Xorijlikka aylangan yurtdoshlarim  ( 81105 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 5 6 7 8 9 10 11 B


Munavvar Bonu  01 Mart 2010, 06:13:57

mening ham ota onam rossiya fuqaroligiga o'tishgan. lekin baribir o'zbekmizku. qaerda bo'lsak ham o'zligimizni, o'zbegimizni unutmaymiz. men ham rossiyada institutda o'qiyman. doim mendan millatimni so'rashganda o'zbekman deb g'urur bilan ayta olaman. ilohim o'zbegimizga ko'z tegmasin. :)

Qayd etilgan


Ansora  12 Iyul 2010, 00:42:39

İnsonni tashqi ko'rinishi Horijga moslashishi mumkin, lekin ich dunyosi aslo....

Qayd etilgan


Chustiy  12 Iyul 2010, 02:03:15

ikki yil oldin, bir hoji akamiz sal kam yigirma yildan buyon Moskowda istiqomat qilib, fuqaroligini qabul qilgan, asli Dushanbelik uzbeklardan, yarim qarindoshi Uzbdan...

Uka, hop desez shu yerlada qolin, birga ishlimiz, siz hop desez biz harakat qilib fuqaroligini olib beramiz degandi...
Avvalo taklif, ishonch uchun katta rahmat, jon jon deb qabul qilamanu, ammo biza Vatanni sodiq o;g;lonlaridanmiz shunchun ming bor uzr deb taklifini rad etgandim...

Qayd etilgan


As-Samarqandiy  16 Iyul 2010, 15:01:09

ikki yil oldin, bir hoji akamiz sal kam yigirma yildan buyon Moskowda istiqomat qilib, fuqaroligini qabul qilgan, asli Dushanbelik uzbeklardan, yarim qarindoshi Uzbdan...

Uka, hop desez shu yerlada qolin, birga ishlimiz, siz hop desez biz harakat qilib fuqaroligini olib beramiz degandi...
Avvalo taklif, ishonch uchun katta rahmat, jon jon deb qabul qilamanu, ammo biza Vatanni sodiq o;g;lonlaridanmiz shunchun ming bor uzr deb taklifini rad etgandim...

Bismillohir rohmanir rohim!

Umringizdan baraka toping, sizdek o'zbeklar borligidan butun vujudim bilan g'ururlanaman. Sizdek yurtdoshlar bor ekan, InshoOlloh O'zbekistonnning kelajagi buyukdir. Bag'ri keng, fe'li keng o'zbegimdan aylanay!

Millatdoshlarimizning ma'lum qismi, ayrim sabablarga ko'ra vatanni tashlab chiqib ketishgan va hozirgi kunda ham chiqib ketishyapti. Ular ham o'zlarini, biz kabi o'zbekman deyishga haqli deb o'ylayman, ammo qachondir biz ne mashaqqatlar bilan, uch kuchimiz, mustahkam irodamiz bilan farovon hayotga erishganimizda, O'zbekiston iqtisodiga , umuman O'zekistondagi yaqin-qarindoshlariga, yor - birodarlariga, millatdoshlariga foydasi tegmay turib, endi O'zbekistonga qaytaman deyishga haqlari yo'q deb o'ylayman. (Mening shaxsiy fikrim)

Sizga bo'lgan takliflar menga ham bo'lgan, shuning uchun postingizni o'qib, kunglimdagi gapni aytganingizdan sizdan minnatdor bo'ldim. Salomat bo'ling, ishlaringizda omad tilayman.

Assalomu alaykum va rahmatullohu va barokatoh!

Qayd etilgan


Zayd  16 Iyul 2010, 17:32:04

Bismillohir rohmanir rohim!

Umringizdan baraka toping, sizdek o'zbeklar borligidan butun vujudim bilan g'ururlanaman. Sizdek yurtdoshlar bor ekan, InshoOlloh O'zbekistonnning kelajagi buyukdir. Bag'ri keng, fe'li keng o'zbegimdan aylanay!

Millatdoshlarimizning ma'lum qismi, ayrim sabablarga ko'ra vatanni tashlab chiqib ketishgan va hozirgi kunda ham chiqib ketishyapti. Ular ham o'zlarini, biz kabi o'zbekman deyishga haqli deb o'ylayman, ammo qachondir biz ne mashaqqatlar bilan farovon hayotga erishganimizda, endi O'zbekistonga qaytaman deyishga haqlari yo'q deb o'ylayman.

