Ogohlantiruv! Ona tilimizga e'tibor beraylik!  ( 23324 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 B

Donishmand  10 Sentyabr 2012, 18:32:33

Boburbek nokia 5228 yana 1 yomon tomoni bor ekrani issiq sovuq havoga ketib qoladi blakirovkaga tushursez ekan palasa palasa chizula paydo bo'ladi faqat hafa bo'men mani gapimga man xaqiqati gapirvomman
Tahrir:
Boburbek, Nokia 5228 ning yana bir yomon tomoni bor - ekrani issiq-sovuq havo ta'sirida ishdan chiqadi. "Blokirovka" qilsangiz ekranda yo'l-yo'l chiziqlar paydo bo'ladi. Faqat gapimga hafa bo'lmang, men haqiqatni gapirayapman.

Qayd etilgan

Donishmand  11 Sentyabr 2012, 19:27:48

Shokoladli tort..judayam qulay tuhumsiz va yogsiz ham mazali, mikser ishlatmasdan tez tayyor bo'ladigan...oddiygina, dangasalar uchun  : ) ..
masallig..
2-st un
6-osh qoshu  : ) : )kakao
4-chay qoshu razrihlitel
1,5-st un
2-st sut....
oldiniga un, kakao,razrihlitel,shakarni qoshuda yahshilab aralashtirib olamiz..so'gnra sutni sekin astali bn quyib yahshilab aralashtiramiz..yoglangan qolibga solib 180 gr-ga 30-35 minutga qo'yamiz..
orasidegi krem uchun: 2-st sut,2 dona tuhum, 3 osh qoshu un,1-osh qoshu krahmal,1 st shakar..yani zavarnoy krem..
Tahrir:
Shokoladli tort.
Judayam qulay, tuxumsiz va yog’siz, ham mazali. Mikser ishlatmasdan tez tayyor bo’ladi… Oddiygina, dangasalar uchun : )
Masalliq:
2 stakan un,
6 osh qoshiq kakao,
4 choy qoshiq oshirgich,
1,5 stakan un,
2 stakan sut.
Oldiniga un, kakao, oshirgich, shakarni qoshiqda yaxshilab aralashtirib olamiz. So’ngra sutni sekin-astalik bilan quyib aralashtiramiz. Yog’langan qolipga solib 180⁰C da 30 minutga qo’yamiz.
Orasidagi kremi uchun: 2 stakan sut, 2 dona tuxum, 3 osh qoshiq un, 1 osh qoshiq kraxmal, 1 stakan shaker kerak bo’ladi.

Qayd etilgan

Lu`lu`  12 Sentyabr 2012, 08:07:04

 :asl3: форумдош Донишманд.
Ажойиб мавзу очибсиз, лекин жазо масаласида сал каттикрок олибсиз деб уйлайман.
Касбимдан келиб чиккан холда шу ма'лумотни келтирсам: адабий тил ме'ерларидан огишмаган холдагина киши уз тилида фикрини аник баен кила олади.
Лекин шундай ма'лумотлар борки, уларни етказишда вактдан унумли фойдаланиб, юкорида "йул куйилган хатолар"дан куз юмиш окилона иш буларди.
Чунки адабий тилдаги хар бир сузни уз номи бн ишлатиш учун киши лоакал атамашунос булиши керак.
Иккинчидан, атамаларнинг узи 2 хил: илмий ва касб-хунарга оидлигини хисобга олсак, Илмий атаманинг камрови канчалар кенглиги куз унгизга келспгандир. Касб-хунарга оид атамаларда сса хунар сгаси кайси шева вакили булса, уша шевада сузларини изхор килади.
Шунгасм жазо шаклини юмшатишга тугри келади, шекилли  :D

Qayd etilgan

Donishmand  12 Sentyabr 2012, 10:38:45

:vsl3:
E'tibor bergan bo'lsangiz, bu yerda aytib o'tganlaringiz hisobga olingan. O'rinsiz atayin shevada yoki jargon aralashtirib yozilgan postlar, hamda gap tuzishda yo'l qo'yilayotgan qo'pol xatolar, gapni oxirida tugallamasdan uzun qilib davom etdirib ketish kabi hollarga nisbatan qo'llanilayapti holos bu mavzu. Ba'zi forumdoshlarimizning bunga bepisandlik bilan davom etayotgan harakatlariga ko'ra, jazoni yengillatish emas, aksincha, sal kuchaytirish kerakmikin, - deb o'ylayapman.

Qayd etilgan

xojarnur  12 Sentyabr 2012, 11:52:56

 :asl3:
Haqiqatan ham kerakli mavzu,davomli bo'lsin.
Lekin muallifi qattiqqo'lroq ekan.Ayniqsa yangi Userlar(o'zim ham eski emasman) xatolarini topishingizdan ko'ra ko'proq ochiq yuz bilan kutib olishingizga muhtojroq.

Paygamnarimiz s.a,v har bir ishning o'rtasini tutganlari kabi o'rtasini tutsak,yani

Juda ham,huddi hokimiyatga ariza yozayotgandek diqqat bilan ham yozmasak va
Kishi o'qiganda asabi buziladigan darajada qo'pol xatolar bilan ham yozmasak.Qalbimizdagi o'y fikrlarimizni emin-erkin bayon qilsak.

Ayniqsa mavzu boshidagi topilgan imlo xatolarni ko'rib o'ylab qoldim.
Sizning tillolarga ham qaytmaydigan vaqtingiz, yozilayotgan har bir postni sinchiklab tekshirishizga sarflashingizga arzirmikan?Axir bizni kutib turgan narsalar juda ko'p.

