Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!  ( 145708 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 B


Saliha  29 Dekabr 2010, 18:32:31

Rasululloh sizni juda sog'indim!!!
Siyratingiz o'qib o'rganganim choq
G'aflatdan uyg'ondim, tarqadi mudroq
Taniganim sari sizni yaxshiroq
Qalbimni o'rtaydi sog'inchli firoq.
Rasululloh sizni juda sog'indim!!!

Sizni yoningizda bo'lgim kelyapti
Ashoblaringizni ko'rgim kelyapti
Qay tomon yursangiz sira ajramay,
Ortingizdan izma-iz yurgim kelyapti.
Rasululloh sizni juda sog'indim!!!

Anasdek jon fido qilolmasam ham,
Abu Dujonangiz bo'lolmasam ham
Ularning hayotin o'qiganim dam
Avj olar sog'inchim ko'zlarimda nam.
Rasululloh sizni juda sog'indim!!!

Umardek xizmatingiz qilsaydim qani,
Kel Umar desangiz qaniydi mani
Buning uchun rozi edim bir necha kunlab
Ochlikdan qornimga toshlar osgani.
Rasululloh sizni juda sog'indim!!!

Uxud jangin o'qib, ko'zimga yoshlar to'ldi,
Xandaq sabab Salmon, ahli-baytingizdan bo'ldi
Mening esa eng sharafli baxtim sizga ummatlik
Allohga cheksiz hamdlar Habibiga ummat qildi.
Rasululloh sizni juda sog'indim!!!

Qani edi jannatda yoningizda tursaydim
Nur yuzlik chehrangizga to'ymayin termulsaydim.
Siz-la yonma-yon turib Alloh yuzin ko'rsaydim
Siz birla bir havodan to'yib nafas olsaydim.
Rasululloh sizni juda sog'indim!!!

Toifliklar zulmi qalbim tirnaydi,
Makkalik mushriklar tinmay tergaydi,
Evaziga tog'dek-tog'dek oltin bersa ham,
Madinalik ansorlar sizni bermaydi.
Rasululloh sizni juda sog'indim!!!

Mehr ko'rsatishar otam ham onam,
Ko'nglimni ko'tarar dilkash hamxonam,
Bunday g'amxo'rlikdan quvnayman bir dam,
Ammo sog'inch xissi tinmas shunda ham.
Rasululloh sizni juda sog'indim!!!

Dunyo-dunyo chiroydan bezganda yurak,
Aytmangiz menga latifa, ertak,
So'rasangiz gar: - Ne aytay bo'lak,
Xadis aytib bering, menga shu kerak.
Rasululloh sizni juda sog'indim!!!

Qayd etilgan


siddiqa  30 Dekabr 2010, 04:47:10

QASIDA

Arshning qubbalariga nomi nur-la yozilgan,
Ismi samoda Ahmad, yerda Muhammad bo’lgan,
Yetti qavat osmonda Haq jamolini ko’rgan
Avval-oxir yo’lboshchi, yo hazrati Muhammad!

Sizga nur yomg’irlari yog’arkan yeti qatdan
U tunda siz, din kelgan azal qadar uzoqdan.
Malaklar har zarraga mujda berarkan haqdan
U tunda siz tug’ilgan, yo hazrati Muhammad!

Quyosh ham u kechaning nuriga sajda qildi!
Yulduzlar behud bo’lib, koinot vajda qildi!
Hamdu sanolar bari Yaratganga o’qildi,
U tunda siz tufayli, yo hazrati Muhammad!

Ka’bada shirk toshlari — butunlay yerga qularkan,
Jaholat bayroqlari bari bir-bir sinarkan,
Ming yillik kufr olovi abadiyan so’narkan,
Qutlug’ qadamingizdan, yo hazrati Muhammad!

Shu tunda Sa’va ko’li mo’jizayla yo’q bo’ldi!
Kisro saroylarining ustunlari yiqildi!
Arzdan Arshgacha olam rahmatingizga to’ldi!
- U kecha siz, din kelgan, yo hazrati Muhammad!

Go’daklik yo’rgagingiz oq bulutdan o’rlagan,
Tug’ilib-tug’ilmasdan, sajda amri berilgan,
Boshingizda olamga rahmat toji ko’rilgan!
Koinotning sarvari, yo hazrati Muhammad!

Sizning go’zal xulqingiz, axloqning namunasi,
Go’zal sabr bobida basharning eng a’losi!
Ul Jannat makoningiz, faqirlarning xonasi!
Ko’ngillar xazinasi, yo hazrati Muhammad!

Sizga shohid haq so’zlar azaldan beri har on,
Sizga shohid oyatlar har zarrada bitilgan!
Sizdan ayro qolmoqqa qanday chidasin, bu jon?
Siz har jonda jononsiz, yo hazrati Muhammad!

