Imom Navaviy. Al-azkor  ( 545757 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 43 44 45 46 47 48 49 50 51 52 53 ... 128 B


Laylo  24 Sentyabr 2006, 14:40:29

116-bob. Mayyitga yig’lash va johiliyat da’volari bilan dod-voylash haromligi haqida

391/1. Abdulloh ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim yuziga urib, yoqalarini yirtib, johiliyat da’volari bilan voy-dod qilsa, bizdan emas», dedilar. Buxoriy va Muslim rivoyatlari

Qayd etilgan


Laylo  24 Sentyabr 2006, 14:40:59

392/2. Abu Muso Ash’ariy (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yig’i bilan ovozini baland qiluvchidan, musibat chog’ida sochini qirib tashlovchidan va kiyimlarini yirtuvchidan yiroqdirlar». Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyatlari

Qayd etilgan


Laylo  24 Sentyabr 2006, 14:41:31

393/3. Ummu Atiyya (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam mayyitga ovoz chiqarib yig’lamaslikka bizdan bay’at oldilar». Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyatlari

Qayd etilgan


Laylo  24 Sentyabr 2006, 14:41:47

394/4. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Insonlarda ikki xislat borki, ular ana shu ikki xislat bilan kufrdadirlar: Nasabini haqorat qilish va mayyitga baland ovoz bilan yig’lash», dedilar. Muslim rivoyatlari

Qayd etilgan


Laylo  24 Sentyabr 2006, 14:42:23

395/5. Abu Said Xudriy (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o’likka baland ovoz bilan yig’lovchini va o’g’rincha quloq tutib, eshituvchini la’natladilar». Abu Dovud rivoyatlari

La’natlangan yig’i ovozni baland qo’yib, mayyitning yaxshiliklarini zikr qilib yig’lashdir. Ammo baqirmay, voy-dod qilmay yig’lash harom emas.

Qayd etilgan


Laylo  24 Sentyabr 2006, 14:42:37

396/6. Ibn Umar (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Abdurahmon ibn Avf, Sa’d ibn Abu Vaqqos, Abdulloh ibn Mas’udlar bilan birga Sa’d ibn Ubodani ko’rgani kirdilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga qarab turib, yig’lab yubordilar. Rasululloh yig’laganlarini ko’rib, qavmdagilar ham yig’lashdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Eshitmadinglarmi, Alloh ko’z yoshiga va qalbning xafaligiga azoblamaydi. Lekin mana bunga azoblaydi yoki rahm qiladi», dedilar tillarini ko’rsatib». Buxoriy va Muslim rivoyatlari

Qayd etilgan


Laylo  24 Sentyabr 2006, 14:42:57

397/7. Usoma ibn Zayddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qizlarining o’g’li vafot etgani xabari kelganida, ko’zlaridan yosh oqdi. Shunda Sa’d: «Ey Rasululloh, bu nimasi?» dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bu Alloh bandalarining qalbiga qilgan rahmatdir», dedilar. Buxoriy va Muslim rivoyatlari

Qayd etilgan


Laylo  24 Sentyabr 2006, 14:43:18

398/8. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o’g’illari Ibrohim vafot etganida, ko’zlaridan ko’p yosh oqdi. Abdurahmon ibn Avf: «Siz shundoq qilyapsizmi, ey Rasululloh?» degan edilar, u zot: «Ey Ibn Avf, bu rahmatdir, -- dedilar. Keyin qo’shib qo’ydilar: -- Ko’z yosh oqizadi. Qalb xafa bo’ladi. Biz esa, Rabbimiz rozi bo’lgan narsani aytamiz. Albatta, biz, ey Ibrohim, sendan ajrab qolganimizga xafamiz». Imom Buxoriy rivoyatlari

Qayd etilgan


Doniyor  25 Sentyabr 2006, 05:57:57

117-bob. Ta’ziya haqida

399/1. Abdulloh ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh alayhissalom: «Kim musibat yetgan kishiga ta’ziya bildirsa, uning savobidek ajrga ega bo’ladi», dedilar. Termiziy va Bayhaqiylar zaif isnod bilan rivoyat qilishgan.

Qayd etilgan


Doniyor  25 Sentyabr 2006, 05:58:33

400/2. Abu Barza Aslamiydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim farzandidan ayrilgan ayolga ta’ziya bildirsa, unga jannatda kiyim kiygiziladi», dedilar. Termiziy rivoyat qilib, isnodi kuchli emas, deb aytganlar.

Qayd etilgan