Abdurrohman  ( 62224 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 ... 13 B


Абдурроҳман  16 Oktyabr 2012, 14:31:23

─▄▀▀█▀▀▄
▐▌NAMOZ ▐█▄▄█▄▄▄▄▄▄▄▄▄▄
▐█▄───▄██▀▀█▀▀▀▀▀█▀█▀▀
─▀██▄██▀────────█▀█▀█ JANNATning kalitidir.. !

Qayd etilgan


Абдурроҳман  16 Oktyabr 2012, 18:44:55

Bu bu dunyoga o'z ihtiyorimiz bilan kelmadik.
Dunyodan ketish ham o'z ihtiyorimizda emas, Alloh qachon istasa shunda jonimizni olishi mumkin.
Shunday ekan, nega endi hayotimiz aynan biz hohlaganidek bo'lmayotganidan g'amga botishimiz kerak???
Musulmon odam, Allohga va Uning irodasiga butun vujudi bilan bo'ysungan odamdir!

Qayd etilgan


Абдурроҳман  20 Oktyabr 2012, 02:02:55

Ko'rkam, dindor, o'qimishli yigitning ota-onasi uni uylantirish harakatiga tushib qolishbdi. Yigitni ko'p qizlar bilan uchrashtirishdi lekin hech biri yigitning didiga to'g'ri kelmasmdi. Shundan so'ng ota-ona yigitning o'z tanlagani borm bo'lsa kerak degan gumonga bora boshlashdi.

Har holda doimo biron biron qizning uyiga sovchilikka borib qaytishayotgan vaqtda o'gil hamisha "bu ham bo'lmaydi!" degan bir hil javobni berardi.
U yosh yigit faqatina dindorini, dindor bo'lganda ham o'z diniga qat'iyat bilan amal qiladiganini tanlash istagida edi holos. Bir kecha yigitning onasi yana bir qizning uyiga sovchilikka borishni rejalashtirdi. Onaning fikricha navbatdagi qiz dindor va diniga amal qiladiganlardan ekan. Hullas yigit bilan qiz uchrashishib suhbatlasha boshlashdi.

Yigit qizga iltifot ko'rsatib hohlagan savolini so'rashga ijozat beribdi.

Qiz yigitdan juda ko'p savol so'ray ketibdi. Qiz uning hayoti, o'qishi, uning do'stlari, oilasi, sevimli mashg'ulotlari, yashash tarzi, nimalardan zavq olishi, o'tmishi, nechanchi o'lcham (razmer) dagi oyoq kiyim kiyishi ... va h.k. lar haqida so'ray ketdi.

Yigit qizning har bir savoliga erinmasdan, malol ham olmay, tabassum va hushmuomalalik bilan javob qaytardi. Qiz savol so'rayverib ahiri o'zini noqulay his qila boshlabdi va yigitdan unda ham o'ziga nisbatan savol bor yoki yo'qligini sarabdi.

Yigit: "Menda faqat 3 ta savol bor"
Qiz: "Faqat 3 taginami? Marhamat so'rang".
-  "Siz dunyoda kimni hammadan ham ko'ra ko'proq sevasiz?"
- "Bu judayam oson savol. Men hammadan ham ko'ra ko'proq onamni sevaman". Yigit yuzida tabassum bilan ikkinchi savolga o'tibdi.
- "Siz Qur'onni ko'p o'qiganman deb aytdingiz, menga o'zingiz bilgan biron bir suraning ma'nolar tarjimasini aytib bera olasizmi?". Bu savolni eshitishi bilan qizning yuzi qizarib, hijolat bo'lib ketibdi.
- "Men hali hech birining ma'nosini bilmayman. Ohirgi vaqtlarda judayam band bo'ldim, uncha vaqtim bo'lmadi. Lekin Agar Alloh hohlasa tez orada Qur'onning ma'nolar tarjimasi va tafsirini o'rganishga kirishmoqchiman."
- "Men shu vaqtgacha sovchiliklar sababli juda ko'p sizga nisbatan ancha go'zal qizlarni uchratdim. Nimaga endi shuncha chiroyli qizlar bo'la turib aynan sizga uylanishim kerak?". Qiz hayron bo'lib ota-onasiga qarabdi. Jahli chiqa boshlabdi, g'azabga minib:
-"Men bu yigitga turmushga chiqmayman chunki u meni haqorat qilyapti" debdi.