Sizga bo'lgan takliflar menga ham bo'lgan, shuning uchun postingizni o'qib, kunglimdagi gapni aytganingizdan sizdan minnatdor bo'ldim. Salomat bo'ling, ishlaringizda omad tilayman.

Assalomu alaykum va rahmatullohu va barokatoh!
[/quote]

Assalomu alaykum..
Man ham yuqoridagi fikrlarga qushilaman... yani, horijda uqib yoki ishlab yurganlar usha eqlarda butunlay qolib ketmay vatanga qaytib, uning rivojlanishi uchun uz hissalarini qushganlari yahshi (garchi bu ish dastlab oson bulmasa-da ). umuman olganda dunyo kurib boshqa millatlarning madaniyatidan boxabar bulib , tajribalaridan uzlashtirish insonga kup narsa beradi., qolaversa musofirchilikning uzi oson ish emas,, insonning boshidan har turli holatlar  utadi. shunda kuproq odam ota onaning, vatanning qadriga etishni urganadi. albatta Horij davlati bilim-tajriba olish, pul topish uchun yahshi qulay joy bulgani bilan,,(aslida u erda ham pullar  daraxtda osilib yotmaydi)  yaqinlarning oldida hotirjam hayot kechirish uchun uzb..ga etmaydi. manimcha, agar ma'lum jiddiy sabab bulmasa, chet elda butunlay qolib ketmagan maqul,,,
Lekin yuqoridagi "qachondir biz ne mashaqqatlar bilan farovon hayotga erishganimizda, endi O'zbekistonga qaytaman deyishga haqlari yo'q" degan fkrga qushilmayman,  Chunki bu yurtning farzandlari ular ham, hohlagan vaqtda qaytishga haqlari bor deb uylayman...ularga ham oson emas. agar fuqaroli olmay desa u eqda  (ayniqsa Rossiyada) uzi hohlagand ay ishlash imkoniyati bulmasligi mumkin,agar olay desa yana uzb fuqaroligini olish imkoni  deyarli yuqqa chiqadi..hullas  masalaning har tomoni bor.. maning ojizona fikrim su..musofirlarning ishini Uzi oson qilsin..

Qayd etilgan


JeeS  17 Oktyabr 2010, 21:43:02

Ayrimlar o`z manfa`atini uylab o`zga yurt fuqoroligini olyapti. Ba`zilar shunga majbur, shuning uchun.

Qayd etilgan


Akbarjоn  18 Oktyabr 2010, 08:38:16

Ayrimlar o`z manfa`atini uylab o`zga yurt fuqoroligini olyapti. Ba`zilar shunga majbur, shuning uchun.

demak siz boshqa yurt fuqaroligini olgansiz...
albatta bu sizning huquqingiz

Qayd etilgan


JeeS  18 Oktyabr 2010, 21:34:47

Ayrimlar o`z manfa`atini uylab o`zga yurt fuqoroligini olyapti. Ba`zilar shunga majbur, shuning uchun.

demak siz boshqa yurt fuqaroligini olgansiz...
albatta bu sizning huquqingiz
[/qu
Ayrimlar o`z manfa`atini uylab o`zga yurt fuqoroligini olyapti. Ba`zilar shunga majbur, shuning uchun.

demak siz boshqa yurt fuqaroligini olgansiz...
albatta bu sizning huquqingiz
Yuq i olish niyatim xam yuq, rizqimiz shu yerlarga sepilgan ekan. Buni bari vaqtincha oz qoldi boramiz ona yurtimizga InshaAlloh.

