Islom hayotidan ibratli hikoyatlar  ( 210718 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 ... 35 B


Mahdiyah  25 Iyun 2006, 06:38:53

Xudo poshsho

Bir marosimda uch-to’rt kishi u yoqdan bu yoqdan gurunglashib o’tirardik. Ichimizda kimdir yonidagiga choy uzatarkan: "œO’rtoq, qizingni uzatibsan, endi o’g’lingni ham uylantirarsan", dedi.
Piyolani olarkan, u: "œYo’q, o’g’lim hali uch yil o’qishi kerak. Bu yoqda joy muammosi ham bor. Bilasan onamiz, to’qsondan oshdilar. U kishi bandalikni bajo keltirsalar, kelinni kampirning uyiga tushuraman", dedi.
Esim og’ib qoldi. "œOnasi o’lganidan keyin to’y qiladigan" kishi yoshlari elliklardan oshgan, oily ma’lumotli, yurt ko’rgan boobro’ kishi bo’lganidan salobati bosdimi, hech birimiz churq etolmay qoldik.
Buni qarangki, shu honadonda aytilganidek uch yildan keyin to’y bo’ldi. Yangi kelin kampirning uyiga emas, qaynotasining uyiga tushdi. Chunki bir yil muqaddam yurak xurujidan vafot etgan o’g’lining o’rniga kampir nevarasini uylantirgan edi.

Omonulloh Mutal

Qayd etilgan


Mahdiyah  25 Iyun 2006, 06:39:10

Kabob voqeasi
(Rustam akaning aytganlari)

O’ttizinchi yillarning ocharchilik avj olgan kunlari edi. O’ziga to’q hisoblangan Muslim akaning o’g’ilchasi qo’shnilarning uyiga o’ynagani chiqdi. Qarasaki, o’rtoqlari yangi pishirilgan kabobni zo’r ishtaha bilan tushirishayotibdi. Ammo qo’shni amaki ham, bolalari ham uni taomga taklif qilmadi. Hatto "œbor-bor" lab, chiqarib yuborishdi. Tabiiy, bolaning dili og’ridi, qorni to’q bo’lsa-da, juda kabob yegisi keldi. Uyiga kelib, otasiga shikoyat qildi. Muslim aka taajublandi: "œNahotki, qo’shnim bir sih kabobni shu go’dakdan qizg’ansa?! Tinchlikmikan, ishqilib", dedi.
Qo’shnisining ostonasidan hatladi. Voqeani aytolmay, taraddudlanib turganida qo’shni o’zi so’z ochib qoldi:
-Hoynahoy, o’g’lingiz aytgandir"¦u go’sht sizning bolangizga to’g’ri kelmaydi, aka.
-Nega?
Go’sht chaynayotgan bolalaridan bir oz uzoqlashib, qo’shni shivirladi:
-uyda egulik yoq. Kichkinalar och. Zovur bo’yiga kimdir harom o’lgan molni chiqarib tashlagan ekan, shuning lahm joyidan kesib olib kelib beryotuvdim. Nochorlik"¦
Muslim akaning ustidan sovuq suv quygandek bo’ldi. Junjikib ketdi. Tili kalimaga aylanmay iziga qaytdi. Borib sandig’ini ochib, kichigining sunnat to’yiga deb to’playotgan pullarini qo’shnisiga olib chiqib berdi.

Bahodir Nurmuhammad

Qayd etilgan


Mahdiyah  25 Iyun 2006, 06:39:26

Jasur o'g'lon

Hazrati Umar ibn Xattob (r.a.) yo'l bo'yida o'ynayotgan bolalar yonidan o'tib ketayotgan edilar. Bolalar mo'minlar amirining salobatidan qo'rquvga tushishdi. Shu bois yo'lidan chetlashishdi. Lekin bir bolakay o'z joyida sobit turaverdi. Undan boshqa hech kim qolmadi. Mo'minlar amiri uning oldiga keldilar-da, tabassum qilib:
-Nima uchun sen qochmading?-deb so'radilar.
Bola Hazrati Umarga (r.a.):
-Yo'l tor emas, sizga bo'shatay desam, gunohkor ham emasman, sizdan qo'rqay desam,- deya mag'rur javob qildi.
Bolaning shijoatidan Hazrati Umar (r.a.) xursand bo'ldilar. Kelajakda ulug' inson bo'lishiga umid bo'gladilar.
Yillar o'tib bu umid haqiqatga aylandi. Bola ulg'ayib, zamonaning ulug'laridan biri-Abdulloh ibn Zubayr (r.a.) nomi bilan tanilgan sarkarda bo'lib yetishdi.

