Umumiy bo'lim > Ro'za

"Muborak Oy tuhfasi" dasturi

<< < (2/23) > >>

oka:
Assalomu aleykum!
Hamma hamma musulmonlarga sabr va bardosh tilagan holda olloh o`zi ijobat qilsin tutgan ro`zamizni deb. Marufjon.
Hormanglar do`stlar.
Menga jurda yoqdi hikmatlar ham, sura ham. Bunday yangilikdan bahobar qilish fikr sizdan chiqandan hursandman. Sizga katta rahmat do`stim. Hozircha harkunlik yangilik bunday olmas edim. Doimo namozda yoki ro`za ochishda emas balki esimga kelganingizga sizga rahmatlar aytaman. Chunki siz hozircha xechkim qilmagan savoblarni qilmoqdasiz. Do`stim bizni ham esdan chiqrmaganingiz uchun yana ming bor rahmat. Qo`l ko`targaningizda bizni ham eslang.

Munira xonim:
Assalamu alaykum,Abdulaziz!
Avvalo Mohi Ramazon bilan qutlayman.
Qilayotgan hayrli ishlaringizda Alloh taolo madadkor bo'lsin.
Ulug' Kunda bu solih amallaringiz yuzingizda nur bo'lib porlasin.
Alloh sizdan rozi bo'lsin.

Sherzodbek:
Salom Davronbek!

Muborak kun Dasturini yaratilishi jarayonida qatnashgandim, lekin Ehsonbek bilan emas, Siz bilan birga ishlayotgan edik, uxlamasdan qilingan mehnat o'z samarasini beribdi, juda ham zo'r! Qilingan mehnatni o'zim ko'rganim uchun Sizlarga mustahkam iroda, sog'lik va keyingi rejalashtirgan mana shunaqa ajoyib ishlarizda muvaffaqiyatlar tilayman!

ZiyoUZ ga omad!
Ehsonbekka ham sog'lik salomatlik, oilaviy xotirjamlik tilayman!

Ramazon oyi muborak bo'lsin!

AbdulAziz:
Assalomu alaykum aziz dindoshim!
Bugun Ramazonning ikkinchi kuni. Ayyomingiz xayrli o'tsin!

Muborak kun OyatiAgar Biz ushbu Qur'onni biror tog' uzra nozil qilganimizda edi, albatta, u (tog')ni Allohning qo'rquvidan bo'yin sungan va yorilib ketgan holida ko'rgan bo'lur edingiz. Biz bu misollarni odamlarga zora ular tafakkur qilsalar, deb keltirmoqdamiz.
(Hashr surasi, 21-oyat)
 
Muborak kun HadisiAlloh taolo dedi: "Odam farzandining qilgan har bir amali o'zi uchun. Ro'za esa Men uchun va uning mukofotini O'zim beraman».
 
Muborak kun HikmatiKo'rdimki, eng noyob ne'mat rostgo'ylik va mardlik, eng og'ir balo munofiq do'stlar ekan. Najmiddin Kubro
 
Muborak kun HikoyatiImom Buxoriy va Imom Muslimlarning shayxi Ubaydulloh ibn Umar Qovariydan rivoyat qilinadi: «Men hamisha xufton namozini jamoat bilan o'qir edim. Bir kecha uyimga mehmon keldi. U bilan ovora bo'lib, jamoat namozini o'tkazib yubordim. Basra masjidlarini aylanib chiqdim. Barcha kishilar xuftonni o'qib bo'lgan, masjidlar yopilgan edi. Uyimga qaytdim va o'zimga o'zim jamoat namozining darajasi yolg'iz bo'lib o'qilgan namozdan 27 barobar ziyoda bo'ladi, dedim-da, xuftonni yigirma yetti marta o'qidim. So'ng uxladim. Tush ko'ribman, go'yo otliqlar bilan birga ekanman. Mening ham otim bo'lib, biz kimo'zar o'ynayotgan ekanmiz. Men otimni choptirar, biroq ularga yeta olmas edim. Shunda ulardan biri menga burilib qarab: «Otingni qiynama, baribir bizlarga yeta olmaysan», dedi. «Nima uchun?» deb so'rasam: «Chunki biz xuftonni jamoat bilan o'qidik, sen esa yolg'iz o'zing o'qiding», deb javob berdi. Men uyg'onib ketdim va ko'rgan tushimdan g'amgin bo'lib qoldim».

