Yalpizli, ismaloqli "Garmoshka" somsa:) (qadam-baqadam)  ( 5799 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Ansora  11 Sentyabr 2012, 23:46:22

 :asl3:






Bizni somsalar qiyinroq, bu somsa esa oson somsa tayyorlash yo'llaridan birini ko'rsatadi sizga:)


Masalliqlar:

150 gr ismaloq
50 gr yalpiz
1 dona piyoz
100 gr qiyma
2-3 qoshiq salat yog'i
2 dona yufqa (bu xamirdan 8 dona chiqdi, chunki o'rta kattalikdagi xamirni 4ga bo'lamiz)
Ilgari ham aytganimday, yufqani o'rnida oddiy suv yoki sut, un, tuz, iliq suvdan xamir qorib, ishlatsangiz ham bo'ladi)


Xamir bo'laklarini orasiga surtish uchun


0.5 stakan (100 gr) sut
0.5 stakan salat yog'i yoki saryog'.

Somsamizni ichiga solish uchun avvalo yalpizni mayda to'g'raymiz, 2-3 qoshiq salat yog'ida qiymani qovuramiz, ketidan qirg'ichdan o'tkazilgan piyozni solamiz, biroz qovurib, mayda to'g'ralgan yalpiz va ismaloqni solamiz. Piyozni to'g'ramasligimizni sababi ich masalliq mayin bo'lishi shart.

Eslatma: "Garmoshka" somsani ichiga pishloqli, tamoman ismaloqli, bedali masalliq ishlatishingiz ham mumkin.



Qayd etilgan


Ansora  11 Sentyabr 2012, 23:46:48

Tayyorlanishi:

Dumaloq yoyilgan xamirni 4 bo'lakka bo'lib, sut va yog'li qorishmadan surtamiz:



Kesilgan xamirning uchli tarafidan boshlab yuqoriga barmog'ingiz bilan nozik harakatlar ila surib, bukib chiqamiz:



Xamir bo'lagini keng tarafiga qarab bukib chiqqaningizda ikki tarafi qavatli shakl hosil bo'lgan bo'lishi kerak:



Qavatli shakli  qoq o'rtasidagi ikki tarafni biroz o'rtaga keltiramiz, chunki qiymali, yalpizli masalliq solamiz va to'kilmasligi kerak:



Qayd etilgan


Ansora  11 Sentyabr 2012, 23:47:13

Masalliqni solib bo'lgandan keyin qavatli xamir bo'lagini eng pastdan yuqoriga o'rab chiqamiz:



O'rab bo'lib, orqasini o'girganingizda shunday shakl hosil bo'lgan bo'lishi kerak. Xohlasangiz avval masalliq solmasdan turib, bir necha marta mashq qilib ko'ring menday:)



Yog'langan listlarimizga terib chiqamiz. Ustiga esa xohlasangiz tuxum surting, men ortgan sut va yog'li qorishmadan surtdim:



Men o'g'lim oson yesin, deb 1 dona yufqadan "Sigaret" bo'regi qildim:)



Yoqimli ishtaha:)

Qayd etilgan


Saliha  12 Sentyabr 2012, 13:00:33

qo'lizga soglik,dasturhonizga baraka..rosayam nafis ko'rinishda..

Qayd etilgan