Manimcha bular, vijdonlari qiynalib uhlolmay chiqishdi-yov! To'g'ri-da, bittasining dadalari baliqqa taklif qilib turganda o'zi "yo'ldan qoldirmang" deb tursa, yana birisi biz ketgandan keyin qilgan shaftoliho'rligini maqtasa! Bizni kuzatishayotganida aqalli ko'ngil uchun ham "shaftolilar bor, sekinroq boraverasizlar-da!" - deyishmadi-yu.Keyin nima qilib qo'yganlarini tushunib qolishdi shekilli. :-)
ayniqsa,ulug'nor-baliqchi va baliqchi - chinobod yo'llari tabiati boshqacha go'zal ekan ,yo'lni ikki tarafi yam-yashil darahtlar,dalalar, tiinch,yo'llar pokiza,gullar archalar ...
bu yo'llardan har kuni qatnaydigan insonlarga havas qildim rosti
Bo'zning yo'liga ham yurmabsizlarda, shunaqangi havasingizni keltirardi-ki... Muhammad Said bu yo'lni ko'rib "quvonganidan" shartta mashinadan tushib oldi. Ayniqsa "Katta ko'cha" degan mahalladan o'tgandan keyin kechagi damas bugun amortizatorlarini yangilamoqchi. Odamlar uy qurishga shag'alni asfalt yo'ldan olishadimi bilmayman....
... Lekin kimmidir ko'zi tegdimi, mana hozirgacha ko'rpa-to'shak qilib yotibman. Mag'lanliklar to'g'ri ishxonamgacha obborib qo'yishdi-yu, uyga zo'rg'a yetvoldim.
Ko'zam tanlamay tegaverar ekanda-a?! Manimcha sizga, AbdulAziz aytganlariday, ko'z emas haligi ho'l ko'ylagingiz tekkan.
Endi borsak siz bilan gaplashmaymiz, to'g'ri tog'amlar bilan gaplashib qo'yaveramiz. Asalarichilarning til topishishlari oson :-)
Forumdoshlar, hasharga kelib ovora bo'lib yurmanglar! Ertaga uy bitgach birorta kamchiligi ko'zga tashlansa baloga qolasizlar. Undan ko'ra uzoqroqdan "Hormang!" deb o'tib ketganam yaxshi.
Hudo shifo bersin! Bir-ikki kun yotib tursangiz ko'rgani borardik, bahonada haligi baliqni ham ohiriga yetkazib qo'yarmidik... (bu gapdan keyin kasallikdan asar ham qolmasa kerak)
Ha mayli, sog' bo'linglar!
Sal bo'lmasa unuta yozibmiz, mezbonlarga, Zamira opa va honadonlariga katta rahmat! Bizni shunday hursandchilik kunlarimizga sababchi bo'lishdi, kulsalar ham, yig'lasalar ham faqat hursandchilikdan bo'lsin!