Islom hayotidan ibratli hikoyatlar  ( 213316 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 23 24 25 26 27 28 29 30 31 32 33 ... 35 B


Munavvara  25 Iyul 2008, 11:31:09

Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomning ozod qilgan qullari qullari Savbon roziyallohu anhu Rasuli akramni qattiq yaxshi ko‘rar, firoqlariga sabr qilolmas edi. Bir kuni Savbon Rasulullohning huzuriga yuzlari qizargan va titragan holda kirib keldi. U zot Savbonning bu holatini ko‘rib, sababini so‘radilar. Shunda Savbon: "œBetob emasman, ammo ozgina vaqt sizni ko‘rmay qolsam, dahshatga tushyapman. Mana hozirgina oxiratni esladim.
Shubha yo‘q, siz jaggatda payg‘ambarlar bilan birga bo‘lasiz. Men, garchi Alloh rahmat qilib jannatga kirsam ham, siz bilan bo‘lolmayman. Chunki sizning manzilingiz baland. Agar jannatga kirolmaydigan bo‘lsam, keyin sizni hech qachon ko‘ra olmayman. Oxiratda holim ne kechishini o‘ylab titrab ketyapman", dedi. Shunda ushbu oyat nozil bo‘ldi: "œKimda kim Alloh va payg‘ambarga itoat etsa, ana o‘shalar Alloh in’omlariga sazovor bo‘lgan zotlar — payg‘ambarlar, siddiqlar (haq-rost iymon egalari), shahidlar va solihlar bilan birga bo‘lurlar. Ana o‘shalar eng yaxshi hamrohlardir." (Niso surasi, 69).

Darhaqiqat Rasululloh sallollohu alayhi vasallam darajalariga hech kim yetolmaydi. Lekin rahmati keng, avfi ulug‘ zot suyukli rasuliga ilhom berdi. Allohning habib rasuli esa bu xushxabarni ummatlariga yetkazdi.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  28 Yanvar 2009, 14:31:55

       Baliq ovi 


      - Tura qolgin, Saidjon, - dedi ota o'g'liga. Said turib o'z o'rindig'iga o'tirdi.
      - Sen bugun baliq oviga bormoqchiligingni unutganing yo'qmi o'zi? Kel, men senga yordam beraman. Avval namoz o'qishimiz uchun tahorat qilishing kerak, so'ng ibodat qilamiz, ana undan keyin yo'lga, - dedi otasi.
      - Yaxshi, unda biz bugun baliq tutish uchun boramiz, - dedi Saidjon o'zidagi uyqu alomatlarini yo'qotishga harakat qilib.
      Saidjon tahorat qilib pastga tushganida butun oila a'zolari uni kutib turishardi, so'ng ular birga namoz o'qishdi. Namozdan forig' bo'lgach, bir-birlariga tabassum qilishdi va Saidjonga qarab aytishdiki:
      - Allohga bir duo qilib yuboring, bizga ko'p baliq bersin.
      - Alloh, iltimos, bizga ko'p baliq ber, - dedi yosh Saidjon.
      - O'sha yerga borib nonushta qilib olamiz, - dedi oyijonisi va hammasi yo'lga otlanishdi. Butun oila mashinada o'tirganda, Payg'ambar (s.a.v.) sunnatlari bo'yicha otasi har doim yo'lga otlanishda o'qiladigan quyidagi duoni o'qidi: "Alloh ulug'dir! Bizlarga buni bo'ysundirib qo'ygan Zot Alloh ulug'dir. Bizlar o'zimiz bunga qodir emas edik. Shak-shubhasiz, bizlar Unga qaytguvchidirmiz".
      Quyosh endigina chiqqan bo'lib, ular bo'm-bo'sh yo'lda bemalol ketishdi.
      - Men yana unutib qo'ydim, qanaqa baliq tutmoqchi edik o'zi?, - so'radi Said.
      - Seld, - dedi Fotima.
      - Juda yaxshi, men seld balig'i izidan quvishni yaxshi ko'raman, - dedi Saidjon.
      - Seld o'zi qayerdan oqib keladi? - deya so'rab qoldi Fotima.
      - Seld okeandan oqib keladi, - dedi Ahmad.
      - Yo'q, - dedi Said, - biz uni axir daryodan tutib olamiz-ku.
      Oyisi unga qaradi va:
      - Ikkalangiz ham haqsizlar, ular avval daryoda tug'ilib, so'ng yashash uchun okeanga yo'l olishadi va yana tuxum qo'yish uchun qaytib kelishadi.
      - Ular har bahor kelishadi, - dedi otasi.
      - Ular qaytib kelish yo'lini qayerdan bilishadi?  - so'radi Said.
      - Alloh ularga o'zi yo'l ko'rsatadi, - dedi Ahmad.
      - To'g'ri, - deb ma'qulladi otasi, - Alloh ularning har biriga shunday xislat beradi. Ular endigina tug'ilganda, okeanga qanday borish va qaytib kelishni bilishadi.
      - Xuddi qushlardek, - dedi Ahmad.
      - Barakalloh, xuddi qushlardek. Shunday qushlar borki, kuzda uchib ketib, yozda qaytib kelishadi.
      Said hali ham okean to'g'risida o'y surardi: chuqur, tubsiz va qo'rqinchli. U yerda na yo'l, na devorlar bor. Baliq bir yil okeanga ketib, yana xuddi o'sha daryoga qaytib kelsa -ya!
      - Okeanning qayerida bo'ladi baliq?, - so'radi Said.
      Oyisi farzandlarining otasiga qaradi va:
      - Siz bilasizmi? - deb so'radi.
      - Yo'q. Men faqat ular har yili qaytib kelishini bilaman, xolos.
      - Subhanalloh! Hech kim bilmaydi ularning qayerda bo'lishini...
      - Ularning har soniyada qayerda suzib yurishini Allohdan o'zga hech kim bilmaydi, - dedi otasi.
      - Subhanolloh! Bilasizmi, Alloh biz hozir baliq ovlash uchun borayotganimizni, bizni kutib olish uchun qanday baliq suzib kelayotganini va qanday baliq tutishimizni ham biladi.
      - Agar biz hech narsa tuta olmasak-chi?, - so'radi Said.
      - Buni ham Alloh biladi, - dedi ota.
      - E-he-ye, Alloh hamma narsani biladi-ku! - dedi Said.
      Ular biroz o'tib anhorga ham yetib olishdi va qulaygina joyga to'xtab, nonushta qilib olishdi. Keyin 5 daqiqa anhor bo'ylab yurishdi. Anhor keng bo'lib, suvlari ham tez oqardi, suvi esa jigarragnda edi.
      - Suv nega jigarrangda, ota? - so'radi Said.
      - Kecha yomg'ir quygan edi, u olib kelgan loyqa suv bunga qo'shilib ketgan.
      - Endi biz baliqni ko'ra olmaymiz-ku!
      - Xavotirlanma, Alloh xohlasa, ko'ramiz, o'g'lim, - javob berdi otasi.
      Anhor oldidagi daraxtlar baland va barglari yam-yashil edi. Yoz kirib, uning bahorgi barglari yanada kattalashgan. Ular o'sha daraxtlar tagiga o'rnashdilar.
      - Bizlarga bir necha uzun cho'plar kerak, - dedi otasi.
      - Men topib kela qolaman, - dedi Ahmad va Fotima ikkalasi yugura ketishdi. 
      -Yaxshi. Bo'lmasa, Said, sen menga to'rlarni yoyishda yordamlash, - dedi otasi.
      Said otasi bilan to'rlarni yerga yoydi. Ular juda keng bo'lib, pishiq arqondan yasalgan edi.
      - Biz to'rni iplarga bog'lab, keyin tushiramiz. Iplarni esa o'zimiz ushlab turadigan cho'plarga bog'lab qo'yamiz.
      Shu onda Ahmad bilan Fotima bir necha cho'p topib kelishdi. Otasi eng uzun ikkita cho'pni tanlab olib, to'rga bog'ladi va suvga tashladi.
      - To'rni suvga tashlagach, biroz tursin, keyin Alloh bizlarga baliq bergandir, deb ko'tarasiz va to tutgunimizcha shu usul qo'llaniladi va mana shunga seld balig'i izidan "quvlash", deyiladi, - dedi otasi.
      Birinchi bo'lib Said va Fotimalar "quvlab" ko'rishdi va dastlabki safar to'rlari QURUQ chiqdi. So'ng yana "Bismillah", deb to'r tashladi va bu safar Fotimaning to'riga bitta baliq ilindi.
      - Men tutdim, men tutdim, - deb yubordi Fotima.
      - To'xta, men senga yordamlashaman, - deb otasi uning to'rini suvdan ko'tarishga ko'maklashdi va ilingan ajoyib baliqni yerga qo'yishdi. Ahmad esa chelakni suvga to'ldirib, baliqni unga solib qo'ydi va "Alhamdulillah", dedi.
      -Yaxshi, - dedi Said va to'rni qayta suvga tashladi. Ko'targanida esa to'rda hech narsa yo'q edi. Navbat Ahmadga yetganida, to'rga ikkita baliq ilindi. Said har safar tashlaganida esa to'r QURUQ chiqar edi va u ichida "Ey, Alloh! Menga ham ozgina baliq ber", deb qo'ydi.
      Oyisi to'rni tashlaganida unga bira to'la 4 baliq ilindi, ammo Saidning navbatida baliq chiqmas edi.
      - Xafa bo'lma, Said, balki sen o'tirgan joy yaxshi emasdir, xohlasang, mana bu yerdan tashlab ko'r, - dedi otasi.
      Said o'z joyini o'zgartirdi va boshqa to'r tashladi. Tashlashi bilan to'rni ko'tardi, chunki baliq ilingan to'r harakatga kelishini sezdi, qarasa, baliq yo'q.
      - Yo'q, baliq ilingan edi, u tushib ketdi suvga, - dedi Said.
      Haqiqatdan ham Saidning baliqlari suvga tushib ketgan edi. U hech qanday baliq tuta olmasam kerak, deb o'ylab, "Ey Alloh! Menga ham ozgina baliq ber", deb yolvordi.
      Bu safar Said to'rni ko'targanida, to'r baliqqa to'lib chiqdi. Ahmad hayron qolganicha "Allohu akbar", deb yubordi.
      - Yordam bersanglar-chi, - deb baqirdi Saidjon.
      To'r unga haqiqatdan ham og'irlik qilardi. Chunki u yerda 20 ga yaqin baliq bor edi.
      Oyisi unga yaqinlashib:
      - Ko'rdingmi, sen hech ham xavotirlanmasliging kerak, Alloh biladi senga nima kerag-u, nima kerak emasligini.
     - Alhamdulillah, - dedi Saidjon.
      - Haqiqatdan ham to'g'ri gap. Endi Fotima urinib ko'rsin-chi, qani Alloh unga ham berib qolsa, - dedi otasi.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  02 Iyul 2009, 20:01:03