Qayd etilgan


Mahdiyah  25 Iyun 2006, 06:39:44

Guvoh

Inson bu hayotda ko'p narsaning shohidi bo'ladi. Gohida yaxshi bir ishining, gohida nikohning, gohida esa gunohning, yolg'onning+
Orifjon ham bugun tangri taoloning bandalariga atagan ajib bir kuniga, ishoga guvoh bo'ldi.
Bir yumush bilan bolaligi o'tgan qishlog'iga brogan edi. Ishlarini bitirib bo'lgach, yoshlikdagi do'sti Murodni bir ko'rib ketmoqchi bo'ldi. Ancha yillardan beri ko'rishmagan.
Tanish eshikdan ichkari mo'ralab ovoz berdi. Lekin hech qanday javob bo'lmadi. Shu yaqin oraga chiqqandir, degan o'yda shundoq kiraverishdagi uyning derazasi yonida o'rnatilgan o'rindiqqa o'tirib kuta boshladi. Pastqam o'ylar, hovli Orifjonning bolalik xotiralarini uyg'otdi. Murod ikkalasi doim birga o'ynashar, birga dars tayyorlashar, maktabga ham birga borib-kelishar edi. Do'sti ota-onasiga yolg'iz edi. Orifjon qavhon kelsa, mana shu derazadan bo'yini cho'zib do'stini chaqirar, so'ngra o'ynagani chiqib ketishar edi. Ammo keyinchalik bu hol yo'qola bordi. Qachon do'stini chaqirgani kelsa, uni ko'zlari ko'kargan, yig'idan shishib ketgan bo'lardi. Gohida esa: Ey Xudo, otam bugun ichib kelmasin, onamni urmasin, o'zing insof ber, ey Xudoyim", deb ko'zlarida yosh ila duo qilayotganining ustidan chiqatdi. Esida, Murodning bechora onasi kaltak yeya-yeya olamdan o'tgan edi. Oradan qancha yillar o'tib ketdi. Balki otasi ham bandalik keltirgandir. Qarovsiz huvillayotgan hovli miyasiga shu fikrni keltirdi. Murodning o'zi-chi, nima qilyapti ekan?...
Orifjon shunday xayollar og'ushida ekan, ichkaridan ovoz eshitilganday bo'ldi. O'rnidan turib, ochiq derazadan yoshligidagi kabi ichkariga mo'raladi. Mo'raladiyu hayratdan qotib qoldi. Do'stining ayni o'sha duo qiladigan o'rnida keksa chol qollarini titragan ko'yi: Ey Xudo, ishqilib bugun ichmasin-d, o'zing insof ber o'g'limga, ey Xudo", deb iltijo qilar, ko'zlaridan sizib chiqayotgan yoshlar ajinlari oralab pastga yumalar edi...

Hasan Abdiyev, Parkent tumani

Qayd etilgan


Mahdiyah  25 Iyun 2006, 06:40:18

Inson va koinot

1978 yili Amerika Qo'shma Shtatlari Koinot markazida o'n besh mutaxassis koinotning bo'yi va eni yigirma metr keladigan xaritasini chizdilar. Xarita majlislar xonasiga osildi.
Bir kuni u yerga mehmon bo'lib kelgan bir doctor xaritani ko'rib hayratga tushdi va: Bo'lishi mumkin emas!" deb baqirib yubordi. Nima mumkin emas?" deb so'rashdi. Doktor: Yuringlar, hoziroq bizning universitetga boramiz", dedi.
Hech kim e'tiroz bildirmay, ikki yuz chaqirim naridagi universitetga yo'l olishdi. Doctor ularni bir xonaga boshlab kirdi. Bu safar koinot mutaxassislarining ko'zlari hayratdan chaqnadi. Huddi o'shanday xarita bu yerda ham osig'liq turardi! Bu qanaqasi Tibbiyotning koinot bilan nima aloqasi bor?" deb so'rashdi.
Doctor titroqlar ichida: Janoblar, bu koinotning emas, inson miya pardasining kattalashtirilgan xaritasi!" deb javob berdi.

