Qur'oni karimdan ibratli oyati karimalar  ( 131536 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 ... 25 B


UzMuslim  25 Avgust 2010, 22:55:27

 
:bsm:
1. Osmon yorilganida,
2. Yulduzlar (har tomonga) sochilganida,
3. Daryo-dengizlar (o‘rtasidagi to‘siq-to‘g‘onlar) ochilganida,
4. Qabrlar to‘nkarib qo‘yilganida (ya’ni ularning ichidagi insonlarga jon ato
etilib yer yuziga chiqarilganlarida),
5. (Ana o‘sha Kunda har bir) jon o‘zi (hayoti dunyodalik chog‘ida) qilib o‘tgan
va (o‘zidan keyin) qoldirgan (barcha) narsalarni (ya’ni yaxshi-yomon
amallarini) bilur!
6. Ey inson, nima seni ulug‘ Parvardigoring haqida (Unga ibodat qilmasang ham
bo‘laveradi, deb) aldab qo‘ydi?!
7. U seni yaratib, so‘ng (barcha a’zolaringni) tiklab, so‘ng (qomatingni ham)
raso qilib, qo‘ygan zot-ku!
8. U seni O’zi qay suratni xohlagan bo‘lsa (o‘sha surat — shaklda) tarkib
toptirdi — ijod qildi-ku!  
             
(Infitor surasi)


Qayd etilgan


UzMuslim  25 Avgust 2010, 22:59:50

Sudxo‘r bo‘lgan kimsalar (qiyomat kunida qabrlaridan) turmaydilar,
magar jin chalgan majnun kabi turadilar. Bunga sabab ularning: «Bay’ (oddisotdi)
ham sudxo‘rlikning o‘zi-ku?» — deganlaridir. Holbuki, Alloh bay’ni halol,
sudxo‘rlikni harom qilgan. Bas, kimga Parvardigoridan mav’iza — nasihat
yetgach (sudxo‘rlikdan) to‘xtasa, u holda avval o‘tgani o‘ziga va uning ishi
Allohga (topshiriladi). (Ya’ni O’zi xohlasa afv qilar). Va kim (sudxo‘rlikka)
qaytsa, o‘shalar jahannam egalaridir va unda abadiy qolajaklar.
(Baqara Surasi,275 oyat)

Qayd etilgan


UzMuslim  25 Avgust 2010, 23:01:26

Ey mo‘minlar, qachon Jum’a kunidagi namozga chorlansa (ya’ni azon
aytilsa), darhol Allohning zikriga boringlar va oldi-sotdini tark qilinglar! Agar
biladigan bo‘lsangizlar, mana shu (ya’ni Allohning zikriga — Jum’a namozini
o‘qishga shoshilish) o‘zlaringiz uchun yaxshiroqdir.
(Jum'a Surasi,9 Oyat)

Qayd etilgan


UzMuslim  26 Avgust 2010, 20:53:19

Qanchadan-qancha qishloq (shahar)lar borki, o'z Parvardigorlari va Uning payg'ambarlari amridan bosh tortgandirlar, bas, Biz ularni qattiq hisob-kitob qilganmiz va xunuk azob bilan azoblaganmiz.
(Taloq surasi, 8-oyat)

Qayd etilgan


yoqutxon  01 Sentyabr 2010, 21:02:16

"Shubhasiz, Olloh birovga zarracha zulm qilmas.Agar zarracha yahshilik bo'lsa, uni bir necha barobar qilur va o'z huzurida ulug' ajr ato qilur"( Niso surasi 40)

Qayd etilgan


UzMuslim  05 Sentyabr 2010, 12:51:10

Qachon Voqea — Qiyomat voqe’ bo‘lsa, u voqe’ bo‘lgan chog‘da biron
yolg‘on so‘zlaguvchi bo‘lmas.

(Voqea Surasi,1-2oyatlar)

Qayd etilgan


UzMuslim  05 Sentyabr 2010, 13:03:05

 :bsm:

1. Albatta Biz u (Qur’on)ni Qadr kechasida nozil qildik.
2. (Ey Muhammad), Qadr kechasi nima ekanligini siz qaerdan bilar edingiz?

3. Qadr kechasi ming oydan yaxshiroqdir.

4. U (kecha)da farishtalar va Ruh (ya’ni Jabroil alayhis-salom)
Parvardigorlarining izni-ixtiyori ila (yil davomida qilinadigan) barcha ishlar
bilan (osmondan zaminga) tushurlar.

5. U (kecha) to tong otgunicha tinchlik-omonlikdir.

               
  (Qadr Surasi)

Qayd etilgan


yoqutxon  07 Sentyabr 2010, 09:23:42

''Eslang,farishtalarga:''Odamga sajda qiling'', deyishimiz bilan sajdaga egildilar. Faqat iblis:''SEN loydan yaratgan kimsaga sajda qilamanmi?''dedi. U dedi:'' Menga habar qilginchi, mana shu kimsani mendan ulug',ustun qildingmi?QAsamki, agar Sen meni qiyomat kunigacha qoldirsang , albatta men uning zuriyotlarini qirib yuborurman,magar ozginalarinigina qoldirurman'' ( Isro surasi,61-62)

Qayd etilgan


yoqutxon  07 Sentyabr 2010, 21:56:30

"Agar siz u jinoyatchi kimsalarni Parvardigori huzurida boshlari egik xolda turib:Parvardigoro( vadang post ekanini) ko'rdik va eshitdik,bas bizlarni (xayotga)qaytargin yaxshi amal qilaylik.....(deyishlarini) ko'rsangiz edi" ( Sajda surasi,32)

Qayd etilgan


UzMuslim  07 Sentyabr 2010, 23:19:53

Allohga yolg'on to'qigan yoki Uning oyatlarini yolg'onga chiqargan kimsadan ham zolimroq odam bormi?!Albatta ,jinoyatchilar najot topmaslar..
(Yusuf Surasi,17 oyat)

Qayd etilgan