Assalomu alaykum aziz dindoshlar!
O'zbek qizlari haqida iliq fikrga ega ekanligingizdan juda xursandman. Darhaqiqat, shunday bir muslima qizlar borki, ularga qarab havas qilishdan tolmaysan kishi. Qani shunday qizlar ko'paysa edi degisi keladi bexos hammani. Lekin yuqorida bir dindosh "Guruch ko'rmagi" haqida og'iz ochdilar. Ana fikrlariga qo'shilgan holda shuni aytmoqchimanki, bilmadim Zamonaning "O'ta Zamonaviy"lashganimi bu yo Moda orqasidan quvishmi, xullas bizning O'zbek qizlar hay-hay demasa juda ochiq kiyim kiyish, sigateta chekishga o'tib ketishgan. Man hamma shunaqa demayman, ammo oramizda ham shunaqalar bor. Albatta, bu suzlarim kimgadir qattiq botishi mumkin. Biroq har bir bandaning bandaga nisbatan haqqi bor. Payg'ambarimiz (s.a.v.) yomon yuldan qaytarishni aytganlar. Qo'lidan kelsa urib, bulmasa aytib yo ichida irganib quyishi kerak inson (agar hadisni keltirishda hatoga yul quygan bo'lsam uzr). Avvalo otalarimiz, keyin akalarimiz va keyin ukalarimiz shuni uzlariga qattiq singdirishsa manimcha, insholloh, bunaqa yurish-turishlar kamayadi. Bundanda oldin Olloh qalbimizga Hidoyat urug'ini sepsin.
O'zbek qizlari borasida hozircha fikrim shu.
Salomat bo'linglar
Fazilat