Aralash sabzavotli tuzlama.  ( 10995 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Ansora  07 Oktyabr 2012, 18:11:57

 :asl3:

Bugun 3 kun boladi inshalloh tuzlamaga, 2 haftalarda tayyor bo'lishini kutyabman.


Qayd etilgan


Ansora  07 Oktyabr 2012, 18:13:16

Yuqoridagi tuzlamaga:

Bodring,
Siyohrang karam
Gulkaram
Brokoli
Sarimsoq
Limon
Qizil bulg'ori
Yashil bulg'ori
Ajur
Sabzi
Qizil pomidor (maxsus pomidor tuzlamalar uchun-qattiq)
Yashil pomidor
soldim.

Avval sabzavotlarni yaxshilab yuvdim. Siyohrang karamni 4 bolakka boldim, rangi yaxshi chiqishi va ichigacha yumshashi uchun. Bankaga birin-ketin joyladim.

Bir tarafda 2 siqim no'xatni yuvib tayyorlab qoygandim, ularniyam oralariga sepdim.

Bankani ıchiga 2 stakan (400 ml) sirkani quydim, ustidan qaynatilib, sovutilgan soquv suvni quydim, keyin yondagi kattaroq idishga bankani ichidagi sirka aralash suvni tokdim, ichiga 6 qoshiq tuz, 2 qoshiq shakar soldim, aralashtirdim, bankaga bu suvni qaytarib soldim. Eng ust qismiga qattiqroq sabzavot- masalan sabzini ko'ndalang qilib qo'ysangiz tagidagi sabzavotlar tepaga chiqmaydi.

Qopqoq joyiga avval toza tselofan yopdim- havo kirib-chiqmasligi uchun, keyin qopqoqni zich qilib yopdim. Ertasi kuniyoq rangi siz rasmda korganday siyohrang bola boshlagangi.

O'rtalama 2-3 haftalarda tayyor boladi inshalloh.

Qayd etilgan


Ansora  07 Oktyabr 2012, 18:15:26

Kecha kechqurun qilgan tuzlamamda majburan plastik idishdan foydalandim, chunki shisha bankamni (8 litrlik) sindirib qoydim:( dastgohim marmar bolganligi uchun birdan tagi taq dedi, sindi...

Shuning uchun Turkiyada plastik ishlatilarkan-da, dedim, chunki bu idishda tuzlama (bazan 20 kg-lik idishlarda tayyorlashadi) ortalama 3-4 oy turadi, u yer, bu yerga olinadi, judayam ehtiyot bolish kerak agar shisha bolsa.

Kechqurun qilgan tuzlamamda oldigisidan farqli o'laroq- oq karam, ukrop, hamak ishlatdim.


Qayd etilgan


Abdulhafizaka  07 Oktyabr 2012, 20:57:38

Тузламаларингизга нсхотни нега ва қанчадан қсшиш кераклиги хақида аниқроқ ёзинг илтимос, броколи ва ажур нима Ўзбекистонда хусусан Андижондатопиладими?

Qayd etilgan


Ansora  08 Oktyabr 2012, 01:07:36

Тузламаларингизга нсхотни нега ва қанчадан қсшиш кераклиги хақида аниқроқ ёзинг илтимос, броколи ва ажур нима Ўзбекистонда хусусан Андижондатопиладими?

 :asl3:

Aralash tuzlamaga nima topsangiz solasiz, brokoli shartmas:) ajur- Дс‹нс змеевиднас  ekan, u ham bolmasa kerak. Shartmas, men zotan qaysi sabzavotdan qanday maza boladi, deb qiziqdim:)

No'xat- 1 kg-ga bir siqimdan hisoblab solaverasiz, yuvangiz boldi, pishirish shartmas. No'xat- tuzlamaning bijg'ishini tezlashtirarkan.

Qayd etilgan


Ansora  01 Noyabr 2012, 11:54:30

 :asl3:

Tuzlamamiz tayyor bolgandi, marhamat:)




Qayd etilgan