Уй шароитида пицца тайёрлаш  ( 17514 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


AbdulAziz  20 Iyun 2012, 20:09:50

Assalomu alaykum!
Hurmatli forumdoshlar! Uy sharoitida pitsa tayyorlash uchun o'z retsept va maslahatlaringizni baham ko'rsangiz.

Mavjud mahsulotlar:
Un
Moy
Go'sht
Kolbasa
Pishloq
Pomidor
Bulg'or qalampiri
Gul karam
Baqlajon
Ziravorlar

Mavjud anjomlar:
Juva
Tova
Duxovka

Hurmatli oshxona ishqibozlari ushbu mahsulot va anjomlar orqali qanday qilib pitsa tayyorlash mumkin.
Bosqichma-bosqich, tushuntirib bersangiz, uyda tayyorlab ko'rardik.

Qayd etilgan


Zulfina  20 Iyun 2012, 20:41:16

 :asl3:

Man asosan quyidagi retsept bo'yicha tayyorlayman.

1. Хамир

МАСАЛЛИҚЛАА :
500 гр ун
250 мл илиқ сув
7 гр қуруқ дрожжа (1 чой қошиқ)
3 ош қошиқ ссимлик ёғи (ёки 3-4 ош қошиқ сариёғ)
2 чой қошиқ шакар
2 чой қошиқ туз

ТАЙАА ЛААИШИ:
1. Сувга дрожжа, шакар, сув солиб аралаштирамиз.
2. Дрожжа етилиши учун 10-15 дақиқа илиқ жойда қолдирамиз.
3. Илиқ сувга дрожжали аралашмани соламиз.
4. Оз-оздан сланган ун солиб аралаштирамиз.
5. Ун қсшишда давом стамиз.
6. Охирида туз қсшиб қоришни бошлаймиз.
7. Хамир ҳолатига келгач қслда муштлашни бошлаймиз.
8. Муштлаш давомида оз-оздан ёғ қсшамиз.
Қсшимча: Хамир қанча узоқ муштланса шунча чиройли чиқади. Ағланган тоғорачага хамирни солиб, устини ёпиб, илиқ жойга 1 соатга оширишга
қссмиз. Хамир ошгунча томат соусини тайёрлаб оламиз.

2. Томат соуси

МАСАЛЛИҚЛАА :
зайтун ёғи
1 та пиёз
2-3 дона саримсоқ
1 банка консерваланган помидор
кскатлар

ТАЙАА ЛААИШИ:
1. Ағни бироз қиздириб саримсоқни соламиз. Бир икки аралаштириб пиёзни соламиз.
2. Лиёз енгил қовурилгач помидорни соламиз. Ломидор озроқ қуюлгач туз ва кскатлар соламиз. Тайёр соусни блендрда айлантириб оламиз. Агар блендр бслмаса, помидорни қовуришдан олдин гсшт майдалагичдан стказиб олса ҳам бслади. Соусни консерваланмаган оддий помидордан қилса ҳам бслади. Унинг учун помидорни гсшт майдалагичдан стказиб олиш керак.
Соус тайёр. А­нди асосий жараёнга стамиз.

АСОСИЙ ЖАА ААА:
1. Тинган хамир билан ишлаш қулай бслгани учун ошган хамирни зувалачаларга бслиб бироз тиндиришга қссмиз.
2. Зувалачаларни ёйиб, листга қссмиз.
3. Хамирни ҳоҳишга ксра юпқа... Юпқа пияяа тайёрлаш учун хамирни майдароқ зувалачаларга бслинади.
4. ...ёки қалин ёсмиз. Қалин пияяа учун сса зувалачалар каттароқ бслади.
5. Айилган хамир устига помидор соус суртиб устига пишлоқ сепамиз.
6. 250 С даражагача қиздирилган духовкада 10-15 дақиқа атрофида пиширамиз.