Qayd etilgan


Muslimahon  01 Yanvar 2012, 19:05:03

Nemis mutafakkiri Vilgelm Gumbold "œAgar nemis xalqi yo‘qolib ketsa, xalq ruhi, tarixi, qadriyatlari o‘sha tilda yaratilgan asarlarida yashaydi", degan ekan. Ana shu tilda 200 dan ortiq sheva bo‘lib, adabiy nemis tili uning asosiy vositasi hisoblanadi. Abdulla Avloniy ham milliy tildan ayrilish — millat ruhini yo‘qotish bilan barobar, deb ta’kidlagan. Demak, o‘zlikni anglash, milliy ong va tafakkur ifodasi bo‘lgan tilimizni avaylab-asrashimiz, erkin rivojlanishi, boyib borishiga imkon yaratishimiz kerak.
Mashhur avar shoiri Rasul Hamzatov o‘zining til ha-qidagi she’rida ona tiliga Iso Masihdek insonni tiriltirish qudratiga ega, deb baho beradi.
Xo‘sh, milliy ong va tafakkur ramzi hisoblanmish ona tilini qanday rivojlantirish, boyitish, va alaloqibat, saqlab qolish mumkin?!
To‘g‘ri, o‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganiga qariyb 20 yil bo‘layotir. Shu davr mobaynida, Xudoga shukrkim, bu borada bir qator yutuqlarga erishildi, idoralararo rasmiy yozishmalar endilikda qariyb (ba’zan hozir ham ruscha xatlar uchrab turadi) o‘zbek tilida yuritilmoqda. Bu til ulkan minbarlarda ham salobat bilan yangramoqda. Bu har bir millatdoshimizda iftixor tuyg‘usini uyg‘otadi. Bu bor gap! Ammo bizni tashvishga solayotgan hollar ham oz emas.
Tabiiyki, tilimizning istiqboli kelajagimiz bo‘lmish yoshlar hayoti bilan bevosita bog‘liq. Yoshlarimiz hayoti esa qusurlarga bisyor. Ular, eng avvalo, nafaqat tilga, hatto kitob o‘qishga ham ixtiyorsizdirlar. Ular dastlab kitob bilan xayrlashib, kinoga, televizorga oshno tutindilar, hozir deyarli ularni ham tashlab, komputerga, internetli telefonlarga mukkasidan tushgan. To‘g‘ri, ularni bilish, shug‘ullanish kerak! Ammo til va kitobni unutish hisobiga emas!
"œO‘tgan kunlar", "œKecha va kunduz", "œDiyonat" asarlaridagi o‘zbek tilining ichki bir go‘zalligi, mahobati, sehri, maftunkor jilolaridan bebahra o‘zbekni o‘zbek deb bo‘ladimi? Har qanday kino, spektakl yoxud ma’ruza badiiy kitobchalik o‘zbek tilining go‘zalligini ko‘rsata olmaydi. Shu tufayli bolalarimizga kitobni sevish ilmini ham o‘rgatishimiz kerak. Buning uchun katta qonun va qoidalar qabul qilish shart emas. Buning uchun millatni sevish, uning tilidan lazzatlana bilish kerak! Kitob esa ilmga o‘rgatuvchi eng bebaho manbadir.
"œO‘g‘lim yoki qizim kitob-ga qaramaydi, uyda ham bir-biri bilan o‘rischa gaplashadi, biz o‘zimiz o‘rischada qiynalganimiz uchun ular-ning bu tilda ravon gapirishini ko‘rib, juda quvonganmiz, keyin bilsak, bu noto‘g‘ri yo‘l ekan. Endi ularni bu yo‘ldan qaytarish qiyin bo‘layapti. Kelajakda ularning taqdiri nima bo‘ladi?"
Bu 10-15 yil ilgari (ba’zida hozir ham) O‘zbekistondagi shaharlarda yashovchi aksariyat oilalarning kundalik gapi edi. Bu gap oilalardan chiqib, katta-katta minbarlarda yangradi, gazeta va televideniyening  kundalik tashvishiga aylandi. Juda katta sa’y-harakatlar tufayli, harqalay, katta fojianing oldi olinganday boldi. Biroq bu bilan tashvishlar tugamadi.
Yaqinda Nyu Jersidagi o‘zbeklardan biri nolib qoldi:
— Bizni ota-onalarimiz qattiq tergarmidi yoki o‘zimizda mehr kuchli bo‘lganmi, har qalay, chet ellarda yashasak ham o‘zbek tilini yaxshi bilardik, vaholanki, biz bu tilda faqat oilada gaplashardik. Garchand alifbosi boshqa bo‘lsa-da o‘zbek tilida kitoblar o‘qirdik. Ammo til masalasida farzandlarimizga o‘rnak bo‘lolmayapmiz. Ular ona tillarida deyarli gaplashmaydilar. Bu juda xatarli fojiadir.