Qayd etilgan


Mahdiyah  25 Iyun 2006, 06:40:38

Haqiqiy iymon

Bizga ushbu voqeani bir birodarimiz aytib bergan edi: "œ80-yillar oxirida taftish ishlari bilan viloyatlarga tez-tez safar qilar edik. Ana shunday safarlarning biri Buxoroga bo’ldi. Buxoroda ajoyib doctor tanishimiz bor edi. Do’stlar bilan kelishib, ana shu insonning uyida dam olishni rejalashtirdik. Sobiq ittifoq davrida insonlarning dinga bo’lgan e’tiborini hamam bilardi. Ayniqsa, tibbiyot sohasidagilar "œdin-afyundir!" shioriga qattiq amal qilishgan. Lekin biz qo’ngan manzil egasi sharoitlarimizni dinimizga moslab berdi.
Kechqurun xonadon sohibi bilan suhbatlashib o’tirganimizda, sheriklarimdan biri so’rab qoldi:
-Kechirasiz, diyonatli doktorlarni kam ko’rganmiz. Siz ancha-muncha ilmli ko’rinasiz. Islom dinini o’rganishingizga nima sabab bo’lgan?
Bu savol doktor oshnamizni bir oz o’ylatib qo’ydi va xayollarni uzoq-uzoqlarga olib ketdi:
-Qiblagohimiz oilada to’ng’ich farzand bo’lganlar. Bir ukalari bo’lgan. Allohning taqdiri bilan aka-uka otasiz qolishganida, padari buzrukvorimizga oilani boshqarishdek ulkan vazifa yuklatilgan. Otam turmush taqazosi bilan madrasada ilm ololmasdan, oilani boqish uchun yoshlikning qaynoq davrlarini zahmatu mehnatga alishdilar. Biroq bir oiladan, bir ilmli chiqishi kerak, deb amakimning sarf-harajatini ko’tarib, Misr Arab madrasasiga berdilar. Amakim bir necha yillar o’qib olim bo’lib yetishdilar. Afsuski, qatag’on davri boshlanganida, otilishi kerak bo’lgan kishilarning ro’yhatida amakim ham bor edi.
Bir kuni uyda o’tirganimizda NKVDning odamlari kelishdi. Ular o’sha paytda kimni olib ketishsa, uning janozasiga tayyorgarlik ko’rilardi. Otam darvoza oldiga borib, ularga o’zlarini amakimning ismlarini aytib tanishtirdilar. Hozir kiyinib chiqay, deb uyga kirdilar. Biz amakim bilan otamni kutib o’tirardik. Otam kelib amakimga shunday dedilar:
-Uka, sizga Alloh taolo o’z ne’mati — ilmni ato qildi. Odamlarning sizda katta haqlari bor. Hozir men sizning o’rningizga ketaman, bolalaringizga qo’shib, mening farzandlarim ham sizning zimmangizda. Bir amallab Allohning ilmini saqlab qolasiz va uni odamlarga yetkazasiz, degan umidim bor. Agar ko’rishmasak, qiyomatda diydor bor. Allohga omonat!
Oxirgi so’zlari shu bo’ldi. Otamni olib ketganlar shu kunning o’zidayoq bir tepalikka olib chiqib otib tashlashibdi. Amakim boshqa ism bilan salomat qoldilar. Menga ilm berdilar, farzandlari olim bo’ldi, odamlar ham u kishining ilmidan bahramand bo’lishdi!"
Aka-ukachilikni qarang-ki, din uchun jon ham almashtirib yuborilsa. Balki bu aka-ukachilik rishtalaridan ko’ra mustahkamroq bo’lgan Allohning arqonini ishlab qolish uchun fidoiylik emasmi? Bugungi kunlarimizgacha dinimizning yetib kelishida man shunday qurbonlar bo’lgan. Olimlikka da’vo qilmasa-da, Islomni ko’pgina ilmlardan ko’ra yaxshiroq tushunishgan, iymonlari haqiqiy bo’lgan.

