Hayotimizni yengillashtiruvchi dastyorlardan unumli va uzoq foydalanish yo'llari.  ( 45798 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 B


Abdulhafizaka  15 Iyul 2012, 16:42:02

Assalomu alaykum.
Forumchilar tehnika taraqiyoti davrida yashar ekanmiz hayotimizni elektr jihozlarisiz tasavvur qilish qiyin shunday ekan ulardan qanday foydalanilsa unumli foydalanishni ham bilib qo'ygan yahshi zero jihozni yaroqsiz holatga kelganda mutahasisga olib borish yo tashlab yuborib yangi olgandan ko'ra uni o'z qoidasiga ko'ra foydalangan afzaldur.
Kimda qanday ma'lumot yoki savol bo'lsa marhamat.

Qayd etilgan


Abdulhafizaka  15 Iyul 2012, 17:03:32

  NOTEBOOK yani portativ kompyter. Internetchilarning eng yaqin do'sti desam mubolag'a bo'lmasa kerak, qanday foydalanilsa uzoqroq hizmatimizni qiladi.
1) Bir qol bilan birtomonidan ko'tarmang. Chunki mat.plata ancha baland haroratda qizib ishlaydi detallar asosan smd (yani o'ta mayda detal)lardan tashkil topgan og'irlik hisobiga mat.plata qayriladi va joyidan ko'chadi.
2) Yumshoq to'shama ustiga qo'ymang. Sovutish tizi tuynukchalari berkilib qoladi va protsesor keskin qiziydi va natijada eng kami ishlash chastotasi umrbotga kamayib qoladi. Yani masalan 2.4 gigagerts o'rniga 1.7 va hokazo raqamlar ko'rsatishi mumkin.
3) yiliga bir marotaba issiq kunlar boshlanish arafasida kuller (sovituvchi vintelyator) atrofini va radiatorni har hil g'uborlardan tozalash kerak aks holda sovutish tizimi o'z faoliyatini bajarolmaydi.

Qayd etilgan


Shuhrat_  15 Iyul 2012, 20:04:34

(mavzu nomida "y" harfi qopketibti)
mani modemim beline ,avval tezligi yaxshidi net video la yaxshi ko'rsatardi, hozir tezligi judda past ,nima bo'lgan deb o'ylaysiz
(komp joyi o'zgarmagan)

Qayd etilgan


Mufazzala  15 Iyul 2012, 20:08:37

 :asl3:

Laptopni ustiga suv to'kilib ketganda qanday qilib "birinchi yordam"
ko'rsatsa bo'ladi?

Qayd etilgan


Abdulhafizaka  15 Iyul 2012, 21:02:08

mani modemim beline ,avval tezligi yaxshidi net video la yaxshi ko'rsatardi, hozir tezligi judda past ,nima bo'lgan deb o'ylaysiz
(komp joyi o'zgarmagan)
Agar dasturdagi antena belgisi signal pastligini ko'rsatayotgan bo'lsa modem ichida antenna vazifasini bajaruvci mis bo'lakcha joyidan jilgan bo'lishi mumkin, agar antena to'la ko'rsatayotgan bo'lsa modem duzilmagan yo sistema yo modem P.O. si eskirgan yoki operator signali pasaygan bo'lishi mumkin.

Qayd etilgan


Abdulhafizaka  15 Iyul 2012, 21:10:21

:asl3:

Laptopni ustiga suv to'kilib ketganda qanday qilib "birinchi yordam"
ko'rsatsa bo'ladi?
har qanday elektr jihozga suv teksa birinchi o'rinda darhol akkumulyatori olib tashlanadi va imkoniyat darajasida ko'rpusi ochilib to'g'ri quyosh nuri tushmaydigan joyda quritiladi. Hususan laptop, noutbuk, telefonlar ni akumulyatorini echub keyin mutahasisga ko'rsatgan ma'qul chunki ularni ko'rpusini faqat mahsus asboblar yordamida ochish kerak. Akkumulyatori chiqarib tashlangach suv deyarli zarar qilmaydi.

Qayd etilgan


Mo'min Mirzo  15 Iyul 2012, 21:13:05

Kompyuterim uzoqda yonyapti, bu nimadan bo'lishi mumkin?
Kompyuterni yoqaman, Windows zagruskasigacha yaxshi boradi, zagruskadan keyin ekran kamida 10 daqiqacha ko'rsatmay turadi, huddi monitor o'chib qolganday. Monitorning chirog'i esa o'chmaganlik haqida yashil rangi bilan bildirib turadi.

2. Biror video qo'yganimda (har doim emas, ko'p hollarda) kino qotib-qotib ko'rsatadi. Masalan 10 minutli rolikni 18minutda o'qiydi.

Videokarta ishdan chiqqanmikan yo muammo kulerdami?

Qayd etilgan


Abdulhafizaka  15 Iyul 2012, 21:24:53

Kompyuterim uzoqda yonyapti, bu nimadan bo'lishi mumkin?
Kompyuterni yoqaman, Windows zagruskasigacha yaxshi boradi, zagruskadan keyin ekran kamida 10 daqiqacha ko'rsatmay turadi, huddi monitor o'chib qolganday. Monitorning chirog'i esa o'chmaganlik haqida yashil rangi bilan bildirib turadi.

2. Biror video qo'yganimda (har doim emas, ko'p hollarda) kino qotib-qotib ko'rsatadi. Masalan 10 minutli rolikni 18minutda o'qiydi.

Videokarta ishdan chiqqanmikan yo muammo kulerdami?
birinci orinda videokartani drayverini qayta ornating ko'p holatda shu yordam beradi, agar videodan boshqa payt masalan katta dasturlarni ochayotganda qatmayotgan bolsa kullerda va yo boshqa narsada emas. Video kartada ba'zi detallar qizish hisobiga ko'chib qolsa ham shunday holat bo'lishi mumkin.

Qayd etilgan


Abdulhafizaka  16 Iyul 2012, 09:40:33

Bizning ho'jalikdagi yana bir dastyor bu suv qaynaganda o'zi o'chadigan elektr choynaklar, ulardan foydalanisning ham ba'zi qoidalari bor.
1. Suvni belgilangandan kam quymaslik.
2. Qopqog'ini yahshilab berkitish, chunki qaynagach bug' yordamida o'cadi, bug' esa qopqoqni ochiq joyidan chiqib ketadi va suv qaynagach choynak o'chmaydi.
3. Qaynagan suvni hammasini quyib olmang, negaki endi o'cgan choynakda agar suv qolmasa 2.0 kw lik tent tezda choynak ichini quritadi shuning uchun 2 santimetr suv qolishi kerak.
4. Choynakni ikkinchi marta ishlatish uchun kamida ichida sovuq suv bilan 15 daqia turib sovishi kerak, bug' yordamida o'chiradigan mehanik rele sovib ishchi holatiga qaytisi uchun.

Qayd etilgan


Mahdiyah  16 Iyul 2012, 10:25:40

Netbukda Вс‹ключение qilib kompni o'chirsam  Завершение работс‹ Windows... digan yozuv yoqilib turaveradi.
Knopkasini 10 sekundcha bosib turaman kn komp. o'chadi.
Shu nimadan bo'ladi?

Qayd etilgan