Ilm va ziyo > Internet

Internet tarmog'i

(1/4) > >>

Norbek:
Mavzu yaxshi

Norbek:
Internetning foydalanish sohalari

Internet dan asosan 6 yunalishda foydalaniladi:
1) E-mail - elеktron aloqa (pochta)
2) Chat - intеraktiv suhbatlar (IRC tarmoq yoki E-mail)
3) Ma'lumotlarni WWW (World Wide Web) yoki GOPHER yordamida izlash.
4) Ma'lumotlar bilan almashish USENET
5) Dasturlarni uzoqdan boshqarish
6) Interaktiv o’yinlar.

Nodi:
Assalomu alaykum Norbek!
GOPHER va USENET atamalari haqida azgina tushuncha bersangiz.

Norbek:
Gopher va Usenet

Gopher - Internetning umumiy ma'lumotlar bazasini ko'rish va qidirishni ta'minlovchi programma.
Usenet (USEr NETwork) - Yangilik to'plamlari. Internet yangiliklari guruhi. Dastlabki ommaviy elektron pochtalardan biri. Hozirgi vaqtda 10000 dan ortiq xilma-xil yangilik guruhlari mavjud.



Norbek:
Modem

MODEM (MOdulyator-DEModulyator) — aniq bir aloqa kanalida ishlatish uchun qabul qilingan signallarni to’g’ri (modulyator) va teskari (demodulyator) o’zgartirish qurilmasidir.
Еng avvalo modem quyidagi vazifalarni bajarish uchun mo’ljallangan:
"¢ uzatishda: keng polosali impulslarni (raqamli kodni) tor polosaliga (analog signallarga) o’zgartirish;
"¢ qabul qilishda: qabul qilingan signalni holaqitlardan filtrlash va detektorlash uchun, ya’ni tor polosali analogli signalni raqamli kodga teskari o’zgartirish.
Ma’lumotlarni uzatishda bajariladigan o’zgartirish odatda ularning modulyatsiyasi bilan bog’langan.
 Modulyatsiya — bu signalning biror parametrini aloqa kanalida (modulyatsiya qilinadigan signalni) uzatilayotgan ma’lumotlarning joriy qiymatlariga mos ravishda (modulyatsiya qiladigan signalni) o’zgartirishdir.
Demodulyatsiya — bu modulyatsiya qilingan signalni (balki aloqa kanalidan o’tish paytida halaqitlar bilan buzilgan signalni) modulyatsiya qiladigan signalga teskari o’zgartirishdir.

Navigation

[0] Message Index

[#] Next page

Go to full version