
Haqiqatan ham kerakli mavzu,davomli bo'lsin.
Lekin muallifi qattiqqo'lroq ekan.Ayniqsa yangi Userlar(o'zim ham eski emasman) xatolarini topishingizdan ko'ra ko'proq ochiq yuz bilan kutib olishingizga muhtojroq.
Paygamnarimiz s.a,v har bir ishning o'rtasini tutganlari kabi o'rtasini tutsak,yani
Juda ham,huddi hokimiyatga ariza yozayotgandek diqqat bilan ham yozmasak va
Kishi o'qiganda asabi buziladigan darajada qo'pol xatolar bilan ham yozmasak.Qalbimizdagi o'y fikrlarimizni emin-erkin bayon qilsak.
Ayniqsa mavzu boshidagi topilgan imlo xatolarni ko'rib o'ylab qoldim.
Sizning tillolarga ham qaytmaydigan vaqtingiz, yozilayotgan har bir postni sinchiklab tekshirishizga sarflashingizga arzirmikan?Axir bizni kutib turgan narsalar juda ko'p.
Yana bir taklif, xatolarimizni jamoat oldida aytmasdan, xato qilgan kishining o'ziga PM yozsangiz,shunda ham kor qilmasa bu yerga yozsangiz.
Aql egalari uchun bir marta aytish kifoya,inshaalloh.
Bu postimni birorta birodarimni ko'nglini og'ritish uchun ham, bahslashish uchun ham yozmadim. Qur'on oyatlari (Alloh asrasin) noto'gri yozilayotgan yoki o'qilayotganmidiki bunday qilsam.
Ishingiz xayrli va davomli bo'lsin.
Qaysi imlo xatolarini nazarda tutayapsiz?
Aslida, hozir sizga javob yozishga ham vaqtim yo'q, umuman. Mening vaqtim siz o'ylagandan ham tig'izroq. Ammo bir ishni boshlagandan keyin yozishga majbur bo'layapman.
Qattiqqo'llik deyapsiz, bu yerda qattiqqo'llik bo'layotgani yo'q, aksincha, anchagina y'l qo'yib berilayapti.
Yangi a'zo bo'layotgan uzerlar qoidalarni o'qib, roziliklarini bildirishmaganmidi boshida? Yoki sizga bunday so'rov chiqmaganmi?
Mavzu boshlanganidan beri bir necha userlar PM orqali maktub yo'llab, o'zlarining adabiy tilda yozishga qiynalishlarini ma'lum qilishdi. Shu bilan birga, o'rganishga harakat qilishlarini ham aytib o'tishdi.
Ko'pchiligimiz rus tilida behato gap tuza olamiz-u, o'z ona tilimizda so'zlarning oyog'ini osmondan keltiramiz. Bu yaxshimi? Shuni nuqsonlarimizni to'g'rilashga bo'lgan urinish qattiqqo'llikmi?
Men forumga a'zo bo'lgan vaqtlarimda va undan oldin faqat adabiy tilda yozardim, nima yozsam ham, hoh qog'ozga bo'lsin, hoh kompyuterda. Sal noto'g'ri ketib qolsam qandaydir ko'nglim to'lmasdi, to'g'rilardim. Bir yil davomida o'zimni kuzatib bildim-ki, men ham moslashib bo'libman, shundaylarning ta'sirida, tilni buzib yozishga. Menga o'xshaganlar ancha bo'lsa kerak.
Turli xil forumlar odamlarni to'g'ri yozishga emas, aksincha, to'g'ri yozadiganlarni ham buzib yozishga o'rgatayotgani aniq - bu mening kuzatishlarim. Buning oldini olish qattiqqo'llik bo'lsa, demak, tilni to'g'rilash uchun qattiqqo'llik kerak ekan-da! Aslida hali qattiqqo'llik qilganimiz yo'q. Xatolarning ko'piga ko'z yumayapmiz. Behos qilingan xatolarni hisobga olmayapmiz ham.
Boya aytganimdek, mening vaqtim siznikidan ham tig'iz. Agar bu ishni davom etdirishga rozi bo'ladigan user bo'lsa yaxshi bo'lardi. Aslida hamma ham yozishi mumkin bu yerga, tahrir qilib. Ammo ba'zi userlar kabi "x" bilan "h" ni, yoki noto'g'ri bosilib ketgan biror harfni ro'kach qiladiganlar emas, asl maqsadni tushunib unga amal qiladiganlar yozsa yaxshi bo'lar edi.
Aql egalari uchun mana shu mavzuning ochilishini o'zi kifoya, alohida PM yozish emas.