Imom Navaviy. Al-azkor  ( 543768 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 116 117 118 119 120 121 122 123 124 125 126 ... 128 B


Doniyor  22 Oktyabr 2006, 06:40:48

1024/31. Shahr ibn Huvshabdan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Bu zot Ummu Salamaga (r.a.) «Ey mo‘minlar onasi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sizning huzuringizda bo‘lganlarida eng ko‘p qiladigan duolari qaysi edi?» deganlarida, Ummu Salama (r.a.): «Ko‘p duolari

«Ya muqallibal qulub sabbit qolbiy ‘ala diynik» edi», dedilar. (Ma’nosi: Ey qalblarni o‘zgartiruvchi, qalbimni diningda sobit qil.) Imom Termiziy  rivoyatlari.

Qayd etilgan


Doniyor  22 Oktyabr 2006, 06:40:58

1025/32. Oishadan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohumma ‘ofiniy fiy jasadiy va ‘ofiniy fiy basoriy vaj’alhul vorisa minniy. La ilaha illa antal haliymul karim. Subhanallohi robbil ‘arshil ‘azim. Valhamdu lillahi robbil ‘olamiyn», deb aytardilar. (Ma’nosi: Allohim, jasadimni ofiyatda qil. Ko‘zimni ofiyatda qilib, uni mendan merosxo‘r et (ya’ni, o‘lgunimcha omonda qil). Halim va Karim sifatli zotdan boshqa iloh yo‘q. Ulug‘ arsh Rabbisi bo‘lgan Allohni poklab yod eturman. Olamlar Rabbisi Allohga hamd bo‘lsin.) Termiziy  rivoyati.

Qayd etilgan


Doniyor  22 Oktyabr 2006, 06:42:10

1026/33. Abu Dardodan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Dovudning duolari

«Allohumma inniy as'aluka hubbaka va hubba man yuhibbuka val ‘amalallaziy yuballig‘uniy hubbaka. Allohumma ij’al hubbaka ahabba ilayya min nafsiy va ahliy va minal ma'il baridi», edi», deb aytdilar. (Ma’nosi: Allohim, Sening muhabbatingni va Seni yaxshi ko‘rgan kishining muhabbatini hamda Sening muhabbatingga yetkazadigan amalni Sendan so‘rayman. Allohim, muhabbatingni nafsimdan, ahlimdan va sovuq suvdan ham menga mahbubroq qilgin.) Termiziy  rivoyati.

Qayd etilgan


Doniyor  22 Oktyabr 2006, 06:42:17

1027/34. Sa’d ibn Abu Vakqosdan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Katta baliqning qornida Rabbilariga iltijo qilgan Zinnunning (Yunus alayhissalom) duolari

«La ilaha illa anta subhanaka inniy kuntu minaz zolimiyn», edi. Biror musulmon kishi mana shu kalimalar ila duo qilsa, ijobat etiladi», dedilar. (Ma’nosi: Sendan boshqa iloh yo‘q. Seni poklab yod eturman. Albatta men zolimlardan bo‘ldim.) Termiziy rivoyati.

Qayd etilgan


Doniyor  22 Oktyabr 2006, 06:42:25

1028/35. Anasdan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelib, «Ey Allohning rasuli, qaysi duo afzal?» deganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Rabbingdan dunyo va oxiratda ofiyat va sog‘likni so‘ramog‘ing», dedilar. U kishi ikkinchi kuni ham kelib, «Ey Allohning rasuli, qaysi duo afzal?» deganida, Rasululloh yana shuni aytdilar. So‘ngra uchinchi kuni ham kelganda, yana shu duoni aytib, «Agar dunyo va oxiratda ofiyat berilsang, batahqiq najot topding», dedilar (ya’ni, Allohumma inniy as’alukal ‘ofiyata val mu’ofota fid-dunya val oxira). Ibn Moja  rivoyatlari.

Qayd etilgan


Doniyor  22 Oktyabr 2006, 06:42:32

1029/36. Abbos ibn Abulmuttalibdan (r.a.)  rivoyat qilinadi. «Ey Rasululloh, menga bir narsa o‘rgatingki, men u bilan Allohdan so‘rayin», deganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohdan ofiyatni so‘ranglar», deb aytdilar. Bir necha kun turib, so‘ngra borib, «Ey Allohning rasuli, menga bir narsa o‘rgatingki, men u bilan Allohdan so‘rayin», desam, u zot, «Ey Abbos, ey Alloh rasulining amakisi, Allohdan dunyo va oxiratda ofiyatni so‘ranglar», deb aytdilar. Termiziy  rivoyatlari.

