Tayyorlanishi:Kartoshkani qirg’ichdan o’tkazing, qolgan yashilliklarni to’g’rang, ichi keng va chuqurroq idishga butun masalliqlarni solib, 5 daqiqa qadar yo’g’iring.
Qo’lga yopishmaydigan, bergan shaklingiz buzilmaydigan holga kelganda qorishmadan yong’oqday bo’laklar olib, kotlet shakllari yasang.
Yana bir idishga un solib, kotletlarni unga botirib oling.
Tovaga yog’ni solib, qizdiring va unga botirilgan kotletlarni 10 daqiqa qadar o’rta olovda pishirib oling.
Kotletlar pishganda kartoshka va mannaya krupaning yordamida qanchalik ichi yumshoq ekanligini ko’rasiz. Kotletni yonida kecha tayyorlagan "œSevgi izhori" salatimni yedik, salat judayam muloyim (qirg’ichdan o’tkazilgani uchun) va mazali edi, tavsiya etaman