Hooooy, nima shunchaki rahmat, tabrik aytib qutulmoqchimisizlar? Quruq qoshiq og'iz yirtar deydi. Qani, suyunchiiiii? Shosha-pisha yozgan kunim bo'ldimi endi shu? Xatto shoshganimdan "xushxabar" so'zini ham noto'g'ri yozibman (Mo'min Mirzo, "xushxabar"da birinchisi qattiq bo'ladi
)
Chustiyjon yuribdilar sog'-omon. Nima gap bo'lsa cherez men aytaveringlar
To'y kuni aniq bo'lishi bilan albatta yetkazamiz, Xudo xohlasa.
Uni-buni qo'yinglar, kecha yana bir xushxabar eshitdim. Forumdoshlarimizdan yana bir oila bunyod bo'layotgan ekan. 7-8 iyul kunlari to'y ekan. Toshkent va Samarqandda. Kimligini aytvorardimu, eh, huquqim yo'qda bunga...
Yommoooon, pismiqlashib ketayapdiyey odamlar. Kimga ishonishingniyam bilmaysan
Hamma o'z juftini topib ketayapdi, baxtli bo'lishsin ilohim.
Mayli, barakasini bersin. Forumimizdan shunaqa baxtli juftliklar ko'payaversin! Ilohim, bu oxirgisi bo'lmasin, davomiy bo'lsin hali!(Omiyn)
forumdagi eng yoqimli po'st shu bo'ldida men uchun
Biz shunaqa po'stni po'stagini chiqaradiganlardan
Bu habarni kutib yurganlar ancha ekan.
O'qib juda hursand bo'ldik.
Alloh muborak qilsin.
Tez orada to'y hushxabari ila forumga e'lon yozilsin.
Nikohingiz hayrli bo'lsin.
Akbar akamiz bilan estafetani boshlab bergandilar, mana sizga xavas qilganlar soni ortib bormoqda kundan-kunga.