Abdurrohman  ( 62386 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 7 8 9 10 11 12 13 B


Абдурроҳман  30 May 2014, 03:35:12

Bir kishi shayx huzuriga kelib dedi:
"Oila qurganimga bir necha yil bo'ldi. Bu orada bir nechta farzandli ham bo'ldik. Lekin nimagadir ohirgi vaqtlarda ayolimdan ko'nglim qolganday bo'lyapti. Ayolim mening ko'zlarimga avvalgidek maftunkor bo'lib ko'rinmay qoldi."
Shayx savol bera boshladi:
- "Uning qomati buzildimi?"
So'rovchi kishi:
- "Yo'q"
Shayx:
- "U halokatga uchradimi, husniga putur yetdimi?"
So'rovchi kishi:
- "Yo'q, u avval qanday bo'lsa hozir ham shunday ko'rinishda."
Shayx:
- "To'g'risini ayt, yoningdan nomahramlar o'tgan vaqtda sen ko'zlaringni yerga tikish o'rniga ularni kuzatayotgan bo'lsang kerak. Pornografiyaga ham qiziqishing borga o'xshaydi."
So'rovchi kishi:
- "To'g'ri aytdingiz hazrat. Buni qayerdan bildingiz?"
Shayx:
- "Haromga qiziqib, unga muhabbat qo'ysang. Yeyishing, uyqung. nafasing harom bo'lsa, u holda senga halol juda hunuk bo'lib ko'rina boshlaydi."

Qayd etilgan


Абдурроҳман  13 Iyun 2014, 07:57:19

Bir kishi hikoya qiladi:

Bolaligimda men ham boshqa tengqurlarim kabi maktabga borishni orzu qilardim.
Bir kun kelib bu orzuim ro'yobga chiqdi. Bolalik va o'smirlik davrimning aksar qismi maktabda o'tdi. Ammo vaqti kelib, maktabdan zerikdim.
Biroz ulg'aygach, universitetda o'qish haqida o'ylay boshladim va o'qishga ham kirdim. Lekin tez orada o'qish ham jonimga tegdi.
U vaqtlarda o'y hayolim tezroq universitetni tamomlash bo'lib qolgandi.
O'zimni yolg'iz his qilardim...
Keyin oila qurish haqida o'ylay boshladim, oila qurdim. Lekin uyim bo'm bo'sh edi.
Farzandli bo'lishni orzu qilardim. Farzandli ham bo'ldim.
Hamisha uyda bo'lishdan zerikardim. Ishli bo'lishni orzu qilardim. Ishga ham joylashdim.
Lekin keyin, o'zimning shaxsiy uyim bo'lishini hohladim. Bir necha yildan keyin uyni ham qurib bitirdim.
Keyin farzandlarim ulg'ayishdi. Shunday qilib ularni uyli-joyli qilsh haqida qay'gura boshladim va buni ham qildim.
Keyin men ishlashdan zerika va charchay boshladim. Qaniydi tezroq nafaqaga chiqsam deya hayol qilardim. Nafaqaga ham chiqdim.
Lekin huddi universitetni tamomlaganimdagidek, o'zimni yana yolg'iz his qildim. Lekin u vaqtlar men yoshimni yashab, oshimni oshab bo'lgandim. Shunga qaramasdam orzu-havaslarimning cheki-chegarasi ko'rinmasdi!
Ularni bir chetga surib, Qur'on yodlashga kirishdim. Lekin bu vaqtga kelib, hotiram pand berdi.
Ro'za tutmoqchi bo'ldim. Lekin sog'ligim uncha ko'tarmadi.
Qiyomul-layl (tungi namozlar)ni o'qimoqchi bo'ldim. Lekin oyoqlarim og'rirdi.
Hullas, ey mening hikoyamni o'qigan birodarim! Yoshligingizdan,  salomatligingizdan ohiratingiz yo'lida foydalaning. Dunyo bilan haddan tashqari ko'p ovvora bo'lib qolmang. Alloh allaqachon rizqimizni bitib qo'ygan. Jannatga erishish yo'lida harakat qiling, chunki u sizga kafolatlab qo'yilmagan.

Qayd etilgan


Абдурроҳман  14 Iyun 2014, 03:29:33

Bir necha kundan beri hayolimni Shaytonning jannatdan tushirilish qissasi tark etmayapti. Chunki bu yerda menga katta ta'sir qilgan bir hikmat bor ekan. Avvallari bunga hech e'tibor bermagandim...

Va batahqiq biz sizlarni yaratdik, keyin sizlarga suvrat berdik. So'ngra esa, farishtalarga: "Odamga sajda qiling", dedik. Bas ular sajda qildilar. Magar Iblis sajda qiluvchilardan bo'lmadi.

U zot: "Senga amr etganimda sajda qilishingdan nima to'sdi?" dedi. U: "Men undan yaxshiman, meni o'tdan yaratding va uni loydan yaratding", dedi.

U zot: "Bas, undan (jannatdan) tush! Sen uchun unda mutakabbirlik qilib yurish yo'q. Bas, chiq! Albatta, sen horu zor bo'lguvchilardansan", dedi.