Хайрлисини бер Аллох

Фотима ҳовлидаги скинларни тагини чопар скан, сз ҳаёллари билан банд сди. Бирдан қайнонасининг овозидан сзига келди:
- Фотима, тез буёққа келинг, сигир туғаспти"¦
У шошганча, қслидаги тешасини ташлаб оғилхона томон югурди. Ҳайвон бслсада, Фотиманинг унга раҳми келиб кетди: "Жонивор жуда қийналаспсанми, Аллоҳим сенга Ўзи ёрдам берсин", деб қуйди секин.

Бу ссзларни сшитган қайнонаси: "Вой тавба буни гапини қаранг, сигирга ҳам шундай дейдими?", саволамуз қаради Фотимага.
Ксзлари ёшга тслган Фотима:
- Ойижон, қаранг, жуда қийналаспти-да, мен унга қараб юрагим ачишиб кетаспти, - дес жавоб берди. Бир соат давом стган қийинчиликлардан сснг, сигир болали бслди. Янги туғилган бузоқчасини меҳр билан сларди. Уларга меҳр билан қараб турган Фотимани ксрган қайнонаси:
- Қарангга, сигир ҳам болали бслди, сиз сса бу ерга келин бслиб тушганингизга тсрт йил бслди-ю, лекин биз ҳали неварали бслмадик, - деди ачитиб. Бу ссзлар Фотиманинг срасини сна снгилади:
- Ойижон, Аллоҳим ҳайрли фарзандлар берсин, - деди айбдорларча. Қайнонаси сса:
- Ҳайрли, ҳайрсиз!.. Бир фарзандинг бслсин. Менга набира керак!.., - деди аччиқланиб.

* * *
Фотима аср намозини сқиб бслгач:
"А оббим, тсрт йилдирки Сендан ҳайрли бир фарзанд ссрайман. Мен бир ожиза қандай қилиб ҳайрсиз бир фарзандга тарбис бера оламан. Мен сзимни ислоҳ қила олмас сканман, уни қандай ислоҳ стаман", дес ксз ёшлари билан дуо қилди.

