Bulgurli, kartoshkali kotlet taomi.  ( 2668 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Ansora  20 Sentyabr 2012, 18:46:37

 :asl3:


Odatda men bu bugurlarni solib boshqacharoq yegulik qilardim. O'sha kuni "bugun shunday qilsam, qanday bo'larkan" degan xayol bilan pishirgandim, uydagilarga rosa yoqdi shukr, muhimi ham shu emasmi:)

Masalliqlar:


1 stakan (200 gr) mayda bulgur
250 gr qiyma
1 dona piyoz (qirg'ichdan o'tkaziladi)
1/3 bog' ukrop (mayda tograymiz)- bu kotletga ukrop juda yarashadi, o'ziga xos hid va t'am beradi.
tuz, murch.
2-3 dona kartoshka
3-4 qoshiq yog'
1 dona bulgo'ri
1 qoshiq tomat
1 litr suv

Tayyorlanishi:

Qiyma masalliqlarini aralashtiring. Bulgur suvni yaxshi ko'rgani uchun darrov suvni shimib olib, shisha boshlaydi, shuning uchun aralashtirib bo'lib, darrov shakl bering, qotib qolmasin.

Bir tarafdan yog'da togralgan bulg'orini, tomatni qovurib, suvini quying, kartoshkani xohlagan shaklda tograb, suvga soling, ehtiyotlik bilan kotletlarni qozonga joylashtiring.
Qozonni qopqogini zich yopib, 35-40 daqiqa past olovda pishiring.

Yoqimli ishtaha.



Qayd etilgan