Imom Navaviy. Al-azkor  ( 434982 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 120 121 122 123 124 125 126 127 128 B


Doniyor  22 Oktyabr 2006, 07:14:54

1057/9. Anasdan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: «Alloh taolo: «Ey Odam bolasi, sen Menga duo qilding va Mendan umid qilding. Men esa sening gunohingni ahamiyat bermasdan kechirib yubordim. Ey Odam bolasi, agar gunohing osmon buluticha bo‘lsa ham, Menga istig‘for aytsang, gunohingni kechiraman. Ey Odam bolasi, agar Menga yer to‘laligicha gunoh bilan kelib, so‘ngra biror narsani menga shirk keltirmasang, gunohing to‘laligicha mag‘firat bilan senga boraman», dedi». Imom Termiziy  rivoyatlari.

Qayd etilgan


Doniyor  22 Oktyabr 2006, 07:15:02

1058/10. Abdulloh ibn Busrdan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sahifasida (nomai a’molida) ko‘p istig‘for topgan kishiga muncha ham yaxshi», dedilar. Ibn Moja  rivoyatlari.

Qayd etilgan


Doniyor  22 Oktyabr 2006, 07:15:18

1059/11. Ibn Mas’uddan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimki
«Astag‘firullohallaziy la ilaha illa huval hayyul qayyum va atuvbu ilayhi», deb aytsa, (Alloh) urushdan qochgandagi gunohini ham kechirib yuboradi», dedilar. (Ma’nosi: Barhayot, tirik Allohdan avf etishini so‘rayman va Unga tavba qilaman.) Abu Dovud va Termiziy  rivoyatlari. Imom Hokim bu hadis Buxoriy va Muslimning shartlariga binoan sahihdir, deganlar.

Imom Navaviy: «Bu bob juda kengdir. Lekin biz mana shu mikdordagisi bilan kifoyalanmiz», dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  22 Oktyabr 2006, 07:15:36

Fasl: Istig‘forga taalluqli narsalardan Rabiy’ ibn Xusaymdan (r.a.) keltirilgan quyidagi so‘zlarni aytib o‘tamiz: «Astag‘firulloha va atuvbu ilayhi», ya’ni «Allohning avf etishini so‘rab, Unga tavba qilaman», deb aytsa-yu, uni qilmasa, yolg‘onchi, gunohkor bo‘ladi. Balki uning o‘rniga «Allohumma ig‘fir liy tub ‘alayya», ya’ni «Allohim, meni kechir va avf qil», deb aytadi». Endi bu zotning «Allohumma ig‘fir liy va tub ‘alayya», degan so‘zlari yaxshi. Ammo «Astag‘firulloha va atubu ilayh», deb aytish yolg‘on bo‘lib qoladi, degan so‘zlariga qo‘shilmaymiz. Chunki «Astag‘firulloha»ning ma’nosi «Uning mag‘firatini talab qilaman», deganidir. Bunda hech qanaqa yolg‘on yo‘qdir. Ibn Mas’uddan qilingan hadisning o‘zi bu so‘zlarni rad etishga kifoya qiladi.

Fuzayl (r.a.): «Gunohni tark qilmasdan istig‘for aytaverish yolg‘onchilarning tavbasidir», dedilar.

Bu so‘zga yaqinroq qilib, Robi’atul Adaviyyaning: «Istig‘forimiz ko‘p istig‘forlarga muhtojdir», degan so‘zlarini keltiramiz.

Ba’zi badaviy arablar Ka’ba pardasiga quyidagi jumlalarni osib qo‘yishgan edi: «Allohim, gunohni davom ettirish bilan birga istig‘for aytish tubanlikdir. Avfing kengligini bilish bilan birga istig‘forni tark qilish ojizlikdir. Mendan behojat bo‘lish bilan birga menga qanchadan-qancha ne’matlar berib yaxshi ko‘rinasan. Senga ehtiyojim bo‘la turib, Senga gunoh qilish bilan g‘azabingni keltiraman. Ey va’da berib, vafo qiladigan, agar tahdid qilsa ham, gunohdan o‘tib, avf qiladigan, rahm qiluvchilarning rahmlisi bo‘lgan Zot! Buyuk gunohlarimni buyuk avfingga kirgizgin».

Qayd etilgan


Doniyor  22 Oktyabr 2006, 07:15:48

349-bob Kunduzidan kechasigacha jim, sukut qilib yurishdan qaytarish haqida

1060/1. Alidan (r.a.)  rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning «Balog‘atga yetgandan keyin yetimlik yo‘q. Kunduzidan kechasigacha jim, sukut qilib yurish yo‘q», deb aytganlarini eshitdim». Abu Dovud  rivoyatlari
.
Imom Abu Sulaymon Xattobiy Ma’olus «Sunan» nomli kitoblarida bu hadisni quyidagicha sharhladilar: «Jim yurish johiliyat ahlining amallaridan edi. Ulardan biri bir kecha va kunduz e’tikof o‘ltirardi-da, hech narsa gapirmay, sukut qilardi. Islom kelgandan keyin bundan qaytarildi va hadis hamda yaxshiliklarni zikr etishga buyurildi».

