Mening qadrdon kitobim  ( 20488 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


albatros  30 Sentyabr 2012, 15:30:04

Aslida kitobning yomoni bo'lmaydi. Ammo shunday asarlar, shunday kitoblar bo'ladiki - uni o'qigan kitobxon kunlar, oylar hatto yillar davomida shu asar qahramonlari bilan yashaydi. Kitobxon bu asar olamiga shunday sho'ng'iydiki - go'yo o'zi shu asar qahramoni bo'ladi, gohida asar qahramonlari bilan yig'laydi, gohida ular quvonchiga sherik bo'ladi.

Aziz forumdosh. Sizning ham ana shu holatga tushirgan, hayotingizga o'chmas iz qoldira olgan, siz uchun eng aziz asar bormi? Keling shu haqda fikrlashaylik...

Qayd etilgan


BilmasOY  30 Sentyabr 2012, 20:53:53

 :asl3:

Albatta, unaqa kitoblar ko'p, ayniqsa o'zbek adabiyotida.

O'tkir Hoshimovning "Ikki eshik orasi" asarini ana shunday kitoblar sirasiga kiritishimiz mumkin. Masalan men bu kitobni birinchi marta o'qiganimda juda kichkina edim, taxminan 8-9yoshlar, shundan keyin uni yana ko'p marta o'qidim, hecham zerikmadim shu kitobni o'qishdan... Hozir ham albatta hech ikkilanishsiz o'qiyotgan bo'lardim, afsuski, kimdir kitobimni oldi-yu qaytarib bermadi. Yangisini olsam bo'ladi-yu, lekin aynan o'sha, men birinchi marta o'qib ta'sirlangan kitobimni qadri boshqacha edi. U rahmatli bobojonimdan qolgandi...

Qayd etilgan