Darhaqiqat, bu ulkan kulfatdir. Nahotki, Navoiyning, Ogahiyning, Boburmirzo, Furqat, Qodiriyning avlodlari o‘z bobokalonlarining asarlarini o‘qiy olmasalar? Nafaqat o‘qiy olishmasa, balki tushunmasalar? Gaplasha olmasalar? Bu millatning parokandaligi emasmi? Millatning tanazzuli emasmi? Vatanim, millatim, o‘zbek xalqi deb ko‘kragiga mushtlaganlar qani? Shu el, shu elatning kelajagi deb jonidan kechganlar ruhlarining chinqirig‘i Sizni bezovta qilmaydimi? Ko‘zingizni ko‘r, oyog‘ingizni shol etmaydimi?
Bugun Amerikada va umuman xorijda yashayotgan o‘zbeklarning oldida ham ana shunday beyechim muammolar turibdi. Biz bu muammoni nega beyechim deb aytayapmiz. Negaki bu bitta odamning yoki bitta oilaning hal qiladigan muammosi emas. Bu katta davra va anjumanlarda, rasmiy va norasmiy minbarlarda, qolaversa, davlat miqyosida hal etiladigan masaladir. Kerak bo‘lsa bu O‘zbekistonning xorijiy davlatlardagi vakolatxona-larining ham birlamchi vazifasidir.
— O‘zbeklar do‘rji bo‘lib yashayotgan joylarda maktab dasturlariga ona tilini o‘rganishni ham kiritish kerak, — deydi ancha yildan buyon AQShda yashayotgan asli buxorolik Rahmat aka. — O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi balki xorijdagi bolalarni o‘zbek tiliga o‘qitish dasturlari, darsliklari ishlab chiqsa, nur ustiga a’lo nur bo‘lardi.
— Balki buni parlament darajasida hal etish kerakdir,- deydi yana bir suhbatdoshimiz asli jizzaxlik Shavkatjon Rajabov. — Ehtimol, ushbu yo‘nalishda qonun ham qabul qilinar. Axir, farzandlarimizni kelajagimiz, deymiz. Kelajagimiz haqida gap ketar ekan, u hamisha va har qanday sharoitda masalalarning eng oldingi qatorida turishi kerak! Mening ham ikki nafar farzandim bog‘chaga qatnaydi, hademay ular ingliz tilidagi maktabga borishadi. O‘zbek tilini bilish boshqa, o‘zbekcha adabiyotlarni erkin o‘qiy olish boshqa. Men farzandlarimning chala o‘zbek bo‘lib qolishini xohlamayman.
Shavkatning bu gaplarini eshitib, Abdulla Oripovning bir she’ri yodimga tushdi.
Ming yildirki, bulbul kalomi
O‘zgarmaydi, yaxlit hamisha.
Ammo sho‘rlik to‘tining holi
O‘zgalarga taqlid hamisha
Ona tilim sen borsan, shaksiz,
Bulbul kuyin she’rga solaman.
Sen yo‘qolgan kuning, shubhasiz,
Men ham to‘ti bo‘lib qolaman.
Tor‘tilikdagi holatdan Xudo asrasin! O‘z farzandingning ona tilida gapirishdan qiynalib, fikrini boshqa zabonda tushuntirishga urina-yotnligini ko‘rish azobini hech kimning boshiga solmasin! Til bilgan yaxshi, ammo bu ona tilini xo‘rlash, oyoqosti qilish evaziga bo‘lmasligi kerak!
Bir qo‘shnim bor. Ba’zida (aniqrog‘i, kayfi oshganda) "œyorilib qoladi". Xotinini yomonlaydi, farzandlaridan noliydi.
—  Bolalarim o‘zbek tilida gapirolmaydi, — deydi u. — Ularga o‘zbekchalab gapirsam, ayolim meni koyiy-di. Siz tufayli men bog‘cha opasidan gap eshitayapman, u bog‘chada ham ba’zi o‘zbek so‘zlarini ishlatib yuborayotgan ekan, yer yorilmadi — kirib ketmadim. Bu ni-ma qilganingiz, bolalarni chalg‘itmang, o‘rganar o‘sha qoloq, hech kimga kerak bo‘lmagan tilingizni. Axir, "œtilsizlik"dan o‘zimiz qancha qiynaldik, deydi. Kecha kichkinamni yonimga olib, tushuntirmoqchi bo‘lsam, "œdada, I’m sorry" deb jo‘navordi. E, sening "œsorry"ngga"¦ dedim, kechiring desang churrang tushib qoladimi?

Www.Vatandosh.uz

Qayd etilgan


Alimardon Qosimov  13 Avgust 2014, 20:22:09

Koreya qizlari har holda yahshi ekan o'ylashimcha.
men koreys qiziga uylanmoqchiman

Qayd etilgan