* * *
Фотима бу тсрт йилнинг ичида тсрт бора ҳомиладор бслди, аммо фарзандларини ҳеч бирини қслига олиш насиб стмаган скан, улар дунё юзини ксрмай нобуд бслишди. У сса А аббидан ҳайрли авлод беришини ссрайверди. Бир неча ой стгандан сснг тушида бир овоз:

"Қизим, ҳайрли бир авлодинг қиз бслади исмини Ҳадис қсй", деди. Фотима тсққиз ой "ҳайрлисини" ссрашда давом стди. Аиҳост Аллоҳнинг лутфи карами билан болажонини қслига олиш насиб стди. Исмини Ҳадис қсйди. Фақат Ҳадис жуда ксп касал бслар, десрли ҳар куни уни докторга ксрсатгани югуришарди. Фотима кечалари уйқу нелигини унутиб, "Аафас оласптими?" деган сй ила қизига тикилиб стказадиган бслди. Бир кеча сна докторга олиб бордилар. Доктор:
- Қизим, сен бу болага схши қарай олмайсан, у жуда заиф, нобуд бслиши мумкин. Мен сса докторман, унга нималар қилиш кераклигини биламан ва неча йиллардирки бефарзандман, уни менга бер, - деди. Бу ссзлардан дунёси остун-устун бслиб кетган Фотима: "Йсқ!", деди ва боласини кстариб уйга қайтди. Ўша кеча икки ракат истиҳора намози сқиб А оббига ёлворди:

"Аллоҳим, бу фарзанд ҳайрли бир авлод бслса уни менга насиб стиб севинтир. Мен сса у улғайганда, бир етимга турмушга узатиб, уни севинтирай", деб дуо қилди. Жойнамоздан турар скан: "Берган ҳам Аллоҳ, олган ҳам Аллоҳ, биз фақат дуо қиламиз", деди. Ҳадис кундан кунга схши бслиб улғайиб борар, йиллар стиб бир ширин қизалоққа айланди. Аллоҳ Фотимага сна тсрт фарзанд берди. "Аллоҳим, ҳайрлисини бер. Мен бир ожиза қандай қилиб ҳайрсиз бир фарзандга тарбис бера оламан. Мен сзимни ислоҳ кила олмас сканман, уни қандай ислоҳ стаман", бу дуо билан Фотима ҳар намозини тугатар сди.

Ҳадис мактабни мувафаққист билан тугатди. Ота-онасини одоби, меҳнатсеварлиги билан севинтирарди. 16 ёшида унга совчилар кела бошлади. Аши кичик бслса ҳам уни келин қиламан деганлар ксп сди. Бир куни жуда бой, сзига тсқ оиладан совчилар келишди. Шу орада сна бир ота-онаси йсқ бир талаба йигит ҳам унинг қслини ссратди. Икки оилага ҳам "Қизимиздан бир оғиз ссраб ксрайлик" деган жавобни беришди. Фотима кизига: "Мен жуда ксп қийналдим. Сен қийинчилик ксрма қизим. Камбағал йигит, сзига бошқасини топар. Шу бойроқ оилага сени узатсак" деди. Ҳадис онасининг бу гапларига ҳеч нарса дес олмади. Бу сукунатни розилик аломати дес тушунган Фотима сри билан маслаҳатлашиб шу бой оилага қизини узатишга келишишди. А­ртаси кун бой йигитнинг оиласига рози сканликларини билдиришлари керак. Фотима у кеча тушида Каъбанинг деворларини суварди. Олдида қизига совчи юборган етим йигит ёрдам берарди. Шу аснода Каъба деворларини суваб битирдилар. Узоқдан бир овоз келди:
- Бир етимни севинтирмоқ, Каъбани қурмоқ кабидир. Қизим, берган ссзингни унутма, етимни севинтир, Аллоҳ уни муборак қилсин".

Фотима бу овозни таниди. Бу 16 йил аввал унга фарзандли бслишидан хабар берган овоз сди. Уйғониб, қизининг хонаси томон йсл олди. Унга тушини айтиб берди. Ҳадис сса: "Онажон, сиз ҳар доим Аллоҳдан ҳайрлисини ссрайсиз. Бу ғаройиб туш. А аббим, кснгил уйларимизни лутфи ила бадавлат қилсин", деди.


"Ларвардигоро, бизни Ўзингга бсйсунгувчилардан қилгин ва зурриёдимиздан ҳам сзингга итоат қиладиган кишилар чиқаргин. Ва бизга (қиладиган) ибодатларимизни сргатгин ва тавба тазарруларимизни қабул ст! Шубҳасиз сен тавбаларни қабул қилувчи раҳмлисан" (Бақара, 128).

Туркчадан Rumayso таржимаси

Qayd etilgan


Muhammad Amin  02 Iyul 2009, 20:04:06

Qirol va rafiqalari

Bir zamonlar buyuk va kuchli bir o'lkani boshqargan qirolning to'rt rafiqasi bo'lgan ekan.
Qirol eng ko'p to'rtinchi xotinini sevarkan, uning bir aytganini ikki qilmas, har narsaning eng afzalini, eng yaxshisini unga berarkan.
Qirol uchinchi xotinini ham juda yaxshi ko'rarkan. Bu go'zallikning bir kun kelib uni tark etishi mumkinligidan qo'rqqani bois uni ko'p rashk qilarkan, bundan titroqqa tusharkan. Qirol ikkinchi xotinini ham yaxshi ko'rarkan. Unga nisbatan har doim yaxshi va sabrli munosabatda bo'lgan bu xotini qirolning qachon biror dardi bo'lsa doim uning yonida bo'lib, muammolarining yechimida unga ko'makchi bo'lar ekan. Qirolicha bo'lgani qirolning birinchi xotini ekan. Uni eng ko'p sevgan, evaz so'ramasdan sevgan, sog'ligi va hukmronligiga eng katta hissa qo'shgan birinchi xotinini qirol negadir sevmas, u bilan hech ishi ham bo'lmas ekan.


Bir kuni qirol o'limga olib boruvchi bir dardga chalinibdi.
Yaqinda o'lishini anglagan va o'limdan so'ng yolg'iz qolishdan qo'rqqan qirol xotinlaridan qaysi biri u bilan o'lim yolg'izligini baham ko'rishga rozilik bildirishini o'rganmoqqa qaror qilibdi.

Eng ko'p muhabbat qo'ygan to'rtinchi xotinidan, o'lim safarida menga hamroh bo'lasanmi, deb so'raganda, olgan javobi qalbiga pichoq kabi sanchilgan qisqa va lo'nda "Mumkin emas", bo'libdi...
Hayotim davomida seni sevdim, sen men bilan birga o'lishga rozi bo'lasanmi, deb so'ralgan savolga uchinchi xotini ham, "Yo'q, hayot juda go'zal. Sen o'lsang, men yangi turmush quraman", deb javob beribdi. Qirol bir muddat hasrat chekib, yerga yiqilibdi.
Muammolarimda har doim yonimda bo'lgan, menga yordam bergan sen eding, bu muammoimda ham menga yordamchi bo'lasanmi, so'roviga javoban ikkinchi xotini, "Bu muammoing uchun hech narsa qila olmayman, juda bo'lsa, senga mozoringga qadar hamrohlik qilishim mumkin, janoza marosimingni go'zal o'tkazib, azangni tutaman", deb aytibdi.
Ulkan hasrat-nadomat og'ushida qolgan qirol birinchi xotinining tovushidan o'ziga kelibdi:
"Qayerga borsang bor, sen bilan bo'laman, seni ta'qib etaman..." Oh, deya nido qilibdi qirol, qaniydi yana bir bor imkoniyatim bo'lsaydi, senga ko'proq e'tibor bergan bo'lsaydim...

