Umumiy bo'lim > Rasululloh SAV va sahobalar

Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!

(1/31) > >>

AbdulAziz:
Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!
Butun olamlarning egasi, bizlarni ko’radigan, eshitadigan, aql yurgizadigan inson sifatida yaratgan Allohga cheksiz, O’zi rozi bo’lgancha hamdu sanolar bo’lsin!
Sarvari olam, bu dunyoning yaratilishiga sababchi bo’lgan, dunyodagi eng hushxulq inson, so’nggi rasul — Muhammad sallollohu alayhi vasallamga durudu salovotlar bo’lsin!

Alhamdulilloh, bizlar musulmon bo’lib tug’ildik, muslim bo’lib yashayapmiz, mo’min holimizda dunyodan ketajakmiz inshaalloh! Bizning musulmon bo’lishimizga sabachi bo’lgan, o’limi oldida ham ummatim deb qayg’urgan, qiyomat kunida shafoat qiladigan sevikli payg’ambarimiz Muhammad sallollohu alayhi vasallam haqlarida bu kunlarda qancha eslasak shuncha kam. Ul zot butun insoniyatga dunyoning nimalgini o’rgatgan, Islomning mohiyatini tushuntirgan, bashariyatga haqiqat yo’lini ko’rsatgan buyuk zotd edilar.

Bir marta «Birodarlarimni sog‘indim» degan edilar Rasuli Akram va buni eshitgan sahobalar: «Biz sizning birodarlaringiz emasmizmi yo Rasululloh» deb so‘raganlarida, «Sizlar mening do‘stlarimsizlar, birodarlarim oxir zamonning og‘ir imtihonlariga duch kelgan paytda ham Islomni tark etmagan mo‘minlardir» deb javob bergan edilar.

Allohim barchamizni u kishining birodarlaridan qilsin!

Yo Rasululloh, men sizni yaxshi ko’raman. Siz bilan to’yib-to’yib gaplashgim, muborak hidingizdan bo’y olgim keladi. Siz bilan bir masjidda namoz o’qisam deyman. Jamolingizdan nur olmoq istayman. Quchoqlab olgim keladi muborak jussangizni"¦
Garchi men bunga arzimasam-da, tushlarimga kiring yo Rasulalloh"¦

Mavzu arxivi

Laylo:
Assalomu alaykum!
AbdulAziz, Alloh rozi bo'lsin sizdan!
Judayam ajoyib ta'riflar.

Muhammad alayhissalomni yaxshi ko'rish, ularning hayotlaridan ibrat olish, ulardek bo'lishga intilish har birimizning orzuimizdir.

Sallallohu alayka ya Rasululloh!
Sollallohu alayka ya Nabiyalloh!

Munira xonim:
Assalamu alaykum. Allohga beadad hamd bo'lsin! Allohning eng sevimli Rasuli va bandasi, ikki olam sarvari unsonlarning sardiri, barcha Rasullarning afzali va ohiri, to Qiyomatgacha keladigan ummatlarining yo'lboshchisi, ustozi, tarbiyachisi, ota-onamizdan-da mehribon, Qiyomat kuni InshaAlloh shafoatchimiz Muhammad Mustafo s.a.v. ga chekiz durudi salovatlar bo'lsin! U kishining ashoblariga, zavjayi mutahharolariga, farzandu arjumandlariga va yo'llarini tutgan tobe'inlarga Allohning rahmati va mag'firati yog'ilsin. Amiyn. Biz gunohkor bandalarni ham Ul zoti muborakni hurmatlaridan Allohning O'zi mag'firat qilsin.Amiyn. Har birimizga u muborak zotni bu dunyoda o'zdan-da sevib,sog'inib yashash va ohiratda shafoatlariga musharraf bo'lish naib etsin. Alloh barchamizdan rozi bo'lsin. Amiyn.

Doniyor:
Payg’ambarimiz Muhammad sav ga muhabbatni orttiradigan quyidagi kitoblarni tavsiya etaman:

Nurul-yaqin. Muallif: Muhammad Huzariy.

Shamoili Muhammadiya. Muallif: Abu Iso Muhammad at-Termiziy

Saodat asri qissalari. Muallif: Ahmad Lutfiy.

Tarixi muhammadiya. Muallif: Alixonto’ra Sog’uniy.

AbdulAziz:
Muslimasubh:

Odamlar hozir go'zallikni dabdabalikka almashtiradilar, ya'ni Alloh go'zallikni yaxshi ko'radi deyishib, uylarini chiroyli qilishadi, ya'ni judayam dabdabali, keyin esa so'zlari go'zallikni yaxshi ko'rish bo'ladi.
Agar Rasululloh s.a.v. kelsalar edi, bilmadim, odamlar-mo'minlarning uyatdan yuzlari qizarsa kerak, chunki Rasululloh s.a.v.ga ergashishni gapiramizu, lekin amalda esa...

Bir birodarim aytgan edi, ilohim ohiratda Rasululloh salallohu alayhi vassallam bilan quchoqlashish nasib etsin deb, man bu so'zlarni eshitib, naqadar chiroyli soz' va go'zal niyat, ilohim Allohim o'sha birodarimni niyatlariga yetkazsin!
Bizni esa shunday ismimizni chaqirib , bizga qarasalar , shuni o'zi kifoya edi!Alloh nasib aylasin!

Navigation

[0] Message Index

[#] Next page

Go to full version