Imom Navaviy. Al-azkor  ( 545711 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 72 73 74 75 76 77 78 79 80 81 82 ... 128 B


Doniyor  20 Oktyabr 2006, 01:36:25

657/7. Safvon ibn Assoldan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Bir yahudiy do‘stiga «Anavi nabiy huzuriga bizni olib bor», dedi. Bas, ular Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga borib, to‘qqizta ochiq-oydin oyat haqida so‘rashdi. (Hadisning davomida) ular Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning qo‘llari va oyoqlarini o‘pib, «Biz guvohlik beramizki, albatta sen nabiydirsan», deyishdi. Termiziy, Nasaiy va Ibn Mojalar  rivoyati.

Qayd etilgan


Doniyor  20 Oktyabr 2006, 01:36:35

658/8. Iyos ibn Dag‘faldan (r.a.)  rivoyat qilinadi. «Abu Nazrani Hasan ibn Alining (r.a.) yuzidan o‘pganini ko‘rdim», dedilar. Abu Dovud rivoyatlari.

Ibn Umar (r.a.) o‘g‘illari Solimni o‘pib, «Qariya qariyani o‘pganida ajablaninglar», dedilar.

Bu ummatning zohid va obidlaridan biri bo‘lgan Sahl ibn Abdulloh at-Tustariy Abu Dovud Sijistoniyning oldilariga kelib, «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hadislarini gapiruvchi o‘sha tilingizni chiqaring, o‘pib olay», deb o‘par edilar. Salaflarimizning bu to‘g‘ridagi amallari chegarasiz ko‘p edi.

Fasl: Solih mayyit kishining yuzini muborak bo‘lgani uchun o‘pishning zarari yo‘q. Safardan qaytgan do‘stining yuzidan o‘pishning ham zarari yo‘q.

Qayd etilgan


Doniyor  20 Oktyabr 2006, 01:36:56

659/9. Oishadan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam vafotlari haqidagi uzun hadisda aytilishicha, Abu Bakr (r.a.) u zot huzurlariga kirib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning yuzlarini ochdilar. So‘ngra engashib turib o‘pdilar-da, yig‘lab yubordilar. Imom Buxoriy  rivoyatlari.

Qayd etilgan


Doniyor  20 Oktyabr 2006, 01:37:04

660/10. Oishadan (r.a.)  rivoyat qilinadi: «Zayd ibn Horisa Madinaga kelganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uyimda edilar. Zayd kelib eshikni taqillatdilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam turib, kiyimlarini sudrab borib, quchoqlashib o‘pdilar». Imom Termiziy  rivoyatlari.

Ammo yosh bola va safardan qaytuvchidan tashqari kishilarning yuzidan o‘pish va quchoqlashish makruhdir. Bunga dalil quyidagi hadis:

Qayd etilgan


Doniyor  20 Oktyabr 2006, 01:37:19

661/11. Anasdan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Bir kishi: «Ey Rasululloh! Kishi birodari yoki do‘stiga yo‘liqsa, bosh egadimi?» deganida, «Yo‘q», dedilar. «Uziga yaqinlashtirib o‘padimi?» deganida, «Yo‘q», dedilar. «Qo‘lidan ushlab so‘rashadimi?» deganida, «Ha», deb javob qildilar. Termiziy va Ibn Mojalar  rivoyatlari.

Fasl: Bilingki, yo‘likqanda qo‘l berib so‘rashish sunnat amaldir.

Qayd etilgan


Doniyor  20 Oktyabr 2006, 01:37:37

662/12. Qatodadan (r.a.)  rivoyat qilinadi. «Anasga (r.a.) «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sahobalarida qo‘l berib so‘rashish bormidi?» desam, «Ha», deb javob qildilar». Imom Buxoriy  rivoyatlari.

Qayd etilgan


Doniyor  20 Oktyabr 2006, 01:37:49

663/13. Ka’b ibn Molikning (r.a.) tavbalari haqidagi qissada keltirilishicha, «Talha ibn Ubaydulloh (r.a.) yugurib kelib, menga qo‘llarini berib so‘rashdilar va tabrikladilar», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim  rivoyatlari.

Qayd etilgan


Doniyor  20 Oktyabr 2006, 01:37:57

664/14. Anasdan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ikki musulmon yo‘liqib, qo‘l berib so‘rashishsa, ular ikkovi ajralmaslaridan oldin gunohlari kechiriladi», dedilar. Abu Dovud  rivoyatlari.

Qayd etilgan


Doniyor  20 Oktyabr 2006, 01:38:05

665/15. Barodan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ikki musulmon yo‘liqishsa, ikkovlari ajralmasdan oldin gunohlari kechiriladi», dedilar. Abu Dovud, Termiziy va Ibn Mojalar  rivoyati.

Qayd etilgan


Doniyor  20 Oktyabr 2006, 01:38:13

666/16. Anasdan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Bir kishi: «Ey Rasululloh! Kishi birodari yoki do‘stiga yo‘liqsa, bosh egadimi?» deganida, «Yo‘q», dedilar. «Uziga yaqinlashtirib o‘padimi?» deganida, «Yo‘q», dedilar. «Qo‘lidan ushlab so‘rashadimi?» deganida, «Ha», deb javob qildilar. Termiziy va Ibn Mojalar  rivoyatlari.

Qayd etilgan