"Bananli to'pchalar"  ( 3211 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Ansora  05 May 2012, 17:06:46

 :asl3:


Uyda ba'zan banan yig'ilib qoladi, o'g'lim bir yeb, bir yemagani uchun, qarasam yumshab qolgan bo'ladi, ohiri nima qilsam ekan, deb, o'ylab shunday to'pchalar o'rtaga chiqdi:)

Masalliqlar:

2 dona ezilgan banan
1 stakan sut
0.5 stakan shakar
2 stakan mannaya krupa (1.5 solib aralashtirib ko'ring, suyuq bo'lsa qolgan 0.5 stakanni ham soling)
Usti uchun: Hindiston yong'og'i bo'lakchalari, shokoladli bo'lakchalar.

Tayyorlanishi:

Bananni mikserda ezib olamiz, qozonga sutni solib, bananni qo'shamiz, shakar, mannaya krupani solib, aralashtiramiz. Yumshoq qorishma hosil bo'lgandan keyin, qo'limiz kuymaydigan darajaga kelguncha biroz ilitamiz, unchalik sovumasin, chunki ham dumaloq qilish qiyin bo'ladi, ham bezash qiyinlashadi.

Yong'oqdan bo'laklar olib, dumaloq shakl bering, issiq'ida ustini bezang. Sovugandan keyin ikrom eting.
Yoqimli ishtaha:)






Qayd etilgan