Poytagtdan 10 kishi bordik Vodiydan esa hech kelmadi...
He yo'q, be yo'q, o'zi kechasi 3 da kelib, yana saxar "Qaydasan Toshkent" deya quyonni rasmini chizmasdan, mundoq, "hey, forumchilar, kelilar Chustga, osh mana bizdan-da!" demasdan survorgan Chustiydan yana nimani kutish mumkin.
Xullas, to'y yaxshi o'tdi. Mas'ud kamizni ham eson-omon safimizga qo'shvoldik. Omalekin, akamiz bekorga shoir bo'lmagan ekan. Qarindosh-urug'u, qo'ni-qo'shni, do'stlaridan birontasi ham so'zni bilmayman demas ekan