Hayrulloh Hamidov

Qayd etilgan


Mahdiyah  25 Iyun 2006, 06:40:59

Musibatga sabr

Er-xotin yolg’iz o’glimizni soliha bir qizga uylantirdik. O’g’limiz juda e’tiqodli, odob ahliqli edi. Bir o’g’limga, bir kelinimga qarb quvonar, bunday ne’matlarni ato etgan Yaratganga shukronalar qilardim. Lekin xursandchiligimiz uzoqqa cho’zilmadi. Oradan bir yil o’tar o’tmas, og’limiz og’ir kasallikka chalindi. Bu orada ular farzand ko’rishdi. O’g’lim ayoliga bolani "œTaborak" surasini o’qib emizishni buyurdi.
Jigarbandining kasali kundan-kunga zo’rayib, yorug’ dunyo ko’zimizga qorong’u bo’lib ketar, kecha-kunduz Allohga yolvorib iltijolar qilardik. Bolam ikki yil davomida qattiq azob chekishga qaramasdan, biror marta ham namozini qazo qilmadi. Gohida tahorat, gohida tayammum bilan ibodatda bardavom bo’ldi. Og’riq kuchaygan pauytlarda "œAlloh, Alloh, o’zing shifo ber" deya nola qilar, buni eshitib battar ezilar, go’yoki hayot men uchun tugagan edi. Bu musibatdan hech qachon nolimas, ayni vaqtda menga: "œBu dardni nega berding, deb Allohga nolimang. Aks holda ibodatlar bekor ketib qolishi mumkin", derdi.
Kasallik brogan sari kuchayib, oshqozonga borib yetdi, natijada u ovqat yeyolmay qoldi. Madori yoqligidan unga tayammum qildirib qo’yar edim, o’g’lim qo’lini ko’tarib, namozga imo qilardi. Faqat ibodatini ko’ngildagidek ado qila olmayotganligidangina nolirdi, xolos.
Jigarbandim, ko’zimning oqu qorasi so’nggi kunlarini boshidan kechirar, gapirgani holi ham yoq edi. Ovozi chiqmasa-da, og’zi qimirlab, tili bilan "œLa ilaha illalloh" deganini eshitganimda uni bag’rimga bosib: "œBergan sutimga roziman, bolam!" deya yurak-yuragimdan unsiz yig’ladim.
Alloh, yolg’izgina bolamni- yodgorimni qaytarib oldi. Tilimga faqat bir duo kelardi: "œAllohim, menga sabr ato et!" O’ksik qalbimga birgina narsa malham bo’la olardi.: "œO’g’lim iymon bilan, ibodat bilan ketdi! Bolaginam sendan roziman. "œSabr qiling", der eding. Sabr ila seni jannatda ko’rmoqni tunu kun so’rayman. Menga sabr va jannat ber, Allohim!"

Ona maktubini oqqa ko’chiruvchi Habibahon, Quva shahri.