Bo'lib o'tgan bu voqeadan keyin, yana bir muvaffaqiyatsiz tugagan sovchilikdan so'ng  yigit o'z ota-onasi bilan uyga qayta boshlashibdi. Bu safar yigitning ota-onasi judayam achchiqlanishibdi. "Nima uchun u qizning jahlini chiqarding? U qiz yaxshi, dindor oilaning qizi edi. Qizga nimalar deding? Bizga ayt!" deyishibdi.
Yigit aytibdiiki,
- "Birinchi bo'lib men undan hammadan ko'ra ko'proq kimni yaxshi ko'rishini so'radim, u esa onamni deb javob qaytardi."
- "Ho'sh buni nimasi yomon?"
- "Hech kim Alloh va uning Rasulini boshqalardan ko'ra ko'proq sevmagunicha chin musulmon bo'la olmaydi. Agar ayol Alloh va uning rasuliga nisbatan boshqalarga qo'ygandan ko'ra ko'proq muhabbat qo'ysa meni, ya'ni o'z erini sevadi va hurmat qiladi, menga o'sha muhabbat sababidan itoatli bo'ladi va Allohdan qo'rqadi. Chunki bu sevgi go'zallikka nisbatan bo'ladigan vaqtinchalik shahvoniy istakdan ko'ra ancha ustun turadi.
So'ngra men undan: "Ho'sh siz Qur'onni ko'p o'qiyman deb aytyapsiz. O'zingiz bilgan biron suraning ma'nolar tarjimasini aytib beringchi" deb so'radim. U esa ohirgi vaqtlarda band bo'lganini, Qur'on ma'nolarini o'rganishga vaqti bo'lmaganini aytdi. "Ilm o'rganmagan odamlardan boshqa hamma o'likdir" u esa 20 yil yashagan bo'lishiga qaramay Qur'on, ilm o'rganishga UMUMAN vaqti bolmabdi. Nimaga endi men o'zining shar'iy haq-huquqlarini va burchlarini bilmaydigan qizga uylanishim kerak? U mening bo'lajak farzandlarimga beparvo va g'ofil bo'lshdan boshqa nimani o'rgata oladi? Ayol oilada farzandlar uchun eng birinchi madrasa (maktab) ku, Allohi uchun vaqt topa olmagan ayol, o'z eri uchun vaqt ajratarmidi?

Uchunchi savolim:
- "Men shu vaqtgacha sovchiliklar sababli juda ko'p sizga nisbatan ancha go'zal qizlarni uchratdim. Nimaga endi shuncha chiroyli qizlar bo'la turib aynan sizga uylanishim kerak?" deb so'rash bo'ldi. Shu sababli uning qattiq jahli chiqdi." Yigitning ota-onasi:
- "Bu judayam daxshatli, har qanday qiz bolaning ham jahlini chiqaradigan savol, biz darhol qaytib borib qizdan va uning ota-onasidan kechirim so'rashimiz kerak" deyishdi. Yigit:
- "Men bu savolni atayin uning jahlini chiqarish uchun berdim"  payg'ambarimiz s.a.v. dan qanday qilib dindor bo'lish to'g'risida so'ralganda "G'azablanma, g'azablanma, g'azablanma" deganlar, chunki g'azab shaytondandir. Agar ayol begona kishi qarshisida o'z jahlini nazorat qila olmasa, o'z eriga nisbatan jahlini tiya olishi mumkinmi??

Afriin Nawaz

Qayd etilgan


Абдурроҳман  22 Oktyabr 2012, 06:51:13

Islom komil insonlar dini emas, balki islom insonni komillik sari yetaklovchi dindir.

