Imom Navaviy. Al-azkor  ( 544465 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 121 122 123 124 125 126 127 128 B


Doniyor  22 Oktyabr 2006, 07:24:09

1066.   Beshinchi hadis. Hasan ibn Alidan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Shubhali narsani shubhasiziga qo‘y», dedilar. (Ya’ni, shubhali narsani tark qilib, shubhasiz narsani ol.) Termiziy va Nasaiy  rivoyatlari.

Qayd etilgan


Doniyor  22 Oktyabr 2006, 07:25:34

1067.   Oltinchi hadis. Abu Hurayradan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Befoyda so‘zlarni tark qilish kishining Islomi chiroyligidan (dalolat)dir», dedilar. Imom Termiziy va Ibn Mojalar  rivoyati.

Qayd etilgan


Doniyor  22 Oktyabr 2006, 07:25:51

1068.   Yettinchi hadis. Anasdan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sizlardan biringiz o‘zi yaxshi ko‘rgan narsasini birodari uchun ham yaxshi ko‘rmaguncha haqiqiy mo‘min bo‘la olmaydi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim  rivoyatlari.

Qayd etilgan


Doniyor  22 Oktyabr 2006, 07:26:28

1069.   Sakkizinchi hadis. Abu Hurayradan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Albatta Alloh taolo marhamatlidir. Faqat marhamatli bo‘lganni qabul qiladi. Alloh taolo yuborgan payg‘ambarlariga buyurgan narsalarini mo‘minlarga ham buyuradi. Bu haqda Alloh taolo quyidagi oyatlarni nozil qilgan: «(Yuborgan barcha payg‘ambarlarimizga shunday dedik): «Ey payg‘ambarlar, halol-pok taomlardan yenglar va yaxshi amallar qilinglar! Albatta Men qilayotgan amallaringizni bilguvchidirman» (Mo‘‘minun surasi, 51-oyat), «Ey mo‘minlar, sizlarga rizq qilib berganimiz - pokiza narsalardan yenglar» (Baqara surasi, 172-oyat). Bir kishi safarda uzoq yuradi. Sochlari to‘zib, kiyimlari changib ketadi. Va qo‘lini osmonga cho‘zib, «Ey Rabbim, ey Rabbim», deydi. Uning yeyayotgan taomi harom, ichayotgan ichimligi harom, kiyayotgan kiyimi harom hamda ozuqasi harom. Qaerdan uning (duolari) ijobat qilinsin?!» dedilar. Imom Muslim  rivoyatlari.

Qayd etilgan


Doniyor  22 Oktyabr 2006, 07:27:22

1070.   To‘qqizinchi hadis. Zarar berish ham yo‘q. Zarar olish ham yo‘q. «Muvatto’» kitobida  rivoyat qilingan.

Qayd etilgan


Doniyor  22 Oktyabr 2006, 07:27:49

1071.   Uninchi hadis. Tamiym ad-Doriydan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Din xayrixohlikdir», deganlarida, sahobalar: «Kim uchun, ey Rasululloh?» deyishdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohga, kitobiga, rasuliga va musulmonlar imomi hamda ommasiga», deb aytdilar. Imom Muslim  rivoyatlari.
(Allohga bo‘lgan xayrixohlik - Unga imon keltirib, aytganlarini qilib, qaytariqlaridan qaytish. Kitobiga bo‘lgan xayrixohlik - undagi narsalarga bo‘ysunib, tilovat qilish. Rasuliga bo‘lgan xayrixohlik- u olib kelgan risolatni tasdiqlash. Musulmonlar imomiga bo‘lgan xayrixohlik- ularga haq yo‘lda bo‘lsalar, ularga yordam berib, itoat qilish. Ommaga bo‘lgan xayrixohlik-amru-ma’ruf, nahiy-munkar qilib hamda aziyat bermaslik bilan bo‘ladi... - tarj.)

Qayd etilgan


Doniyor  22 Oktyabr 2006, 07:29:42

1072.   O’n birinchi hadis. Abu Hurayradan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sizlardan qaytargan narsamdan chetlaninglar. Buyurgan narsamni qodir bo‘lganingizcha bajaringlar. Chunki sizlardan avvalgilar ko‘p so‘rash va payg‘ambarlariga ixtilof qilish sababli halok bo‘lishdi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim  rivoyatlari.

Qayd etilgan


Doniyor  22 Oktyabr 2006, 07:30:01

1073.   O’n ikkinchi hadis. Sahl ibn Sa’ddan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib, «Ey Allohning rasuli, meni bir amalga yo‘llab ko‘yingki, u amal bilan meni Alloh yaxshi ko‘rsin va insonlar ham yaxshi ko‘rsin», deganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Dunyoda zohid bo‘l, Alloh seni yaxshi ko‘radi. Insonlar huzuridagi narsadan behojat bo‘l, insonlar seni yaxshi ko‘radi», dedilar. Ibn Moja  rivoyatlari.

Qayd etilgan


Doniyor  22 Oktyabr 2006, 07:30:23

1074.   O’n uchinchi hadis. Ibn Mas’uddan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohdan boshqa iloh yo‘q va mening Allohning rasuli ekanimga guvohlik bergan musulmon kishining qoni halol emas, faqat uch narsaning birida haloldir (ya’ni, o‘ldirish joiz): ular oilali zinokor bo‘lsa. Nafs nafs bilan, ya’ni qasos. Jamoatdan ajrab, dinini tark qiluvchi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim  rivoyatlari.

Qayd etilgan


Doniyor  22 Oktyabr 2006, 07:30:45

1075.   Un to‘rtinchi hadis. Ibn Umardan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kishilar «La ilaha illallohu va anna Muhammadan Rasululloh», deyishmagunicha, namozni qoim qilishmagunicha, zakotni berishmagunicha ular bilan urushmokqa buyurildim. Agar mana shularni qilishsa, qonlari-yu mollari mendan omonda bo‘ladi. Faqat Islom haqida unday emas (ya’ni, hadlarda). Va ularning hisobi Alloh taologadir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim  rivoyatlari.

Qayd etilgan