Yurtdosh > Xorijdagi o'zbeklarim

Horijda o'qish juda qiziq bo'lsa kerak...?

<< < (2/13) > >>

Ziyo:
Kumushbibi:

So'zlaringizga qo'shilaman.Mani fikrimcha talabalarda ta'lim,o'qishga bo'lgan qiziqishini kuchaytirish uchun birinchi navbatda o'qituvchilarni yetarli mablag' bilan ta'minlash kerak.Shundagina ularda o'z ishlariga bo'lgan ma'suliyat uyg'onadi.Bu narsa albatta talabalarning o'qishga bo'lgan ehtiyojiga katta ta'sir ko'rsatadi.

Ziyo:
Bonu:

Kumushbibi, lekin kim shuni qiladi? Qachon tushunib yetishadi ozi? Har doim bu gaplar qogozda qolib ketaveradimi?????? Ta'lim borasida qilinayotgan keragi yoq ishlardan kora shunga ahamiyat berishsa nur ustiga alo nur bolgan bolardi, yaqinda Talim vazirligida ishlidigan bittasi bilan gaplahib qogandim, birontga ham talabga javob beradigan oqish qolmagan hozir desa qotib qoldim, juda ahvol yomon.

Ziyo:
AbdulAziz:

O`sha Talim vazirligida ishlidigan bittasi noto`gri gapiribdi. To`g`ri qilinayotgan ishlarning ko`pi "tashi yaltiroq, ichi qaltiroq" qabilida. Lekin, "tashi qaltiroq" bo`lsa-da, "ichi yaltiroq" o`qish joylari ham bor. Lekin bular juda kam.
Yana ilm-fanni o`zini hayoti deb biladigan olimlarimiz ham tobora chet-petga "surib" borishmoqda. Ularni vaqtida olib qolmasak, (o`zi ko`pidan ayrildik), Vatanimizga hech nima qolmaydi va yana taraqqiyot orqaga ketadi. Buni hammasi uchun pul kerak deysizlar.
To`g`ri pul kerak. Lekin bir-ikkita puldor Vatanparvarlar ham kera deb o`ylayman. Chunki, agar bir odam chetdan qarasa, binolarimizga, mahalladagi, qarsillama imoratlarga, odamlarning minib yurgan mashinalariga... O bu O`zbekiston deganlari jannatni o`zi ekanu deydi... lekin kimdir davrini surib yuribdi, yana kimdir... O`sha davrini surayotgan puldor Vatanparvarlar, ozgina ilmga rag`bat qilishsa, milllat millatni suyasa qanday yaxshi natijalarga olib kelardi...

Ziyo:
Bonu:

Gapizga qoshilamanu ammo qani qaysi oqishni misol keltira olasiz? NIma qilasiz quruq gap qilib aka? Ozingiz korib turibsizku, nohaqliklaru, porahorliku, va hakozo...
Bu narsa siz oqiyotgan joyda yoqmi?!!!!Albatta, hamma yoqda hozir haqiqiy oqiydiganlar soni juda kam, lekin anu gapizga kese, boylik insonlarni kozini kor qilib qoyadi, va albatta ana shu puldorlar ilmga ragbat qilgandan kora, ozlarini nafslariga ragbat qilyaptilar, yani mersadeslarini fordga almashtirgandek. Hullas, bu bizani qolimizadan keladigan ish emasga ohshidi.

Ziyo:
AbdulAziz:

Bor shunday o`qishlar. Mani o`rtoqlarim bor, diplomatiyada, Westminsterda. Haqiqiy o`qishadi, ular. Tanganing doimo ikki tarafi bo`ladi. Garchi bir tarafi archilib, yanchilib, yeyilib, o`chib ketgan bo`lsa-da, ikkinchi tarafi bor. Shuni unutmaslik kerak.
Lekin millatimizning boylariga tan bermadim. Asrimiz boshida millatimizning boylari millatparvar edi, o`z yurtini, millatini sevar edi, mersedesini, uyini emas. Ana o`shalar edi, millatning iqtidorli yoshlarini chet-elga o`qishga yuborgan. Ana o`shalar edi, millat manfaatini o`ylagan... Ho`zir ham shundaylar bormikin???
   

Navigation

[0] Message Index

[#] Next page

[*] Previous page

Go to full version