Qayd etilgan


Doniyor  22 Oktyabr 2006, 07:15:56

1061/2. Qays ibn Abu Xrzimdan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Abu Bakr Siddiq (r.a.) Ahmaslik Zaynab ismli ayolning oldiga kirdilar. Uning gapirmayotganini ko‘rdilar. Va unga: «Nima uchun gapirmayapsan?» dedilar. Atrofidagilar: «Xaj qilgan, gapirmaydi», deb aytishdi. Shunda Abu Bakr unga: «Gapirgin, bu (ishing) halol bo‘lmaydi. Va bu johiliyat amallaridandir», deganlarida, u xotin gapirdi. Imom Buxoriy  rivoyatlari

Qayd etilgan


Doniyor  22 Oktyabr 2006, 07:17:12

Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar

Fasl: Inshaalloh, kitobning yaxshi narsalar bilan tugashini istab, quyidagi hadislarni unga qo‘shdim. Bu ko‘shgan hadislarim Islomning asosi va o‘zagidir. Ulamolar bu haqda ko‘p ixtilof qilishgan. Ularning so‘zlaridan tug‘ilgan narsani o‘zim qo‘shgan narsa bilan jamlaganda o‘ttizta hadis bo‘ldi.

1062.   Birinchi hadis. Umar ibn Xattobdan  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Albatta, amallar niyat bilandir. Har bir kishi niyat qiluvchidir. Kimning hijrati Alloh va rasuli uchun bo‘lsa, bas, Alloh va rasuli uchun hijrat qilibdi. Kimning
hijrati dunyoga yetishish yoki xotinga uylanish uchun bo‘lsa, uning hijrati o‘sha narsaga bo‘libdi».

Qayd etilgan


Doniyor  22 Oktyabr 2006, 07:21:45

1063. Ikkinchi hadis. Oishadan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimki bizning ishimizda yangilik qilsa, bu undan bo‘lmasa, bas, u rad qilingandir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim  rivoyatlari.

Qayd etilgan


Doniyor  22 Oktyabr 2006, 07:22:21

1064.   Uchinchi hadis. Nu’mon ibn Bashirdan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Albatta halol ochiq-ravshan. Albatta harom ochiq-ravshan. Uning o‘rtasida shubhali narsalar bo‘lib, uni ko‘p insonlar bilishmaydi. Kimki shubhadan taqvo qilsa, dini va obro‘sini soflabdi. Kimki shubhaga voqe’ bo‘lsa, haromga yo‘liqibdi. Rioya qiluvchi qo‘riqxona atrofiga borib, uning ichiga kirib qolishi mumkin. Har bir podshohning qo‘riqxonasi bor. Ogoh bo‘ling, Allohning qo‘riqxonasi U harom qilgan narsalardir. Ogoh bo‘ling, jasadda bir parcha go‘sht bor. Agar u isloh bo‘lsa, jasadning barchasi isloh bo‘ladi. Agar u fasod bo‘lsa, jasadning barchasi fasod bo‘ladi. U ham bo‘lsa qalbdir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim  rivoyatlari

Qayd etilgan


Doniyor  22 Oktyabr 2006, 07:23:03

1065. To‘rtinchi hadis. Ibn Mas’uddan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sizlardan biringiz onasi qornida ekanida qirq kun maniy holatida xalq qilinishi jamlanadi. So‘ngra quyuq qon bo‘lib, o‘sha kabi xalq qilinishi jamlanadi. So‘ngra parcha go‘sht bo‘lib, o‘sha kabi xalq qilinishi jamlanadi. So‘ngra farishta yuborilib, unga ruh puflaydi. Va to‘rt kalima, ya’ni rizqi, ajali, amali, baxtli yoki baxtsizligini yozish buyuriladi. Undan boshqa iloh yo‘q bo‘lgan Zot ila qasamki, sizlardan biringiz jannat ahlining amalini qiladi. Hattoki, u bilan jannat orasida bir gaz (o‘lchov) qoladi. Bas, uning o‘sha yozilgan kitobi ilgarilaydi-da, u do‘zax ahlining amalini qilib, do‘zaxga kirib ketadi. Sizlardan biringiz do‘zax ahlining amalini qiladi-da, hattoki u bilan do‘zax orasida bir gaz qoladi. Bas, uning kitobi ilgarilaydi-da, u jannat ahli amalini qilib, jannatga kirib ketadi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim  rivoyatlari.

Qayd etilgan