Qayd etilgan


Mahdiyah  25 Iyun 2006, 06:41:14

Umra sabog’i

Bu voqeani mimomlardan biri so’zlab bergan edi: "œHar uch-to’rt yilda Umra ziyoratiga borishni odat qilgandim. Navbatdagi safarim har doimgilaridan boshqacha bo’ldi. Barcha ziyoratchilar kabi hamma amallarni to’la-to’kis ado qildim. Ramazon ro’zasi bilan jismim, Umra mallari bilan ruhim yengillashganini dildan his qilib turardim. Ayniqsa, Payg’ambarimiz sallallohu alayhi va ssalamning qabrlarini ziyorat qilar ekanman, u yerdan taralayotgan muattar bir hid kishi ruhiyatiga boshqacha ta’sir ko’rsatardi"¦
Birdan uyga qaytish oldidan mana shu muattar hid taratayotgan mushki anbardan albatta olib ketaman, degan fikr xayolimga keldi. Chunki bu hidga juda sarmast bo’lib qolgan edim. Safarimizning oxirgi kunlari uyga, qo’ni-qo’shni, qarindosh-urug’ va birodarlarga esdalik sovg’alari olish uchun rastalar yoniga bordim. Olmoqchi bo’lgan narsalarim ichida menga mushki anbar muhim edi. Uni barcha rastalardan astoydil qidira boshladim. Lekin hech bir mushk unga o’xshamasdi. Nihoyat bir yamanlik do’kondordan: "œAssalomu alaykum, kechirasiz, sotayotgan mushklaringiz orasida Payg’ambarimiz sallallohu alayhi va sallamning qabrlari atrofida taralayotgan mushkdan bormi?", deb so’radim. U esa ajablanib shunday dedi: "œSiz Payg’ambarimiz alyhissalom haqlarida hech narsa bilmas ekansiz, borib yaxshilab o’rganing!"
Bu gapdan hangu mang bo’lib qoldim, o’rtamizdagi suhbat arab tilida bo’layotgani uchun unga yaxshi tushuntiraolmadim shekilli, deb o’yladim. Uni gapi meni juda ajablantirganidi. Shunda men unga Qur’oni karimni yod olganimni va bir masjidga imom ekanimni ham aytdim. U baribir yana o’sha: "œSiz Payg’ambarimiz alyhissalom haqlarida hech narsa bilmas ekansiz, borib yaxshilab o’rganing!" degan gapni takrorlardi. Baribir hech nimaga tushunmadim. Shunda u : "œBirodar, siz aytayotgan mushk sotuvda yoq, bo’lmaydi ham. U zotning qabrlari yoniga hech qanday mushk sepilmaydi. Balki bu hid Payg’ambarimiz sallallohu alayhi va sallamning hidlari bo’lib, o’n to’rt asrdan buyon shu xushbo’ylik taralib turadi"¦"
Bu gapni eshitib o’zimdan uyalib ketdim. Ha, bu men uchun Umra ziyoratidan topgan eng katta hikmat va haqiqat edi. Menimcha, bu mo’jiza dunyoning biror nuqtasida uchramasa kerak.
Shundan buyon masjidlar atrofida mushk olayotgan kishilarning o’zaro suhbatlarini eshitib qolsam, yamanlik sotuvchining so’zlari esimga tushaveradi: "œSiz Payg’ambarimiz alyhissalom haqlarida hech narsa bilmas ekansiz, borib yaxshilab o’rganing!"

Nurali Rizaqulov

Qayd etilgan


shoir  26 Iyun 2006, 05:32:03

* * *

Bir kar odamning ho‘kizi yo‘qolib qolibdi. Ko‘chada qidirib yurib, yanada karroq odamga duch kelibdi. Ittifoqo bu odam ertalab eshak topib olgan ekan. Kar odam ho‘kizi yo‘qolganini aytib, uning shoxlari-yu, dumlarining ta’rifini keltiribdi. Karroq odam unga javoban:
— Ha, to‘g‘ri, men eshagingni topib qo‘yganman, suyunchini berginu olib ketaver, — debdi.
Kar odam esa yana ho‘kizining ta’rifini qilaveribdi. Shu holda gap talashib turishganda eshagiga bir juvonni mingashtirib olgan oqsoqol ko‘rinibdi. qarangki, oqsoqol ulardanda karroq ekan. Yo‘lni to‘sib, biri ho‘kiz, biri eshak haqida tinmay gapirayotgan odamlarga qarab: «Xotinni olib qo‘yishmoqchi shekilli», deb o‘ylab:
— Yaqinda xotinim o‘ldi. Bu juvon begona emas, xotinimning cho‘risi edi, — debdi.
Xullas, uchchovi uch xil gapirib, bahslashib, haqiqat istab qoziga kelibdilar. Xudoning qudratini qarangki, qozi ulardan battar kar ekan. Ramazon oyi yaqinlashib qolgan, agar yangi Oy ko‘rinsa, nog‘oralar chalinib, elga ma’lum qilinishi kerak ekan. qozi ularning tinmay, bir-birlariga gap bermayotganlaridan «Ha, ular yangi Oy chiqqanini ko‘rishibdi-da», degan qarorga kelib, xizmatkorlariga buyuribdi:
— Hoy, nog‘oralarni chalinglar, ertaga sahardan ro‘za!
Qissadan hissa: bir-birimizning gaplarimizga tushunishni istamay yurganimizda o‘sha odamlarga o‘xshab qolmaymizmi?