Hayotda har birimizning to'rt umr yo'ldoshimiz bor aslida...
To'rtinchi umr yo'ldoshimiz bu vujudimiz, tanamizdir. Uning go'zal ko'rinmog'i uchun har qancha vaqt, mablag' va kuch-quvvat sarflasak ham, u o'lganimizdan so'ng bizni tark etadi.
Uchinchi umr yo'ldoshimiz bu biz ega bo'lgan mansab va maqomlardir. Biz o'lar-o'lmas, u boshqalarga yor bo'ladi.
Ikkinchi yo'ldoshimiz esa oilamiz va do'stlarimizdir. Barcha muammolarimizni baham ko'rganimiz bu kishilarning biz uchun qila oladigan eng so'nggi yaxshiligi ko'zlarida yosh bilan bizni so'nggi manzilga kuzatmoqdir.
Birinchi umr yo'ldoshimiz esa ruhimiz va dunyoda bajargan amallarimizdir. Ular biz bilan ketadi...

Unutmang!
Yeganlarimiz emas, hazm etganlarimiz bizni kuchli qiladi.
To'plaganlarimiz emas, saqlab qolganlarimiz bizni boy qiladi.
O'qiganlarimiz emas, esda saqlaganlarimiz bizni ilmli qiladi.
Boshqalarga bergan nasihatlarimiz emas, o'zimiz amal qilganlarimiz bizni odam qiladi...

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  26 Avgust 2009, 09:15:25

"œOq ayiq"
 
  Taqdirning taqozosi ila musulmon bir yigit, Uzoq Sharqning Saxalin o‘lkalarida qamoq jazosini o‘tardi"¦
Sharoit og‘ir, sovuq, uning ustiga sanatoriy emas bu yer"¦ Lekin yigit taqvodor, Allohdan qo‘rqqan inson edi va namoz banda zimmasida to o‘limgacha ekanini yaxshi bilardi.
"œ(Shuningdek), to Sizga aniq narsa (o‘lim soati) kel- gunicha Parvardigoringizga ibodat qiling!" (Hijr, 99).
Shuning uchun qiyin sharoitga qaramasdan, namozni o‘z vaqtida ado etishga tirishardi. Uni toat-ibodatda sobitligini ko‘rgan atrofidagi ko‘rinishlari inson, qalblari esa hayvon sifat bo‘lganlar uning bu ibodatini xush ko‘rishmasdi. Unga namoz o‘qitmaslikka harakat qilishardi. Namoz o‘qiyotgan paytida kelib qolishsa, ustidan mazax qilib kulishar, turtkilab o‘tishardi. Bo‘layotgan qarshiliklarga qaramay, yigit ibodatni tark etmas, Allohga itoatni qiyin ko‘rmasdi. Lekin bu xudosizlarning battar jazavalari qo‘zir, dushmanliklari yanada ortardi. Kundan-kunga uni xo‘rlashlar, qiynashlar ortib borardi.
"œSiz Parvardigoringizni hukmiga (ya’ni, mushriklarni darhol azobga duchor qilinmaganiga va Sizni turli mashaqqatli sinovlar bilan imtihon qilishiga) sabr qiling. Zotan, Siz shak-shubhasiz, Bizning ko‘z o‘ngimizda (ya’ni, hifzu-himoyamizda) dirsiz" (Tur,48). 
Ish shu darajaga borib yetdiki, kunlardan birida, bir nechta nokaslar uni birgina ichki kiyimda, tashqarida, Sibirning ayozli achchiq sovug‘i bilan yuzma-yuz qoldirishdi. "œQani Allohing bo‘lsa, seni bir saqlab olsin-chi!!!»
Izg‘irin sovuq, deyarli kiyimsiz, ochiq havoda...Oldinda hali yanada sovug‘i kuchayadigan qaro tun...O’lim bilan yakkama-yakka....
Tong otdi....
Ertalab qamoqxona bo‘ylab bir xabar yashin tezligida tarqaldi....Nima emish, «Kechasi, qo‘riqchilikda turgan ikki askar, sovuqdan qotib o‘lib qolibdi..." Uning ketidan sal o‘tib, yana bir xabar avvalgisidan tezroq tarqaldi. "œTongda bir mahbus bittagina ichki kiyimda qamoqxona ma’muriyatiga kirib kelibdi..." Subhanalloh!!!
Endi kelinglar, tunda  nima voqea bo‘lganini yigitning o‘zi hikoya qilib bersin:
 "œ... Shu alfozda, birgina kiyimda haydab chiqarishdi. Har qanday qalin kiyimda  ham dosh berish mahol bo‘lgan sovuq. U yoqqa yurdim, bu yoqqa yurdim, hech qanday panoh topgulik o‘rin yo‘q"¦ Najotdan umidim uzilib, oxiri taqdirga tan berdim. So‘nggi imkonim, Robbimga duo qila boshladim...
 "Ey Robbim! Bergan umringga roziman. Mendan rozi bo‘lgin... Mendan o‘tgan kamchiliklarimni, gunohu-xatolarimni mag‘firat etgin. Jonimni musulmon holimda, iymon kalimasi ila olgin, O’zingni rahmating ila burkagin....."
Sovuq borgan sari tanimni chulg‘ay boshladi...Titray boshladim.... A’zoim badanim qaqshardi...Tilim duo qilishga ham  aylanmay qoldi.... O’limimni kuta boshladim.... Ko‘zlarim asta-sekin yumila boshladi...
Bir vaqt tanimga bir narsa tekkanini his qildim... Nima ekan??! Junli bir narsa....Ko‘zimni ming urinib, arang ochib qaradim...
Kattakon qutb ayig‘i.... Ulkan, bahaybat, vajohatli.. Endi menga tashlanadi, tanamni burdalay boshlaydi deya, qimirlashdan ham ojiz holimda yotibman.... Lekin, negadir ayiq shoshilmasdi.... Bir vaqt maxluq asta-sekin meni o‘z quchog‘iga oldi... Tanamni ayiqning issiq tanasi ko‘rpa misol yopib oldi.... Badanimda issiq haroratni his qila boshladim... Bir necha soatdan beri davom etib kelayotgan sovuqning alamidan so‘ng, ozgina halovatni his qilib, ko‘zim sekin uyquga ketdi....
Ko‘zimni ochsam, hamma yoq yop-yorug‘, tong otgan, yolg‘iz o‘zim yalanglikda yotibman. Ok ayiq esa g‘oyib bo‘lgandi..."


Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  26 Avgust 2009, 09:16:38


«"¦Chunki botil yo‘qolguvchi narsadir»
   
          Bu qissani bir musulmon da’vatchi hikoya qilib bergan edi: «Bir yigit bo‘lar edi.  U Robbisini unutgan, shu sababdan o‘zini ham unutgan  edi"¦ Beboshligi, qaysar va yomonligi bilan nom chiqargan,  hatto ko‘p odamlarga aziyat bergan, zulm qilganligidan, odamlar Allohdan uning yomonligidan najot berishini co‘rab,  uni duoibad qilgan, qarg‘agan  edilar. Yaxshi solih insonlar unga ko‘p martalab nasihat qilishgan, lekin u qabul qilmagan, ko‘p martalab ogohlantirishgan, quloq osmagandi. Hayoti shahvatlar zulumati ichra kechardi.  Bir marta juda kuchli da’vatchi kishi unga va’z aytgan edilar. Ta’sirlanib, hatto ko‘zlariga yosh ham olgandi. Endi u Alloh va Rosuliga ijobat etadi deb gumon qilingandi, lekin afsuski, eski holatiga qaytib, go‘yoki hech qachon, hech narsa   bilmagan,  eshitmagandek  ma’siyatlarida davom eta berdi. Masjid yuzini hatto juma kunlari ham ko‘rmasdi. Korong‘u tushgach o‘zining  bir guruh bebosh og‘aynilari bilan ko‘chaga  chiqib ketar, tong otgandagina qaytib kelardi. Kelgach, kun bo‘yi uyquga g‘arq bo‘lardi. Ishdan bo‘shab ketgan, diniyu-dunyosi kasodga uchragan edi. Mushtipar onasi esa o‘g‘ilning bu holatidan ko‘p yig‘lab, ezilib adoyi tamom bo‘lgan  edi. Baland ko‘tarilgan musiqa bilan uxlab shu bilan uyg‘onardi. Xonasi devorlari uyatsiz, behayo suratlar ila «bezangan» edi. Giyohvandlik moddalarini iste’mol qilishga  qattiq ruju qo‘ygan, mastlik uning aqliyu ruhini egallagan edi.  Allohga ma’siyatlari  ortsada, lekin Alloh ne’matlarini undan darig‘ tutmasdi. Allohga isyonda davomiy bo‘layotgan bo‘lsada, Mehribon zot unga muhlat berib, umr berardi. Qur’ondan boshqa hamma narsani tinglar, dindan o‘zga xamma narsani tushunar, Alloh zikridan ayri xamma narsani sevardi. Subhanalloh! Allohni tanimas ekan, qanday ham  xaroba u qalblar"¦ Subhanalloh! Allohdan yuz o‘girgan ekan, qanday ham o‘tmas u tuyg‘ular"¦
  Shu tarzda   yigitning kunlari ma’siyatlar qorong‘uligi bilan qoplangan, gunohlar g‘ubori bilan o‘ralgan tarzda  o‘tib borardi. Solih insonlardan biri bu osiyni ma’siyatlar chuquridan chiqarish  yo‘lini izlay boshladi. Ilm ahli va dono odamlarning ko‘rsatmalari bo‘yicha bu yo‘llardan biri foydali pandu-nasihatlar, ilmiy mav’izalar yozilgan kassetalarni hadya qilish, odamlarning  uylariga, mashinalariga olib kirishdir, toki nasihatgo‘y  so‘zlarining ta’siri ularning qalblariga yotsin. Yigitga bir nechta  ta’sirli mav’izalar yozilgan kassetalar hadya qildi. U oldi-da mashinasining qutisiga beparvogina tashlab qo‘ydi. Ularni  tinglashni o‘ylab ham ko‘rmadi. Kunlarning birida yigit o‘z mashinasida Dammam  shahriga safarga chiqdi. Yo‘l olis, zerikmaslik uchun musiqa eshitib ketardi. Kassetalarni unisini qo‘yib, bunisini qo‘yib zerikdi-da, vaqt o‘tkazish uchun haligi mav’izalardan birini  qo‘ydi.  Kasseta asta sekin tinglovchiga, ixlos efirlari orqali, sidq to‘lqinlarida taralar ekan, qalbdagi iymon tebranmalarini ko‘zg‘ata boshladi. Yigit kassetani  diqqat bilan tinglay boshladi. Mavzu Allohdan qo‘rqish  va taqvodorlar haqida edi. So‘zlar uning qalbiga sizib kirib, u yerda mustahkam qaror topa boshladi. Kasseta to‘xtadi. Yigit hali bir kun kelib Allohga hisob berish, unga yo‘liqish haqida  o‘ylay boshladi va  ikkinchi kassetani qo‘ydi. Bu kasseta esa tavba va tavba qiluvchilar haqida edi. U ko‘ngilni buzuvchi va xafa qiluvchi o‘tmishi haqida o‘ylar ekan, ko‘zidan yoshlar tomgancha kassetalarni birin- ketin alishtirardi. Bu manzara, holat tili bilan go‘yo: «Ey imon keltirganlar! Sizlarni tiriltiruvchi narsaga chorlaganlarida, Alloh va Rasulga javob qilingizlar!»(Anfol: 24) deyayotgandek edi. Dammamga yaqinlashib qoldi, lekin u suhbatlar og‘ushiga tushib qolganidan, qattiq ta’sirlanganidan, hatto, mashinasini ham boshqara olmay qoldi, chunki uning qalbiga iymon oqimi quyilib kirib, uni silkita, titrata boshlagandi. «Sizlar tog‘larni ko‘rib (mangu) qotib turuvchi deb o‘ylarsiz. Holbuki, ular xam xuddi bulutlar suzib yurgandek havoda suzib yurarlar. Bu barcha narsani puxta qilgan zot-Allohning sinoatidir...!» (Naml: 88) 
         Shaharga yetib keldi. Yigit shaharga kirishdan oldin Iymon shahriga qadam qo‘ydi. Hayotga qarashi o‘zgardi. Hayotga avvallari johil, osiy insonning  nazari bilan boqqan bo‘lsa, endi u Allohga tavba qilgan banda sifatida qarardi. Masjidga qadam bosdi"¦.. U yerda ko‘z yoshlari va suv ila tahorat ola boshladi. Masjidga kirib, hayotini namoz bilan boshladi  va yangi umr sahifasini  ochdi. «Yana ayting: «Haqiqat (Ya’ni Islom) keldi va botil (kufr) yuqoldi. Chunki botil yuqolguvchi narsadir.» (Isro:81)
 Yigit  uyiga salomat keldi va o‘zi bilan g‘animat-o‘ljalar olib qaytdi. Ya’ni ma’siyatlardan salomat bo‘lgan holida va toatlardan g‘animat qilgan, jamlagan holida qaytdi. Uyiga chiqib ketganidan ko‘ra boshqa yuz bilan kirdi. Chunki ma’siyat, gunohlar va xatolar egasining yuzi bilan chiqqan bo‘lsa, tavba, inobat va toat nuri bilan yashnagan yuz bilan qaytib keldi. Yaqinlari taajjublanishdi: «Ey falonchi senga nima bo‘ldi?». Yigit: «Hayotimda ulkan voqea sodir bo‘ldi. Allohga qaytdim, Allohga tavba qildim, Alloh sari yo‘l topdim» derdi-yu ko‘z yoshlardan o‘zini to‘xtata olmasdi. Unga qo‘shilib oila a’zolari  yig‘lashardi. Bu - xursandchilik yoshlari deb atalmish yoshlar edi"¦
  Uy chiroqlari yorishib ketdi. Eshitgan odamlar kelib, Allohga tavba qilgan yigitni Robbisiga qaytgani bilan tabriklay, uni bu nasib bo‘lgan ne’mat bilan qutlay boshlashdi.
«Aynan o‘shalar shunday zotlardirki, Biz ulardan qilgan go‘zal amallarini qabul qilurmiz va jannat egalari qatorida ularning yomonliklaridan o‘tib yuborurmiz. (Bu) ularga va’da qilib yurilgan xaqqoniy va’dadir. (Axqof16)
  "œEy Odam bolasi, sen Menga duo qilguningcha va to mendan yordam co‘rab iltijo etguningcha Men sening  qilgan gunohlaringni kechirib kelaman. Va ularga parvo qilmayman. Ey Odam bolasi, agar seni gunohlaring ko‘pligidan osmondagi bulutlarga yetsa ham, tavba qilib Mendan mag‘firat co‘rasang, Men seni kechiraman. Ey Odam bolasi, agar sen Mening oldimga butun yer yuzini to‘ldirgan gunohlaring bilan kelsang-u, lekin Menga shirk keltirmagan holingda ro‘baro‘ bo‘lsang, Men seni yer yuzini to‘ldirgan  mag‘firatim  bilan qarshi olaman."   