Barchamizda ham o'zimizga yarasha hato kamchiliklarimiz bor. Shu sababli ham bilib yoki bilmay gunoh, hato qilgan vaqtimizda tushkunlikka tushish o'rniga o'zimizni qo'lga olib, darhol istig'for aytib, orqasidan savobli ish qilishni harakatida bo'lishimiz kerak. Beayb yolg'iz parvardigorning O'zidir.

Men odamlarni bir gapini hech o'zimga singdirolmayman. Namozhon odam hato qilsa darhol uning hatosini boshqalarga yoyib, gapning so'ngida "O'zi 5 vaqt namoz o'qiydi" deb qo'shib ham qo'yishadi. Holbuki o'sha gapni aytganlarning o'zi aksariyat hollarda benamoz bo'lishadi. "Ha, namozhon ham sen bilan menga o'xshagan hatokor, hom sut emgan banda! U ham hato, gunoh qiladi, unutadi... Yoki birontasi namoz o'qishni boshlashi bilan farishtaga aylanib qolganini ko'rganmisan? U-ku mayli Allohning farzini baholiqudrat ado etib namozini o'qib yuribdi, sen O'ZINGCHI? O'zing Alloh uchun nima qilyapsan?" deydigan odam yo'q.

Hullas, hech kimdan komillikni kutish kerakmas, keyin komil bo'la olmaganimiz uchun ezilib Allohdan yuz o'girib shaytonga ergashib ketish ham noto'g'ri... Talabalik vaqtimda bir yigitni bilardmim. U  namoz bo'shlaganiga hech qancha vaqt o'tmasdan "Kishining namozi qabul bo'lmayotganiga namoz uni faxsh va munkardan qaytara olmayotgani dalil ekan. Men ham gunohlardan tiyila olmayapmanmi, demak namozim qabul bo'lpmaypti" deb namozni tashlab yuborgandi. Shu sababdan ham bo'lsa kerak ulamolarimiz havf va rajo to'g'risida o'z kitoblarida va ma'ruzalarida bizga ta'lim berishgan.

Aytgancha, Muoz ibn Jabal duolari yodimga tushdi shu payt. Ey bor Xudoyo, men gunohlardan tiyilishga qodir bo'lmasam, Sen gunohlarni kechirishga qodirsanku!

Alloh bizlarni har qanday holda ham O'z hidoyatidan ayirmasin... Bir muddatga ham bizni o'zimizga tashlama Robbim, nafs va shayton yomonligidan hamisha panohingda asra! Ojiz qo'llarimni ochib sening Buyuk fazlikngan so'rayman, Bizga ikkala dunyoda ham yaxshilikarni ber! Ey qodir egam, bizlarni qabr, do'zah azobidan asra! O'zingdan boshqaga sajda qildirma! O'zingdan o'zgga muhtoj ham qilmagin...

Qayd etilgan


xojar  23 Oktyabr 2012, 05:46:33

 :asl3:
Shu mavzuda  blogizda Fikr bildirsam. Agar yoqmasa aytsangz  o'chirib qo'yaman.

Muslima va Muslim birodarlar, bizda kishilar islomni korishadi . Bizning birortamiz qilgan xato ishimiz  jami musulmonlar nomidan bolib ketishi mumkin. Iloji boricha ayniqsa oshkora gunohalardan saqlanaylik. Fitna yomon narsa . Dinimizga tosh otishlariga yol qoymaylik.

Kopincha dinsizlar qilgan katta- katta gunohalar kozlariga korinmaydi , lekin musulmonlar qilgan kichik na xatolar ham korinib qoladi. Ha musulmonlar ham  far ishta emas, yoki robot emas.  
 Xijobli bolib Turib bunaqa , nomozxon yigit  bolib Turib bunaqa, ifk voqeasidan ornak olib Bunday  suzlarga darhol barham berishimiz kerak. Birodarini aybini berkitganni Alloh aybini berkitadiku.