U: "Menga ular qayta tiriladigan kungacha muhlat ber", dedi.

U zot: "Albatta, sen muhlat berilganlardansan", dedi. (A'rof surasi, 11-15 oyatlar ma'nolar tarjimasi)


Bu yerda shu kunlarda menga eng katta ta'sir qilayotgan narsa shuki, e'tibor bersangiz, Iblis Allohga isyon qilyapti. Allohhning g'azabiga sabab bo'ladigan ishni qildi. Yana ortidan Allohdan hojatini so'rab: "Menga ular qayta tiriladigan kungacha muhlat ber" deb turibdi. Bu qanaqasi ahir? O'zining mutakabbir va isyonkorliging yetmaganidek, yana hojatini so'rashi nimasi?! Lekin Alloh shunday holatda ham uning so'raganini berdi va "Albatta, sen muhlat berilganlardansan", dedi.

Bizchi? O'zimizni nimaga Allohdan bunchalik uzoq tutamiz? Allohga duo qilib Undan hojatlarimizni so'rashdan bizni nima to'sadi? yoki biz o'zimizning Alloh huzuridagi darajamizni Iblisnikidan ham pastroq deb o'ylaymizmi?
Alloh bizlarni O'zining yerdagi halifasi deb atagan emasmidi? O'lim kelguniga qadar tavba qilsak uni qabul qilishga va'da bergan-ku ahir!

Hulosa shuki, hech qachon "Men bir gunohkor banda bo'lsam, duo qilganim bilan Alloh ijobat qilarmidi" degan hayolga borib, duo qilishdan to'htab qolmaylik. Iblisni-ki so'ragan hojatini bergan Zot biznikini javobsiz qoldirmaydi inshaAlloh. Zotan Allohning o'zi "Va Robbingiz "Menga duo qilinglar, sizga ijobat qilaman", dedi" (G'ofir surasi, 60-oyat ma'nolar tarjimasi). Albatta Alloh o'ziga horlik bilan cho'zilgan qo'llarimizni quruq qaytarishdan yuqorida turadi. Aslo gunohlarimizning kechirishini, hamda hojatlarimizni so'rashdan uyalmaylik, noumid bo'lmaylik azizlar!

Qayd etilgan


Hadichaiqubro  15 Iyun 2014, 11:21:28

alhamdulilloh aynan shu mavzuda o`ylanib yuganidim buni o`qib qalbim yorishib ketdi huddi yengillagandek bo`ldim katta rahmat

Qayd etilgan


Абдурроҳман  16 Iyun 2014, 23:16:32

Ibratli hikoya

'European Airlines' o'z parvozini boshladi. Samolyotning 1-klasidan o'qimishli musulmon kishi ham o'rin olib uchayotgandi. Bir vaqt styuardessa ichimlik olib keldi. Olib kelingan ichimlik alkogolli bo'lganligi sabab, u kishi hushmuomalalik bilan rad etdi.

Biroz vaqt o'tgach styuardessa yana qaytib keldi, lekin bu safar ichimlikni musulmon kishini hayratda qoldiradigan darajada chiroyli qilib, did bilan bezatilgan patnosda keltirdi. Lekin u alkogolli ichimlik ichmasligini aytib yana inkor qildi.

Styuardessa endi o'zini noqulay his qila boshladi va bu haqda menenjerga habar berdi. Menenjer esa unga bu safar ichimlikni gullar bilan bezatilgan patnosda olib borishni buyurdi va musulmon yo'lovchining oldiga borib so'radi:

- Siz bizning ko'rsatayotgan hizmatimizdan ko'ngilngiz to'lmayaptimi? iltimos, marhamat qilib ichimlikni ichsangiz. Bu shunchaki bepul taklif, bunga pul to'lanmaydi.

U kishi javod qilib dedi:
- Men musulmonman. Shuning uchun alkogolli ichimliklarning hech qanaqasini ichmayman.

Menenjer qistashda davom etavergach, musulmon kishi undan bu ichimlikni avval pilotga berishlarini so'radi. Menenger hayratini yashirolmay aytdi:

- Pilotga qanday qilib alkogolli ichimlik berish mumkin ahir?! U ayni vaqtda o'z vazifasini ado etyapti. Agar pilot hozir ichadigan bo'lsa, samolyot halokatga uchrashi mumkin.

Shunda haligi musulmon yo'lovchi ko'zlarida yosh bilan quyidagicha javob berdi:

- Men musulmonman. Men ham hamisha o'z vazifamni, burchimni ado etaman. Agar men ichsam mening butun hayotim, bu dunyoyu ohiratim halokatga uchraydi.

Hulosa qilib, bu hikoyadan quyidagi foydalarni olishimiz mumkin:

1. Musulmon kishi dunyoda ham, ohiratda ham yuqori darajada bo'lishga harakat qilishi kerak. Bu ummatga faqat Alloh rizosi uchun o'z burchini bajaradigan muhandis, doktor va shu kabi ko'plab yuqori malakali mutahassislar kerak. Islom hamma joyda ko'rsatilishi, oshkor etilishi va tarqatilishi kerak. Kuchli mo'min Allohga kuchsiz mo'mindan ko'ra mahbubroqdir.