(Anas roziyallohu anhudan Termiziy va Ahmad rivoyatlari)

Qayd etilgan


Muhammad Amin  31 Avgust 2009, 11:52:25

Qulligim sultonligim

 -Namozga shoshib ketayotgan yigitni do'sti mot qilmoqchi bo'lib:

— Nima uchun namoz o'qiysan? - deya so'rab qoldi.

Yigit garchi shoshib turgan bo'lsada uning savoliga savol bilan javob berdi:

— Illatini bilmoqchimisan yoki hikmatinimi?

Kutilmagan bu javobdan hayron bo'lgan do'sti:

— Bu nima deganing? - dedi.

Yigit savolini quyidagicha tushuntirdi:

— Illat deb haqiqiy sababga, hikmat esa undan kelib chiqadigan foyda va manfaatlarga aytiladi"¦
— Ho'p, u holda namozning illati nima?
— Uning ilohiy amr ekanligida. Ya'ni meni, seni va butun borliqni yaratgan va bizga shuncha ne'matlarni ehson qilgan Alloh buyurgani uchunguna namoz o'qiyman.
— Albatta, insonning har bir ishi qandaydir mantiqqa asoslanadi. Ho'p, Alloh buyurgani uchun namoz o'qiysan ham deylik, lekin bundan maqsad nima?
— Parvardigorimning roziligiga erishish. Senga biror kishi oddiygina bir qalam sovg'a qilsa, unga minnatdorchilik bildirasan, to'g'rimi?
— Ha, albatta, - dedi do'sti ikkilanmay.
— Demak, oddiy qalam uchun minnatdorchilik bildirilar ekan, men ham nega menga qalam yoki qandaydir bir arzimas narsa emas, balki qo'l, oyoq, ko'z, til, yurak kabi bebaho ne'matlarni, ularga jon bag'ishlovchi ruhni, ong bilan birga boshqa maxluqotlardan aziz qilib turuvchi aqlni ham bergan Zotga sajdaqilmay?!

Bu savolga jo'yali javob berolmasligini bilgan do'sti:

— Ho'p, unday bo'lsa, namozning hikmati nima?- deb navbatdagi savolni berdi.
— Sanab adog'iga yetib bo'lmaydi. Hozir esimga tushganini aytib o'tay.
Namoz — jahannam o'tidan saqlovchi zirh, qabr azobidan asrovchi qalqon va jannat eshigini ochuvchi kalitdir. Abadiy saodat uning to mangulikka uzangan mevasi"¦ Namoz qalbga ozuqa, ruhga shifo, ruhga shifo, tanaga sihat, vijdonga o'lchov, aqlga istiqomat, irodaga quvvat, xulqqa tarbiya va fe'l atvorga jiddiylik beradi, his-tuyg'ularni qat'iy intizomda ushlab turadi. Namoz insonning ma'naviy yuksalish omilidir.
Bularning hech biri bo'lmagan taqdirda ham men baribir yana namoz o'qigan bo'lardim. Chunki foydalar o'ziga chorlovchi bo'ladi, ammo hech qachon haqiqiy sabab bo'lolmaydi. Natijalar odatda ko'zlanmaydi, balki beriladi.

Yigit hech narsa demay o'ylanib qolgan do'stiga yana shularni qo'shimcha qildi:

— Namoz- insonni afsus hamda nadomat botqog'iga botiradigan gunoh va jinoyatlardan saqlaydigan ishonchli kema. U insonga haqiqiy inson va Allohning aziz quli bo'lishni o'rgatishda mukammal darsdir. Namoz — imon belgisi, Allohga qullik ifodasi, bandaligim e'tirofi, cheksiz ojizligimni cheksiz qudratga, cheksiz orzularimni cheksiz rahmatga yo'llaydigan ma'naviy aloqa vositasidir. Namoz — dunyomni ham, qabrimni ham, ohiratimni ham yoritadigan so'nmas chiroq. Sajdadagi zillatim bilan haqiqiy izzatimni topdim. Zero joynamoz taxtim, sajda saltanatim va Unga qulligim sultonligimdir.

