343-bob G’oyibdan duo qilishning fazli haqida
Alloh taolo: «Ulardan keyin (dunyoga) kelgan zotlar ayturlar: «Parvardigoro, Uzing bizlarni va bizlardan ilgari imon bilan o‘tgan zotlarni mag‘firat qilgin» (Hashr surasi, 10-oyat), «O’z gunohingiz uchun hamda mo‘min-mo‘minalar(ning gunohlari) uchun mag‘firat so‘rang» (Muhammad surasi, 19-oyat), Ibrohim alayhissalom haqlarida xabar berib, «Parvardigoro, hisob-kitob qilinadigan (qiyomat) kuni meni, ota-onamni va barcha mo‘minlarni mag‘firat qilgin» (Ibrohim surasi, 41-oyat), Nuh alayhissalom haqlarida xabar berib: «Parvardigorim, Uzing meni, ota-onamni, mening uyimga mo‘min holda kirgan kishilarni, barcha mo‘minu mo‘minalarni mag‘firat qilgin» (Nuh surasi, 28-oyat), deb aytgan.
1042/1. Abu Dardodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Biron bir musulmon banda g‘oyibdan birodariga duo qiladigan bo‘lsa, farishta: senga ham o‘sha (duoning) mislidek bo‘lsin, deydi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
Muslimning boshqa rivoyatlarida aytilishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Musulmon kishining g‘oyibdan birodariga qilgan duosi mustajobdir. (Duo qiluvchining) bosh tarafida vakil qilingan farishta turadi. Har gal birodariga yaxshilik bilan duo qilganda, farishta «Omin, senga ham uning mislidek bo‘lsin», deydi», deganlar.