Beshik haqida fikrlaringiz?  ( 28736 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 B


Mahdiyah  01 May 2012, 14:21:46

Assalamu alaykum.
Yaqinda bir dugonam etdi, tanish doktori etganmish "Bolalarilani beshikka boylamanglar, beshikda katta bo'lgan bola nervnniy - asabiy bo'ladi".
Bu haqida fikrlaringiz?



Qayd etilgan


gayrat17  01 May 2012, 18:58:49

Qanday toza xavo, musaffo osmon, tiniq bo'lmasayam, muzdek ariq suvi. Qurbaqa va xashoratlar tovushi, Gullar hidi...  ???

O'sha doktor qayoqdan biladi, xamma O'zbeklar yotganku, o'zi nimaga bunaqa mavzu ochasiz, kimdan so'radiz, boshqa qiladigan ishiz yo'qmi a, xo'v gapiring, nima.  :D

Qayd etilgan


Zohid85  01 May 2012, 20:23:31

Bu mavzu shu kunlarda munozarali baxslarga sabab bo'layapti. Beshikni foyda-zarari xaqida om. ax. vos. da bir necha maqola, ko'rsatuv va eshittirishlar ham tayyorlanib omma e'tiboriga xavola etildi. Bolalarni asabiy bo'lib ulg'ayayotganiga faqat beshikni sabab qilib ko'rsatish noinsoflik bo'lar... O'zi beshiksiz ham yoshu qari asabiyku bu tezkor zamonda. Deyarli xammani o'y-hayoli moddiy olamda. Pul ko'paygan sari unga yarasha tashvish ham ortayapti. Yosh bolalarimizni asabiy bo'layotganlariga asosiy sabab- ularni ham tirikchilik tashvishlariga sherik qilayotganimizdan ko'rish kerakmasmikin... Vallohu a'lam.

Qayd etilgan


Sofdil  02 May 2012, 01:36:58

Me'yor bn belash kere manimcha.
Kunida 2-3 soat etadi.
Nervga tasirini bilmadimu no
Kallani tochna pechat qiladi, oyog'niyam qishiq qiladi.


P.S. Hamma vasvasaga uchragan.
Hammaga "Vasvasagen" kere.

Qayd etilgan


ossiyobinti  02 May 2012, 01:46:45

Doxtir sal biroz notog'ri malumot berganlar! Beshikni yahshi tarflari bor, yomon taraflariyam! Bir hil oilada boladiki bolani bog'lab 12soatlab yotqazib qoyishadi. Qalin duhoba ustiga yopib bechara bola telab pishib yoturadi. Bola vaqti vaqti bn beshikdan olib bolni erkin qoyish kerak! Og'limmi umuman beshikka belamdim, karavotga yotqizib qoyaman, o'zi o'ynab yotadi. Kechqurin ham ovqatlanib oynab oynab uhlab qoladi. 
Beshikda kop yotqizish kerakmas bola siqilib kop kasal bolishi mumkin.                                                                                                                                                                                                                                                                       

Qayd etilgan


Mo'min Mirzo  02 May 2012, 03:01:58

Bir narsa aniq, agar amerika yo yevropaliklar beshikdan foydalanib kelganlarida va bizda go'daklar ochiq havoda o'sganda biz qoloq hisoblanardik, va sekin-asta bizga ham beshiklar kirib kelardi!
6-yildan beri tez tez shu haqda eshitib turibman. G'arblar ta'siriga tushib qolgan ayrim insonlar necha-necha ota avlodlarimiz yotgan beshikni osonlikcha "qafas"ga chiqarib qo'yishdi, emishki bolaga erkinlik bermayotgan emishmiz.
Beshik nimaligini bilmaydigan Amerikaliklar va Yevropaliklar orasida asabiylik bizdan ko'ra ancha ko'p.
Beshikda bolalar irodasiz o'sadi, raxitga moyil o'sadi va balo-battar chiqishlar qilib kelishdi.
Irodasiz o'sishida beshikni dahli yo'q, bu bola ulg'ayotganda notog'ri berilgan tarbiyaga - ota-onasining qo'polligiga bog'liq. Raxit kasaliga ham, kim aytadi bola beshikda 20 soat yotsin deb.
Yotadigan vaqtida beshikka bog'lanadi, uyg'onganda tashqariga olib chiqiladi. Toza havodan, quyosh nuridan baxra olmagan bola beshikda bo'lsin yo katta qasr ichida bo'lsin baribir raxit va boshqa turli kasalliklarga chalinaveradi.
Hullas yosh onalar, "madaniy"lashib ketganlarning gaplariga e'tibor bermanglar.
Muhimi farzandlarimizga toza havo, quyosh nuri, ta'lim-tarbiya yetarli bo'ladi.

