan bo‘ladi. Meni sevgan men bilan jannatda birga bo‘ladi».
Uning risolat panohida voyaga yetgan Hazrat Ali ta’rif etadigan Payg‘ambar esa quyidagicha: «Har doim yuzlari kulib turar, tabiati o‘ta muloyim edi. Juda kechirimli, qahri ham qattiq emasdi. Hech kim bilan tortishmas, kimsaga bakirib-chakirmas, yomon biror so‘z so‘ylamasdi. Birovni ayblamas va qurumsoq yoki qizg‘anchiq ham emasdi. Yoqtirmagan narsalariga e’tibor bermas va hech kimni umidsizlikka tushirib ko‘ymasdi. O‘zini behalovat qilgan narsalarni sezdirmas edi va hech kimning yuziga aybini aytmasdi, orqasidan ham gapirmasdi. Birovning aybini izlash bilan mashg‘ul bo‘lmasdi, hech kimga uning uchun xayrli hamda savobli bo‘lmagan so‘zni aytmasdi. Yumshoqlik va sabrni o‘zida jo etolgan bo‘lib, hech narsa uning jaxlini chikarmas edi.»
Hazrat Ali bu so‘zlarini Rasululloh (S.A.V) bilan birga kechirgan o‘ttiz yildan oshiq vaqt davomida ko‘rganlari asosida aytgan bo‘lsa, Payg‘ambar(S.A.V) bilan o‘n yil oila hayoti kechirgan Hazrat Oysha esa uni shunday ta’rif etadi: «Insonlarning eng go‘zal axloqlisi edi. Hech yomon so‘z aytmas, bo‘lmag‘ur ishlar bilan mashg‘ul bo‘lmasdi. Bozorda baqirib—chaqirmas va yomonlikka yomonlik bilan javob berishga urinmas edi. Faqat kechirimlilik qilardi. Insonlarning eng nozik tabiati, go‘zal xulqlisi va xushmuomalasi edi ul zot. Olloh yo‘lida jihod qilishning tashqarisida biror xizmatkor yoki joriya, umuman hech kimga qo‘l ko‘targan emaslar.»


Qayd etilgan


Robiya  08 Fevral 2008, 11:37:17

 
Istirjo’ xosiyati (Bo’lgan boqea)

 Ish bilan ketayotgan edik. Bir kishi mashinaga qo’l ko’tardi. Aftidan shoshilayotganga o’xshardi. Yo’lim bo’lsa, ola ketarman, degan hayolda toxtadi. Yo’lovchi mashinaga xiqa solib, o’zi melisada ishlashini, bir qariyani kimdiro’ldirib ketgani va shu ishni qizig’ida hal qilishi lozimligini aytib, tezroq yurishga qistadi. Yo’l-yo’lakay formada yurishni yoqtirmasligini, shuni deb boshliqlardan gap eshitayotganini ham so’zlab berdi. Bir magazin oldiga kelganda to’xtatib: "œQancha pulingiz bor, hamamsini berib turing, boyagi ishga aloqali bir sabab bilan hali shu erdan pul olib turuvdim, uyga borib olib beraman", dedi. Anchagina pulni olib, magazinga kirib chiqdi. "œQarz bo’lib yurishni yoqtirmayman, mashinani uyga haydang", deya ortga qaytishga buyurdi. Bir uy oldida toxtatib, ichkariga kirib ketdi. U ko’chada ancha kutib qoldi. Orada shomni ham o’qib oldi. Haligi odamdan darak bo’lavermadi. Oxiri u kirib ketgan uy yo’lagiga kirdi. Ne ko’z bilan ko’rsinki, yo’lakning u tomonidan ham eshik bor edi. Nahot aldangan bo’lsa? Bozor-o’charga deb ajratgan pulini allaqanday notanish yo’lovchining qo’liga tutqazib qo’ysa-ya? Afsuslanib o’tirib, birdan Rasulullohning (s.a.v.): "œPoyafzalingizning bog’ichini yo’qotsangiz ham, istirjo’ (Inna lillahi va inna ilayhi roji’un) ayting", degan muborak so’zlarini esladi. Esladi-yu chin dildan "œistirjo’" ni takrorladi. Qalbida qandaydir taskin va halovat paydo bo’ldi. Shu halovat og’ushida ishini bitkazib qaytayotgan edi, kimdir qo’l kotardi. Beixtiyor mashinasini toxtatdi. U kishi mashinaga chiqa solib: "œMelisada ishlayman, bir qariyani"¦", deya gap boshladiyu birdan baqrayib qoldi"¦
Mubashshir Agmad MUSULMONLAR TAQVIM KITOBIDAN OLINDI

Qayd etilgan