Shunaqa bohtonchi kishilarga aytadiagan sozim---
Musulmonlarning asli qanday bo'lishini bilibsiz, nomozxon lar  , xijoblilar asli qanday bo'lishini bilibsiz, ularnign amallaridan kongliz tolmayotgan ékan , O'zingiz amal qilib ko'rsatib qoying bizga asli islom qanday bo'lishini ,sen ham yuribsanda nomoz oqib yoki xijob  o'rab, mana Bunday boladilar ular deb, toki biz ornak olaylik . Keyin ayting Allohdan qorqmaysanmi ?  Bu,bu xatolaringni tuzat deb.


U sizlarni bundan oldin va bu(Qur'on)da Payg'ambar sizlarga guvoh bo'shi uchun , sizlar esa ,odamlarga guvohlar bo'lishingiz uchun "musulmonlar" deb nomladi.Xaj-78

Yani Muhammad s.a.v Islomni ummatga o'rgatganlariga , ummat-musulmonlar esa Islomni odmalarga o'rgatganlariga Qiyomatda guvohlik berishar ékan.

Qayd etilgan


Абдурроҳман  31 Oktyabr 2012, 08:37:35


Qayd etilgan


Абдурроҳман  31 Oktyabr 2012, 08:49:32

O'lim va Yaratguvchi bilan uchrashuv vaqti yaqinlashib kelyapti, lekin biz ertaga qaysi kiyimni kiyish to'g'risida bosh qotiryapmiz. Bu holatimizda huddi arslon biz tomon yaqinlashib kelyotgan bo'lsa-da, burnimizga qo'ngan pashshadan havotir olib o'tirganga odamga o'xshayimz.

Qayd etilgan


Абдурроҳман  31 Oktyabr 2012, 09:03:31



Odamlar orasida o'zingizni yolg'iz his qila boshlagan bo'lsangiz shuni bilingki, Alloh qalbingizga siz bilan O'zi o'rtasidagi muhabbat urug'ini joylabdi....

Qayd etilgan


Абдурроҳман  31 Oktyabr 2012, 10:38:39

Ey odam farzadi, sening qalbing qanday qilib yumshasin? Holbuki sen Qur'onni faqat surani ohiriga yetkazish uchun o'qiyotgan bo'lsang?! (Hasan Basriy)

Qayd etilgan


Абдурроҳман  31 Oktyabr 2012, 13:55:30

Ojiz bola (hikoya)

Ko'zlari ojiz bola o'z oyoqlari yoniga qalpoqchasini qo'yib o'tirardi. U bilan birga bir karton qog'oz bo'lib unga:"Mening ko'zlarim ojiz. iltimos yordam bering" deb yozilgan edi. Qalpoqcha ichiga esa odamlar tomonidan ozgina pul tashlangan edi. O'tib ketayotganlar orasidan bir kishi o'z cho'ntagidan bir qancha pullarni olib qalpoqchaga soldi, so'nra haligi yozuvni orqasiga bir nimalarni yozib, so'ngra burib o'zi yozgan yozuvlar tomonini yo'lovchilar tomonga qaratib qo'ydi. Shundan keyin tez orada qalpoqcha pulga to'lib ketdi. Ojiz bolaga juda ko'pchilik pul bera boshladi. Osha kuni tushdan keyin ertalab ozuvni o'zgartirib ketgan kishi yana bolaning oldidan o'tdib qoldi. Bola uning qadam tovushlaridan tanib so'radi: "Siz ertalab mendagi yozuvni o'zgartirgan kishimisiz? Nima deb yozgandingiz?". U kishi aytdi: "Men faqat haqiqatdi yozdim, faqat sal boshqacharoq yo'l bilan"...

Karton qog'ozga "Bugun juda chiroyli kun, lekin men uni ko'ra olmayman" deb yozilgan edi. Albatta, birinchi va ikkinchi yozuv bir hil ma'noni, ya'ni bolaning ko'zlari ko'ra olmasligini ifodalaydi. Lekin birinchisida shunchaki bolaning ko'zlari ojiz ekanligi aytilgan edi. Ikkinchisida esa odamlarga ular ko'r emasligidan qanchalik baxtiyor ekanligi eslatilgan...

U Zot sizga quloqni, ko'zlaru qalbni paydo qilgan Zot. Naqadar oz shukr qilursiz! (Mo'minun, 78)

Qayd etilgan