Qayd etilgan


Ansora  02 May 2012, 12:46:59

  :vsl3:  :asl3:

Bir ona sifatida shuni aytishim mumkin, beshikdan togri va joyida foydalanganingizda bolangizga faqat foydasi tegadi. Avvalo beshik sog'lommi, egrimasmi, shuni biling. Chunki bolangiz ancha vaqtini beshikda otkazadi.
Bola har kuni rivojlanadi, osadi. Agar beshikda muammo bo'lsa, egri, qattiq, unga ishlatgan to'shakchalar, yopqichlaringiz bolada allergiya uyg'oatadigan, tanasini achitadigan, qichishtiradigan bo'lsa albatta zararli holga keladi beshik.

Lekin endi tug'ilgan bola o'zining qo'l va oyoq harakatlaridan ham qo'rqadi, shuning uchun uning belanishi yoki hech bo'lmasa qo'l oyog'ini bo'glash kerak to'shakchaga. Ana shunda yaxshi uxlaydi, qo'rqmaydi.

Bolalar doktorlari va psixologlar aslida taqdiqot olib borishi kerak, e'tibor bergan bo'lsangiz beshikda yotgan bolani kalla shakli yassiroq bo'ladi, yotmagannini esa uzunchoqroq. Bola har kuni o'sib, rivojlangani uchun boshining shakli miya rivojlanishinda qanday ta'sir o'tkazadi ajabo? Men shuni ko'p o'ylayman.

Menimcha bolani ilk 6-7 oy beshikka belash kerak, aytganimday uyqusi tartibga kirishi uchun. Keyinchalik hech bo'lmasa 1 yoshdan keyin aslo beshikka belamaslik kerak. Chunki bola bu yoshdan keyin nima xohlaganini biladi, qo'l -oyoq harakati, kallaning qimirlashi u uchun muhim.
Bu yoshdan keyin xohlagan harakatini bajara olmasligi- bolada injiqlikni, yoki xohlagan harakatini qila olmaslik, o'z fikrini ayta olmaslikka olib keladi. Ya'ni bola bir navi: "eziladi"

Bu fikrlarimni oglim bilan kelib chiqqan holda aytyabman. Uni beshikka belamadik, lekin qo'l-oyog'ini bog'lardim, cho'chib kop uygonardi. Uyqusi bolinardi. Lekin 1 yoshdan keyin unga hech bir narsani majburan qildira olmasdik, majbur qilganimizda ko'zlarida bizga qarshi ishonchsizlik sezdim, bu esa meni unga majburan bir narsani qildirmaslikka undadi.

Bilasiz bolani xarakteri, kishiligi ilk oylardan o'tira boradi. Bolaga-bola deb emas, aslida kattalarday muomala qilish kerak. Farzandlarimizga ishonishimiz kerak, ularga "sen ham bajara olasan" deb kuch berishimiz kerak. Bolaga ishonchsizlik, kelajakda bolamizning o'z-o'ziga ishonmasligiga olib keladi...

Xullas, beshikni ham sifatlisini oling, beshikda paxtali buyumlar ishlating, terlamasin, siqilmasin. Bolani ko'zini ichigacha terlaydi, bilasiz. Qalin duxoba materyallarni ichida bolangiz qiynalmasin...1 yoshidan keyin belamaslikka harakat qiling.

Yana siz bilasiz:) 

Qayd etilgan


Maysara  02 May 2012, 17:03:51

Va yana, beshikka belangan bola yolg'iz qolmasligi kerak, hamda shovqin-suronda ham bölmasin. Shovqinda uyqusi tinch bölmaydi, natijada asabi yomonlashadi, bu holat xatto kattalarda ham kuzatiladiku!

Bola mabodo uyg'onib ketsa tebratsangiz yana uhlayveradi. Lekin yolg'iz qolsa yig'laydi, uyqusi battar öchadi, uyqusi chala bölgani bois keyingi uyqusigacha köp yig'layveradi. Keyin yosh ona shifokorga aytadi "bolam beshikda yaxshi uhlamaydi, yig'lab uyg'onadi, mana asabiy bölib qolyapti!" Kim yomon - beshik yomon. Göyo: qaychi yomon, qöl kesadi., deganlariday.

Qayd etilgan


Abu Muso  02 May 2012, 17:18:30

 :asl3:

Bu mavzunda kimlar bahs qilishyapti o'zi?

Bahs qilayotganlarning hammasi beshikda katta bo'lganlarku... :D

Shulardan qaysilari "nervniy" bo'lsa, qo'lini ko'tarsinchi?  ;)

Qayd etilgan


Aqoid  02 May 2012, 18:18:29

Gapning dangali bo'libdi, Abu Muso aka.

Qayd etilgan