Imom Navaviy. Al-azkor  ( 545673 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 28 29 30 31 32 33 34 35 36 37 38 ... 128 B


Doniyor  23 Sentyabr 2006, 07:01:19

40. Muqiyt.
Barcha moddiy va ruhiy rizqlarni yaratuvchi

41. Hasiyb.
Kifoya qiluvchi. Qiyomatda bandalarning hisobini qiluvchi.

42.  Jaliyl.
Sifatlarida ulug’likka ega.

Qayd etilgan


Doniyor  23 Sentyabr 2006, 07:01:47

43.  Kariym.
Birov so’ramasa ham, hech bir evaz olmasdan, narsalarni ko’plab ato qiluvchi. Qarama-qarshiliklardan pok. Karamli ishlar va xislatlar sohibi.

44. Raqiyb.
Hech bir zarrani ham qo’ymay tekshirib turuvchi.

45. Mujiyb.
Duolarni ijobat qiluvchi.

Qayd etilgan


Doniyor  23 Sentyabr 2006, 07:03:25

46. Vose’.
Keng-Hamma narsani keng ilmi ila ihota qilgan. Barchani keng rahmati ila qamrab olgan.

47. Hakiym.
Har bir narsani hikmat ila qiluvchi.

48. Vadud.
Barchaga yaxshilikni ravo ko’ruvchi.

Qayd etilgan


Doniyor  23 Sentyabr 2006, 07:03:50

49.  Majiyd.
Shon-sharafi va qadri behad yuksak.

50.  Bo’is.
Xalqlarga payg’ambarlar yuboruvchi. Kishilarga himmat yuboruvchi. O’liklarni qayta tiriltiruvchi.

51.  Shahiyd.
Har bir narsaga hoziru nozir. Barchaga shohidlik beruvchi.

Qayd etilgan


Doniyor  23 Sentyabr 2006, 07:04:31

52. Haq.
O’zgarmas, sobit zot. Haqni yuzaga chiqaruvchi.

53.  Vakiyl.
Barchaning ishi unga topshirilgan zot.

54.  Qaviy.
Quvvatli zot.

Qayd etilgan


Doniyor  23 Sentyabr 2006, 07:04:52

55.  Matiyn.
Matonatli zot.

56.  Valiy.
Muhabbat qiluvchi, nusrat beruvchi va xalqining ishini yurituvchi zot.

57.  Hamiyd.
Barchaga maqtovlar ila maqtalgan zot.

Qayd etilgan


Doniyor  23 Sentyabr 2006, 07:05:48

58. Muhsiy.
Barcha narsaning hisobini oluvchi zot.

59.  Mubdi’.
Barcha narsalarni avval boshdan bor qilgan zot.

60.  Mu’iyd.
Yo’q bo’lgan narsalarni yana qaytadan bor qiluvchi.

Qayd etilgan


Doniyor  23 Sentyabr 2006, 07:06:08

61.  Muhyi.
Tiriltiruvchi. U zot o’liklarni tiriltiruvchidir. Bu ismga maxluqlarni qayta tiriltirishdan oldin ham sazovordir. Alloh o’liklarga jon kiritib, tiriltirganidan keyin tiriltiruvchi, deb atalganidek, ularni xalq qilishdan oldin, hayot berishidan oldin ham tiriltiruvchi deyilaveradi. Xuddi xaloyiqni xalq qilishdan oldin Xoliq bo’lganidek. Alloh qiyomat kuni o’liklarni tiriltiradi, shuning uchun, tiriltiruvchi nomi berildi. Bas, tiriltirish sifati Alloh taoloda maxluqlarni tiriltirishdan oldin ham sobit .

62.  Mumiyt.
O’ldiruvchi. Barcha jonzotlarning jonini oluvchi.

63.  Hayy.
Tirik. U hamisha tirikdir, U o’lmaydi. Ya’ni, Allohning hayoti abadiydir, o’lim ila yo’q bo’lmas. Shuningdek, Allohning hayoti azaliy, oldin yo’q bo’lgan emas. Yagona Allohning tirikligi o’zigagina xos alohida hayot bo’lib, bandalar hayotiga o’xshash boshqa masdardan berilgan emas. Bu hayot azaliy va abadiydir. Ibtidosi ham, intihosi ham yo’q. Allohning tirikligi hech bir jihatda bandalarning hayotiga o’xshamaydi.

Qayd etilgan


Doniyor  23 Sentyabr 2006, 07:07:14

64. Qayyum.
O’zi qoyim bo’lgan va boshqalarni qoyim qilgan zot. Allohning «qayyum»lik sifati ma’nosi Alloh taboraka va taoloning har bir narsa ustida turuvchi ekani va har bir turuvchi narsa Uning sababidangina turishini anglatadi. Shu bilan Allohning qoyimligi boshqanikiga o’xshamaydi va doimiydir.

65. Vojid.
Topuvchi. Xohlagan narsasini topuvchi. Bu ishda birov Uni to’sa olmaydi.

66. Mojid.
Ulug’lik va sharaf sohibi.

Qayd etilgan


Doniyor  23 Sentyabr 2006, 07:07:24

67.  Vohid.
Yagona, bitta. U zot zotida ham, sifatlarida, ishlarida ham yagonadir.

68. Somad.
Somad sifati ko’p ma’nolarni o’z ichiga oladi:
itoat qilingan, ulug’, Usiz hech bir ish bitmaydi;
hech kimga hojati tushmaydi, barchaning hojati Unga
tushadi;
butun maxluqot bitib tugasa ham, o’zi doim boqiydir va
hokazo.

69. Qodir.
Cheksiz qudrat sohibi. U zot har bir narsaga qodirdir. Har bir ish unga osondir. Alloh taolo azaldan har bir narsaga qodirdir. Agar azaldan qodir bo’lmasa, qachon va qandoq qilib, har bir narsaga qodir bo’la oladi.

Qayd etilgan