2. Islom noto'gri talqin etilayotgan yoki oyoq osti qilinayotgan vaqtda, o'z dushmanlarimizga qarshi ularni jim qilib qo'yish, og'izlarini yumishlari uchun hujjat keltirishni o'rganishimiz darkor. Javob berish san'atini o'rganishimiz uchun ilm o'rganishimiz kerak.

3. O'z vazifamizni, burchimizni bajarishda bardavom bo'laylik. Dunyo va ohiratimiz halokatga uchramasligi uchun iymonimizni salomat saqlab qolishda hushyor bo'laylik.

Qayd etilgan


Абдурроҳман  19 Iyun 2014, 09:26:06

Juda ko'pchiligimiz dinning faqat o'zimizga yoqqan tomonlarini olishga odatlanib qolganmiz. Ba'zilarimiz haj va umraga shijoatlimiz lekin topayotganimiz halol yoki haromligiga e'tibor bermaymiz. Ba'zi birodarlarimiz va opa-sigillarimiz ibodatga qattiq berilishgan bo'lishiga qaramasdan, hijobga beparvo bo'lishadi. Yana boshqalarimiz masjidga serqatnov, 5 mahal namozning deyarlik hammasini masjidda ado qilishga tirishishlariga qaramay, g'iybatdan o'zlarini tiyishmaydi.
O'zingizga bir ro'yhat qilib, islomning qaysi joyida oqsayotganingizga e'tibor bering. Din bu do'konga kirib, o'zingizga yoqqan narsalarni olib qolganini tashlab chiqib ketishmas. Bu bizning o'y-hayol, hatti-harakat, tanlov, taklif va hulqimizda o'zini namoyon etishi kerak bo'lgan Allohning hidoyatidir...

-Nisaar Y. Nadiadwala

Ey iymon keltirganlar! Islomga to'lig'icha kiring. Va shaytonning izidan ergashmang. Albatta u sizga ochiq dushmandir. (Baqara surasi, 208-oyat o'zbekcha ma'nolar tarjimasi)

Qayd etilgan


Абдурроҳман  28 Iyun 2014, 23:32:08

Alloh meni sevarmkin yoki yo'qmi degan hayolda yurardim.
Shu sababli, Qur'ondan Allohga mahbub bandalarning sifatlarini qidira boshladim.
Alloh taqvodorlarni sevarkan,
O'zimni taqvodor deb atashga haddim sig’madi.
Keyin Alloh sabrlilarni sevadi degan oyatni uchratdim.
Shu payt o'zimning qanchalik sabrsiz ekanligim yodimga tushdi.
Alloh mujohidlarni sevishini o'qib bildim.
O’ylab ko’rib qanchalik dangasa ekanligimga iqror bo’ldim.
Alloh muhsinlarni sevishi to’g’risidagi oyatni topdim.
Lekin o'zimda bunday sifatni ham topa olmadim.
Shundan keyin o'zimni battar hafa qilmaslik uchun qidirishdan to'htadim....
O'zimning qilayotgan amallarimga nazar tashlab, ularning ko'pi dangasalik, sovuqqonlik va gunohlardan tarkib topganiga amin bo'ldiim.
Bu vaqt, Alloh tavba qiluvchilarni sevishi yodimga tushdi.
Bu aynan men va men kabilarga qarata aytilganligini fahmladim.
So'ngra Astag'firulloh va a'tubu ilayk deya chin qalbimdan takrorlay boshladim.
Endi men ham Allohning mahbub qullaridan biri ekanligimga aminman, chunki men endi istig'for aytuvchi bo'ldim!
Hushyor bo'ling. Shuni unutmang-ki qiyomat kuni albatta bo'ladi.
Alloh bizlarni Firdavs jannatlari bilan mukofotlasin.

Qayd etilgan


Абдурроҳман  28 Iyun 2014, 23:43:03


Qayd etilgan


Hadichaiqubro  01 Iyul 2014, 23:19:01

assalomu alaykum ramazon muborak hozirgi kunda qiz bolalar tarbiyasi haqida nima deya olasizlar ularni to`g`ri tarbiya qilish uchun qanday yo`l tutgan maqul shu haqida fikrlarilarni bilmoqchidim hozirgi kun muhitini tasiridan qanday saqlash mumkin

Qayd etilgan


Абдурроҳман  21 Iyul 2014, 09:39:14



Ey Allohim, sening va'danga ishonmaydigan, rasulingni inkor etadigan, begunoh qullarigni o'ldiradigan va odamlarni haq yo'lingdan adashtiradiigan zolim kofirlarga o'zing kifoya qil!

Zulmga uchragan, ko'z o'ngida norasida go'daklari, ojiza ayollari ustiga raketa bombalari tushib halok bo'lgan birodarlarimizga o'zing sabr ber!

Qayd etilgan