Ta'zimlarim sizga, mening birinchi muallimim!  ( 67822 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 02:49:01

Feruza:

Assalomu alaykum!
Ustoz, muallim, o'qituvchim! Sening boshqalarga qilayotgan ezgu ishingni, oq ko'nglingni, sabr toqatingni ta'riflash uchun bu dunyodagi so'zlar yetmaydi go'yo. Sen tufayli biz komillik sari ilk qadamlarni qo'yamiz, oq qorani ajratishni o'rganamiz, bu hayotning o'nqir cho'nqirlarida yurishni o'rganamiz. Sen bizning sirdoshimiz, suyab turadigan ustunimiz bo'lib, bizni ilm cho'qqilari sari yetaklaysan. Bizning yutuqlarimizdan bizdan-da quvonasan, kamchiliklarimizni xolisona tuzatasan, agar qiynalib qolsak, kuyunchagimizga aylanasan. Ba'zida sen biz uchun qilgan yaxshiliklaringni unutib qo'yib, hatto holingdan xabar olishga, bir og'iz yaxshi so'z aytishga vaqt topa olmaymiz. Hech nimaga qaramay, sen bizning kamolimizni ko'rishni istaysan, bizni duo qilasan.Sening oldingdagi qarzimizni uzishga bu umrimiz yetmagay, lekin shunday bo'lsada mana shu gaplar bilan seni eslashni lozim topdim, mening birinchi muallimim.

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 02:49:15

AbdulAziz:

Qoil!
Judayam samimiy so'zlar!

Ustozlar!
Ularning ta'rifini so'zlab ado qilolmaysan. Ustoz uchun shogird huddi o'z farzandidek. Uning kaolidan xursand bo'ladi, baxtidan quvonadi.
Shuning uchun ham "Ustoz otangday ulug!" deydi dono xalqimiz...

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 02:49:27

Feruza:

Yuzga kiraman men, xudo xohlasa
Ehtimol yuzdan ham osharman bir kun.
Qaynoq quchog'iga hurlar chorlasa
Hech kimdan qarzim yo'q, ketarman bir kun.
Bo'lsa ham bir zotdan bo'ladi qarzim,
Oddiy muallim u, oddiy muallim.

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 02:49:36

Maknuna:

Ustozlarimizni qancha ardoqlasak, shuncha kam.
Ularning xizmatlari bilan shu holga erishdik.

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 02:49:48

Feruza:

Albatta!
Bu sahifani ochishdan maqsad, birinchi ustozlarimizni va maktabdagi ilk kunlarimizni eslash, bir dam bo'lsada o'sha kunlarga qaytishdir.
Xo'sh, kimda qanday bo'lgan?
Maktabga borishga xursand bo'lganmisiz, yoki bormayman deb yig'laganmisiz? :)

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 02:50:01

AbdulAziz:

Birinchi maktabga borgan kunimni eslayman.
Oppoq ko'ylak, qora shim, qo'limga gul ushlab olganman. Qizil atirgul. Ayam gulzorimizdan uzib bergandilar.
Ayajonim qo'limdan ushlab olganlar. Mana, maktabga ham yetdik. Ko'pgina bolalar...

to be contined...

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 02:50:16

AbdulAziz:

Ko'pgina bolalar....
Bunaqa ko'p bolalarni bog'chadan ham ko'rmagandim. Aksariyati gul ushlab olgan. To'palonni ko'rmaysizmi? ba'zilari yig'lagan, lekin ko'pchiligi hayajonda. Men ham hayajondaman.

Ayajonim maktabni tanishtirdilar:
- Davronbek, endi san kotta bo'pqolding (o'shanda kotta bo'lish qanaqaligini tasavvur qilolmagandim), endi san bu yerda ko'p narsalarni o'rganasan. Mana bu silarni binolaring...

Ichkariga kirdik. Kotta xona. Bunaqa o'quv xonasini oldin ko'rgan bo'lsam-da, bunchalik hayajonlanmagandim. Keyin bizni bir go'zal ayol kutib oldilar. Ismlari Ibodat opa. Ayamni tanir ekanlar. Ular:
- Kelaqol, bolajonim, man sani o'qituvching bo'laman.
Keyin bilsam, boshlang'icha opamlarni o'qitgan ekanlar Ibodat opa.

Keyin yana tashqariga chiqdik. Tumonat odam yig'ilgan. qanaqadir bayram bo'ldi. Direktor chiqib gapirdi. Negadir bu paytda hamma tinchib qoldim. Mening esa negadir uyqum kelardi...
   

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 02:50:27

Otabek;

O'tgan shanba kuni men uchun juda qayg'uli bo'ldi. Odatdagidek, uyga qaytar ekanman, birinchi ustozimning uylari oldida odamlar va mashinalar gavjumligidan yuragim orqaga torib ketdi. Ha, menga qalam tutishni, ilk harfni o'rgatgan birinchi ustozim olamdan o'tibdilar. Uch yil avval xastalikdan to'shakka mixlanib qolgan ustozimiz endi oramizda yo'q. Endi u kishidan ko'ngil so'rab boradigan kunlar armon... Endi ustozimizning biz shogirdlarga beradigan nasihatlari armon...
Shu damlarda, qalbim yarador holatda quyidagi satrlar yodimga tushmoqda:

Do'stlar, yaxshilarni avaylab-saqlang,
Salom, degan so'zning salmog'in oqlang.
O'lganda yuz soat yig'lab turgandan,
Uni tirigida bir soat yo'qlang.

Ustoz! Joyingiz jannatdan bo'lsin. Siz bizning qalbimizda mangu yashaysiz!

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 02:50:42

Feruza:

Ta'ziyamizni qabul qiling.
Ilohim ustozingizning joylari jannatdan bo'lsin!
Olloh sabr qanoat bersin!

Qayd etilgan


Ansora  01 Oktyabr 2009, 12:23:20

İnson hayotidagi "birinchilar" hech qachon unutilmaydi. Birinchi sinf, birinchi muallim eng asosiylari bo'lsa kerak. Menimcha ko'pchiligimizning birinchi muallimi onalari bo'lsa kerak. Meni ham ayam o'zlari o'qituvchi bo'lganlari uchun menga 4 yoshimda o'qishni, 5 yoshimda esa yozishni o'rgatgan ekanlar. Eskidan "nolevoy" deyilardi. Meni yoshim yetmagani uchun nolevoyga 2 yil borganman:)
O'rtoqlarim alifbeni o'rganishar ekan, men siqilib gazeta o'qirdim:)
Shunday Ulug' Ayyom kunda eng boshda ayajonim qolaversa qo'limga qalam tutqazgan barcha ustozlarimni qarshilarida hurmat bilan t'zim qilaman.
 


Haq yo'lida kim senga bir harf o'qitmish ranj ila,
Aylamak oson emas oning haqqin ming ganj ila.  
                                                                    Alisher Navoiy

Qayd etilgan