Yana bir taklif, xatolarimizni jamoat oldida aytmasdan, xato qilgan kishining o'ziga PM yozsangiz,shunda ham kor qilmasa bu yerga yozsangiz.
Aql egalari uchun bir marta aytish kifoya,inshaalloh.

Bu postimni birorta birodarimni ko'nglini og'ritish uchun ham, bahslashish uchun ham yozmadim. Qur'on oyatlari (Alloh asrasin) noto'gri yozilayotgan yoki o'qilayotganmidiki bunday qilsam.

Ishingiz xayrli va davomli bo'lsin.

Qayd etilgan

Donishmand  12 Sentyabr 2012, 12:23:20

Qaysi imlo xatolarini nazarda tutayapsiz?
Aslida, hozir sizga javob yozishga ham vaqtim yo'q, umuman. Mening vaqtim siz o'ylagandan ham tig'izroq. Ammo bir ishni boshlagandan keyin yozishga majbur bo'layapman.
Qattiqqo'llik deyapsiz, bu yerda qattiqqo'llik bo'layotgani yo'q, aksincha, anchagina y'l qo'yib berilayapti.
Yangi a'zo bo'layotgan uzerlar qoidalarni o'qib, roziliklarini bildirishmaganmidi boshida? Yoki sizga bunday so'rov chiqmaganmi?
Mavzu boshlanganidan beri bir necha userlar PM orqali maktub yo'llab, o'zlarining adabiy tilda yozishga qiynalishlarini ma'lum qilishdi. Shu bilan birga, o'rganishga harakat qilishlarini  ham aytib o'tishdi.
Ko'pchiligimiz rus tilida behato gap tuza olamiz-u, o'z ona tilimizda so'zlarning oyog'ini osmondan keltiramiz. Bu yaxshimi? Shuni nuqsonlarimizni to'g'rilashga bo'lgan urinish qattiqqo'llikmi?
Men forumga a'zo bo'lgan vaqtlarimda va undan oldin faqat adabiy tilda yozardim, nima yozsam ham, hoh qog'ozga bo'lsin, hoh kompyuterda. Sal noto'g'ri ketib qolsam qandaydir ko'nglim to'lmasdi, to'g'rilardim. Bir yil davomida o'zimni kuzatib bildim-ki, men ham moslashib bo'libman, shundaylarning ta'sirida, tilni buzib yozishga. Menga o'xshaganlar ancha bo'lsa kerak.
Turli xil forumlar odamlarni to'g'ri yozishga emas, aksincha, to'g'ri yozadiganlarni ham buzib yozishga o'rgatayotgani aniq - bu mening kuzatishlarim. Buning oldini olish qattiqqo'llik bo'lsa, demak, tilni to'g'rilash uchun qattiqqo'llik kerak ekan-da! Aslida hali qattiqqo'llik qilganimiz yo'q. Xatolarning ko'piga ko'z yumayapmiz. Behos qilingan xatolarni hisobga olmayapmiz ham.
Boya aytganimdek, mening vaqtim siznikidan ham tig'iz. Agar bu ishni davom etdirishga rozi bo'ladigan user bo'lsa yaxshi bo'lardi. Aslida hamma ham yozishi mumkin bu yerga, tahrir qilib. Ammo ba'zi userlar kabi "x" bilan "h" ni, yoki noto'g'ri bosilib ketgan biror harfni  ro'kach qiladiganlar emas, asl maqsadni tushunib unga amal qiladiganlar yozsa yaxshi bo'lar edi.
Aql egalari uchun mana shu mavzuning ochilishini o'zi kifoya, alohida PM yozish emas.

Qayd etilgan

Lu`lu`  13 Sentyabr 2012, 00:33:45

Aslida, hozir sizga javob yozishga ham vaqtim yo'q, umuman. Mening vaqtim siz o'ylagandan ham tig'izroq........................
.........................
.........................
.........................

 :)

Qayd etilgan

Donishmand  13 Sentyabr 2012, 07:56:21

forumdoshlar sizdan iltimos bir ukamizni uylantirayotgan edik shunga taniqli xonandala kere edi qale qip kantakt qilsa ular bilan agar tel nomerini bilsayizlar yozib qoldiringlar oldindan rahmat sizlarga

Qayd etilgan

Donishmand  16 Sentyabr 2012, 11:32:11

ishqibozlik yomonda ,
menam rosa minganman jaa harli masu java, ij(qo'sh) staj 3yildan 6yil ,qattiq qiziqardim sovuqni sovuq demay ,kechayu kunduzni farkiga bormay haydayverardu, tezligimiz 140 ga arang chiqardi holos, yaxlab muzlab lablarimiz ko'karib ketsayam minaveradik, shuning uchun bir kasalik ortirganman, ozgina shabada busayam darrov ko'rpa to'shak dasmaya, hoziram kurpa tushada shif mix larini sanab yotimman. Dushmanimgayam maslahat bermayman moto minishni, undan kura eeeski busayam moshna min

Shuhrat_, postingizni qayta yozib o'tirmadik. O'zingiz to'g'rilab qo'ya olasiz deb o'ylayman.

Qayd etilgan

Wonder  16 Sentyabr 2012, 15:29:13

Ajoyib! Kerakli mavzu ekan. Mavzu muallifidan xuddi shu ruxda davom etishini so`rab qolaman

Qayd etilgan