"Shokilali shirmoynonchalar"  ( 2884 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Ansora  22 May 2012, 10:16:57

 :asl3:


Bu nonchalar judayam to'yimli va dasturxoningizga ko'rk bag'ishlaydi, agar erinmasangiz kichkinaroq qilsangiz, yana ham chiroyli bo'ladi:)


MASALLIQLAR:


2 stakan (200 ml) iliq sut
1 stakan qatiq
1 stakan salat yog’i (men zaytun yog’i soldim)
2 dona tuxum
2 qoshiq shakar
1 qoshiq droja
0.5 qoshiq tuz
7-8 stakan un

Ichiga solish uchun pishloq turlari, murabbo, shokolad vhk. Kesilgan joyiga surtish uchun krem peynir- slivochnıy sır...


Tayyorlanishi

"¢   Xamir masalliqlarini aralashtirib, yumshoq xamir qoring. 5 daqiqa yaxshilab yo’g’iring. Ustini yopib, shishguncha kuting-20 daqiqa qadar.
"¢   Xamirdan 2 dona yong’oq kattaligida bo’lak olib, zuvalachalar qiling.
"¢   Yog’lanmagan duxovka idishingizga tering. Listda 2 barobar shishguncha kuying.
"¢   Ustiga tuxum va 2 qoshiq yog’ aralashtirib surting.
"¢   200 darajalik duxovkada usti qizarguncha pishiring.
"¢   Shirmoynonchalar pishib, biroz iligandan keyin, o’rtasidan kesing. Ichiga xohlagan masalliq’ingizdan soling: men krem peynir (slivochnır sır) va fındıkdan tayyorlangan krema soldim. Ya’ni tuzli va shirin qildim ;)
"¢   Kesilgan qismiga yana krem peynir surting.
"¢   Pishloq surtilgan qismini mayda to’g’ralgan petrushka, ukrop, qirg’ichdan o’tkazilgan pishloq, garmdori va sedanaga botiring. Tezda yopishadi zotan. Agar ichi shirin bo'lsa, hecha narsaga botirmasangiz ham bo'ladi, xohlasangiz shokolad surting...
"¢   Yoqimli ishtaha





Qayd etilgan