Bozordagi raqobatdosh to’rt smartfondan uchtasini ko'zga ko'rinarli farqlari bilan tanishib chiqsak (kuni-kecha namoyish etilgan HTC Windows Phone 8X ni keltirmay turamiz)
Samsung Galaxy S3 
Displey 4.8 dyum
Batareya 2100 mAh
Xotira: 32gb (+ MicroSD 64Gb gacha)
OS: Android ICS4
Prosessor: Exynos 4412/ Chastota 1400MGts/ 4 yadro/
Kamera: 8 mp / 1.9mp/
Galaxy S iPhone bilan raqobatlashib keladi. Apple kompaniyasi iPhone 4sni chiqqanda Samsung ham ko’p kuttirmay Galaxy S3ni chiqardi. Bu haqiqiy portlash bo’ldi, hozirda hamma smartfonlardan afzalligi bilan ajralib turibdi.
Nokia Lumia 920
Displey 4.5 dyum
Batareya 2000mAh
Xotira: 32gb
OS: Windows Phone 8
Prosessor: Qualcomm MSM8960/ Chastota: 1500MGts/ 2 yadro/
Kamera: 8.7mp / 1.3mp/
Nokianing Symbian sistemasi iOS va Android oldida ko’rinmay ketti, Nokia o’tgan yillari inqirozga uchray deb turgan edi, va nihoyat Windows bilan birgalikda Windows Phoneni taqdim etishini bildirdi. Bu qadami ancha yaxshi chiqdi, Windows Phone ham Android bilan bemalol raqobatlasha oladi, ochig’i hali ushlab ko’rmasam ham Android 4 ICSdan ko’ra WindowsPhone8 ko’proq yoqdi.
Asosiy raqobatdoshi Samsung Ativ S, HTC Windows Phone 8X...
Apple iPhone 5
Displey 4 dyum
Batareya LiPo 1400mah
Xotira: 32gb
OS: iOS6
Prosessor: Apple A6/ Chastota: 1000 MGts/ 2 yadro
Kamera: 8 mp / 1.2mp
Rosti, Appledan yangiliklarga ko’nikib qolgan edik, iPhone5ni ham "œaql bovar qilmas" darajada chiqishini kutgandim, yo’q bu safar katta o’zgarishsiz chiqdi. "œiPhone5"ni "œiPhone 4s"ga qaraganda ko’pam farqi yo’q, 3.5 dyumdan 4 dyumga kattayganligi, va biroz yupqalashganligini, kamerasi biroz tiniqroq olishini aytmaganda deyarli o’zgarish yo’q. Batareyasi ham 1400mAch, avvalgidan deyarli farqi yo’q ekan. Haliyam MicroSDlarga joy qo’ymapti, o’zining 8, 16 yo 32gblik hotirasi bilan chiqadi.