"Dızmana" bo'regi.  ( 2700 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Ansora  20 Sentyabr 2012, 19:03:42

 :asl3:

Tayyorlanishini ertaga yozaman nasib bolsa.



Kerakli masalliqlar:

2 stakan iliq sut (400 ml)
1 dona tuxum
0,5 stakan salat yog'i
1 qoshiq droja
1 qoshiq shakar
0,5 qoshiq tuz
Olganicha un, xamir yumshoq bo'lishi shart, xatto qo'lingizda biroz yopishsin.

Ichi uchun:

300 gr qiyma
2 dona piyoz
Biroz petrushka (istakka qarab)
tuz, murch.

Sousi uchun:


1 dona tuxum
3 qoshiq salat yog'i
2 qoshiq shirin qatiq (nordon qatiq bo'lsa, boregingizga tasir qiladi)

Qayd etilgan


Ansora  21 Sentyabr 2012, 17:39:12

Xamir masalliqlaridan, yumshoq, biroz qo'lga yopishadigan xamir qilamiz, 30 daqiqa qadar tinsin. Bu orada siz qiymani mayda togralgan piyoz va petrushka bilan qovurib, sovutib qoying.


Yarim soatdan keyin xamirni ochib, 4ga bolamiz. Orta kattalikda yoyib, ichiga qiymani 4/1ni solib, o'raymiz.



Asta rulet qilib oraymiz va 2,5 sm qalinlikda kesib olamiz.


Qayd etilgan


Ansora  21 Sentyabr 2012, 17:40:49

Ruletlarni kesib olgandan keyin listingizga rasmda korganingizday terib chiqing.



Siz 4 bolak xamirni tayyorlab terib chiqquncha xamirlar yana da oshadi.



Butun bolaklarni terib bolgandan keyin bolaklarni ustidan chimchilaganday ezib chiqing, xamir bolaklari bir-biriga yopishsin.


Qayd etilgan


Ansora  21 Sentyabr 2012, 17:41:12

Sous masalliqlarini yaxshilab aralashtirib, listga tekiz yoyib chiqamiz va 175 darajada 50-60 daqiqa pishiramiz.



Pishgandan keyin 15 daqiqa dara kuting, biroz iligandan keyin kesing.



Osh bolsin:)




Qayd etilgan