AbdulAziz:
Assalomu alaykum aziz dindoshim!
Bugun Ramazonning uchinchi kuni. Ayyomingiz xayrli o'tsin!

Muborak kun OyatiPayg'ambar (Muhammad) o'ziga Parvardigoridan nozil qilingan narsaga (oyatlarga) imon keltirdi va mo'minlar ham. (Ularning) har biri Allohga, farishtalariga, kitoblariga va payg'ambarlariga birortasini ajratmasdan (hammasiga) imon keltirdi. "Eshitdik va itoat etdik. Ey, Rabbimiz, mag'firatingni (so'raymiz). Sengagina qaytish (bor)", - dedilar.
Alloh hech bir jonga toqatidan tashqari narsani taklif etmaydi. Uning kasb etgani (yaxshiligi) - o'ziga, va orttirgani (yomon amali) ham o'zigadir. (Yana dedilarki:) "Ey, Rabbimiz, agar unutsak yoki xato qilsak, bizni koyima! Ey, Rabbimiz, bizdan ilgari o'tganlarning zimmasiga ortgan mashaqqatni bizning zimmamizga ortma! Ey, Rabbimiz, toqatimiz yetmaydigan narsani bizga yuklab tashlama! Bizlarni afv et va kechir hamda bizlarga rahm qil! Sen bizning xojamizsan. Bas, bizlarga kofirlar qavmi ustidan g'oliblik ato et!"
(Baqara surasi, 285-286-oyatlar)
 
Muborak kun HadisiRasululloh sollalohu alayhi vasallam aytadilar: "Ramazon ro'zasini tutgan va uning hududlarini bilgan hamda saqlanish kerak bo'lgan narsalardan saqlangan odam(ning bu ibodatlari) o'tgan gunohlariga kafforat bo'ladi.
 
Muborak kun HikmatiKo'z haromga qaraganida vijdonni, qalbni g'am-alamlar, buzuq zaharli fikrlar, xaroblik va razolat qoplaydi. Shahvoniy kuchlar harakatga kelgudek bo'lsa, odam o'zi bilmagan va sezmagan holda halokatga, razolatga va buzuq o'y-fikrlar girdobiga tushib qoladi. Muhammad Nurulloh Saydo Jazariy
 
Muborak kun HikoyatiRivoyat qilishlaricha, bir kishi sotilayotgan bir qulni ko'rib qoldi. Egasi: «Uning chaqimchilikdan boshqa aybi yo'q», deb jar solar edi. Kishi g'ulomning aybini pisand qilmadi va uni sotib oldi. Fulom xo'jayinining uyida bir necha kun turganidan keyin uning xotiniga: «Xojam sizning ustingizga boshqa xotin olmoqchi yoki o'ynash tutmoqchi. U sizni yaxshi ko'rmaydi. Agar sizga mehri tushib, o'ylagan niyatidan qaytishini istasangiz, unda xojam uxlagan paytida ustarani olib, soqolining tagidan bir necha tukni qirib olingda, ularni asrab qo'ying», dedi. Xotin parishon holda: «Xo'p», dedi va eri uxlagach, quli o'rgatgan ishni qilishga jazm etdi. Keyin g'ulom xo'jayinining oldiga kelib: «Xojam, bekam o'ziga o'ynash tutib, unga juda o'rganib qolgan. Shuning uchun sizdan xalos bo'lmoqchi, bu kecha sizni so'yishga jazm qilgan. Agar gapimga ishonmasangiz, unda kechqurun o'zingizni uxlaganga solib yoting. Shunda sizni so'yish uchun qo'lida biron narsa ko'tarib kelayotganini ko'rasiz», dedi. Xo'jayini unga ishondi. Qorong'u tushgach, o'zini uxlaganga solib yotdi. Xotini uning soqoli ostidagi tuklardan qirqib olish uchun ustara ko'tarib keldi. Soqolidan qirqib olmoqchi bo'lib, engashgan kuyi qo'lini erining tomog'iga cho'zgan edi, u sakrab turib, ustarani tortib oldi-da, xotinini so'yib tashladi. Xotinining qarindoshlari bu voqeadan xabar topib, u kishini o'ldirdi va ikki urug' orasida qirg'in boshlanib ketdi. Birgina chaqimchi, yolg'onchi qulning kasofati bilan shunday falokat ro'y berdi.

Navigation

[0] Message Index

[#] Next page

[*] Previous page

Go to full version