
Iltimos menga bir savolga javob topib yuboringlar agar shu savolni javobini topsam 2-haftalik emb to'g'irlanardi
1. O'zb 1991-yil mustaqil bo'lgan konsitutsiyamiz esa 1992-yil chiqqan 1-yil nimaga tayanib yoki qanday yo'l bilan davlat boshqarilgan.
2.O'zb bayrog'idagi 12-yulduz nimani bildiradi.(12-viloyat,burch,oylar notug'ri javoblar ekan)
1.Mustaqil O'zbekiston o'z konstitutsiyasiga ega bo'lgunicha (ya'ni 1992-yil 8-dekabrgacha) 1978-yilda qabul qilingan konstitutsiya amalda bo'lgan.
Manba2.Bayroqdagi yulduzlar barcha uchun ruhoniy, ilohiy timsol sanaladi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘idagi 12 yulduz tasviri ham tarixiy an’analarimiz, qadimgi yilnomamizga bevosita aloqador. Bizning o‘n ikki yulduzga bo‘lgan e’tiborimiz O‘zbekiston sarhadidagi qadimgi davlatlar ilmiy tafakkurida nujum ilmi taraqqiy etganligi bilan ham izohlanadi.
Davlat bayrog‘imizdagi 12 yulduz tasvirini o‘zbek xalqi madaniyatining qadimiyligi, uning komillikka, o‘z tuprog‘ida saodatga intilishi ramzi sifatida tushunish lozim.
Manba (Bu eng ishonchli manba bo'lsa kerak)