Hush kelibsiz forumdosh(ka)!
Ushbu mavzuda Misr shevasini asta-sekin birgalikda organib boramiz.
Oldin arab shevalari haqida qisqacha aytib otsam.Bizi Ozbekistonimizi har bir viloyatining oz shevasi bor va bu shevalar bir-biridan tubdan farq qilishi mumkin.
Arab tilida ham shunday.22 arab davlati bolsa,hammasini gaplashish uslubi,shevasi har-xil.
Adabiy tilga "Fus'ha" ,kocha tili esa "Ammiy" deyiladi.
Biz hozir ammiychani organishi boshlaymiz.Bu darsda qatnashish uchun siz arab harflarini mukammal bilib,adabiy arab tilidan habaringiz bolishi kerak.
Darsdan olinadigan foydalar:
1.Misr eng kotta arab davlati va uning ammiychasi arab olamida eng mashhur sheva hisoblanadi.Boshqa rarab davlatlarida ham juda qol keladi.
2.Siz har qanday arab bilan kocha tilida sozlasha olishingiz mumkin.
3.Har qancha adabiy arabchani zor bilsangiz ham ammiychani orgamasangiz kocha tilida xech kimni tushunmaysiz,chunki arablar ancha-munchaga badiiy tilda gaplashmaydi.Badiiy tilni bilmaydiganlari arablar ham kam emas.
uzr kop gapirvordim shekilli darsni boshladik unda