Semizo'tning foydalari.  ( 3890 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Ansora  13 Sentyabr 2012, 01:23:50

 :asl3:

Kechagi salat sabab semizo't haqida ba'zi ma'lumotlarni oldim, balki sizni ham qiziqtirar azizlar.

Judayam to'yimli bo'lgan semizo'ti temir moddasi va C vitaminiga boydir.
Irsiy qonaydigan kasalliklarda, asosan o'pka va siydik pufagidagi kasalliklarda judayam katta shifo berishini ta'kidlagan mutahassislar semizo'tning qonni tozalaganini, tez tez peshobni haydagani uchun qon va siydikdagi zararli moddalarni yuvishini eslatadilar.

Bundan tashqari asab kasalliklarida judayam foydali ekanligini eslatadi mutahassilar, buyrakdagi tosh va qumni to'kishga yordam berar ekan shu biz bilgan semizo't:)

Eng muhim foydalaridan yana bir -shakar kasalliklarida suvsashni kamaytirganligi ekan.

Nomi semizo't, lekin bu sabzavot ortiqcha kilolardan qutilishimizga juda katta yordam berar ekan:)

Semizo'tni pishirmasdan, xom holicha, salat shaklida yesangiz vitamini o'lmas, tanangizga inshalloh shifo bag'ishlar ekan.

Hojatga chiqa olmaslikda ham juda katta yordam berar ekan.

Ha asosiysi, tarkibidagi OMEGA3 baliqdan qolishmas ekan!!!

Demak, bundan keyin mo'l mo'l semizo'ti yeymiz inshalloh azizlar:)



Qayd etilgan