Mustafo Ma'murjonov "7 iqlim"dan olindi

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  09 Sentyabr 2009, 09:01:43

Robiyatul Adaviya hazratlari kechasi bilan namoz o’qib,Qur’oni tilovat qilib chiqar edilar.Shu odatlariga ko’ra, bir kuni allamahalgacha namoz o’qidilar.So’ng joynamoz ustida uxlab qoldilar.Shu paytda uylariga o’g’ri tushdi.Ammo hamma joyni qarab, o’g’irlashga arsigulik narsa topmadi.Oxiri, ketar choqda, "œkirganimga yarasha quruq ketmay", deb Robiya hazratlarining ko’chada yopinadigan yopinchig’ini qo’liga oldi.Biroq uydan chiqaman deganda,eshikni topolmadi.Nima qilishini bilmay,yopinchiqni joyiga qo’ydi.Keyin eshikni osonlikcha topdi.So’ng ortiga qaytib,hijobni oldi.Ammo yana eshikni yo’qotdi.Shu hol yetti marta takrorlandi.Yettinchi marta hijobni qo’liga olganda: "œEy kishi! O’zingni qiynama.U yopinchiqqa yaqinlashishga shaytonga kuch yo’q,o’g’riga yo’l bo’lsin.U uxlayotgan bo’lsa ham, uning do’sti uyg’oq va uni qo’riqlamoqda!" degan ovoz eshitildi.O’g’ri juda qo’rqib ketdi.Hali o’ziga kelib ulgurmagan edi,ichkari xonadan uy sohibasining ovozi eshitildi: "œOvora bo’lib kelganingga yarasha bo’sh ketma, tashqaridagi obdastada suv bor, tahorat olib ket".

  Bu so’zdan o’g’ri qattiq ta’sirlandi.Chiroyli tahorat oldi,tavba qilib,yaramas odatidan voz kechdi.  "Musulmonlar taqvimi"

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  09 Sentyabr 2009, 09:15:40

DAN xodimi bilan suxbat

Katta yo‘lda NYeXIA yuqori tezlikda xarakatlanayotgan yedi. Alisher davlat avtomobil nazorati xodimining yo‘l chekasida turib qo‘lidagi tayoqchasini ko‘targanini kech payqab qoldi.

Alisher mashinani sekinlatishdan oldin spidometrga qaradi: 50 km/s dan yuqori tezlik cheklangan xududda 73 km/s tezlikda haydab kelayotgan ekan. "œUfff"¦Yanami"¦" jaxli chiqib tormozni bosdi.
Eng yomoni shundaki bu oxirgi 3 oy ichida to‘rtinchi marta DAN xodimi tomonidan to‘xtatilishi edi.Odam degani shunchalik xam omadsiz bo‘ladimi?..


Alisher mashinani yo‘l chetiga olarkan, "œQaniydi, xozir yonimizdan bundan xam yuqori tezlik bilan biror mashina o‘tib qolsa edi" deb orzu qildi. DAN xodimi NYeXIAga yaqinlashib "œYo‘l harakati xodimi Saidakbarov Olimjon, xujjatlaringiz" dedi. Iya"¦Bu masjidda tanishgan birodarim Olimjonku!

Alisher bo‘shashib, mashina o‘rindig‘iga cho‘kdi. Bu xar qanday jazodan xam og‘irroq edi. Masjidda tanishgan birodari bo‘lishiga qaramay bu yo‘l xarakati xodimi uni to‘xtatgan edi. Buning ustiga yo‘l qoidasini buzgani uchun.

- Assalamu alaykum, Olimjon birodar! Eee bormisiz. Taqdirni qarang, siz bilan shu yerda ko‘rishib qolibmiz-a?!- deb moshinadan tushib keldi Alisher.
- Va alaykum assalom,- Olimjon jilmayib xam qo‘ymadi.
- Birodar"¦Bola-chaqaning oldiga shoshilyotganimda meni to‘xtatib qoldingiz-da?!!
- Xa, shunday,- negadir Olimjonning shashti pastroq yedi.
- Keyingi qnlarda uyimga juda kech qaytyapman. Saxar chiqib, tunda kelaman. Bolalarim meni anchadan beri ko‘rishgani yo‘q. Bugun qarangki, ishdan ertaroq bo‘shab, uyga ketayotgan edim. Ayolim manti pishirib, bolalar bilan yemay kutib o‘tirishibdi. Shuning uchun shoshilayotgan edim. Vaziyatimni to‘g‘ri tushundingiz deb o‘ylayman"¦
- Xa, sizni tushunib turibman, lekin yo‘l xarakati qoidalarini buzganizga ham ko‘z yumolmayman,- deb javob berdi Olimjon.
- Meni to‘xtatganizda qancha tezlikda kelayotgan yedim?
- Tezligingiz 70 km/soat yedi. Bu yo‘lda 70 km/soat tezlikda harakatlanish taqiqlangan.
- Bir daqiqa sabr qiling, iltimos. Sizni ko‘rib, spidometrga qaradim. Atigi 55 km/soat edi tezligim.
- Mashinangizga o‘tiring, iltimos,- deb takrorladi Olimjon. Alisherning xafsalasi pir bo‘lib mashinaga o‘tirdi, eshikni qars yetib yopdi. Olimjon esa qo‘lidagi daftarchaga nimalarnidir yoza boshladi.

"œQiziq, nega Olimjon mening xaydovchilik guvohnomamni olib qo‘ymadi. Yoki jazo talonini yozayaptimi?" deb o‘yladi Alisher. "œNima bo‘lsa bo‘lsin, yendi masjidda bu odam bilan yonma-yon o‘tirmayman.Yana bu menga birodarmush-a"¦.E sufee, sandaqa birodarlarga. Ment bari bir mentda", dedi ichida Alisher.

Shu payt Olimjon mashina oynasini tiqillatdi. Alisher ensasini qotirib deraza oynasini tushirdi. Olimjon Alisherga bir parcha qog‘oz berib, nari ketdi.

"œXa, shtrafdan qutulib qoldim shekilli" deb o‘zicha sevindi Alisher. Xaqiqatdanam Olimjon Alisherni jazolamagan edi, qog‘ozda qandaydir yozuvlar bor edi xolos.

"œQadrdon birodarim Alisher! Mening bir qizim bor yedi. 6 yoshdaligida tezlikni oshirgan bir xaydovchining aybi bilan avtoxalokatga uchrab, hayotdan ko‘z yumdi. Xalokat sababchisi bo‘lgani uchun u odamni uch oy qamoq jazosiga maxkum qilishdi. U odam qamoqdan chiqqach, farzandlarini qaytadan bag‘riga bosib, yuz-ko‘zlaridan o‘pib, to‘yib-to‘yib xidlash baxtiga muyassar bo‘ldi. Lekin men"¦

Men esa qizimni yana qaytadan bag‘rimga bosishim, yuz-ko‘zlaridan o‘pishim uchun jannatga kirishday uzoq muddatni kutishim kerak"¦ Men ming martalab o‘sha odamni kechirishga xarakat qildim. Ming martalab uni kechirishga erishdim deb umid qildim. Balki chindanam uni kechira olgandirman, ammo qizim xech xam xayolimdan ketmayapti.

