Men o'g'lim 1 yoshdan o'tgandan keyin uning suyaklari mustahkam bo'lishida yordam bersin, deb suyakli sho'rva qilib turaman orada. Shukr, oglimam yoqtirib ichadi.
Masalliqlar:300 gr suyakli go'sht (bu yerda muhimi suyagi)
2 litr suv
2 qoshiq mayda makaron yoki guruch
tuz
Tayyorlanishi:Suyakli go'shtni yuvib, skorovarkaga soling, tuzini soling, 1 soatga yaqin pishiring. Biroz iligandan keyin go'shni suyakdan ajratib, suvini ichiga titib soling. Sho'rvaning suvi bir qaynab chiqqandan keyin makaron yoki, guruchni solib, 10-15 daqiqa qadar pishiring.
Yoqimli ishtaha.