Tohir Malikning "Iymonlashish umidi" kitobidan.

Qayd etilgan


shoir  26 Iyun 2006, 05:32:43

* * *

Alloh-taolo Muso alayhissalomdan so‘radi:
— Qo‘lingdagi nima, ey Muso?
— Bu hassadir, ya Robbim.
— Uni nima qilasan?
— Suyanib yuraman.
— Mendan boshqa suyanadigan, sig‘inadigan narsa yo‘g‘ligini bilmaysanmi? qo‘lingdagi narsani yerga tashla.
Hazrat Muso hassani yerga tashlaganlaridan keyingi sir ko‘pchilikka ma’lum: bir vaziyatda u jonivor bo‘lib ko‘rindi, boshqa bir vaziyatda dengiz ikkiga bo‘linib, ummat omon-eson o‘tib oldi. Ulamolarning ayrimlari Muso alayhissalom suyanib yuruvchi hassani nafslariga dalolat qilinganiga ishorat etadilar.
Barcha dinlarda, barcha zamonlarda odamning nafs quliga aylanmasligi uchun ehtiyotkorlikka chaqiradilar. Donolardan biri deb ekanlarkim: «Alloh yaratgan eng yaramas mahluq nafsdir. Chunki nafs faqat o‘ziga qarshi bo‘lgan narsalarni istaydi.»
Rivoyat qilishlaricha, hazrati Zulqarnayn safarlari chog‘ida nafsni yengishga uringan bir qavmga duch keladi. Bu yerdagi insonlarning birontasi boylik to‘plash bilan shug‘ullanmas ekan. Taomlari ham asosan sabzavotdan iborat ekan. Bu yerdagilar o‘zlariga qabr qazishib, uning yonida ibodat qilarkanlar. Zulqarnayn bundan ajablanib, bu qavmning hukmdorini huzuriga chaqirtiribdi. Hukmdor esa «Mening hech kim bilan ishim yo‘q. Kimning menda ishi bo‘lsa, o‘zi yonimga kelsin», debdi. Zulqarnayn yanada ajablanib, uning yoniga kelib: «Seni chaqirtiruvdim, nega kelmading?» deb so‘rabdi. Hukmdor, tilyog‘lamalik qilib o‘tirmay:
— Senga hech bir ehtiyojim yo‘q, agar bo‘lganida huzuringga borar edim, — debdi. — Sening menda ehtiyojing bordirki, chorlatibsan.
— Ehtiyojim — sizlardagi ahvolning siridan voqif bo‘lmoqlik, — debdi Zulqarnayn.
— To‘g‘ri fahmlabsan, ey hukmdor, bizning oltin va kumushlarga ehtiyojimiz ham, ishimiz ham yo‘q. Chunki bir ozgina bo‘lsa-da, oltin yoki kumush topgan kishining yanada ko‘proq topishi uchun huzurini yo‘qotganini ko‘rdik. Shuning uchun ham dunyo sarvatidan voz kechganmiz.
— U holda bu qabrlar kimga kerak? Nega qabr qazib, ularning yonida ibodat qilmoqdasizlar?
— Bu ishimizdan maqsad ham dunyo sarvatiga mayl qo‘ymaslikdir. qabrlarni ko‘rgach, bir kunmas bir kun shu yerga tushishimizni o‘ylab, hamma narsadan voz kechamiz.
— Nega sabzavotdan boshqa narsalarni yemaysizlar? Hayvonlarni boqib, suti va go‘shtini iste’mol qilsalaringiz bo‘lmaydimi?
— Oshqozonlarimizning jonli hayvonlarga mozor bo‘lishini istamadik. Sabzavotlar bilan hayot kechirmoq mumkin ekan, bizga shu ma’qul. Zero, tomoqdan o‘tganidan keyin hech bir narsaning ta’mi qolmaydi, — deb javob bergan ekan qavm hukmdori.

Tohir Malikning "Iymonlashish umidi" kitobidan.

Qayd etilgan