Alisher birodar, xaqqimga duo qiling va unutmangki mening birgina o‘g‘lim qoldi"¦"

Alisher o‘n besh daqiqacha o‘ziga kelolmay, shu axvolda qotib turdi. So‘ng fikrini bir joyga to‘plab, mashinani sekinlik bilan xaydab uyiga ketdi. Uyiga kira solib farzandlari, ayolini qattiq bag‘riga bosdi.

Inson xayoti nixoyatda qisqa va qimmatlidir. Mashinani extiyotkorlik bilan xaydang, boshqalar uchun xam mas’ul ekanligingizni unutmang. Shuni ham yodda tutingki, mashinalarni istaganingizta sotib olishingiz mumkin, lekin inson hayotini hech qachon sotib olib bo‘lmaydi!!!

ABDULLOX MUSLIM.

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  16 Sentyabr 2009, 10:26:36

Yaxshi niyat yarim mol, deydi xalqim. Topib aytilgan gap. Men bunga qo‘shimcha sifatida aytardimki, yaxshi niyat ba’zida butun mol! Yomon niyat ba’zida katta musibat. Insonning lafzi esa ana shu niyatni qalbidan o‘tkazmasa ham, katta ishlarga qo‘l urib yuborishi mumkin. Men bugun sizning e’tiboringizga yaqinda bo‘lib o‘tgan bir voqeani keltiraman.
Bir qadrdonimiz aytib berdilar bu voqeani. «Qudamning vodiydan kelayotganda qattiq avtohodisa tufayli kasalxonaga yotqizilganligi haqidagi xabarni eshitib, tezlik bilan o‘sha tomonga yo‘l oldim. Menga xabar bergan kishi qudam avtomashina haydovchisining oldida o‘tirib ketayotganda, halokat sodir bo‘lganini aytdi. Qattiq qo‘rqdim. Sababi, avariyaga uchragan mashina ichida eng ko‘p jabr chekadigan kishi odatda, haydovchining oldidagi kishi bo‘ladi. Keyingisi haydovchining o‘zi, undan so‘ng orqadagilar. Buni ko‘pchilik biladi. Lekin men kasalxonaga borganimda hayratimni qo‘zg‘ovchi xabarni aytishganda, dong qotib qoldim. Ma’lum bo‘lishicha, qudam tirik qolgan, haydovchi ham, orqadagi ikki odam ham vafot etibdi. Qanaqasi, axir haydovchining oldidagi odam qanday qilib tirik qoladi, degan haqli savol o‘ynay boshladi miyamda. Ha, endi Allohning taqdiri-da, deb o‘zimni ovutishga urinardimu, hodisa qanday bo‘lganini tushuna olmasdim. Chunki qudam ketayotgan mashinani qarama qarshidan mashina kelib ursa, oldida o‘tirgan odamning ahvoli ayanchli bo‘lishi aniq edi. Kasalxonada qudam o‘ziga kelmaganini aytishdi. Kamida ikki kunda koma holatidan chiqar ekan, deb xabar berishdi. Uyga mahzun holatda qaytdim.
Ikki kundan keyin chindan ham ko‘z ochdi. Til gapirishga tushdi. Men ko‘rgani borganimda, odam ko‘p ekan. Sekin kirdim, meni tanidi. Hol-ahvolni so‘rab surishtirib, bezovta qilmaslik uchun chiqib ketishga ruxsat so‘radim. Qudam esa kutilmaganda ichimni bilib turgandek, bo‘lgan voqeani aytib berishni istab qoldi. Indamaygina cho‘kkaladim.
— Men Qo‘qondan bir taksichi yigitning mashinasiga o‘tirdim. Oldindan joy oldim. Orqa o‘rindiqqa ikki odam kelib, uch kishining pulini to‘lab ketishlarini ma’lum qildi. Haydovchi qurmag‘ur juda tez haydar ekan. Qamchiq dovonidagi yo‘lda shu qadar tez haydadiki, orqa o‘rindiqda o‘tirgan sheriklarim ikki-uch marta sal sekinroq haydayvering, deb qo‘yishdi. Oxiri men chidayolmadim. «Bo‘ldi-da endi, uka. Bir aytildi, ikki aytildi, sal sekin haydashning iloji yo‘qmi? Undan ko‘ra tushirib ketaqoling. Yayov yetib borsam xavfsizroq bo‘ladi!», deb qattiq ohangda ta’kidladim. Yoshligiga borib haligi yigit mening gaplarimni qattiq oldi va yuzimga qarab: «Duo qilib ketavering, Xudo sizni qutqarvoladi!» dedi. Yuragim jiz etdi. Sababi, uning tilidan «sizni qutqarib oladi, degan gap yangradi. Bu jumlaning davomida «biz o‘zimizni o‘zimiz saqlab olaveramiz», degan so‘zlar ham yashirin qolgandi. Jahl ustida: «O’zingiz bilasiz, bo‘lmasa men duo o‘qishni boshladim», dedim. Shu gapni gapirdimu, oldinga qaragandim, mashinamiz qarshisida juda katta tezlikda yangi «Neksiya» uchib kelardi. Haydovchimiz mashinani olib qochishga urindi-yu, ilojini topa olmadi va... Uyog‘i nima bo‘lganini eslay olmayman. Ko‘zimni ochsam, shu yerda yotibman. Xudoga shukr, miya lat yemagan ekan, hodisani darhol esladim. Esladim-u, igna sanchishga tayyor turgan hamshiradan: «Sheriklarim tirikmi?» deb so‘radim. Baxtga qarshi, ularning hammasi vafot etganligi haqidagi xabarni eshitdim. Keyin o‘ylanib qoldim, men eng xavfli joyda o‘tirib tirik qoldim-u, orqada ketayotganlar ham halokatga uchrabdi. Bularning barchasiga sabab o‘laroq o‘sha yigitning birgina o‘ylamasdan aytgan gapini tasavvur qildim. Agar o‘sha gapni gapirmagandami?!»
Qudamning holati va aytib bergan hikoyasi to‘planganlarni yig‘latib yubordi. Bu hodisa bir tomondan Xudoning qudratiga tasannolar aytishga undasa, bir tomondan bittagina noto‘g‘ri lafzning oqibati nechog‘liq og‘ir ekanligini tushuntirardi. Old o‘rindiqda ketayotgan insonni saqlab qolishni iroda qilgan Alloh orqa o‘rindiqdagi bandalarining jonini xotirjam olishini namoyish etgandi go‘yo. Bu katta ibrat har birimiz og‘zimizdan chiqayotgan so‘zlarga jiddiy e’tibor qaratishimizni talab etadi. Bekordan bekorga aytilgan so‘zlar, hazillashib ulashilgan «tilaklar» kelajakda o‘z bo‘yini ko‘rsatganida, inson dovdirab qolishini his qilishimiz zarur.

Maxmudjon degan do'stimiz aytib berishdi.

Qayd etilgan