pazanda.uz dan

Qayd etilgan


Mo'min Mirzo  20 Iyun 2012, 23:57:51

Va alaykum assalom. Pitsaga gulkaram qo'shishni o'ylamang, pishloq bilan ta'mi qo'shilolmay pitsani bemaza qilib qo'yadi. Ko'chanikiga ishonch yo'qligi uchun uyda pitsa kop tayorlaymiz, har hilidan tatib turamiz, gulkaram, brokolli, baqlajon, kabachki ham qo'shsa bo'ladi, lekin bular uncha mazali chiqmaydi.  Sizga eng mazalilaridan biri Xind pitsalaridan keltiraman.
Hamir oshgandan so'ng listga o'simlik yog'i surtib hamirni yaxshilab yoyiladi, qalinligi 1sm atrofida bolsin.
Listga yoyilgan hamirni vilka (sanchqi) bilan sanchib yengil teshib chiqiladi, ustiga tomat (ketchup) surtiladi.
Ketchupdan keyin qiyma soling. Handon pistaday hajmda oz-ozdan qiyma olib har joy-har joyiga qo'yib chiqasiz, qiymalarni sal ezib qo'ying.
Ustiga parrak qilib to'rgalgan piyoz va bulg'orini u-bu joyiga qo'yib chiqing, ustiga yupqa kesilgan pomidorni terib chiqing. Topilsa pomidordan oldin qo'ziqorin qo'shib yuborsangiz ham yaxshi boladi.
Ustiga biroz (bir osh qoshiq) o'simlik moyidan solib duxovkaga 250-270 issiqlikka qoying, 7-8daqiqada hamir cheti biroz qizaradi, shunda duxovkadan chala pishgan pitsani olib pitsani butun yuzini qoplaguncha qirilgan pishloqni sepib chiqing. So'ng yana duxovkaga solasiz, 8-10minutda tayyor boladi. Ja'mi 15-20daqiqada pishadi, tayyorlash juda oson.

Maslahat: Pishloqni faqat tverdiy (qattig'idan) tanlang, plavanniy (yumshoq) pishloqlar pitsaga yaroqsiz bolib issiqlikda erimay aksincha kuyib ketadi.
2. Karamlar (Oddiy karam, gul karam, brokolli va hokazo)ni umuman ishlatmang, karam bilan non yeganday bolib qolasiz.

Qayd etilgan


Sofdil  21 Iyun 2012, 05:41:28

 :asl3:
Toshkenga keganda pizza yeganidi qaysidir restaranda, qalinligi uziyam 2-3 sm. atrofida  edi, keyinro etip rosa kulardu pizzamas pirog dip.

Uy sharoitida "Tun'ak va Zaytunlii" pizzayam yaxshi chiqadi. Yuqorida etilgan tartibda hamirini tayorlap ogandan keyin, hamir ustiga tunak gushti sepip chiqiladi (odatda konservalanga holda sotiladi). Qushimcha maza bulishi uchun qora, yashil zaytunla bn bezatiladi.
Judayam mazali chiqadi - boshqa pizzalaga qaraganda tuyimli, chunki baliq gushti bor, ham shirinroq. Yagona no tarafi Tunak balig'i gushto odammi juda chanqatadi.

Qayd etilgan


Mo'min Mirzo  21 Iyun 2012, 09:58:49

Sheppovarimizni daftarida masalliqlar miqdori shunday yozilgan ekan :13  :
Tomat (ketchup) - 2 osh qoshiq
1 ta kichik (olchaday keladigan) piyoz
1 ta o'rtacha kattalikdagi pomidor
1 ta kichikroq bulg'ori
qiyma (istagancha)
1 stakan qirg'ichdan o'tkazilgan pishloq

Qayd etilgan


Mahdiyah  28 Iyun 2012, 16:32:28

Biza odatda bunaqa tayyorlimiza, kamgina masalliq ketadi:
250 gr margarin,
150 gr sut,
1 osh qoshiq droja,
1 ta tuxum,
4-5 stakan un,
300 gr kolbasa yoki sosiska, (xohlaganlar qiyma ham solsa bo'ladi)
300 gr sir,
3 dona pomidor,
1 bog' ukrop.

Tayyorlanishi:
gazda sutni ilitib, tuz, tuxum, ozgina shakar, droja solib aralashtirib qo'yamiz.
Aloxida idishda margarinni solib 4 stakan un bn uqalanadi va sutli masalliqni qo'shib yumshoq hamir qoriladi.
Xamirni gaz listiga yoyib ustiga sosiska, pomidorni parrak qilib kesib yoyib chiqiladi.
Ustidan ko'katlarni to'g'rab sepiladi va sir qiriladi.
O'rta olovda 30-40 minut pishiriladi.

Natijasi:  :)



P.S. Xuddi shu hamir bn qo'ziqorinli, ko'katli va har xil pitsa qilsa ham shirin chiqadi.

Qayd etilgan


Sumeyya  04 Avgust 2012, 22:18:30

Mahdiyah sizga rahmat,pitsa qilgandim ritseptiz bo'yich juda mazzali chiqdi. Jazaakallohu xoyr.

Qayd etilgan


Mo'min Mirzo  05 Avgust 2012, 05:37:31

AbdulAziz tayyorlab ko'rdizmi?

Qayd etilgan


AbdulAziz  05 Avgust 2012, 10:25:29

AbdulAziz tayyorlab ko'rdizmi?

Hali qunt qilganim yo'q. O'rganishdamiz. Yana boshqa variantlarni ham ko'raylik-chi.

Qayd etilgan


Ansora  05 Avgust 2012, 10:46:51

 :asl3:

Mana bu mavzudagi ham shirin chiqadi, butun masalliqlarni bir qilib katta tayyorlashingiz ham mumkin:

http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=6577.0

Qayd etilgan