Пирог из сгущенки - Quyultirilgan sutdan pirog  ( 6119 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Mahdiyah  11 Sentyabr 2012, 13:04:20

Assalamu alaykum.
Juda tez tayyor bo'ladigan sgushyonkali pirog.

Masaliqlar:
1 bonka sgyushonniy moloko (380 g)
2 ta tuxum.
1 stakan (to'lamas) un.
soda 3/4 choy qoshiqcha
kraxmal 1 choy qoshiqcha (agar kraxmal bo'lmasa shart emas)
uksus 2-3 tomchi
Pirog ichija nachinkasi: jem, pavidlo, qirg'ichdan o'tkazilgan mevalar. (ta'bga qarab)
Ustini bezatish uchun shakar kukuni va 10-15 dona olcha yo malina.



Tayyorlanishi:
Tuxumni idishdga solib yaxshilab aralashtiriladi (mikserda aralashtirish shart emas),
ustiga sgushyonniy molokoni quyib aralashtiriladi.
Keyinn un solinadi (kraxmal bo'lsa, kraxmal un bn qo'shib solinadi), yaxshilab aralashtiriladi.
Keyinn uksusli sodani solamiz.
Yaxshilab aralashtirib yog'langan idishga solamiz
Duxovkani 175-180 gradusda qizdirib olamiz.
Pirogimizni 25-30 daqiqaga duxovkaga qo'yamiz.
Tayyor bo'lgach 2 ga bo'lib o'rtasiga jem yo povidlo suramiz.
Ustini esa rasmdagidek shakar kukuni va olcha yoki malina bn bezatamiz.

YOQIMLI ISHTAXA!
 

Qayd etilgan


Mahdiyah  11 Sentyabr 2012, 13:10:19

Olcha topolmadim.
Lekin shirin ekan, ham tezda tayyor bo'ladi.  :)



Qayd etilgan


BilmasOY  26 Dekabr 2012, 17:11:16

Pishirib ko'rdim, rasmgayam oldim, faqat rasmi uncha o'xshamadi(( lekin mazasiga gap yo'q!!))

Qayd etilgan