O'sha samsungda googlega kirib yana ziyo deb yozgandim, Bu safar haqiqiy o'zbekona forum chiqdi. Kirsam ziyo istagan qalblar bilan bir hil ekan. Faqat bu mobil versiya ekan. Bilsam o'sha samsung faqat mobil versiyaga kirarkan. Sizlarni bu forumdagi bir birlaringiz bilan bo'lgan suhbatlarni o'qib, sizlarga havasim kelardi. Lekin a'zo bo'lolmagandim. Bir Muslima menga profil ochib berdilar. Sizlardan Alloh rozi bo'lsin! Meni hidoyatimga sababchi bo'lgan bu saytga qilayotgan mehnatlaringni ajrini bersin Alloh! Men uzun go'zal duolar qilishni bilmayman. Lekin qalbimda sizlardan juda minnatdorman. Faqat dilimdagilarni yozolmadim. Meni kechiringlar!