Imom Navaviy. Al-azkor  ( 545350 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 115 116 117 118 119 120 121 122 123 124 125 ... 128 B


Doniyor  22 Oktyabr 2006, 06:39:10

1014/21. Anasdan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Bu zot Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birga o‘tirganlarida, bir kishi namoz o‘qidi-da, so‘ngra

«Allohumma inniy as'aluka bianna lakal hamdu la ilaha illa antal mannonu badiy’us samavati val'arzi ya zal jaloli val ikrom ya hayyu ya qayyumu», deb duo qildi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Batahqiq, u Ismi a’zam bilan Allohga duo qildi. Agar u bilan duo qilinsa, ijobat qilinadi. Va agar u bilan so‘ralsa, beriladi», dedilar. (Ma’nosi: Allohim, men Sendan so‘rayman. Albatta maqtov Sen uchundir. Sendan boshqa iloh yo‘q. Sen saxiy va yeru osmonni yaratgan zotsan. Ey ulug‘lik va hurmat egasi, ey tirik va barhayot sifatli zot.) Abu Dovud  va Nasaiylar rivoyati.

Qayd etilgan


Doniyor  22 Oktyabr 2006, 06:39:20

1015/22. Oishadan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam mana bu kalimalar bilan duo qilardilar:

«Allohumma inniy a’uzu bika min fitnatin nari va ‘azobinnar va min sharril g‘ina val faqri». (Ma’nosi: Allohim, do‘zax fitnasidan, do‘zax azobidan, boylik va kambag‘allik yomonliklaridan Sening noming ila panoh tilayman.) Abu Dovud, Termiziy, Nasaiy va Ibn Mojalar sahih isnod bilan rivoyat qilishgan.

Qayd etilgan


Doniyor  22 Oktyabr 2006, 06:39:28

1016/23. Ziyod ibn Iloqa amakilari Qutba ibn Molikdan (r.a.) qilgan  rivoyatlarida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:

«Allohumma inniy a’uzu bika min munkarotil axloqi val a’moli val'ahva», deb aytardilar. (Ma’nosi: Allohim, xulqlarning, amallarning, xohish-istaklarning bema’nisidan Sening noming ila panoh tilayman.) Imom Termiziy  rivoyatlari.

Qayd etilgan


Doniyor  22 Oktyabr 2006, 06:39:42

1017/24. Shakal ibn Humayddan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Bu zot: «Ey Rasululloh, menga duo o‘rgating», deganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:

«Allohumma inniy a’uzu bika min sharri sam’iy vamin sharri basariy vamin sharri lisoniy vamin sharri qolbiy vamin sharri maniyyi», deb aytgin, dedilar. (Ma’nosi: Allohim, eshitganimning    yomonidan,    ko‘rganimning    yomonidan,    tilimning    yomonidan,    qalbimning yomonidan va maniyimning yomonidan Sening noming ila panoh tilayman.) Abu Dovud, Termiziy va Nasaiylar  rivoyati.

Qayd etilgan


Doniyor  22 Oktyabr 2006, 06:39:49

1018/25. Anasdan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohumma inniy a’uzu bika minal barasi val jununi val juzomi va sayyi'il asqomi», deb aytardilar. (Ma’nosi: Allohim, Sening noming ila peslikdan, jinnilikdan, moxovdan va yomon kasalliklardan panoh tilayman.) Abu Dovud va Nasaiylar sahih isnod bilan  rivoyat qilishgan.

Qayd etilgan


Doniyor  22 Oktyabr 2006, 06:39:57

1019/26. Abul Yasradan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohumma inniy a’uzu bika minal hadmi va a’uzu bika minattaraddiy va a’uzu bika minal g‘oraqi val haraqi val harami va a’uzu bika an yataxabbatanish-shaytonu ‘indal mavti va a’uzu bika an amuvtu fiy sabiylika mudbiron va a’uzu bika an amuvta ladiyg‘on», deb duo qilardilar. (Ma’nosi: Allohim, (uy) buzilib ketishidan, qulashdan, g‘arq bo‘lishdan, yong‘indan, o‘ta qarilikdan va o‘lim paytida shayton yo‘ldan urishidan Sening noming ila panoh tilayman. Va yana Sening yo‘lingda orqa o‘girib o‘lmoqlikdan (urushda orqaga chekinmoqdan) va (biror narsa tomonidan) chaqilgan holda o‘lmoqdan panoh tilayman.) Abu Dovud  va Nasaiylar  rivoyati. Boshqa bir  rivoyatda «...g‘amdan panoh tilayman» bo‘lib kelgan.

Qayd etilgan


Doniyor  22 Oktyabr 2006, 06:40:04

1020/27. Abu Hurayradan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohumma inniy a’uzu bika minal juv’i fainnahu bi'sa az-zaji’. Va a’uzu bika minal xiyonati fainnaho bi'satil bitonatu», deb aytardilar. (Ma’nosi: Allohim, Sening noming ila ochlikdan panoh tilayman. Chunki u yomon yotoqdoshdir. Va xiyonatdan panoh tilayman. Chunki u yomon ichki tuyg‘udir.) Abu Dovud  va Nasaiylar  rivoyati.

Qayd etilgan


Doniyor  22 Oktyabr 2006, 06:40:12

1021/28. Alidan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Bir qul ozod bo‘lish uchun shartlashilgan bahodagi mablag‘ni topolmay, Hazrati Alidan (r.a.) yordam so‘radi. Shunda u zot: «Senga Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘rgatgan kalimalarni o‘rgataymi?» Agar

«Allohumma akfiniy bihalalika ‘an haromika va ag‘niniy bifazlika ‘amman sivaka» duosini o‘qib yursang, qarzing «sir» tog‘icha bo‘lsa ham, xalos bo‘lasan», dedilar. (Ma’nosi: Ey Rabbim, harom (aralashtirmay) haloling bilan menga kifoya et. Fazling ila Uzingdan boshqalardan behojat qil.) Imom Termiziy  rivoyatlari.

Qayd etilgan


Doniyor  22 Oktyabr 2006, 06:40:19

1022/29. Imron ibn Hasindan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu zotning otalari Hasinga duo qilib yurishlari uchun ikki kalima o‘rgatdilar. U

«Allohumma alhimniy rushdiy va a’izniy min sharri nafsiy» edi. (Ma’nosi: Allohim, meni hidoyatga muvofiq qilib, nafsimning yomonligidan menga panoh bergin.) Imom Termiziy  rivoyatlari.

Qayd etilgan


Doniyor  22 Oktyabr 2006, 06:40:39

1023/30. Abu Hurayradan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohumma  inniy   a’uzu   bika  minash   shiqoqi   van   nifaqi   va   suv'il  axloqi»,   deb aytardilar. (Ma’nosi: Allohim, buzg‘unlikdan, nifoqdan va yomon axloqdan Sening noming ila panoh tilayman.) Termiziy zaif isnod bilan  rivoyat qilinganlar.

Qayd etilgan