Me’roj tunida bir-bir, ochildi so’zga ko’klar,
Salom bilan qarshilab, har qavat payg’ambarlar!
Shunda bir on keldi-ki, to’xtab barcha malaklar!
Haqqa yolg’iz bordingiz, yo hazrati Muhammad!

Haq bilan qul visoli, u ilohiy bir to’yda,
Hech kimdan hech kimsaga foyda bo’lmagan kunda
Xayru-sharrni xos tortgan, u tarozu o’rniga
Siz shafoatchim bo’ling, yo hazrati Muhammad!

Bilamizki, hukmi yo’q, bu dunyo ne’matining,
Ko’ngildir sarmoyasi, oxirat sarvatining,
Sizga salovat-salom yo’llagan har ummatning
Jannat shohidi bo’ling, yo hazrati Muhammad!

Ko’ngil ko’zi ko’r inson, jon ko’zini naylasin!
Dunyoda do’nmagan til, Mahsharda ne so’ylasin?!
Mavlo, butun basharni ummatingiz aylasin!
Bayrog’ingiz ostida, yo hazrati Muhammad!

Jannat sari yetaklang, yo hazrati Muhammad!
Jannatlarga yetaklang, yo hazrati Muhammad!

Turkchadan Gulbahor Abdulloh qizi tarjimasi

Qayd etilgan


Ansora  30 Dekabr 2010, 14:21:59

Siddiqaxon, Alloh rozi bo'lsin. Bu qasidani Turk tilidagi aslini ham joylashni ma'qul ko'rdim. Muallifi: Jengiz Numanog'lu (Cengiz Numanog'lu)

Arş’ın kubbelerine adı nurla yazılan

İsmi semâda "œAhmed", yerde "œMuhammed" olan

Yedi katlı göklerde Hak cemâlini bulan

Evvel-ahir yolcusu yâ Hazreti Muhammed



Sağnak nur yağmurları inerken yedi kattan

O gece sendin gelen, ezel kadar uzaktan

Melekler her zerreye müjde verirken Hak’tan

O gece sendin gelen yâ Hazreti Muhammed



Güneşler, o gecenin nuruna secdederken

Yıldızlar meşk içinde, kâinat vecdederken

Bütün hamd ü senalar Yüce Rabb’e giderken

O gece, sendin gelen, yâ Hazret-i Muhammed

Qayd etilgan


Ansora  30 Dekabr 2010, 14:22:40

Kâbe’de şirk taşları, putlar yere dönerken

Cehâlet bayrakları, birer birer inerken

Bin yıllık küfr ateşi, ebediyyen sönerken

O gece sendin gelen yâ Hazreti Muhammed



O gece Save gölü, mu’cizeyle kururken,

Kisra saraylarında, sütunlar savrulurken

Arz’dan arş’a âlemler rahmetini bulurken

O gece sendin gelen yâ Hazreti Muhammed



Sen ki; doğum kundağı, ak bulutla örülen

Doğar doğmaz, "œAllah’a secde" emri verilen

Doğudan ve Batıdan, her mahlûkça görülen

Kainat efendisi, yâ Hazreti Muhammed

Qayd etilgan


Ansora  30 Dekabr 2010, 14:23:08

Sen ki; asâletine, ezelden hükmedilen,

Tertemiz rahimlerle, lekesiz soydan gelen,

Beşerî şüpheleri, Kur’ân ilmiyle silen,

Seçilen sevgilisin, yâ Hazreti Muhammed.



Sen ki; büyük yargıda, şefaat müjdecisi,

Bunca âciz beşerin, mahşer günü bekçisi,

Sen ki; Kur’ân şahidi, Allah’ın son elçisi,

Kurtuluş habercisi, yâ Hazreti Muhammed.



Sen ki; Âdem neslini, uçurumdan döndüren,

Zulüm sancılarını, şefkatiyle dindiren,

İnkâr yangınlarını, irfânıyla söndüren,

Âlimlerin sultanı, yâ Hazreti Muhammed.