Qayd etilgan


Doniyor  22 Oktyabr 2006, 06:42:44

1030/37. Abu Umomadan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam juda ko‘p duolar bilan iltijo qilardilar-u, biz undan birortasini yodlab qola olmas edik. Shunda men: «Ey Rasululloh, ko‘p duolar bilan iltijo qilasiz-u biz undan birortasini yodlamaymiz», desam, u zot: «Ana shu duolarning barchasini o‘zida jamlaganiga dalolat qilaymi? U

«Allohumma inniy as’aluka min xoyri ma sa'alaka minhu nabiyyuka Muhammadun sollallohu alayhi vasallam va na’uzu bika min sharri masta’ozaka minhu nabiyyuka Muhammadun sollallohu alayhi vasallam va antal musta’onu va ‘alaykal balag‘u vala havla vala    quvvata    illa    billah»dir,    dedilar.    (Ma’nosi:    Allohim,    nabiyying    Muhammad alayhissalom so‘ragan narsalarning yaxshisini Sendan so‘rayman. Va nabiyying Muhammad alayhissalom panoh so‘ragan narsalarning yomonidan panoh so‘rayman. Va Sen yordam so‘raluvchi zotsan. Yetuklik Sengadir. Allohdan boshqa o‘zgartiruvchi va quvvat yo‘qdir.) Imom Termiziy  rivoyatlari.

Qayd etilgan


Doniyor  22 Oktyabr 2006, 06:45:58

1031/38. Anasdan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ya zal jaloli val ikrom» kalimasini lozim tutinglar va ko‘paytiringlar», deb aytdilar (Ma’nosi: Ey ulug‘lik va hurmat egasi.) Termiziy  rivoyati.

Xuddi shu ma’nodagi hadis Nasaiy kitoblarida, Rabiy’a ibn Omirdan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Hokim esa bu hadisning isnodi sahih, dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  22 Oktyabr 2006, 06:46:09

1032/39. Ibn Abbosdan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam duo qilib

«Robbi a’inniy vala tu’in ‘alayya vansurniy vala tansur ‘alayya, vamkurliy vala tamkur ‘alayya va yassir hudaya vansurniy ‘ala man bag‘o ‘alayya robbij’alniy laka shakiron, laka zakiron laka rohiban laka mitvo’an ilayka mujiyban av muniyban taqobbal tavbatiy vag‘sil havbatiy vaajib da’vatiy va sabbit hujjatiy vahdi qolbiy va saddid lisoniy vaslul saxiymata qolbiy», deb aytardilar. (Ma’nosi: Allohim, mening foydamga yordam berib, zararimga bermagin. Mening foydamga nusrat berib, zararimga nusrat bermagin. Mening foydamga makr qilib, zararimga makr qilmagin. Va hidoyatda yurishimni yengil qil hamda menga tajovuz qiladigan kimsalar zarariga menga g‘alaba ato et. Rabbim, meni Senga shukr qiluvchi, Seni zikr qiluvchi, Sendan qo‘rquvchi, Senga itoat etuvchi, Seni (chaqirig‘ingga) ijobat qiluvchi yoki Senga tavba qiluvchilardan et, tavbamni qabul ayla, gunohimni yuv, duoimni ijobat qil, hujjatimni sobit qil, qalbimni hidoyat et, tilimni mustahkam et va qalbimdan ginani sug‘urib ol.) Abu Dovud , Termiziy va Ibn Mojalar rivoyati.

Duoning arabcha matnidagi «saxiymata» kalimasining ma’nosi bu hadisda «gina-adovat» bo‘lib kelgan. Boshqa bir hadisda «sahiymata» kalimasi «najosat» bo‘lib kelgan. U «Kimki musulmonlar yo‘liga (saxiyma) najosat tashlasa, unga Allohning la’nati bo‘lsin» bo‘lib kelgan.

Qayd etilgan


Doniyor  22 Oktyabr 2006, 06:46:17

1033/40. Oishadan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu onamizga

«Allohumma inniy as'aluka minal xoyri kullihi ‘ojilihi va ojilihi ma ‘alimtu minhu vama lam a’lam va a’uzu bika minashsharri kullihi ‘ojilihi va ojilihi ma ‘alimtu minhu vama lam a’lam va as'alukal jannata vama qarraba ilayha min qovlin av ‘amalin va a’uzu bika minan nari vama qarroba ilayha min qovlin av ‘amalin va as'aluka xoyro ma sa'alaka bihi ‘abduka va rasuluka Muhammad sollallohu alayhi vasallam va a’uzu bika min sharri masta’ozaka minhu ‘abduka va rasuluka Muhammad sollallohu alayhi vasallam va as'aluka ma qozayta liy min amrin an taj’ala ‘oqibatahu roshada», deb aytdilar. (Allohim, Sendan yaxshiliklarning barchasini-bu dunyodagisiyu oxiratdagisini, bilganim-u bilmaganimni so‘rayman. Va Sening noming ila yomonliklarning barchasidan-bu dunyodagisiyu oxiratdagisidan, bilganim-u bilmaganimdan panoh tilayman. Va Sendan jannatni hamda unga yaqinlashtiruvchi so‘z yoki amalni so‘rayman. Va Sening noming ila do‘zaxdan va unga yaqinlashtiruvchi so‘z yoki amaldan panoh tilayman. Quling va rasuling Muhammad alayhissalom so‘raganlarining yaxshisini Sendan so‘rayman. Quling va rasuling Muhammad alayhissalom panoh tilaganlarining yomonidan Sening noming ila panoh tilayman. Va biror ishni taqdir qilsang, oqibatini to‘g‘ri qilishingni so‘rayman.) Imom Ahmad ibn Hanbal «Musnad»larida, Ibn Moja «Sunan»larida  rivoyat qilganlar.

Qayd etilgan