Qayd etilgan


Ansora  30 Dekabr 2010, 14:23:39

Sen ki güzel huyların, ahlâkın meş’alesi

Sabır doruklarında beşerin en yücesi

Senin cennet mekanın, fakirlerin hanesi

Gönüller hazinesi yâ Hazreti Muhammed



Sana şâhit sonsuzlar, ezelden beri her an

Sana şahit ayetler her zerre ve her mekan

Senden uzak kalmaya nasıl dayanır ki can

Sen, her canda cânânsın yâ Hazreti Muhammed



Mi’raç gecesi bir bir açılıyorken gökler

Seni selamlıyorken her katta peygamberler

Öyle bir an geldi ki; durdu bütün melekler

Hak’ka yalnız yürüdün yâ Hazreti Muhammed

Qayd etilgan


Ansora  30 Dekabr 2010, 14:25:16

Gönül gözü görmeyen, can gözünü neylesin

Dünyada dönmeyen dil mahşerde ne söylesin

Mevla, bütün beşeri ümmetinden eylesin

Sancağının altında yâ Hazreti Muhammed



Hak ile kul vuslatı o ilâhî düğünde

Hiç kimseden kimseye fayda olmayan günde

Hasatları, has tartan o terazi önünde

Noksanları bağışlat yâ Hazreti Muhammed



Biliriz ki; hükmü yok bu dünya nimetinin

Gönüldür sermayesi ahiret servetinin

Sana salat ve selam gönderen ümmetinin

Cennetler şahidi ol yâ Hazreti Muhammed


Bu qasidani ilohiy sifatida tinglang:

http://www.youtube.com/watch?v=J5lPbibKpqU&feature=related

Qayd etilgan


Ansora  30 Dekabr 2010, 14:45:20

Bu qasidani O'zbekchasini o'qib juda xursand bo'ldim. Alloh rozi bo'lsin, tarjima qilganlardan, joylagandan, o'qigandan...
Bu asarni meni hayotimda juda boshqacha joyi bor. Sizlar bilan baham ko'rmoqchi bo'ldim.
2007 chi yili İstambulda talaba ekanman, "Qutlug' tug'ilish haftasi" (Kutlu doğum haftasi) uchun chet ellik talabalardan ham Payg'ambarimiz (S.A.V) bilan bog'liq bir narsa tayyorlashimizni aytib qolishdi. Men ham bu dasturga qatnashsammikan, deb o'yladim. Bu qasidani ilgari ham eshitganimda juda ta'sirlanib, xuddi sehrlanganday bo'lgandim, shu ilohiyni yodlab aytishga qaror berdim. Odatda men osonlikcha she'r yodlay olmayman, bu qobiliyatim yo'qroq. Lekin Allohni ishini ko'ringki qasidani hammasini yodladim. U paytlar yotoqxonada qolardim, qayerda bo'sh joy topsam o'zimcha tayyorlanaman, balki 100 martaga yaqin o'zimga aytib bergandirman...
Xullas, o'sha kun ham yetib keldi, dastur İstambulning Bo'stanji semptidagi eng katta saroylaridan biri "Bostanji" madaniyat markazida bo'ladigan bo'libdi. Men bu dasturni o'rtalarida joy olgandim. Salonda 5000ga yaqin faqat ayol-qiz bor edi.
Sahnaga chiqdim, o'zimni tanishtirishim kerak, Men İmom al Buxoriy, Shoxi Naqshibandiylarni diyoridan keldim, dedim. Salomimni qabul aylang...Butun salonda o'tirganlar birdan "voh" deb yuborishdi:(
Payg'ambarimizni (S.A.V) duo bilan eslab, sizlar uchun ushbu qasidani tayyorladim, kamchiliklar bo'lsa xush ko'rasizlar, azizlar. O'zbekistonim uchun duo qilinglar, biz Rasulimizdan yillab uzoq qoldik, lekin alhamdulillah mana ortiq Mustaqilmiz, xozirgi nasl bizday yashirinib emas, ochiqcha Dinimizni o'rganib, Payg'ambarimizni (S.A.V) taniyabdi...

Qasida tugaguncha men yig'ladim, salondagilar yig'lashdi...
Xuddi Payg'ambarimizni (S.A.V)ruhlari biz bilan birga edi, hech bilib bo'lmaydi, balki haqiqatdan ham shundaydir, chunki, dasturda boshdan ohirigacha duolar etildi, salavotlar aytildi...

Aslida Musulmonlar orasida hech qanday to'siq, chegara yo'q, yetarki Musulmonlikni yurakdan his qilaylik, mana o'sha kuni ham butun o'tirganlar bizlar-O'zbeklar uchun duo qilishdi...

Alloh Payg'ambarimizni (S.A.V)ni sevgilarini yana ham ortirsin azizlar...

Qayd etilgan


Hadija  11 Yanvar 2011, 10:07:54

:as:

opa men ham o'zbekchasiuni ko'rib hursand bo'lib ketgandim ,turkchasini eshitardim ,juda ovozi mahzun odam aytganlar tasirli qilib )))

Yo'q demasez sizda b-sa shuni bizaga ham berib turishizni ilojisi bormi?

Qayd etilgan


Ansora  12 Yanvar 2011, 19:00:42

:as:

opa men ham o'zbekchasiuni ko'rib hursand bo'lib ketgandim ,turkchasini eshitardim ,juda ovozi mahzun odam aytganlar tasirli qilib )))

Yo'q demasez sizda b-sa shuni bizaga ham berib turishizni ilojisi bormi?

http://www.youtube.com/watch?v=J5lPbibKpqU&feature=related

Qayd etilgan